/
Автор: Azimov M.I.
Теги: stomatologiya jarrohlik stomatologiya tibbiyot tishlar
ISBN: 978-9943-07-092-9
Год: 2009
Текст
M.I.AZBVIOV
JARROHLIK STOMATOLOGIY A PROPEDEVTIKASI
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari uchun darslik
“O’ZBEKJSTON MILLIY ENSIKLOPEMYASI” DAVLAT MILLIY NASHRTYOTl TOSHKENT-2009
Toshkent tibbiyot akademiyasi bolalar stomatologiyasi kafedrasining mudiri, t.f.d. professor Muhamadjon Ismoilovich Azimov o’z mehnat faoliyatini 1971 yil Toshkent tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini bitirib jarrohlik stomatologiya kafedrasida klinik ordinatori lavozimida boshladi.
Professor M.I. Azimov 1973-77-yillari Birinchi Leningrad tibbiyot instituti jarrohlik stomatologiya kafedrasida aspiranturada o’qidi. 1977-yil «Rol ochagovoy odontogennoy infekstii v razvitii gaymoritov i printsipi ih lecheniya>> mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1976-yildan Toshkent davlat tibbiyot instituti bolalar stomatologiya kafedrasida assistent, 1986 -yildan dotsent, 1987-yildan ikkinchi jarrohlik stomatologiya kafedrasigamudirlavozimidaishlabkeldi. 1991-yili <<Diagnostika i patogeneticheskie aspekti terapii vospalitelnix zabolevaniy chelyustno-litsevoy oblasti>> mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1993- yildan bolalar jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri va stomatologiya fakultetining dekani vazifasida ishladi. Professor M.I. Azimov rahbarligida 8 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. M.L Azimov 100 dan oshiq ilmiy maqolalar, metodik va uslubiy qo’lanmalar mualifidir. 1999-2007-yillari Toshkent tibbiyot akademiyasi jarrohlik stomatologiya kafedrasi mudiri, 2007-yildan esa bolalar stomatologiya kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.
56.6
A37
Azimov M.I.
Jarrohlik stomatologiya propedevtikasi:
Tibbiyot oliy o’quv yurtlari uchun darslikA4.I.Azimov.-T.: O’zbekiston milli> ensiklopediyasi, 2009-228b.
ISBN 978-9943-07-092-9
2
MUNDARUA
JarrohUk stomatologiya bo'limlarini statsionar va poliklinikada tashkil
1 BOB.
2 BOB. Jarrohlik stomatologiyada bemorlarni tekshirish
asoslari 11
3 BOB. Stomatologiyada og'riqsizlantirish
Mahalliy og'riqsizlantirish 15
Stomatologiyada og'riqsizlantirish turlari va ulaming tasnifi 15
Uch shoxli nerv innervatsiya sohasini infiltratsiyalash (bo'ktirish) applikatsiyali (surtish) suyak ichi, intraUgamentar og'riqsizlantirish
usullari 18
Uch shoxli nervning ikkinchi tolasi innervatsiya sohasini o'tkazuvchan
og'riqsizlantirish usullari 24
Uch shoxli nervning uchinchi tolasini og'iz ichidan o'tkazuvchan
og'riqsizlantirish 34
Pastki alveolyar nervni tashqaridan og'riqsizlantirish
usullari 38
Mahalliy og'riqsizlantirish asoratlari. Sabablar, tashhis, davolash va
oldini olish choralari 41
Kuchaytirilgan mahalliy og'riqsizlantirish. Yo'ldosh kasalliklari bor bemorlami mahalliy og'riqsizlantirish vajarrohlik amaliyotiga
tayorlash 44
Umumiy og'riqsizlantirish 46
Stomatologik poliklinika sharoitida umumiy og'riqsizlantirish
usullari 47
Statsionar sharoitida yuz va og'iz bo'shhg'i operatsiyalarida o'tkaziladigan narkoz usullari, uning asoratlari va reanimatsiya
asoslari 48
4 SOB. Tish olish
Doimiy tishlarini olishga ko'rsatrna va qarshi ko'rsatmalar. Bemomi ko'rikdan o'tkazish va tish olish operatsiyasiga tayyorlash. Qo'lni
yuvish va operatsiya maydoniga ishlov berish 52
Tish olish uchun ishlatiladigan ombur va eJevatorlar 56
Ombur yordamida tish olish operatsiyasi uslublari. Tish olayotganda bemor va shifokomingjoylashish hoktri 59
Yuqorijag"dagi toj qismi saqlanib qolgan tishlarini olish 63
Pastki jag"dagi alohida guruh tishlarini olish uslublari 67
Tish ildizlarini olish (omburlar, elevatorlar va bormashina
yordamida) ♦. 71
Tish olingandan keyingi yaraga ishlov berish va parvarishlash 71
Tish olinayotganda ro"y berishi mumkin boTgan maxalliy asoratlar 81
Tish olinganidan so"ng kuzatiladigan asoratlar 85
5 BOB. Yuz -jag" sohalari odontogen yallig"lanish kasalliklari
Periodontitlar tasnifl. O"tkir va surunkali periodontitning klinik
kechishi, tashhislash 90
O"tkirperiodontitnidavolash 90
Surunkali periodontitni davolash 95
0"tkir va surunkali odontogen periostit 108
Jag"lar odontogen osteomiyeUtining o"tkir davri (oqma kasalligi) 118
Odontogen osteomiyelitning o"tkir osti va surunkali davri,
tashhislash va davolash prinsiplari 127
O"kir odontogen osteomiyelitni periodontit, periostit kasalliklari
bilan qiyosiy tashhislash 130
Yuz-jag" va bo"yin sohalarining abses va flegmonalari 133
Yuz-jag" va bo"yin sohalari yiringli yalligTanishi etiolcgiyasi 134
Jag" osti, dahan osti abses va flegmonalari. Infeksiyaning tarqalish
yo"llari. Klinikasi. Tashhislash. Jarrohlik davolash usullari 147
Quloq oldi chaynov, chaynov mushagi osti sohalaming flegmo ^si.
Klinikasi. Tashhislash Jarrohlik davolash usuli 149
Yutqin oldi, qanotsimon-jag" vajag" orti sohalarining abses va flegmonalari. To"qimalararo oraliqlaming topografik
anatomiyasi 151
Til-jag" tamovi, til osti, retromolyar sohalarining absesi. Klinikasi.
Tashhislash. Jarrohlik davolash usuli 156
Til tanasi va ildizi abseslari, og"iz tubi flegmonasi. Klinikasi,
tashhislash, jarrohlik davolash usuli 159
Ko"z osti, ko"z kosasi, yonoq va lunj sohalari abses va flegmonalari ....64 CHakka, chakka osti va qanotsimon-tanglay chuqurchasi sohasining abses va flegmonalari. Infeksiya tarqalish yoTlari. Klinikasi, tashhislash, jarrohlik davolash usuli 169
Yuz-jag" va bo"yin sohalari limfangiti, limfadeniti,
adenoflegmonasi 174
Yuzjag" yallig"lanishlari kasalliklariningasoratlari: sepsis, septik
4
shok, mediastenit, yuz venalari tromboflebiti va g'ovaksimon
bo'shliq trombozi 183
Yuz-jag' va bo'yin sohalari abses va flegmonalami davolash prinsiplari 188
6 BOB. Yuz -jag' sohalarining infeksion yallig'lanish
kasalliklari 197
Aktinomikoz 197
Sil (tuberkulez) 202
Zaxm(sifilis) 204
OIV infeksiya - OITS kasalligi 205
Chipqon, xo’ppoz 206
Saramas 209
7 BOB. Tish chiqish kasalliklari(perikoronarit, perikoronit) 201
8 BOB. Odontogen gaymorit. Yuqori jag' bo'shlig'i tubining
teshilishi 217
9 BOB. So'lak bezlarining kasalliklari 226
So'lak bezlarining o'tkir yallig'lanishi (sialoadenit) 226
So'lak bezlarining surunkali yallig'lanishi 231
So'lak tosh kasalligi 231
So'lak bezlarining distrofik kasalliklari (sialozlar,sialoadenozlar) 234
10 BOB.Chakka-pastki jag' bug'imi kasalliklari 240
ILOVA
5
KIRISH QISMI
<<Jarrohlik stomatologiya propedevtikasi>> o'quv darsligi tibbiyot institutlarining stomatologiya fakulteti 3-4 kurs talabalarini o'qitish uchun shu fanning namunaviy dasturi talablarigajavob beradi.
Kitobdagi ma’lumotlar tibbiyotning oxirgi ilmiy va amaliy yutuqlari asosida tayorlangan. YOzilgan darslik Toshkent tibbiyot akademiyasining jarrohlik stomato-logiya kafedrasi ishchi dasturi asosida mavzularga bo'lingan bo'lib keltirilgan ma’-lumotlarni o'zlashtirib olish uchun qulay bo'lishiga yordam beradi.
Darslik alohida bo'limlardan tashkil topgan bo'lib, O'zbekistonda jarrohlik stomatologiya fanining rivojlanish tarixini; jarroh, stomatolog ishini poliklinika va statsionar sharoitida tashkil qilishni; bemorlarni tekshirish, og'riqsizlantirish, tish sug'urish, yuz-jag' sohasi yallig'lanish kasalliklari va ularning asoratlari keng yoritib berilgan.
YUz-jag' sohasi yallig'lanish kasalliklari bo'limi talabalarga qulay bo'lishi uchun mavzular ketma-ketligi T.G.Robustova taqrizi ostidagi <<Xirurgicheskaya stomatologiya>> (M-2000g) darsligi kabi keltirilgan. YAllig'lanish kasalliklari mavzularida kasallikning har bir shaklida uning kelib chiqishiga, patogeneziga, patologik anatomiyasiga, klinik kechishiga va davolanish jarayonlariga katta e’tibor berilgan. Jv rohlik yo'li bilan davolashga va asoratlarga alohida e’tibor berilgan.
Ushbu darslik davlat tilida ilk bor nashr qilinmoqda. SHu bois kamchiliqlardan holi emasligi tabiiy. Bildirilgan taklif a tanqidiy mulohazalar darslikni keyingi nashrga tayyorlashda uning mazmunan boyitilishiga katta hissa qo'shadilar degan umiddamiz. Muallif darslik sifatini oshirish yuzasidan bildiriladigan taklif va tanqidlarga oldindan minnatdorchiliq bildiradi.
Jarrohlik stomatologiya bo'limlarini statsionar va poliklinikada tashkil qilish
O'zbekiston Respublikasida MDHdagi davlatlar singari bozor munosabatlariga o'tish, mulkchiliqning har xil shakllari hosil bo'lishi, aholiga stomatologiya xizmatining ko'rsatilishida ovz ta’sirini ko"rsatmoqda.
Bugungi kunda aholiga ko'rsatilayotgan stomatologik xizmat, shu jumladan jarrohlik stomatologiya xizmati yangidan shakllanib bormoqda. Respublikada o'tkazilayotgan tibbiyotdagi islohotlar natijasida ikki yo"nalish shakllandi: biri shoshilinch tibbiy yordam va ikkinchisi esa ixtisoslashgan
6
tibbiy yordam. Respublikamizda islohotlar natijasida keng tarmoqli shoshilinch tibbiy yordam tizimi tashkil qilindi.
Toshkent sh. Respublika shoshilinch tibbiy yordam instituti, viloyatlarda uning filiallari tashkil qilindi. Tez yordam shifoxonalari tarkibida jarroh stomatologlar shtati kiritilgan, aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda o"rinlar ajratilgan. Bu muassasalarda tez yordamga muhtoj bemorlarga yuz-jag" suyak va yumshoq to"qimalarjarohatlari, yallig"lanishi kasalliklari bilan murojaat qilgan bemorlarga yuqori malakali yordam ko"rsatiladi.
Toshkent shahrida ixtisoslashgan jarrohlik stomatologiya yordami uch kasalxonada: TMA klinikasida, 17 shahar klinik kasalxonasi va shahar tez tibbiy yordam kasalxonasida tashkil qilingan bo"limlarida ko"rsatiladi. Bu bo"limlarda yuz-jag" jarrohlik yordamga muhtoj bemorlarga rejali va tez yordam ko"rsatiladi.
YUz-jag" jarrohlik bo"limlari tuzilishi barcha jarrohlik bo"limlaridek operatsiya-bog"lam bloki, palatalar va yordamchi xonalaridan ( shifokorlar xonalari, ovqatlanish xonasi, moddiy ne’matlar xonasi, gigienik xonalar va boshqalardan) tashkil topadi. Jarrohlik stomatologiya yordami xususiyatlarini e’tiborga olgan holda qo"shimcha xonalar ajratiladi. Og"iz irrigatsiyasi uchun, ortoped stomatolog uchun, tish-texnik laboratoriya xonasi va ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqa xonalar mavjud.
Katta bo"limlarda (50 o"rindan ko"p) yuz-jag" sohasida o"tkaziladigan katta tiklash operatsiyalaming o"tkazilishini va bir vaqtda bo"limda yallig"lanish kasalliklari bo"lgani e’tiborga olinsa, ikkita operatsiya va ikkita bog"lam xonalarini tashkil qilish maqsadga muvofiq bo"ladi. Operatsiya xonasi bitta bo"lsa, dastlab yiringsiz (toza) bemorlar keyin, yiringli bemorlar operatsiya qilinadi. Bunday vaziyatda operatsiya va bog"lam xonalarida tozalikka e’tibor berilishi, kimyoviy va fizik (bakteriotsid lampalar) ishlov berilishini taqozo etadi.
Bog"lam xonasida operatsion stoldan tashqari stomatologik kursi bo"lishi maqsadga muvofiq bo"ladi.
Stomatologik poliklinikalarda jarrohlik bo"limi yoki xonalarini tashkil qilish shu korxona ish hajmi va shtat birligidan kelib chiqqan holda ochiladi. Stomatologik poliklinikalar shifokorlar soniga qarab bo"linadi. Toifalik poliklinikalardan katta tarkibda 40 dan ortiq shifokor birligi bo"lgan korxona, l-toifali poliklinikada 31-40, 2 toifali poliklinikada 26-30, 3 toifali poliklinikada 21-25, 4 toifali 16-20 va 5 toifali 11-15 stomatolog shifokor ishlashiga mo"ljallangan poliklinikalar toifasi ajratiladi. 2-5 toifali poliklinikalar tarkibida jarrohlik xonasi tashkil qilinib, u kamida uch
7
xonadan iborat bo'ladi. Uddta operatsiya xonasi: birida operatsion stol, ikkinchisida stomatologik kursi o'matiladi.
Katta (1 toifali) va undan katta stomotologik poliklinikalardajarrohlik bo'limi ochiladi. Bo'lim tarkibida 5 xona bo'ladi. SHu jumladan operatsiya xonasi - bir operatsiya stoli (kreslo) qo'yilsa, xona sathi kamida 23m2 va har bir qo'shimcha stolga (kresloga) yana 7m2,yana kutish xonasi, operatsiya oldi xonasi, sterilizatsiya xonasi, operatsiyadan chiqqan bemorlar dam olish xonasi tashkil qilinadi.
Jarrohlik bo'lim xonalari devori (operatsiyaga kirish oldi xonasi, bog'lam xonasi). tekis, silliq bo'lishi, kamida l,8m2 balandlikda kafel terilgan, operatsiya xona devori shiftgacha kafel yoki plastik bilan qoplangan bo'lishi shart. Pol hamma xonalarda linoleum yoki keramik plitkalar bilan qoplanadi.
Hamma xonalar shifti suv-emulsiyali, yelimli yoki moy-bo'yoqlar bilan oqlanilgan bo'lishi shart. Eshik, oynalar emal yoki moy-bo'yoqlar bilan qoplanilishi, devorlar va eshik oynalari namlab artishga chidamli bo'lishi kerak. Xonalarga albatta sovuq va issiq suv markazlashgan isitish tarmog'iga ulanishi va xonalar isitilishi lozim. Xonalar majburiy ventilyatsiya qilinishi, oynalarda darchalar bo'lishi lozim.
SHtatlar. Birinchi-uchinchi toifadagi poliklinikalarda 2-3 jarroh stomatolog lavozimi: shujumladan bo'lim mudiri, to'rtinchi-beshinchi toifali poliklinikalarda tegishli ravishda2jarroh stomatolog lavozimi kiritiladi.
Bir jarroh stomatolog lavozimiga bir hamshira va 3 vrachlik birligiga bir kichik tibbiy xodim birligi ajratiladi.
Jarrohlik stomatologiya bo'limi va kabinetlarida tozalik sanitariya epidemiologiya me’yorlarigajavob beradigan darajada bo'Ushi shart. Bo'Um xizmatchilari antiseptika va aseptika uslublarini ishlatib, tozalikni ta’minlab berishadi. Bu talablar statsionar va poUkUnikalarda bir xil bajariladi.
Operatsiya vaqtida kiyiladigan halatlar, choyshablar va operatsiyada ishlatiladigan bog'lash materiaUari bikslarda, avtoklavda sterilizatsiya qilinadi. Jarrohlik xonada steril stol tashkil qilinadi. Unga kun davomida ishlatiladigan steril matolar va asboblar qo'yiladi. har kuni steril stol yangidan solinadi.
Asboblami sterilizatsiya qilish uchun mahsus xona ajratiladi, issiqUk shkafi o'matiladi, yoki asboblar oddiy 20-30 minut qaynatish uselida sterillanadi. Kesuv asboblari (skalpel, qaychi, ignalar) spirtga 2 soatga soUb olinadi va keyin boshqa antiseptiklarda saqlanadi. SteriUzatsiya xonasi jarrohlik kabineti yonida bo'lgani ma’qul, ikki xona orasida oyna orqah asboblami uzatish imkoni bo'Isa, u maqsadga muvofiq bo'ladi Xonalaming sanitar holati bakteriologik tekshimv bilan nazorat qilinib tnriladi.
8
PoliklinikadajarrohIik stomatologiya bo'limi (kabinet)ni jihozlash.
Bemorni qabul qilish uchun jarrohlik stomatologiya bo'limi (kabineti)da stomatologik kreslo, soya bermaydigan lampalar, asboblar uchun stol, temir vintda aylanuvchi stullar, bormashina, bekteriotsid va ultrabinafsha lampalar. Asboblardan pinsetlaming har xili shpatellar, tish olish uchun omburlar va elevatorlar komplekti, kesish asboblari-skalpel, qaychilar, ajratkichlar, (raspator) kiruvchi qoshiqchalar, iskanalar, bolg'a (tibbiy), suyak kesuvchi o'tkir jag'li omburlar, qon to'xtatuvchi qisqichlar, tilni siqib ushlovchi qisqichlar, og'iz ochqich omburlar, alyumin simdan shina yasash uchun asboblar, traxeotomik naychalar bo'lishi kerak.
Jarroh stomatolog ish libosida oldi yopiq halat, dokali niqob, boshi berk, (qalpoqcha bilan) ximoyalovchi ko'z oynak taqishi, qo'liga qo'lqop kiyishi kerak.
JarrohUk stomatologik bo'Hmda (kabinetda) fchnI tashkO qilish.
Ertalabdan hamshira xonaning ish holatiga tayyorligini -sanitar holatni nazorat qilib chiqadi va ikkita steril stohri tayyoriaydi. Birinchisi asboblar uchun, ikkinchisi bog'lam maferiaHar uchun. Katta stolga bo'lsa yarimiga asboblami yarimiga bog'lam materiaHarnijjoyh$Mirish mumkin.
Poliklinika sharoitida bemoriarga ko'rsatibdigan jarrohlik muolajalar hajmi shunday bo'Ushi kerakkiT bemor o'zi yoki yonidagi hamroh yordamida uyga yetib bora otadigan to"MsM keok. Poliklinikada kichik operatsiyaIardan tashqari sftatsionar too'BnDgai yetkaziladigan bemorlar tekshirdadi va operatoyaga toyoar^mariL Stteismaaardan chiqarilgan bemorlar oxirigaeha darabnadL BEspamser gnnniinBaargai kkMgan bemorlar kuzatiladi, har bir shifokor mteu$ stoEdkfiagi kMndMife iA Ms©botini to'ldirib boradi.
Jaarra&$k s$ma^%^mM& b*morfarni
tsZfeMEMkgmsSsm
JamreMdk nn»fepg''ai nmteg5 stSMoattAgiik bemorlar tibbiyotda qabul qpfflffigfflffl aanfaHurodiy ULSuMhi tefchainuwc<toa] ofttorfkdSi*? Bu so' rov-( shikoyatlami so'0¾ farfMk EBMgjtaMffiA tUmdt Boagott dhwrixstai toehirgan kasalliklar).
DmtfU& — Bmmmr Mfam $wMmti ©Ttfazife tosa11ikka oid ma’lumotlar to'pBarodk. Bu jaA EEom^ui^a<ffii is&.. Shifefesar bmnchi savolidayoq bemor
ishonchini qozonishga harakat qilishi zarur. Xushmuomalalik bilan, kasallik bilan bog'liq shikoyatlami aniqlash kerak. SHikoyatlar juda ko'p va xilmaxil bo'lishi bilan ayrimlarining ahamiyati ham bo'lmasligi mumkin. Shuning uchun shifokor ahamiyatli bo'lganini ajrata olishi kerak.
Ko'pchilik bemorlaming shikoyati og'riqqa bo'ladi. Aniqlash kerak og'riqning boshlanishi nimaga bog'liq, kuchi qanday, qaytariluvchanmi, tarqaluvchanmi, tez-tez xuruj berib turadimi. Jag'ning harakatiga bog'liqmi, yo'qmi?
Bir guruh bemorlar og'iz ochilishining chegaralanishiga, yutinish qiyinligiga, holsizlikka, terlashga, tana haroratining ko'tarilishiga shikoyat qiladilar. Bunday shikoyatlar yallig'lanish kasalliklariga ko'proq xos bo'ladi.
Agarda bemor og'iz qurishiga shikoyat qilsa bu so'lak bezlarining kasalligiga, yoki qand kasalligi belgisi bo'lishi mumkin.
Bemor yuzining shakli o'zgarishiga shikoyat qilsa, undan sababini aniqlash uchun yo'naltirilgan savollar berib, qachondan beri bu holatni sezgani, nimaga bog'liqligini so'rash zarur.
Ba’zan bemor o'zi shikoyatlarini aytib bera olmaydi (masalan yosh bola, yoki keksa odam). SHunday holda bolaning ota-onasidan, keksaning hamroh bo'lib kelganlaridan so'rash kerak bo'ladi.
Paypaslash - bu uslubda yuz terisi, yumshoq to'qimalar va suyakning holatiga baho beriladi. Terini ushlab uning zichligi, cho'ziluvchanligi, ostidagi mushak va suyaklarga yopishganligini aniqlash mumkin. YUzda chandiqlar bo'lsa ularni paypaslaganda qanchalik chuqur, tagidagi to'qimalar bilan yopishganligini aniqlash mumkin.
Paypaslaganda yumshoq to'qimalardan hosil bo'lgan o'sma, yoki kattalashgan so'lak bezi, yoki limfatik tugun aniqlanishi mumkin. Paypaslab yallig'lanish jarayonnining katta-kichikligi, to'qima qattiqlashgani, yoki yumshash alomatlari (flyuktuatsiya - bilqillash) aniqlanadi.
Tashhis qo'yishda yuz-jag' va bo'yin sohasida limfatik tugunlarga e’tibor beriladi. Ularning kattalashishi yallig'lanish jarayoni bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Kattalashgan, zich limfatik bezlar havfli o'smaning metastazasi bo'lib chiqishini unutmaslik kerak. Bu belgi o'sma^ kasalligi davrini aniqlash imqonini berishi mumkin.
Tashqi ko'rinishga baho bergandan so'ng og'iz bo'shlig'i a’zolari ko'rikdan o'tkaziladi. Buning uchun shpatel, stomatologik ko'zgu, stomatologik pinset va burchak shaklidagi zond ishlatiladi. Alohida e’tibor og'iz ochilishiga beriladi, ochayotganda og'riq bormi, katta ochiladimi yoki chegaralanganmi. Og'iz ochilishi cheklangan bo'lsa chakka-pastki jag' bo'g'imi faoliyatiga ahamiyat berish kerak. Bo'g'im boshchasining
10
ekskursiyasi ikkala tomonda barobarligiga, qirsillash yoki og'riq borligiga, lunj va lablami surib og'iz o'tuv burmasi holatiga, og'iz shilliq qavati holatiga baho beriladi. Tishlar holati, atrofidagi paradont holati, til osti va jag' til tarnovchasi holatiga, yumshoq va qattiq tanglay tuzilishiga e’tibor beriladi.
Og'iz bo'shlig'i namligi, so'lak ko'p-kamligi ham e’tiborsiz qolmasligi kerak. So'lak bezi naychalaridan so'lak chiqishiga e’tibor beriladi. Kam yoki umuman so'lak ajralmasa, u bezdagi yallig'lanish, o'sm.a yoki tosh kasallik hisobiga bo'lishi mumkin. So'lak yo'llarida tosh borligini ikki qo'l barmoqlari bilan og'iz ichidan va tashqaridan paypaslab aniqlash mumkin. Agarda alveolyar o'siqda oqma yo'l aniqlansa uning yo'nalishini, davomiyligini va qayerga borib tugashini zond kiritib aniqlanadi.
Ayrim hollarda yuqori jag' tishlari olingandan so'ng oqma hosil bo'ladi, oqma yo'l yuqori jag' bo'shlig'iga tutashgan bo'lishi mumkin. Uni aniqlash uchun zond kiritib, yoki shpritsda oqma yo'lga suv yuborib, uni burundan chiqishini kuzatish, burunni siqib puflaganda havoni og'izga ketishidan yoki teskarisi og'izdan burunga havo o'tishidan aniqlash mumkin.
Katta ahamiyat tish va milklarga beriladi: og'izning gigienik holatiga (tishlar shiliiq qavat holati terapevtik stomatologiyada o'tiladi, shuning uchun biz uni yoritmadik) Jarroh-stomatolog og'iz dahlizi burmasining holatiga alohida e’tibor berishi kerak. Burmaning sayozlanishi, unda shish hosil bo'lishi va bu shishni tishlar va atrofdagi paradont kasalliklari bilan bog'lik bo'lishi mumkin. Tishlarining bir guruhi qimirlashi va milk-tish cho'ntaqlaridan yiring ajralishi jagv suyagining ogvir yallig'lanish kasalligidan dalolat beradi.
Ogviz bo'shlig'ini tekshirayotganda prikusni (tishlarning jipslanish holatiga) e’tibor beriladi (bu masala ortopedik stomatologiyada batafsil o'tilgani uchun to'xtamadik). Dastlabki tekshiruvda aniqlangan kasallikning mahalliy va umumiy belgilardan shifokor tahminiy tashhis qo'yib,qaysi guruh kasalligiga (yallig'lanish,jarohat, o'sma, tugvma nuqson) mansubligini aniqlaydi va qo'shimcha tekshiruv o"tkazadi.
Rentgenologik tekshiruvlar jarrohlik stomatologik kasalliklarda tishlar atrofidagi to'qimalarga baho berish, suyakdagi o'zgarishlar, yemirilish, sinish, o"smalarni aniqlash uchun ishlatiladi. Yuqori jag' bo'shlig'i holati, uning tubini tishlarga munosabatini bilish, begonajismlami aniqlash maqsadida o"tkaziladi. Sovlak yoMidan kontrast modda yodolipol yuborib so'lak bezlari holatini, yallig'lanish shakli yoki o"sma kasalligini aniqlash mumkin. So'lak bezi yoki sovlak yo"llarida tosh borligini aniqlash mumkin: kontrast moddani oqma yo'lga yuborib uning yo'nalishi, tugagan joyi aniqlanadi.
11
Kompyuter tomografiya o'ta sezgir tekshiruv usuli. Bu usulda ma’lum, kesimda nafaqat suyak,balki yumshoq to'qimadan hosil bo'lgan o'sma uning chegarasi, qobig'i va ichki tu'zilishini ko'rish mumkin. Ayniqsa bu usulda yuz va jagv suyaklari jarohatlarini ovta aniqlik bilan tashhislash, mushaklar holatini aniqlash, dinamik tekshiruvda suyakdagi reparativ osteogenez kechishini kuzatish mumkin. SHuning bilan birga suyak tuzilmalarida kechayotgan minerallanishni son va sifat o'zgarishlami, suyak usti pardasi holatini baholash uchun ishlatiladi. Bu usul ayniqsa yuz va jag' suyaklarida rekonstruktiv operatsiyani rejalashtirishda katta yordam beradi.
Magnito-rezonans tomografiya_- eng yangi tekshirish usullardan biri asosida doimiy magnit maydonida radioto'lqinli impulslarni vodorod yadrosidan elektromagnit tembranishlami hisoblab,uni monitorga tasvir qilib berishga asoslangan. Kompyuter tomografiyadan afzalligi yuqori darajada aniqlik bilan yumshoq to'qimalami bir necha xil kesimda tomograf qismlarini va bemorni siljitmagan holda ko'rsata olish. Afzalliklardan yana biri bu usulda ionlangan nurlanish yo'qligidir.
Elektroodontodiagnostika-bu usul tish ichidagi va ildiz atrofidagi to'qimalami, nerv tolalarining sezuvchanlik holatini aniqlash uchun ishlatiladi. Bu uslubda tish pulpasi holatini, yallig'lanish, jarohat, o'sma va boshqa kasallikda aniqlash mumkin.
Mikrobiologik tekshiruvlar- yara ajralmalari, bo'shliqlami yuvindilari,qon va surtmalar kasallik ko'zg'atuvchisi va uning antibiotiklarga bo'lgan sezuvchanligini aniqlash imkonini beradi.
Immunologik tekshiruvlar-qaytalanuvchi, uzoq cho'ziluvchi va tuzalish sust kechayotgan yallig'lanish va distrofik kasalliklarda organizmning qarshilik holatini aniqlash maqsadida qon va so'lakda T. V limfotsitlar va immunoglobulinlar aniqlanadi va immun tizimga baho beriladi.
Radio izotoplar bilan tashhislash yuz-jag' travmatologiyasi va paradontologiyada suyakdagi o'zgarishlami aniqlash, so'lak bezlari faoliyatini va o'sma kasalliklarini tashhislash maqsadida o'tkaziladi. Radioaktiv izotoplar yuborilib ulardan tarqalayotgan gamma-nurlari tashqaridan radiometriya va kompyuter sintigrafiya qilib patologik jarayon aniqlanadi.
Morfologik tashhislash. Patologik jarayonni (giperplastik yallig'lanish, yoki ovsma) oddiy usullarda aniqlash qiyin bovladi. SHunday holatlarda patologik jarayondagi to'qima yoki uning hosilalari morfologik tekshiriladi. Tekshirishning ikki xil usuli bor: sitologik va gistologik. Sitologik tekshiruv ancha oson va poliklinika sharoitida tez amalga oshiriladigan usul. Bunda so'lak, punktat yoki surtma oynaga tushirilib mikroskopiya qilinadi, hujayralar turkimi va ulardagi o'zgarishlarga qarab
12
patologik jarayonga nisbatan xulosa qiUnadi. Gistologik tekshiruvlar o'tkazish uchun patologik jarayon va atrofidagi sog' to'qima diagnostik biopsiyaga olinadi va 10-20% formalin eritmasiga iloji boricha tezroq solinadi va laboratoriyaga jo'natiladi. Bu tekshiruvda patologik jarayon to'qimalar turkimi va ulardagi sifat o'zgarishlardan xulosa qilinadi. Biopsiyaga olingan to'qima shu zahotiyoq bo'yalmagan holda ko'rilib xulosa chiqarilsa_- ekspres biopsiya deb ataladi, 2-3 kun ichida tayorlanib xulosa qilima-tsito-biopsiya, agarda olingan to'qima qator mahsus bo'yoqlarda tayorlanib kesilib bo'yalsa, u oddiy biopsiya hisoblanadi va kamida 10 kun ichida tayyor bo'ladi.
Biopsiya hajmiga qarab bo'linadi: ochiq (patologik jarayon sog' to'qima chegarasidan kesib olinadi), kengaytirilgan (patologik jarayon hammasi olinadi) punksion mahsus ichi keng igna o'smaga kiritiladi va igna oralig'i to'qima bilan sug'urilib olinadi va gistologik tekshiruv qilinadi.
III - BOB
Stomatologiyada og'riqsizlantirish turlari va ularning tasnif!
Bugungi kunda stomatologik muolajalami og'riqsizlantirishsiz bajarilishini tasavvur ham qilib bo'lmaydi. Bu tish davolash bo'ladimi, olish bo'ladimi yoki protezlash maqsadida charxlash bo'ladimi og'riqsizlantirishsiz bajarib bo'lmaydi.
Og'riqsizlantirish turlari va bajarish usuUari bugungi kunda juda yaxshi ishlab chiqilgan. Bajariladigan muolajaning davomiyligi va murakkabligini e’tiborga olib, adekvat og'riqsizlantirish uslubini va anestetikni to'g'ri tanlash uchun ular haqida yaxshi ma’lumotga ega bo'lish shart. Og'riqsizlantirish usullari quyidagi sxemada keltirilgan:
Og' riqsizlantirish
A. mahaHiy
B. umumiy (narkoz)
V.kombinatsiyalangan (birgalikda qilingan)
1. In’eksion (ignali)
a) infiltratsion (to'qimani to'yintirish)
b) o'tkazuvchan uch shoxli nervning biron tarmog'ini blokada qilish.
v) regionar - uch shoxli nervni
kalla suyagidan chiqib
bo' lingan j oyida blokada qil i sh.
2. Noin’eksion (ignasiz)
l.Ingalyatsion (nafas yo'li orqali)
a) maskali burun og'iz-burun orqali.
b) endotraxeal (kekirdakka mahsus naycha kirgazib)
2. Noingalyatsion ( nafas yo'li ishtirokisiz)
a) vena orqali
b) mushaklar orqali
a) neyroleptanalgeziya (NLA)
b) ataralgeziya premedikatsiya + ingalyatsiya.
v) balanslashtirilgan premedikatsiya +vena orqali g) Premedikatsiya + mahalliy
13
a) applikatsion (surtish, sepish)
v) rectal
b)elektranesteziya
v) audiovidio anelgeziya.
g) akupunktura
Stomatologiya amaliyotida mahalliy og"riqsizlantirish eng tarqalgan usul. Bu usulning afzalligi uning oson bajarilishida va katta samaradorligida, og'riqsizlantiruvchi dori vosiatalar bemor ongiga ta’sir etmagan holda nervlami sezish va og'riqni o'tkazishni vaqtincha to'xtatadi.
Anestetiklarga va mahalliy og'riqsizlantirish usullariga umumiy talablar
1. Har qanday og'riqsizlantiruvchi preparat umum ta’sir etuvchi dori vositasi.
2. Albatta steril va to'qimalarga beziyon bo'lishi shart.
3. Og'riqsizlantirishga ishlatiladigan anestetik harorati tana haroratiga teng bo'lishi kerak.
4. Og'riqsizlantirish muolajasini bajarayotgan vrach yuz-jag' anatomiyasini, xususan qon tomirlar, nerv tolalari topografiyasini, suyak va yumshoq to'qimalaming joylashishiga qarab mo'ljal olishni bilishi shart.
5. Anesteziya muolajasini bajarishdan oldin igna sanchiladigan yuzani antiseptiklar (furatsillin yoki 1% spirtli yod, eritmasi bilan ishlov berish shart).
6. Ishlatilayotgan igna o'tkir bo'lishi, sanchilayotgan kesuv yuzasi suyakka qaratilishi kerak.
7. Og'riqsizlantiruvchi eritma igna sanchilishi bilan to'qimaga yuborila boshlanishi miqdoran qancha kam va sekin yuborilsa shuncha og'riqsiz bo'lishini e’tiborga olish kerak.
8. Bir nuqtaga ignani ikki, uch marotaba sanchish, ignani suyakka taqab, anestetikni to'qimaga zo'riqtirib kiritish, suyak usti pardasining shikastlanishiga olib kelishini e’tiborga olish kerak.
9. Nerv va qon tomirlami shikastlamaslik uchun anestetikni to'qimaga yuborish ignani ichkariga kiritish bilan barobar bajarilishi shart.
10. Igna eritmadan ortda yurishi kerak.
Bugungi kunda stomatologiyada og'riqsizlantirish uchun juda kovp preparatlar ishlatilmoqda. Ulaming asosiy sifatlari farmakologik strukturalami oqsillar bilan birikishi, yog'lar eruvchanligi, to'qima orasida larqaluvchanligi bilan baholanadi. Og'riqsizlantiruvchi moddaning oqsil bilan bog'lanishi qancha yuqori va yog'larda eruvchanlik past bovlsa u shuncha yaxshi og'riqsizlantiradi va zarari kam bo'ladi. SHulami e’tiborga olganda bugungi eng samaraU og'riqsizlantiruvchi vositalar qatorida novokain, trimekain, lidokain, artikain preparatktridir.
14
Novokain - juda keng ishlatiladigan anestetik - para aminbenzonkislotaning murakkab efiri, suvda juda eruvchan, molekulalari to'qimalar bilan mustahkam bo'lmagan bog'lam hosil qilgani uchun zaharlovchi xususiyati juda kam. Sezuvchanligi baland bo'lgan nerv to'qimalari molekulalarini tanlab o'z ichiga qamrab oladi, ayniqsa simpatik nerv sistemasi Novokain ta’sirida dastlab sovuq va issiqni sezish, og'riq, keyin esa bosimni sezish yo'qoladi. Bu holatda yumshoq to'qimalarda va tish olish operatsiyalarini o'tkazish mumkin. Lekin endodontik muolajalar uchun novokain bilan og'riqsizlantirish yetarli bo'lmaydi, sababi pulpa asosan novokainga chidamli mieminlashgan nerv tolalardan tuzilgan.
Trimekain - aromatik omillar guruhiga kiradi - to'qimaga tez so'riladi va chuqur anesteziya beradi. Novokaindan uch marta kuchli og'riqsizlantiradi, ammo 1,5 marta toksik.
Lidokain - aromatik aminning amidi - animid suvda yaxshi erivchan, qaynatganda kislota va ishqorlar ta’sirida o'z xususiyatlarini yo'qotmaydi. Novokaindan 4 marta kuchli og'riqsizlantiradi, ammo 2 barobar zararli. Sekin parchalanadi va uzoq ( 3-5 soat) ta’sir qiladi. Hamma guruh nerv tolalariga barobar ta’sir qiladi. Sinonimlari astrakain, psilokain, lignokain, butvakain.
Eng oxirgi zamonaviy mahalliy anestetik bu artikain- sinonimi ultrakain u tiofen qatori hosilasiga mansub, bir vaqtda qon tomirlami kengayish va tekis mushaklarga spazmolitik ta’sir etadi. Oqsillar bilan yuqori darajada bog'lanishi, yog'da kam eruvchanligi yaxshi omil hisoblanadi. SHuning uchun ultrakain qo'shimcha kasalliklari bo'lgan, ayniqsa qari va xomilador ayollarga ishlatish tavsiya qilinadi. In’eksiya 3-4 minutdan so'ng ta’siri boshlanadi va 25 minutgacha davom etadi. Qisqa muddat ta’sir etishi e’tiborga olinsa, bu anestetikdan uzoq davom etmaydigan muolajalarda foydalanish tavsiya etiladi.
Anestetikning ta’sirini kuchaytirish va davomiyligini oshirish maqsadida odatda 100,0 ml 2% novakainga 1 ml. 0,1% adrenalin qo'shiladi. SHunda adrenalin miqdori 1:100000 tashkil qiladi. Bu miqdorda qo'shilgan adrenalin anestetikning to'qimaga so'rilishini u'zaytiradi, uning zaharliligini kamaytiradi, yetarli darajadagi og'riqsizlantirish kam miqdor bilan erishiladi. Adrenalinni qo'shib ishlatish qoidalariga to'liq rioya qilinmasa salbiy oqibatlar kuzatilishi mumkin. Odatda adrenalin miqdori kovp yuborilsa, mahalliy ishemiya kuzatiladi, to'qima rangi ovchib oqaradi, katta miqdorda yuborilsa nekroz bo'lishi mumkin. Umumiy ta’siri natijasida bosh og'rishi,bo'shashish, taxikardiya, arterial bosim tushishi va boshqa belgilar namoyon bo"ladi.
15
Salbiy asoratlar oldini olish uchun standart ampulangan adrenalin qo'shilgan, ayniqsa karpula shaklida chiqarilgan anestetiklardan foydalangan ma’qul.
Uch shoxli nerv innervatsiya sohasini inf!ltratsiyalash (bo'ktirish) applikatsiyali (surtish) suyak ichi, intraligametar og'riqsizlantirish usullari
Og'riqsizlantiruvchi modda to'qimalarga (ignasiz) surtilishi hisobiga ta’sir qiladi. Odatda bu usuldagi og'riqsizlantirish, og'iz va burun shilliq pardasida o'tkaziladi. Eritma holidagi anestetiklar (2% dikain, 2% piromekain 5%, 10% lidokain) kichik tamponga shimdirilib, quritilgan shilliq parda ustiga surtiladi yoki bir necha daqiqa bostirib ushlab turiladi. 5% lidokain yoki 5% piromekain malhami shilliq pardaga ishqalab surtiladi. Og'riqsizlantirish 1-3 minutdan so'ng boshlanadi va 20-30 minut davom etadi. (Rasm 1, 2).
Bu usulga ko'rsatma - shilliq qatlamdagi kichik jarrohlik harakatlar, igna sanchishni og'riqsiz o'tkazish, tishlar toshini olish, yuqori jag' bo'shlig'i punksiyasini bajarish.
Yuz yumshoq to'qimalarida bajariladigan jarrohlik muolajalami og'riqsizlan-tirish maqsadida bevosita operatsiya maydoniga igna sanchilib anestetik yuboriladi va shu sohada to'qima to'yintiriladi. Og'riqsizlantiruvchi modda nervning periferik retseptorlari o'tkazuvchi tolalari orqali miya markaziga ta’sir etadi. Mahalliy og'riqsizlantirish asosida anestetik hujayra
Applikatsion anesteziya
Rasm -1
Rasm - 2
INFELTRATSION OG'RIQSIZLANTIRISH (to'qimanl anestetik bilan to'yintirish)
16
lipid qobig'i oqsili bilan hosil qilgan makromolekula natriy kanalining blokka tutishi yotadi. Natriy kanali ichki devoridagi retseptor anestetik bilan bog'lanadi. Buning uchun anestetik lipid membranadan o'tishi kerak. anestetik yog'da qanchalik yaxshi erisa u shuncha tez membranadan o'tadi va oqsil bilan qancha uzoq bog'lansa shuncha kuchli va davomli og'riqsizlantirish kuzatiladi.
Infiltratsion og' riqsizlantirishga ko'rsatmalar
Yuz yumshoq to'qimalari, yuqori jag' alveolyar o'sig'i va tanglayda operatsiya muolajalari tishlaming kariyes kavagiga shakl berish, endodontik davo o'tkazish va tishlarini qoplamalarga charxlash.
Anestetik yumshoq to'qimaga yuborilgan sohada og'riqsizlantirish shu zahoti boshlanadi. Anestetik yuborilgan to'qimaga nisbatan teri, teri osti yog' qatlami, mushak, shilliq osti, suyak qobig'i osti, suyak ichi intraligamentar infiltratsion usullar farqlanadi.
Shilliq parda osti infiltratsion og'riqsizlantirish Bajarish texnikasi. (Rasm - 3)
1. Anestetik shpritsga olinganidan so'ng uni o'ng qo'lga qalamni yozish uchun ushlagandek uch barmoq orasiga olinadi va bosh barmoq shprits porsheni ustiga qo'yiladi.
2. Chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan yuqori lab ko'tariladi.
3. Yuqori labni ko'rsatkich va bosh barmoq orasiga olib ko'tarish ham mumkin. SHundan so'ng alveolyar o'siqdagi surilmaydigan milkdan 3-4 ml. yuqoriroqda igna sanchiladi, anestetik yuborilib igna to'qimaga kiritiladi va ildiz uchi tomon yo'naltiriladi (tish davolash maqsadida).
4. Igna kiritilganidan so'nggi ho!at.
3-6. Muolaja alveolyar o'siqning bir necha tish oralig'ida bajariladigan bo'lsa, yuqori labni chap ko'rsatkich barmoq bilan ko'tarib ignani o'tuv burma shilliq pardaga 40-45 gradusda sanchiladi va anestetik yuborilib, igna o'tuv burma bo'ylab kerakli ko'lamda kiritilishi bilan 2-3 ml. anestetik yuboriladi.
7.Tanglay shilliq pardasi og'riqsizlantirilayotganda igna kesigi suyakka qaratilib, 40^t50 burchak ostida to'qimaga kiritiladi va 0,S ml. anestetik yuboriladi.
17
18
ESINGIZDA BOLSm.
Infiltratsiya usulida bajarilgan og'riqsizlantirishdan so'ng yumshoq to'qimalardagi jarrohlik amaliyotini bir necha daqiqadan so'ng boshlash mumkin. Suyak va tishlardagi amaliyotni 7-10 daqiqadan so'ng bajarish mumkin.
Uzoq va chuqur og'riqsizlantirish zarur bo'lsa anestetikning har 10 ml.ga 2-3 tomchi adrenalin eritmasi qo'shiladi.
IntraIigamentar periodontal og'riqsizlantirish. Hozirgi davrda keng qo'llanilayotgan usul. Anestetik periodont to'qimasiga bosim bilan kiritiladi. Bu usul karpula tutuvchi shprits va karpuladagi anestetik va kalta igna bilan amalga oshiriladi. (Rasm-4).
Anesteziyani boshlashdan oldin tish va atrofldagi to'qimalarga antiseptik ishlov beriladi, yumshoq karash va toshlar olib tashlanadi.
2. Aplikatsiya usulida milk tish cho'ntagi og'riqsizlantiriladi.
3. Karpulali shprits ignasi tish markazidan o'tkazilgan shartli o'qiga nisbatan 30° gradus qiyalikda, igna kesigini ildiz yuzasiga qaratib, periodont to'qimasiga sanchiladi va zich to'qimaga kirgani sezilguncha 1-3 mm chuqurlikka surib boriladi, oldin vestibulyar keyin til yoki tanglay tomonidan qilinadi.
4. Anestetik 0,2-0,6 ml miqdorda bosim bilan asta-sekin periodontal oraliqqa kiritiladi.
5.Igna qaytarilib olinayotganda albatta bosimni ushlab tortib olish kerak, chunki karpula ichidagi rezinkali tutqich to'qima bosimidan orqaga qaytib to'qima suyuqligini karpula ichiga tortishi mumkin.
Og'riqsizlantirish shu zahotiyoq boshlanadi va 30 minutgacha davom
etadi.
/ Rasm - 4
Bajarilish sxemasi. Interligamentar og'riqsizlantirish uchun ignaning
sanchiiadiean nuatalari.
19
Suyak usti pardasi taglga (subperiostal) anesteziya qilish tavsiya qilinmaydi, chunki anestetik suyak pardasini ajratib ogvriq beradi va bir necha kun shu soha og'rib turadi.
Suyak ichi anestezlyasi. Infiltratsion anesteziya yetarli
og'riqsizlantirish bermasa, suyak ichi (intraossal) og'riqsizlantirish o'tkazsa bo'ladi. Buning uchun :1) operatsiya maydonida infiltratsion yoki applikatsion og'riqsizlantirish o'tkaziladi 2) vestibulyar tomondan alveolyar o'siqning ikki tish orasidagi kompakt suyagi dumaloq bor bilan teshiladi.
3. Ochilgan yo'l orqali suyakning g'ovak qismiga igna sanchilib 1-2 ml anestetik bosim bilan yuboriladi. Igna sanchilgan tomondagi ikki tish shu zahotiyoq og'riqsizlantiriladi va 60 minutgacha davom etadi. Pulpa va periodontga ta’siretgani uchun stomatologik muolajalaming barchasini (kariyes kavakka shakl berish, pulpit, periodontitni davolash, ildiz uchini rezeksiya qilish, tishni protezlash maqsadida charxlash va boshqa) bajarish imkoniyatini beradi.
Rasm - 5
Uch shoxli nerv ikkinchi tolasining innervatsiya sohasini o'tkazuvchan og'riqsizlantirish usullari
20
OTKAZUVCHAN (TARMOQLI) OG'RIQSIZLANTIRISH
O'tkazuvchan og'riqsizlantirish odatda operatsiya maydonidan chetda, uch shoxli nervning katta tarmoqlari atrofida o'tkaziladi. O'tkazuvchan og'riqsizlantirish katta hajmdagi uzoq davom etadigan yuzjag' jarrohlik aralashuvlarida va tishlarda davolash, charxlash muolajalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Post. sup.
Rasm-6
21
TV. l»l A, M:n.i'.ry H
.in.
il 11 r-',iii*i^I tn.iM* 7*, Spii* n<*p.i..u.iv
.*.* T. \V b, H '
u" 1 \h r
i •
Rasm - 7
Infraorbittal anesteziya
YUqori jag" oldingi guruh tishlarini davolash, olish, qo'yish maqsadida charxlash, alveolar o'siq va uning ustidagi shilliq pardada jarroxlik muolajalar o'tkazish.
Ko'z osti nervini o'tkazuvchan og'riqsizlantirishni ikki uslubda bajarish mumkin: og'iz ichidan va tashqarisidan.
Koxz osti nervijoylashgan kanal qiya bo'lib, u tepadan pastga, oldinga va ichkariga (medial) yo'nalgan bo'ladi. SHuning uchun igna sanchilgandan so'ng pastdan yuqoriga, tashqariga qarab yo'naltiriladi.
Ko'z osti kanali chiqish teshigini aniqlashning uch usuli bor:
1. Ko'z kosasi pastki kirg'og'ini paypaslab yuqori jag' yonoq o'simtasi va yonoq suyagi chokini hosil qilgan bo'rtmani topamiz, teshik shu bo'rtmada ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm. pastroqda joylashadi.
Rasm - 8
2. Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm. pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz, ikkinchi chiziqni vertikal holatda ikkinchi kichik oziq tish ildizi o'rtasidan o'tkazamiz. SHu chiziqlar kesishgan nuqtani ko'z osti nervi teshigi joylashgan deb tasavvur qilamiz.
3. Ko'z kosasi pastki qirrasidan 0,5-0,75 sm. pastroqda shartli gorizontal chiziq o'tkazamiz. Ikkinchi vertical chiziq to'g'riga qarab turgan ko'zning qora chetidan o'tkaziladi. SHu chiziqlaming kesishgan nuqtasi ko'z osti kanaliga kirish joyi
bo'ladi.
23
OG'IZ ICfflDAN BAJARISH USULL
Bajarilish usuli
l.Og'iz ichidan o'tkazish uchun yuqorida aytilgan uslublaming biridan foydalanib ko'z osti kanalining teshigi mo'ljalga olinadi. 2.CHap qo'lning ko'rsatkich barmog'i teshik tahmin qilingan nuqtaga qo'yiladi. 3.Katta barmoq bilan og'iz ichidan yuqori lab ko'tariladi .4.Igna markaziy va yon kurak tishlar oralig'idan o'tuv burmaga sanchiladi. SHu zahotiyoq og'riqsizlantiruvchi eritma yuboriladi va teshik tahmin qilingan sohaga suyakka yetkuncha kiritiladi. 5.SHu sohaga 1-2 ml. yuborib bir ikki daqiqa o'tib igna bir oz orqaga tortiladi va teshikni topish uchun suyakka bir necha marta sanchib teshik topiladi 6.Igna kanalga kirsa “chuqurga tushganday” bo'ladi, 0,5 sm. kanalga kirib 1 ml eritma yuboriladi.
2.0g'iz tashqarisidan bajarilish usuli.
1. YUqorida keltirilgan usullardan birini ishlatib ko'z osti kanal teshigi sohasi tahmin qilinadi.
2. CHap qo'lning ko'rsatkich barmog'i bilan to'qimalar shu sohaga taqab ushlanadi 3.Igna tahmin qilingan teshikdan 1 sm. Pastga va yonga (medial) o'tib sanchiladi 4.Davomi ogviz ichidan bajarilgan uslubda yozilganidek o'tkaziladi.
Rasm - 9
Rasm -10
24
Ogoh bo Iing!
Anesteziya muolajasini bajarishda uslub to'g'ri bajarilmasa quyidagi asoratlar - gematoma, diplopiya, ko'z osti nervi jarohatlanishi mumkin.
Tuberal anesteziya
Uch shoxli nervning ikkinchi shoxi yuqori orqa alveolyar tarmoqlari yuqori jag" suyagining qanotsimon tanglayga qaragan orqa bo'rtmasi yuzasidan bir necha tola orqali suyakka kirib keladi va yuqori jag'ni uchta katta oziq tishlar, shu sohadagi suyak va milkni innervatsiya qiladi. Anestetik modda aynan shu sohaga yetkazilishikerak.
Rasm -11
Bajarish texnikasi
1. Og'iz yarim ochiq holatida chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i, yoki shpatel yordamida lunj ko'tariladi
2. Igna uchi kesigini suyakka qaratib yonoq alveolyar qirrasi ortidan ikkinchi va uchinchi katta oziq tish orasi ro'parasidan o'tuv burmaga sanchiIadi.
3. Ignani kiritish bilan eritma yuboriladi va suyak usti pardasi ustidan yuqoriga orqaga va ichkariga qarab 2-2,5 sm. kiritiladi. Igna kiritish bilan birga 1,5-2,0 ml. anestetik yuboriladi.
Ogox bo'ling!
Noto'g'ri bajarilgan muolaja qon tomirlamingjarohatlashi (gematoma) yoki qon tomiriga tushib anestetik tomir ichiga ketishi mumkin.
25
Ehtiyot choralari.
Qon tomirlarni shikastlamaslik uchun ignaning to'qimaga kiritilishi zahoti anestetikni yuborish. Qon tomirlarga igna tushganligini tekshirish maqsadida shprits porshenini orqaga tortib ko'rish, qon chiqsa ignaning holatini o'zgartirish lozim. Anesteziya qilib bo'lganidan so'ng kaft bilan lunjni siqib ushlab turish qontalash oldini oladi.
Tanglay katta teshigida o'tkaziladigan anesteziya.
Uch shoxli nervni ikkinchi shohidan qanot-tanglay chuqurchasida hosil bo'lgan qanot-tanglay tugunidan ajralib tanglay nervi katta tanglay kanali orqali katta tanglay teshigidan chiqadi va tanglay shilliq pardasining orqa qismini innervatsiya qiladi.
Rasm- 12
Rasm -13
Bajarish texnikasi
l.Ignani sanchishdan oldin tanglay katta teshigining joylashishini tasavvur qilish kerak. Teshik proyeksiyasini topish uchun hayolan ikkita bir birini kesib o'tuvchi chiziq o'tkazamiz, biri uchinchi katta oziq tishi o'rtasidan tanglay parallel chokigacha. SHu masofa uchga bo'linadi va alveolyar o'siq tomondan masofaning Vi qismi mo'ljalida ikkinchi kesib o'tuvchi chiziq o'tkaziladi. Shu chiziqlar kesishgan nuqta katta tanglay teshigi proyeksiyasi bo'ladi. Og'iz ochib turganda bu teshikka ignani perpyondikulyar sanchib bo'lmaydi. Igna qiyalab borishini e’tiborga olib, u teshik proyeksiyasidan 0,5 sm. oldiroq va o'rtaroq sanchiladi.
Rasm - 15
26
Og'iz katta ochiladi, og'riqsizlantirishga qarama-qarshi tomondan o'ng qo'lda ushlangan shprits katta tanglay teshigi tahmin qilingan nuqtaga qaratiladi, igna sanchilib anestetik yuboriladi. Igna to'qimaga suyakka qadalguncha kiritiladi va 0,5 ml. anestetik yuboriladi.
Ogoh bo'ling!
Anestetik ko"p yuborilsa, yumshoq tanglay mushaklarini harakatlantiruvchi nerv tolalari bloklab tutib tanglay mushaklari harakatsizlanadi. Natijada yo'tal va qusish harakatlari paydo bo'ladi.
Burun-tanglay nervni og'riqsizlantirish.
Bu nerv qanot-tanglay tugunidan ajralib lateral va medial tarmoqqa bo'linadi. Lateral tarmog'i n.nasopalatinus burun to'sig'idan pastga va oldinga can. Insisivus orqali qattiq tanglayning old qismiga chiqadi.
Rasm- 16
Rasm -17
Ogriqsizlantirishga ko'rsatma: YUqori jag' frontal tishlarini davolash, olish va charxlash, alveolyar o'siq va qattiq tanglay shilliq qavatidagi jarrohlik muolajalari.
Bajarish texnikasi Og'iz ichidan
Burun-tanglay nervi tanglayga ikki markaziy kurak tishlar o'rtasidan o'tkazilgan chiziqda joylashgan teshikdan chiqadi. Teshik ustida shilliq pardadan hosil bo'lgan sovrgvich bo"ladi. Igna sanchishdan oldin shu sovrgvich va atrofiga 10% lidokain surtiladi.
27
Rasm-19
Bemor boshi orqaga tashlab og'izni katta ochish so'raladi. Igna so'rg'ichning orqa qismiga sanchiladi va shu zahoti 0,5 ml. anestetik yuboriladi. Igna to'qimaga 5-6 mm kirgach suyakka qadaladi. SHu yerga anestetik 0,25-0,5 ml yuboriladi. Kanal ichiga tushish qiyin, chunki tikka qaratilgan igna kirishi mumkin, ammo pastki jag' bunga halaqit qiladi.
Burun ichidan bajarish
Og"riqsizlantirish burun dahlizi tubiga va to'sig'iga ikki tomondan dikain surtilgandan so'ng bajariladi. Shprits o'ng qo'lda bo'lib og'riqsizlantirish ikki tamondan o'tkaziladi, igna burun yo'lining tubiga to'siq asosiga sanchilib yuqoridan pastga va o'rtaga qarab yo'naltiriladi va qadalguncha kiritiladi va 0,5-1 ml. anestetik yuboriladi.
Yodingizda bo'lsin!
Burun-tanglay nervi hosil qilgan sovrgvichga igna sanchishdan oldin albatta applikatsiya usulida og"riqsizlantirish shart. Igna kanalga chuqur kiritilsa burun shilliq pardasi jarohatlanadi va qonaydi.
28
ro
vO
Rasm - 20
PASTKIALVEOLYAR NERVNI OG'RIQSIZLANTIRISH USULLARI.
Mandibulyar og'riqsizlantirish
Bu og'riqsizlantirishni bajarish uchun pastki alveolyar nerv jag suyagiga kiradigan teshik proyeksiyasini yaxshi tasavvur qilish kerak. Teshik pastkijag' shox qismining ichki yuzasidajoylashgan o'rtacha qilib, u jag'ning old qirrasidan - 15 mm, orqadan - 13 mm, yuqoridan - 22 mm, jag' burchagi qirrasidan - 27 mm masofada joylashgan. Katta odamda teshik pastki katta oziq tishlar chaynov yuzasidan gorizontal o'tkazilgan shartli chiziq balandligida joylashgan. Teshik old qismining Linqila mandibulae to'sib turadi. SHuning uchun igna teshikdan 0,75-1 sm. yuqoriroqqa sanchilib nerv kanalga kirishidan oldin joylashgan suyakdagi tamovcha (sulcus coli mandubulae) atrofiga anestetik yuboriladi.
uch shoxli nervning uchinchi tolasini og'iz ichidan o'tkazuvchan og' riqsizlantirish
Rasm - 21
Paypaslab bajarish
Bu usulda pastki jag' suyagidagi anatomik tuzilmalar paypaslab topiladi. Og'riqsizlantirish o'ng tomonda o'tkazilsa chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i,
30
chap tomonda - chap qo'lning bosh barmog'i bilan pastki jag shoxining qirrasi ogviz ichidan paypaslab topiladi va ichkariga kiritilib chakka qirrasi aniqlanadi, retromolyar chuqurchaga barmoqni tirab ushlanadi. O'ng qo'lga shpritsni olib igna qarama-qarshi tomondan kichik oziq tishlar sohasidan barmoq bilan aniqlangan chakka qirradan ichkariga 0,75-1 sm. oxirgi katta oziq tish chaynov yuzasidan 0,75-1 sm. balandlikda sanchiladi.
Rasm - 24
31
Shu yo'nalishda 0,5-1 ml. eritma yuboriladi, ignani 2-2,5 sm. orqaga va tashqariga kiritilib, yana 2-3 ml anestetik yuboriladi
Apodaktil (barmoqlar yordamisiz) usul
Bu usul bilan og' riqsizlantirishda asosan qanot-jag' burmasi (plica pteriqomandibylaris) mo'ljal hisoblanadi. U pastki jag' shoxining chekka qirrasidan ichkarida vertikal yo'nalishidajoylashgan.
1. Og'iz katta ochilgan holda shprits va igna qarshi tomondan ikkinchi kichik va birinchi katta oziq tishlar orasi sohasiga joylashtiriladi.
2. Igna burma old qirg'og'i vertikal uzunligi o'rtasiga sanchiladi.
3. Ichkariga va tashqariga 1,5-2 sm. suyakka tekkuncha kiritiladi.
4. Igna suyakka tegmasa shprits bir oz orqaga qaytariladi va ikkinchi uchinchi katta oziq tishlar sohasidan qaytadan kiritiladi.
Rasm - 25 Rasm-26
PASTKI JAG' TORUSI SOHASIDA M.M.VAYSBREM USLUBH>A OG'RIQSIZLANTIRISH
Bu uslubda bir vaqtda lunj, til va pastki alveolyar nerv og' riqsizlantiriladi.
Bajarish texnikasi.
1. Bemomi to'g'riga qaratib engak sal pastroq tushiriladi va og'iz katta ochiladi.
2. Chap qo'lga shpatel yoki Farabef ilmog'i olinib, lunj yonga tortiladi.
3. O'ng qo'lga shprits olinadi va og'riqsizlantirishga qarshi tomon molyar tishlar sohasidan igna uchi sanchish nuqtasiga yo'naltiriladi.
4. Sanchish nuqtasi yuqori jag' chaynov tishlar yuzasidan 0*5 sm. pastroq o'tkazilgan shartli gorizontal chiziqning qanot-jag' tamovchasi lateral qirg'og'idan o'tkazilgan vertikal chiziq bilan kesishgan joyiga to'g'ri keladi.
5. Igna shu nuqtaga perpendikulyar qilib sanchiladi va suyakka qadaIguncha kiritUadl 1,5-2 ml anestetik yuboriladi.
32
LINGUAL N-
Rasm - 27
ESLATMA: ayrim hollarda bu uslubdagi og'riqsizlantirishda lunj nervi sezuvchanligi saqlanib qoladi va qo'shimcha infiltratsion og'riqsizlantirishni taqazo etadi.
OG'IZ ICHIDAN BAJARILADIGAN USUL:
1 .Bemor tishlarini jipslaydi.
2. Pastki labni chap qo'lni ko'rsatkich va bosh barmog'i bilan ushlab tashqariga suriladi.
3. CTtuv burmada kichik oziq tishlar orasida teshik proyeksiyasi tahmin qilinadi.
4. Tahmin qilingan teshikdan 0,5 sm. yuqoridan birinchi katta oziq tish ro'parasidan igna sanchilib kanalga qarab yuqoridan pastga, i9hkariga va oldinga suyakka qadalguncha kiritiladi. Igna uchi bilan teshik tdpiladi va 3-4 mm ichiga kirib 1-2 ml anestetik yuboriladi.
Rasm - 28
33
Pastki alveolyar nervni tashqaridan og'riqsizlantirish usullari
Jag' ostidan og'riqsizlantirish texnikasi.
l.Quloq suprasi kozelogining yuqorisidan chaynov mushagi oldi qirrasiningjag' tanasiga yopishganjoyga shartli chiziq o'tkaziladi va teng bo'linadi. Bo'lingan nuqta foramen- mandibularisga to'g'ri keladi.
2.Igna pastki jag' burchagidan 1,5 sm. oldinga sanchilib anestetik yuboriladi va suyakni sezgan holda uning ichki yuzasidan, shoxning orqa qirrasiga parallel ravishda 3,5-4 sm. yuqoriga mo'ljal qilingan nuqtaga qarab kiritiladi va 2 ml anestetik yuboriladi.
3.Igna shu yo'nalishda yana 1 sm. ichkariga va yuqoriga kiritilsa til nervi ham og'riqsizlantiriladi.
Yonoq suyagi ravog'i ostidan o'tkaziladigan og'riqsizlantirish (Bershe-Dubov usuli).
1. Igna yonoq suyagi rovog'ining pastki qirrasi osti quloq suprasiga (kozeloq) dan 2 sm. oldinga sanchiladi.
2. Shprits yuzaga nisbatan perpendikulyar holatga keltirilib ichkariga 2-2,5 sm. kiritiladi. (Bershe usuli)
3. Kiritish davomida doim anestetik yuborilib turiladi. Mo'ljalga yetib borganda 2 ml. anestetik yuboriladi.
4. Igna yanada chuqurroq 3-3,5 sm. kiritilsa pastki alveolyar, til va ayrim holatlarda lunj nervi og'riqsizlantiriladi (M.D. Dubov usuli).
Bershe usuliga ko'rsatma - yallig'langan jag'lar qontrakturasini kamaytirish, ogviz ochilishini ta’minlash.
M.D.Dubov usulida qontrakturani kamaytirish bilan bir vaqtda pastki alveolyar nerv og'riqsizlantiriladi.
34
ENGAK NERVINI OG' RIQSIZLANTIRISH.
Bu nervni og'riqsizlantirish uchun for mentalae proyeksiyasini topish va nerv joylashgan kanal yo'lini yaxshi tasavvur qilish kerak. Nerv yetgan kanal pastki jagv ichidan tashqariga birinchi va ikkinchi kichik oziq tishlar to'sig'i oralig'ida pastki jag' tanasining pastki qirrasidan 12-13 mm yuqorida ochiladi. Suyak ichida u yarim halqa shaklida burilib tashqariga, yuqoriga, orqaga qarab ochiladi.
Engak nervini og'iz tashqarisidan og'riqsizlantirish texnikasi
1. Agar og'riqsizlantirish o'ng tomonda qilinsa shifokor bemoming orqasiga o'ng yoniga o'tadi, agar chap tomonda bajarilsa, oldida va chap yonida turadi.
2. Chap qo'l ko'rsatkich barmog'i bilan tahmin qilingan dahan nervi chiqqan teshikka, yumshoq to'qimalar suyakka bosib ushlanadi.
3. Igna yo'nalishi kanalga mos qilib qaratiladi va mo'ljaldan 0,5 sm. yuqori va orqaga sanchiladi. Anestetikni yuborish bilan bir vaqtda igna yuqoridan pastga, ichkariga va oldinga qarab suyakka qadalguncha kiritiladi - 0,5 ml. anestetik yuboriladi.
4. Bir daqiqa kutib, igna uchi bilan suyakdan nerv chiqqan teshik topiladi va 3-4 mm ichiga kirib 1-2 ml anestetik yuboriladi.
c
Rasm - 30
35
Yuqori va pastki alveolyar nervlarni qanot-tanglay chuqurchasida
S.N.Vaysblat usulida og'riqsizlantirish
Bajarish texnikasi.
1 .Quloq kozelogidan ko' z kosasining tashqi qirrasiga o'tkazilgan chiziq (trago-orbital) o'rtasi belgilab olinadi.
2. Shprits o'ng qo'lga olinib 1x1 sm rezinka laxtagini ignaga o'tkaziladi.
3. Belgilangan nuqtaga, yuzaga nisbatan vertikal holda, igna sanchilib, ichkariga 5-6 sm. uchi ponasimon suyakni. tashqi qanotsimon plastinkaga taqalguncha kiritiladi.
4. Igna orqaga 23 qismiga
tortib olinadi va 15-20° orqaga qaratib qaytadan ignadagi rezinka (probka) teriga tekkuncha kiritiladi va 3-4 ml. anestetik yuboriladi. Texnik jihatdan to'g'ri anesteziya bajarilsa yuqori jag' shu tomonidagi hamma tishlari va atrofidagi yumshoq to'qimalar
og' riqsizlantiriladi.
5. Agarda igna orqaga 23 qismiga tortib olinib ya’ni shu masofaga faqat 1 sm.orqaroqqa
i
kiritilib 4-5 ml. anestetik yuborilsa, uch shoxli nervning uchinchi shoxini kalla suyagidan chiqish joyida
og'riqsizlantirishga erishiladi. Bir vaqtda pastki alveolyar, til va lunj nervIari og'riqsizlantiriladi.
Rasm - 32
36
Mahalliy og'riqsizlantirish asoratlari: sabablari, tashhislash, davolash va oldini olish choralari
Mahalliy og'riqsizlantirish natijasida hosil bo'ladigan asoratlar ko'pincha xatolardan kelib chiqadi. Har bir asorat bemorga va shifokorga ancha noxushliklar keltiradi. Masalan anestetik o'rniga boshqa dorilarni yuborish (kaltsiy xlorid eritmasi, etil spirt, formalin va boshqa moddalar) Yoki anestetikni ko'p yuborib-zaharlanish, yoki anestetikka allergik reaksiyalari bo'lishi mumkin.
Begona modda yuborilganligi belgilari:
Igna sanchilib shpritsdagi moddaning birinchi tomchilari to'qimaga yuborilishi bilan o'tkir kuchli og'riqqa shikoyat - begona moddaning yuborilganligi belgisi. Shu zahoti moddani yuborish to'xtatiladi, yangi shpritsga shu yerga novokain eritmasi yuboriladi va to'qima kesiladi, natijada to'qimadagi begona modda chiqib ketadi va uning konsentratsiyasi pasayadi.
Anestetiklardan zaharlanish.
Stomatologik muolajalarda ishlatiladigan anestetiklar novokain, trimekain kam zaharli moddalar, masalan, novokain eritmasini bir marotabalik mushak orasiga yuborish mumkin bo'lgan dozasi 1 g. yoki 2% - 50 mL
Trimekain novokaindan kuchli va davomli og'riqsizlantiruvchi anestetik 2% eritmasini 50 ml.yuborish mumkin. Lidokain novokaindan ancha kuchli og'riqsizlantiruvchi preparat 1% va 2% lidokain novokaindan 40-50% zaharlanishi baland. SHuning uchun miqdoran novokainga nisbatan ikki marta kam yuboriladi.
Odatda bu anestetiklar stomatologik muolajalarni bajarayotganda ko'p miqdorda yuborilmaydi va sog'lom organizmda zaharlanish kuzatilmaydi. Anestetiklardan zaharlanish qon zardobini xolinesteroz aktivligi pasayganda (giperterioz, og'ir allergik ahvol, alimentar distrofiya) gepatit, jigar sirrozida bo'lishi mumkin ayniqsa shunday bemorlarda qon tomirga yuborilsa. Anestetik qonsentratsiyasi katta bo'!ib u ko'p yuborilsa, shuncha zaharlanish oshadL
Novokaindan zaharlanish belgilari
Bosh aylanish, bosh og'rishi, xolsizlik, bo'shanqirash, ko'ngil aynab qusish, qo'rquv. Mahalliy teri va shilliq qavat rangi o'chishi (oqarish), muzdek ter chiqishi, tez-tez va yuza nafas olishi, bezovtalanish. ayrim holda tutqanoq bo'lishi. Arterial qon bosim tushib, puls tezlashib, susayishi kuzatiladi. Kam uchraydigan xol bo'lbar markazning susayishi bradikardiya - pirovardida yurak to'xtashi va nafas to'xtashi.
37
Yordam choralari. 1) Darhol anestetik yuborilishi to'xtatiladi, 2) Kreslo gorizontal holatga keltiriladi, 3) nashatir spirt hidlatiladi, 4) vena ichiga 20 ml 40% glyukoza 1-2 ml kordiamin, 5% askarbin kislota (2- 5ml). Yurak glikozidlaridan 0,06% korglyukon (l-0,5ml.) 0,05% strofantin 0,5 ml, 5) kuchli bezovtalanish bo'lsa vena ichiga 1% natriy tiopental 1-2 ml, 6) yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo'lsa - sun’iy nafas oldirib tomchilab yuborish uchun venaga sistema ulanib fiziologik eritma yoki reopolyuglyukin 500-1000 ml quyiladi. Siydik haydash maqsadida 2- 4 ml laziks yuboriladi.
Adrenalindan zaharlanish belgilari: bezovtalanish, qo'rquv,
qaltirash, sovuq qotish, teri rangining oqarishi, hansirash, bosh og'rig'i, yurak urib ketishi qon bosimi ko'tarilib, yurakda og'riq bo'lishi. Ayrim hollarda yurak urish rejimi buzilib xushsizlik, bosh miyaga qon quyilishi mumkin.
Yordam choralari: 1) gorizontal holatga keltirib, 2) vena ichiga 0,6-1 ml. 0,1% atropin sulfat, 3) 0,5 ml 0,05% strofantin eritmasi yuborish, 4) amilnitrit va kislorod bilan nafas oldirish, 5) qon bosimi oshsa - 6-8 ml 0,5% dibazol, 5-10 ml 2,4% eufillin, 5-10 ml 25% magniy sulfat eritmasi
6) til ostiga 1-2 tabletka nitroglitserin tavsiya qilinadi.
Xushdan ketish - ko'p uchraydigan asorat. Mahalliy og'riqsizlantirishning hamma bosqichlarida uchraydi. Bosh miyaning kislorod bilan kam ta’minlanganidan kelib chiqadi. Belgilari: bosh aylanishi, quloqlar shang'illashi, ko'ngil aynishi esnash. Teri rangi o'chadi, namlanadi, ko'z qorag'ichi kengayadi, # puls tezlashib, kuchsizlanadi. Qon bosim tushib ketadi. Nafas siyraklashadi va yuza olinadi. Bexushlik holati yuzaga kelib mushaklar tonusi tushib ketadi.
Yordam choralari_- 1) Gorizontal holatga keltirib, toza havo oqimi ko'paytiriladi (oynalar ochilib, yoqa yechilib, ventilyator yo'naltiriladi) 2) Nashatir spirt bilan chakkalar artilib, hidlatiladi 3) Sochiqni muzdek suvda ho'llab, yuz, bo'yin va tananing ochiq qismlari artiladi. SHular natijasida bemor o'ziga keladi. 4) Ahvol o'zgarmasa va chuqurlashsa vena ichiga yurak qon tomirga ta’sir etuvchi dorilar yuboriladi. Bu holatning oldini olish maqsadida doimiy ravishda bemorning ruhiy holatida tanglikni bartaraf qilish kerak.
O'tkir tomir yetishmovchiligi (kollaps)
Bemor xushini yo'qotmaydi, bo'shashadi, atrofga beparvo, boshi aylanadi. Teri rangi o'chib, muzlaydi va namlanadi. Puls tezlashadi, urishi sust, to'liq emas. Arterial bosim tushib ketadi, nafas olish yuza.
38
Yordam choralari
1) Bemor gorizontal holatga, boshi gavdasidan pastroq holatga keltiriladi 2)Vena ichiga 20-60 ml. 40% glyukoza eritmasi, 2-5 ml 5% askorbin kislotasi eritmasi, 2-3 ml. kordiamin, 1-2 ml. kofein eritmasi yuboriladi. Shulardan so'ng 10,0 ml. 10% kaltsiy xlorid eritmasi yuboriladi.
Anafilaktik shok
Novokain anafilaktik shok beradigan dori vositalar ichida to'rtinchi o'rinda turadi. Bu og'ir asorat odatda allergik kasalliklarga moyil, oldin ham dorilarga allergik reaksiya bergan odamlarda uchraydi, yoki yaqin qarindoshlarida allergologik muammolari bo'lgan toifadagi bemorlarda uchrashi mumkin. Adabiyotda anafilaktik shokning 5 xil ko'rinishi farqlanadi: kardial, astmoid, serebral, astmoid va abdominal. Kechishi bo'yicha - o'ta tez, og'ir, o'rtacha og'irlikda va yengil bo'lishi mumkin. Anafilaktik shok tipik shaklida anestetik yuborilganidan so'ng bir necha daqiqa o'tib bemor bezovtalanadi, qo'rquv boshlanadi, yuz, bosh qo'llar terisi qichishib achishadi, quloqlar shang'illaydi, bosh og'rib muzdek ter chiqadi. YUz terisi oldin qizarib keyin rangi o'chadi. Tutqanoq to'tib bemor xushidan ketishi ham mumkin. SHunda ko'z qorachig'i kengayib yorug'likni farqlamaydi. Kardial ko'rinishda ko'proq nafas olganda og'riq yurakka o'tadi. YUrak urishi tezlashib, qon bosim tushadi. Abdominal ko'rinishda oshqozon atrofida paydo bo'lgan og'riq butun qorin bo'ylab tarqaladi, ko'ngil buzilib qayd qilish kuzatiladi. Ayrimlarda qorin dimlanadi, behosdan ichi ketadi va siyadi. Astmoid ko'rinishda nafas olish qiyinlashib, havo o'tmay qolishi mumkin.
Boshqa ko'rinishidagi anafilaktik shokda ichki a’zolar faoliyati buzilishi bilan kechadi. O'ta tez va og'ir kechayotgan anafilaktik shok qisqa vaqt ichida o'lim bilan tugashi mumkin. Yengil va o'rta kechayotgan anafilaktik shokda hamma belgilarini kuzatish va yordam berish mumkin.
Yordam choralari: Ahvolga baho berib darhol qilinadigan choralar amalga oshiriladi 1. Yuqori nafas yo'llaridan havo o'tishini ta’minlash boshni yonga burish, tilni chiqarib oldinga tortish, og'iz bo'shlig'ini tozalash, pastki jag'ni oldinga chiqarib sun’iy nafas oldirish. 2. Antigenni qonga tushishini to'xtatish. Shu joyning o'ziga 0,5 ml 0,1% adrenalin yuborish, iloji bo'lsa adrenalinni 5-10 ml fiziologik eritmaga qo'shib atrof to'qimalarga yuborish. 3. Sensibilizatsiyani kamaytirish - antigistamin preparatlar (2-4 ml 1% dimidrol, yoki 2-3 ml 2,5% suprastin, yoki 2 ml 2,5% pipolfen) 3-5 ml 3% prednizolon, 0,5 ml 0,1% adrenalin gidroxlorid vena yoki mushak ichiga, 5% epsilon animokapron kislotasi - 100-120 ml.
39
4. Nafasni tiklash va bronxlar spazmini olish maqsadida - 2,4% eufillin 10 ml. yoki 0,5% izadrin - 2 ml.
5. Yurak qon tomir faoliyatini yaxshilash uchun: 1-0,5 ml 0,06% korglekon, 2-4 ml laziks yuboriladi.
Ahvolda o'zgarish bo'lmasa preparatlar qayta yuboriladi. Bemor reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi.
Kuchaytirilgan mahalliy og'riqsizlantirish. Yondosh kasalIiklari bor bemorlarni mahalliy og'riqsizlantirish va jarrohlik amaliyotiga tayyorlash
Mahalliy anestetiklar yordamida chuqur va davomiy
og'riqsizlantirishga erishish mumkin ammo bajariladigan muolajaning oldida bemor kechayotgan hissiyotini (ruhiy kechinmasini) va vegetativ o'zgarishlarni bartaraf etmaydi.
Ko'pchilik bemorlarda stomatologik muolaja albatta og'riq bilan kechadi degan o'z-o'zini ishontirish, qo'rquvni hosil qiladi. Bemor hali stomatologik kresloga o'tirmasdan behuzur bo'ladi, puls tezlashadi, qon bosimi oshadi, qonda katexolaminlar, gistamin oshadi, qon tomirlar torayib rangi o'chadi. Albatta bunday bemorlarda stomatologik muolajalarni umumiy tayyorgarliksiz bajarib bo'lmaydi.
Qo'rquv va hayajonlanish natijasida bo'ladigan, neyrovegetativ o'zgarishlarni pasaytirish maqsadida har xil yo'nalishdagi bir-birini kuchaytiruvchi dori vositalar ishlatiladi.
Bu usul premedikatsiya deb ataladi. Premedikatsiya qilish uchun bemorga analgetiklar, antigistaminlar, trankvilizatorlar, uyqu dorilari, statsionar sharoitida narkotiklar ishlatiladi.
Premedikatsiya uchun ishlatiladigan dorilar xili va miqdori har bir bemorning ruhiy holatini e’tiborga olib individual tanlanadi. Ular mahalliy anestetiklar ta’sirini o'zgartirmaydi, ammo umumiy ta’siri bilan mahalliy og'riqsizlantirishni kuchaytiradi.
Premedikatsiya bemorda qo'rquvdan hosil bo'lgan ruhiy va vegetativ asabning salbiy ta’sirini farmakologik bartaraf etib mahaliy anesteziyani kuchaytiradigan, shuning uchun bu tur og'riqsizlantirish kuchaytirilgan (potensiyalashgah) og'riqsizlantirish deb ataladi.
Poliklinika sharoitida premedikatsiya uchun trankvilizatorlardan elenium, seduksen, trioksazin, fenozepam va boshqalardan foydalanish mumkin.
Bemor holsizlikka, bosh og'rig'iga, sabrsizlikka shikoyat qilsa unga - fenozepam yoki diazepam tabletkasini ichish tavsiya qilinadi.
40
Bemor juda qo'rqsa, kayfiyati yomon bo'lsa og'riqsizlantirish va muvaffaqiyatli davolanishga ishonmasa, premedikatsiya uchun trankvilizatorlardan seduksen, relanium, sibazon 0,3 mg kg massaga ichish tavsiya qilinadi.
Bemor eshitishni ham xohlamasa,jazavasi tutsa, bo'lmagan sabablar bilan qilinadigan muolajani orqaga surishga harakat qilsa premedikatsiyani anesteziolog Bilan birgalikda vena ichiga trankvilizator va narkotik analgetik va boshqa farmakologik vositalar bilan o'tkazish mumkin.
Poliklinika sharoitida og'riqsizlantirishning boshqa usullarini ham ishlatish mumkin.
Audioanesteziya. Bu uslubda og'riqsizlantirish bosh miyada joylashgan eshitish analizatorlarga ma’lum chastota diapazonida tovushlar bilan kuchli ko'zg'atish holatini chaqirib, qolgan qismlarida tarqalgan tormozlantirish holatini hosil qilish bilan erishiladi.
Gipnoz - so'z ta’sirida uxlatish va og'riqsizlantirish. Bu usul yuz va jag'larda hosil bo'lgan og'riqni (prozopalgiyani) davolashda qo'llaniladi. Tish olish uchun juda kamdan- kam ishlatiladi.
Akepunktur (igna sanchib) analgeziya. Bu usulda mahsus nuqtalarga ignani mexanik yoki elektr toki ta’sirida og'riqsizlantirish hosil qilinadi. Ko'pincha mahalliy og'riqsizlantirish bilan birgalikda qo'llaniladi.
Stomatologik poliklinikada umumiy og'riqsizlantirish Xususiy ko'rsatmalar
Stomatologik poliklinika sharoitida narkoz anesteziolog tomonidan amalga oshiriladi. Stomatolog ham anesteziologga yordam beradi, ham o'z vazifasini bajaradi. SHuning uchun stomatolog umumiy og'riqsizlantirish haqida yaxshi tushunchaga ega bo'lishi shart. Poliklinikada o'tkaziladigan narkoz xususiyatlari: bemor yarim o'tkazilgan holda, yuqori nafas yo'llari ochiq (himoyasiz holatida) o'tkaziladi, operatsiya tugaganidan so'ng bemor poliklinikadan uyiga ketishi kerak. SHuning uchun poliklinikada o'tkaziladigan narkozga katta talab qo'yiladi: anesteziologik havf juda kam bo'lishi, boshqarish oson bo'lishi, chaynov mushaklari yaxshi relaksatsiya qilinishi mustaqil nafas olishi va qon tomir - yurak, jigar, buyrak faoliyati susaymasligi kerak.
Narkoz stomatologik poliklinika sharoitida nisbatan kam ishlatiladi, unga sabab bajariladigan muolaja davomiyligi va og'irligidan ham avval anesteziologik havf ancha yuqori. CHunki har qanaqa narkoz nafas olishga, yurak mushaklarining qisqarish faoliyatiga, tomirlarda qon
d\
oqishiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun narkozda stomatologik muolaja o'tkazish uchun asosli tibbiy ko'rsatma bo'lishi shart.
Poliklinika sharoitida narkozga ko'rsatma
1. Bolalarda ota-ona hohishi bilan.
2. Mahalliy anestetiklar allergik reaksiya mavjudligi.
3. MNS, asab va ruhiy o'zgarishlari bor shahslar (epilepsiya, oligofreniya, Daun kasalligi, BSF va shunga o'xshashlar).
4. Asabi beqaror bolalar (qo'rqqanidan xushidan ketib, yuragi urib, ko'ngli aynib, qaltirab ketadiganlar)
5. Tezkor yordamga muhtoj yallig'lanish jarayoni va jarohat bo'lgan bemorlar
Poliklinikada narkoz o'tkazishga nisbiy qarshiliklar:
1. Yuqori nafas yo'llarining o'tkir infeksion va yallig'lanish kasalliklari.
2. Burundan yaxshi nafas olmaslik, havo o'tkazadigan nayni burundan kiritib bo'lmaslik.
3. Surunkali qon-tomir tizimi kasalliklari bilan hastalanganlar.
4. Insult, infarqt kechirganlar (6-8 oygacha)
5. Og'izni to'liq ocha olmaydiganlar (ankiloz, kontraktura va boshqa sabablarga kcTra)
6. Homiladorlikning oxirgi oylari.
7. Oshqozoni to'la bemorlar.
Poliklinika sharoitida maskali narkoz.
Asosiy narkotik modda sifatida azot oksidi, ftorotan, trilen va boshqa gazlar bilan. So'lak miqdorini kamaytirish maqsadida 0,1% Atropin eritmasi mushak ichi yoki vena ichiga 0,5-0,7 ml yuboriladi.
Maskali narkoz o'tkazish bosqichlari
Bemor stomatologik kresloga kerakli holatda o'tkaziladi qo'llarini kreslo ko'ltutqichlariga qo'yiladi.
Og'iz burun maskasi kerakli o'lchami tanlab moslamalar bilan apparatga ulanadi. Narkoz o'tkazish uchun polinarkon yoki NAPP-2 apparatlaridan foydalaniladi.
Maska bemor yuziga bog'ichlar bilan mahkamlanib 1-2 minut toza kisloroddan nafas oladi, asta- sekin narkotik azot oqsidi gaz qo'shib boriladi va uxlash uchun yetarli miqdorga ko'tariladi.
42
Narkotik uyqu bosqichiga yetkanda og'iz-burun maska burun maskasiga almashtiriladi. Azot va kislorod nisbati 3:1 yetkaziladi 3-4 min. so'ng narkoz analgeziya bosqichiga yetadi.
Og'iz ombur yordamida keng ochiladi (muolajag'a qarshi tomondan)
Mo'ljaldagi qisqa muddatli stomatologik muolaja (absesni yorish, periostitni ochish, tish olish va shu kabilar) bajariladi.
Nazofarental (burun-halqum) narkoz
1. Bu usul yuqorida keltirilgan tartibda maskali narkoz bilan boshlanadi farqi burunga 3% efedrin yoki 2% piromekain eritmasi tomizib qo'yiladi.
2. Narkoz analgeziya bosqichiga yetkaziladi. chaynov mushaklari tonusi bo'shashganidan so'ng burunning pastki yo'llaridan biriga 5 mm diametrli naycha halqumgacha kiritiladi.
3. Naycha yopishqoq plastir bilan mahkamlanadi va apparatga ulanadi.
4,Og'iz 4 sm. ochilib chaynov tishlar orasiga rezinkali tirgak siqib qo'yiladi.
5.0g'iz bo'shlig'ini burun halqumidan ajratish maqsadida namlangan doka bilan to'ldiriladi.
Statsionar sharoitida yuz va og'iz bo'shlig'i operatsiyalarida o'tkaziIadigan narkoz usuIlari, uning asoratlari va reanimatsiya asoslari
Statsionar sharoitda kichik operatsiyalar neyroleptanalgeziyada bajarilishi mumkin.
Neyroleptanalgeziya-Og'riqsizlantirish vena ichiga yuborilgan kuchli analgetik fentanil va neyroleptik - droperidol ta’sirida bemor ongiga ta’sir etmagan holda atrofda bo'layotgan hodisalarga befarqlik. harakatsizlanish hosil qilinadi. Bu holatda qo'shimcha mahalliy og'riqsizlantirish,jarrohlik muolajalami bajarishga imkoniyat yaratiladi.
Ataralgeziya - neyroleptanalgeziyaning bir turi, farqi kuchli analgetik va neyroleptiklar bilan bir vaqtda, maska usuli bilan azot oksidi berib boriladi. Mahalliy og'riqsizlantirish ham qo'shimcha qilinishi mumkin.
Markaziy^ analgeziya. Bu uslubda vena ichiga markaziy nerv sistemaga kuchli ta’sir etuvchi narkotik analgetiklar katta dozada yuboriladi. Ular ta’sirida narkozga kirmagan holda og'riqni sezish va impulslami uzatish buziladi.
43
Statsionar sharoitda operatsiyalami o'tkazish uchun bemorlar odatda oldindan tayyorlanadilar.
Tayyorgarlik bemor bilan suhbat orqali uning kayfiyatini ko'tarish, bajariladigan muolaja zarurati shifokor tomonidan tushuntiriladi. Og'iz bo'shlig'i, oshqozoni, ichak tozalanadi.
Operatsiyadan oldingi kun kechqurun bemorga yengil ovqatlanishi tayinlanadi, uyqudan oldin tozalovchi huqna o'tkaziladi. Kerak bo'lsa bemorning ruhiy holatiga ta’sir etuvchi kichik trankvilizatorlar tayinlanadi.
Narkozdan oldin bemor qovug'ini bo'shatib olishi kerak.
Operatsiyadan oldingi qo'rquvning oldini olish maqsadida, anesteziolog tomonidan bemorning umumiy ahvoli, ruhiy holati va operatsiya hajmi, narkoz uslubi hisobga olingan holda premedikatsiya tayinlanadi.
Statsionar sharoitda umumiy og'riqsizlantirishning ingalyatsion va noingalyatsion usullari qo'llaniladi.
Ingalyatsion narkozda suyuq bug'lanuvchi anestetik (dietil efir, ftorotan, trixloretilen, pentran, xloroform) yoki narkotik gazlar (azot oqsidi, siklopropan) nafas yo'llari orqali organizmga ta’sir qilib markaziy nerv sistema faoliyatini o'tuvchan zaiflanishga (tormozlanishga) olib keladi.
Ingalyatsion narkoz niqoblar (og'iz-burun, burun) yordamida maskali burun halqum naychalari (nazoforental) yoki kekirdak ichi naycha yordamida (kekirdakli-endotraxeal) o'tkaziladi. Naycha kekirdakka naycha og'iz yoki burun yo'li orqali laringoskop yordamida kiritiladi. Bu uslubda narkotik gazlar yuqori nafas yo'llariga ta’sir etmagan holda kekirdak va bronxlarga yetkaziladi. Ayrim hollarda nay kekirdak operatsiya qilib ochilib (traxeostoma) kiritiladi.
Ingalyatsion uslubdagi narkozning asosiy afzalligi oson boshqarilishidir.
Noingalyatsion narkoz uslublaridan stomatologiyada asosan vena ichiga yoki mushak orasiga (5% sombrovin, geksenal, tiopental-natriy, ketamin va boshqa dorilar) yuborib o'tkaziladi. Bu uslubni o'tkazishda bitta anestetik (mononarkoz), ikki - uch anestetik birgalikda
(kombinatsiyalashgan), yoki anestetiklar va bir vaqtda boshqa xil dorilar bilan o'tkaziladigan polinarkoz.
Yuz-jag' sohasidagi katta haJmdagi operatsiyalar aralash (kombinatsiyalashtirilgan) endotraxeal narkozda amalga oshiriladi.
Endotraxeal narkozning xususiyatlari. Endotraxeal narkoz
stomatologik bemorlarda umumiy xirurgiya qanday o'tkazilsa shunday
44
o'tkaziladi. Ammo og'iz ichida bajariladigan yoki og'iz ochilmaydigan bemorlarda intubatsiya o'tkazish qiyinchiliklari tug'iladi. Bunday holatlar ayniqsa chakka pastkijag' kasalliklari (ankiloz, qontraktura) til, og'iz tubi, halqumdagi o'sm.a yoki yallig'lanish kasalligi jag' suyaklarining ayrim kasalliklarida yuzaga keladi.
Intubatsiya qilish uchun ayrim hollarda kekirdakni kesish (traxeostoma) va kanyulya (naycha) o'matish zarurati tug'iladi.
Kekirdakni kesmasdan fibrobronxoskop yordamida intubatsion nayni traxeyaga kiritish ham mumkin. Xususiyatlardan yana biri, bu intubatsion nayning og'iz ichida muolajalami bajarishga halaqit qilmaydigan holatga keltirish. Eng afzal usul bu nayni burun orqali kiritish. Ammo bu usulni hamisha ham bajara olish qiyin, ayniqsa burun yo'lidan nay o'tmasa.
Yana bir xususiyat operatsiya bajarayotganda og'iz ichidan kiritilgan nayning chiqib ketmashgini ta’minlab berish. Operatsiya davrida bemor intubatsion nay orqali yetarli darajada, havo bilan ta’minlanishi. Operatsiyadan keyin bu holat keskin o'zgarishi mumkin. Operatsiyali jarohat natijasida til, yoki og'iz tubi to'qimalari tiqihb nafas olishga halaqit berishi. Suyakjarohatlaridan qon o'tib ketishi, zardob chiqishi va ularnafas yo'llarigao'tib ketishi mumkin. Anesteziolog narkoz ketishini odatda ko'z qorachig'ining reaksiyasiga qarab baholaydi, ammo stomatologik operatsiyalar bajarilayotganda yuz-ko'zlar bilan birga yopiladi. SHuning uchun nazoral o' torish qiyinlashadi.
Endotraxeal narkozga ko'rsatnudar
Endotraxeal naritozga aso$iy koYsatmafan operatsiya davrida yuqori nafas yo'Uarining o'tuvchanHgi buzilisM MS bo'lgan holatlar - qon, so'lak va begona moddaIaming, nafas yo'%a tahish; — davomiyligi uzoq va qg'ir jarohadar hdan keehadigami wa kMs& a’zotar, faoUyati izdan chiqishi havfi bo'tea, -ma$kafi wmfcg8z opoansiya bajarishga halaqit qilsa. Endotraxeal nariazgn qarxM ko"rmtmmksr: yunqori nafas yo'Uari o'tkir respirator ka^ilMariL o'tikir taamSk femimgiflL pnevmoniya, yuqumli kasallik1arr jigarr buyok o'ttkmr faMMkIkanu mmnokanl infarkti, yurak-qon tomir yeti^hanMKgjnnrihn^ qMmmpm$fflsx^ tasqichi, ichki sekretsiya bezfarimimg o'ttkmr kasaMttariL
Ynrako'pfca rrayninatei|aa asmiai
Har xM $temnaMto@iik raraMsDagjaBOar wa narkozda bajarilgan opoattsa^atondbaB mn% feomKmnniiflng jmak mnasdA to' xtab, nafas ohnay qoH$fai ™nnrnfeimn Bun Maffl Miitmnfe: @"fcnn M afflatadi u 3-5 minut davom etad^keyimbndbgjik
4S
Yurak urishi to'xtashi bilan bosh miya (tana harorati me’yorda bo'lsa) 3-5 minut faol ishlab turadi. SHu vaqt ichida tezkor harakatlar bilan jonlashtirishga qaratilgan muolajalar o'tkazilishi kerak.
Klinik o'lim belgilari: 1) bexushlik 2) katta qon tomirlarda (uyqu arteriyasi) puls bo'lmasligi 3) nafas olmasligi 4) ko'z qorachig'i kengayib yorug'likdan o'zgarmaydi.
Reanimatsiya tadbirlari:
l.Nafas yo'llarining o'tuvchanligini ta’minlash.
2.Sun’iy nafas oldirish.
3. Yopiq massaj bilan yurak urishini ta'minlash.
4. Yurak-qon tomirga ta’sir etuvchi dorilarni yuborish.
5. Yurak faoliyatini tiklash uchun defibrillyatsiya o'tkazish.
6. Hayot uchun zarur a’zo va sistemalarning faoliyatini dori vositalar bilan ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan tadbirlaming birinchi to'rttasini har bir shifokor va hamshira bajara olishi shart, bulaming qisqa muddat ichida to'g'ri bajarilishi inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Amalda bu tadbirlarni bajarish uchun bemor - 1 zudlik bilan belga yotqiziladi (qattiq yuzalikka)
2) boshi orqaga tashlanadi, 3)pastki jag' oldinga tortilib og'iz ochiladi 4) og'iz va yuqori nafas yo'llari qon, so'lak ovqat qoldiqlari, yodjism.lardan tozalanadi, 5) sun’iy nafas og'izdan-og'izga, yoki og'izdan og'iz burunga bosim bilan puflash orqali oldiriladi. Buning uchun yordam beruvchi bosh tomonda yonidan keladi. Bir qo'lini peshonaga qo'yib barmoqlari bilan burunni siqib, boshni pastga va orqaga itaradi, ikkinchi qo'l bilan engakdan ushlab pastki jag'ni oldiga tortib pastga tushiradi. Chuqur nafas olib yordam beruvchi bemomi yarim ochiq og'ziga og'zini zich qo'yib keskin kuch bilan puflab havoni kiritadi va ko'krak nafasining ko"tarilishini nazorat qiladi. Puflab bo"lgach og'zini ovzsa, passiv holda o'pkadan havo chiqadi. Bunday nafas oldirish 1 minutda kamida 12 marta bajarilishi shart.
Klinika sharoitida sun’iy nafas oldirish uchun S shakldagi naycha yordamida, yoki sun’iy nafas oldirish apparatida amalga oshirsa bo'ladi.
Sun’iy nafas oldirish bilan bir vaqtda sun’iy ravishda qon aylanishini ta’minlab berish kerak, buning uchun yurakning yopiq massaji o'tkaziladi. Yurak to'sh suyagi va umurtqa orasida siqilganda bo'shlig'idagi qon katta tomirlarga siqib chiqariladi. Buning uchun yordam beruvchi havo puflaganidan so'ng, bir qo'li kaftini ko'krakka yurak proyeksiyasiga qo'yadi (to'sh suyagining pastki Vi qismini qovurg'alar birikish joyi) va ikkinchi qo'li kaftini qo'l ustiga qo'yadi, barmoqlami ko'krakka tekkizmagan holda keskin, butun gavda og'irligi bilan to'shni umurtqaga
46
4-5 sm. yaqinlashtirib siqadi va 4-5 marta qaytaradi (tahminan 1 minutda 60 marta) shuning orasida sun’iy nafas oldiradi. Yordam beruvchilar ikki kishi boTsa biri sun’iy nafas oldiradi, ikkinchisi-sun’iy qon aylanishini ta’minlaydi.
Yordam beruvchilar bilishi shart: bir sunniy nafas oldirilganda kamida 5 marta sun’iy sistola to'g'ri kelishi kerak. Sun’iy nafas oldirayotganda ko'krak ezilishi mumkin emas. Aks holda o'pkaga yetarli miqdorda havo kirmaydi. Shu harakatlar bajarilayotgan holatda hamshira venaga adrenalin 0,1% eritmasini 0,5-1 mm miqdorida yuboradi va vena ichiga tomchilab yuborish uchun sistemani ulaydi va har 4-5 minut ichida kerak boTsa takroran yuborib turadi. Vena ichiga 4,2% natriy gidrokarbonat eritmasi tomchilab yuboriladi, shu vaqt ichida 5-10 ml 10% kaltsiy xlorid eritmasi, 0,1%-1,0 atropin sulfat yuboriladi.
Ko'rilayotgan choralar natija bermasa yurakni elektr defibrillyatsiya qilib ishga solishga harakat qilinadi (davolash muossasalarida mahsus tez yordam mashinalarida.)
Samarali o'tkazilgan yordam bemorda teridagi rangsizlik yo'qolishi, shilliq qatlam qizarishi, puls sezilishi, nafas olish va xushiga kelishi bilan bilinadi.
Aksincha 10-15 min yuqorida ko'rsatilgan tadbirlaming toTiq o'tkazilishiga qaramasdan yurak - qon tomir tizimi faoliyati tiklanmasa reanimatsiya harakatlari to'xtatiladi, chunki bosh miyada tiklab boTmaydigan o'zgarishlar sodir boTadi.
4-BOB
Doimiy tishlarni olishga ko'rsatma va qarshi ko'rsatmalar. Bemorni ko'rikdan o'tkazish va tish olish operatsiyasiga tayyorlash. QoTni yuvish va operatsiya maydoniga ishlov berish.
Tish olish operatsiyasini tezkor bajarishga ko'rsatmalar
1. Natijasiz davolangan o'tkir yoki o'tkirlashgan surunkali periodontit
2. Yiringli yalligTanish kasalliklanga (osteomiyelit, periostit, abses. flegmona, o'tkir gaymont, va limfademit) sabab bo'lgan tishlar.
3. Tishiarning jarohatlanda (tish ildiz bo'ylab singanda, tish bo'yin qismidan pastroq singanda, ildiz qismida sinib bo'laklar siljisa)
47
4. Jagv suyaklari singanda ildiz bo'laklari orasida qolib repozitsiyasiea halaait bersa.
r^asrii - jj>
Tish olish operatsiyasini rejali bajarish uchun ko'rsatmalar.
1. Organizmning surunkali sepsis holatiga sababchi boTgan kasallangan tishlar.
2. Anatomik tu'zilishi hisobiga davolanishi qiyin yoki davolab bo'lmaydigan tishlar.
3. Davolash muolajasini bajarayotganda tish kanali tubi yoki ildizi teshilgan tishlar.
4. Toj qismini butunlay yemirib, ildizlari protezlashga yaramaydigan tishlar.
5. Tishning 3-4 darajada qimirlashi.
6. Shilliq qavatni yoki tilni surunkali jarohatlovchi tishlar.
7. Ildiz atrofida suyakning rezorbatsiyasi.
8. Bir-biriga yotib qolgan va protezlashga halaqit berayotgan tishlar.
9. Ortodontik davolash maqsadida qatorga joylashmagan yoki joy bo'shatish mahsadidagi sogTom tishlar.
10. To'liq chiqmagan va atrofldagi yumshoq to'qimalaming yalligTanishiga sababchi bo'lgan tishlar.
11. To'liq chiqmagan yoki umuman chiqmagan (818), ammo oldidagi (717) tishlarini surib, og'riqqa sababchi bo'lgan tishlar.
Yuqorida keltirilgan tish olishga ko'rsatmalar tezkor muolaja bajarishni talab etmaydi. Tish olish operatsiyasini amalga oshirish uchun oldin bemorning umumiy ahvoliga e’tibor berish zarur. Kerak bo'lsa mutaxassislar (kardiolog, endokrinolog, ginekolog, gepatolog va boshqalar) ko'rigidan so'ng o'tkazish to'g'ri bo'ladi.
48
Tish olishga nisbiy qarshi ko'rsatmalar:
1. Yurak-qon tomir kasalliklari (yurak ishemiyasi, miokard infarqtidan so'ng birinchi 3-4 kun ichida, qon bosim krizis davrida* stenokardiya xuruji davrida, yurakning tez urish hollarida, .o'tkir septik endokardit va boshqalar)
2. Parenximatoz a’zolarning Oigar, buyrak, oshqozon osti bezi) o'tkir kasalliklari.
3. Qon kasalliklari (gemofiliya, Verlgof kasalligi, leykoz, agranulatsitoz)
4. O'tkir yuqumli kasalliklar (gripp, o'tkir virusli yuqori nafas yo'llari kasalliklari, pnevmoniya)
5. Markaziy asab sistemasi kasalliklari (insult, meningit, ensefalit)
6. Ruhiy kasalliklaming xuruji davrida (shizofreniya, telbalik, tutqanoq)
7. O'tkir nurlanish kasalligining I-III darajasida
8. Og'iz shilliq pardasining kasalliklarida (stomatit, gingivit, xeylit)
9. Og'iz shilliq pardasi vajag' suyaklarida havfli o'sm.aga shubha bo'lganda
Yuqorida keltirilgan hastaliklardan tuzalgandan so'ng yoki mutaxassislar ko'rigida bo'lib, ulaming qarshiligi bo'lmasa, tish olish operatsiyasini bajarish mumkin.
Tish oIishdan oldin bemorni ko'rikdan o'tkazish.
Tish olishni rejalashtirayotgan shifokor bemomi ko'rikdan o'tkazib olinishi rejalashtirilayotgan tishning holatiga baho berishi kerak. Avvalo tishning toj qismi holatiga e’tibor beriladi: 1) qanchalik u yemirilgan, 2) atrof to'qimalarda yallig'lanish bormi 3) qimirlash darajasi; rentgen tasviridan 4) ildiz atrofidagi suyak holati, 5) ildizlar soni, shakli, uzunligi, o'zaro munosabati (birlashib yoki tarqalib ketgan), 6) yuqori jag' bo'shlig'i, burun tubiga yaqinligi, 7) pastki alveolyar nerv va kanalga munosabati, 8) ildizlar orasidagi suyak qalinligiga.
Shularni e’tiborga olib tish olish uchun kerakli asboblar tanlanadi. Tish olish operatsiyasining muvaffaqiyatli bajarilishi shifokor va bemoming bir-birini tushunishi va hamkorligiga bog'liq. Shuning uchun shifokor bemorga bajaradigan muolajalar haqida tushuncha berishi. bemor his qilishi mumkin taassurotlar, masalan anesteziya ta’sirida yuz to'qimalari va tildajimirlash, shish. harakatlari bo'ysinmasligi. Tish olish harakatlarida og'riq bo'lmasligi, ammo sezgi saqlanib qolishi haqida tushuntirish zarur. Har qanday mahalliy og'riqsizlantirish taktil sezuvchanlikka ta’sir etmasligini, shuning uchun bemorga bormashina
49
yoki iskana yordamida suyak kesilishi va sinishini sezishi va ularga ahamiyat bermasligini uqtirish kerak. Bemorga hech qachon tishni olish yengil kechadigan va juda tez bajariladigan operatsiya deb ishontirmaslik kerak.
Bemor juda bezovta boTsa, unga premedikatsiya tayinlash kerak. Kresloga oTkazishdan oldin qalin kiyimlami yechish, kamami bo'shatish, yelkani keng ochib qo'yish tavsiya qilinadi.
Operatsiyadan oldin qoT yuvish.
Tish olish operatsiyasi har qanday jarrohlik muolajasidan avval shifokoming ma’lum tayyorgarligini talab qiladi.
Jarroh avvalo maska va himoya oynagini taqishi shart. Alohida ahamiyat qoT yuvishga qaratiladi. Oqib turgan suvda qoTni sovunlab yuvib, steril salfetka yoki sochiq bilan qoT quritiladi va 2-3 minut 70 % li etil spirti bilan artiladi. Spirt o'miga qoT terisini 0,5% xlorgesidinning spirtli eritmasini ishlatish mumkin. SHundan keyin steril rezina qoTqop kiyiladi. Tish olishdan ham kattaroq operatsiyalar qilish uchun qoTni sovun bilan oqib turgan suvda 1 minut yuvib, steril salfetka bilan quritiladi va tog'oraga solib qo'yilgan maxsus eritmagaS-4 retseptli «pervomur» (1 1 eritma tarkibida 17,1 ml-30-33% vodorod peroksidi, 6,9 ml 100% yoki 8,1 ml 85% chumoli kislotasi, qolgani suv). SHundan keyin qoT steril salfetkalar yordamida quritiladi, steril qoTqop kiyiladi. Jarrohlik amaliyoti tugatilganidan so'ng qoTqoplar yechilib sovun bilan qoT yuviladi. Jarroh doimo qoTini parvarish qiUb borishi kerak, timoqlar qisqa olinib, lak surtilmagan boTishi kerak.
Operatsiya maydoniga ishlov berish
Tish olish operatsiyasidan oldin tishlardagi qattiq va yumshoq karash olib tashlanadi. Ovqat qoldiqlari tish oralaridan 0,1 % kaliy permanganat eritmasi bilan yuvib chiqariladi. Boshqa antiseptiklarni ishlatish ham mumkin. Tishlardan qattiq karash qirib tozalanadi, chunki tish olish operatsiyasi jarayonida ular tish katakchasiga tushishi mumkin.
Agarda tish olish uchun bormashina va iskana ishlatilsa, unda yuz terisi 70% etil spirti yoki 0,5% xlorgeksidin eritmasi bilan artiladi va steril mahsus choyshab yoki sochiq bilan yopiladi.
Tish olish uchun ishlatiladigan ombir va elevatorlar
Tish oladigan omburlar tishning toj va ildiz qismlari tuzilishini va jag' suyaklarida joylashishini e’tiborga olgan holda xilma-xil boTadi. SHunga qaramay ular hammasining to'zilishida bir prinsip yotadi. Tish va ildizlami qisib oluvchi (qiskich) qismi, qoT bilan ushlab ishlatiladigan dastak qismi va oraligTda asbob qismlarini birlashtiruvchi-o'qi boTadi. Ombuming qiskich qismining ich tomoni egatcha shaklida boTib, ichida
50
uzunasi bo'yicha taralgan ariqchalar bilan qoplangan, ular tish va ildiz ustidan qisqichning sirpanmasligini ta’minlaydi. Dastak qismining ichki yuzasi tekis tashqi yuzasi taram-taram O>otiq va bo'rtma) chiziqlar bilan qoplangan, ular ombumi qoTda sirpanmasligini ta’minlaydi.
Bajarikuligan ishga nisbatan omburUar bolinadi:
1. Yuqori jag' tishlar va ildizlar uchun.
2. Pastki jag' tishlar va ildizlar uchun toj qismi saqlanib qolgan tishlar uchun omburlaming qisqich qismi uchlari bir-biriga tegmaydi, ildiz olish uchun ishlatiladigan omburlaming qisqich qismi uchlari bir- biriga tegib turadi.
Yuqori jag' tishlarini oladigan omburlar qisqich qismi va dastagi o'qlari uzunasi bo'yicha, mos tushadi, yoki parallel, ayrimlarida o'tkir burchak ostida yotiq bo'ladi.
Yuqori jag' kesuv tishlar va ildizlari to'g'ri omburlar bilan olinadi. Bu omburlami dastak, o'qi va qisqich qismi o'qlari bir yo'nalishda bo'ladi.
Yuqori jag' kichik oziq tishlarini oladigan omburlar qisqich qismi o'qi dastagi o'qiga nisbatan o'tkir burchakda yotiq bo'ladi. Toj qismi saqlangan tishlar uchun qisqich qismi yuzasi keng va uchlari tutashmaydi. Ildiz uchun omburlaming qisqich qismi tor va uchlari tutashgan bo'ladi. Dastak qismi S shaklida qiyshaygan bo'Ub ushlash uchun qulay. O'ng va chap tomon tishlarini olish mumkin.
Yuqori jag' katta oziq tishlami oladigan omburlar ham S shaklida bo'lib, tuzilishida kichik oziq tishlarini oladigan omburlardan qisqich qismi bilan farq qiladi. Yuqori jag' katta oziq tishlarini bir vaqtda uch ildiziga o'matilib siqib olishi kerak.
Ombuming tashqi lunj tomonidagi qisqichida ikki ildiz orasiga kirib siqib ushlaydigan timoqchasi bo'ladi. Bu omburlar alohida o'ng va alohida chap tomon uchun chiqariIadi.
Yuqori jag'dagi uchinchi katti oziq tish og'izning ichkarisida joylashganligi sababli uni olish uchun mahsus ombur ishlatiladi. Boshqa omburlardan farqi o'qi va qisqich oraUg'ida o'tuv qismi bor qisqich qismi uchlari to'mtoq vajipslashmaydi.
Yuqori jag' toj qismi o'q tishlar ildizlami olish uchun mahsus nayzasimon omburlar bor. Ulaming ham o'q va qisqich qism orahg'ida o tuv qismi bor. Ulaming qisqich qismi uchlangan, tor va bir biri bilan tutashadi. Shuning uchun ular yordamida hamma ildizlami olish mumkin.
Pastki jag' tishlarini olisb uchun tumshug'i qirra bo'ylab egilgan omburlar ishlatiladi. Bu omburlaming qisuvchi qismi va dastaklari o'qi to'g'ri burchak hosil qiladi. Qisuvchi qismi vertikal, ikkala dastak bir
51
biriga parallel joylashadi. Tishlar toj shakliga moslab omburlar qisuvchi qismi tuzilishi har xil boTadi.
Pastki kesuv tishlami oladigan omburlaming qisuvchi qismi uchlari tor va siqqanda tutashmaydi. Qoziq tish va kichik oziq tishlarini oladigan omburlar shakli shunday, ammo qisuvchi qismi uchlari keng.
Katta oziq tishlarini oladigan omburlar qisuvchi qismi keng, uchlari timoqchali, ular ikki ildiz orasiga kirib siqib ushlash uchun moTjallangan.
Og'iz ochilishi chegaralangan hollarda tishlar tumshug'i (qisuv qismi) tekislik bo'ylab egilgan ombur yordamida olinadi. Dastaklari gorizontal tekislikda ochilishi hisobiga bu omburlarning tumshiq (qisuv) qismi kalta boTadi va og'iz chegaralanib ochilgandajuda qoT keladi.
Pastki jag'dagi ildizlami olish uchun tumshuqlar (qisuv qismi) uchlari qoT siqilganda tutashmaydigan omburlar ishlatiladi.
Omburlarni ushlash. Odatda ombumi tish olayotganda o'ng qoT bilan ushlanadi. Barmoqlami shunday joylashtirish kerakki, ular dastaklami bemalol ochib yopish va ildiz o'qi bo'ylab suyak tomon surish imkonini berishi kerak. Ikki xil ushlash uslubi bor.
Birinchi uslubda ikkinchi va uchinchi barmoqlar pastki dastakni tashqarisidan ushlab, siqqanda omburni kaftga yaqinlashtiradi: to'rtinchi va beshinchi barmoqlar yuqori turgan (kaftdagi) dastakni ushlaydi. Birinchi (bosh) barmoq ombur o'qiga ikki dastak orasiga tashqaridan qo'yiladi. Ombumi ochish uchun to'rtinchi va beshinchi barmoqlar keriladi, yopish uchun P va SH barmoqlar siqiladi. Ombur o'matilgandan so'ng hamma barmoqlar dastakning tashqi tomoniga qo'yib yopish maqsadida siqiladi.
Ikkinchi uslub. Yuqori jag' tishlarini olish uchun ishlatiladi. Ochiq kaft yuzasiga ombur qo'yilib dastaklar orasiga P va SH barmoqlar kiritiladi, bosh barmoq bilan yuqoridagi dastak ushlanadi lU va U barmoqlar bilan pastki dastak ushlanadi. Ombumi ochish uchun SH barmoq yordamida dastaklar keriladi, yaqinlashtirish uchun lU va U barmoqlar siqiladi. Ombuming qisuv qismi uchlarini suyakkacha kiritish uchun dastaklar uchi kaftga, tirab yuqoriga itariladi. SHundun so'ng SH barmoqni pastki dastakka o'matib to'rt barmoq bir tomondan bosh barmoq qarshi tomondan siqib tish sug'urish bajariladi.
Elevatorlar. Tish yoki ildizni olish uchun elevatorlar ishlatiladi. Elevatorlar richag asnosida ishlaydi. Elevatorda uch qism ajratiladi: ishchi qismi, dastak va ular orasida birlashtiruvchi qism. Elevatorlar asosan ishchi qismi shakli bo'yicha xilma-xil bo'ladi. Shaklidan qat’iy nazar, uch xil elevatorlar mavjud: to'g'ri, burchakli, nayzasimon.
52
7b'g'ri elevator ishchi qismi bevosita dastak bilan birlashtiruvchi qismdan kelib chiqadi va dastak bilan bir yo'nahshda boTadi.
Ishchi qismining tashqi tomoni yarim oy shakUda bo'rtib chiqsa, ichki tomoni aksi boTib, yarim oy botiq boTib, ishlaydigan uchi to'mtoqlashgan bo'ladi. Dastagi noksimon shaklida uch tomonga qarab torayib boradi.
To'g'ri elevator bilan yuqori jag' bir ildizli tishlami olish, ko'p ildizli tishlar ildizlarini ajratib bo'lish, qatordan tashqarida turgan tishlami, tiralib turgan pastki uchinchi oziq tishlami oUsh mumkin.
Tumshug'i qirra bo'yicha egilgan elevator. Bu elevatoming ishchi qismi o'qiga nisbatan tahminan 120° egilgan, ishchi qismi yuzasi asosidan uchiga qarab torayib, ichiga qarab botiq, ichki yuzazida taram-taram egatchalari bor, tashqi tomoni yarim dumaloq shaklida. YUzasining holatiga qarab chap va o'ng tomon elevatorlari farqlanadi. Ayrim mualliflar o'ziga qaragan (na sebya) o'zingdan nari (ot sebya) deb atashadi.
Ishlatilayotganda botiq tomoni hamisha ildizga, bo'rtgan tomoni katakcha devoriga qaratiladi. Odatda bu elevator bilan pastki jag' ildizlari olinadi.
Nayzasimon elevator. (Leklyuz elevatori). Bu asbobning ishchi va birlashtiruvchi qismlari dastakka vertikal yopishadi. Ishchi qismi nayzasimon shakilda bo'lib, uchiga qarab yupqalanib boradi. Bir tomon yuzasi tekis. Orqa tomoni yassilangan. Bu elevator bilan pastki uchinchi oziq tish olinadi.
Ombur yordamida tish oUsh operatsiyasi uslublari.
Tish olayotganda bemor va shifokorni joylashish holati
Tish oJish operatsiyasi - tishni katakciiada ushlab turgan bogTamlami kuch ishlatib uzib, sug'urib olish demakdir. Ombur tish ildizini siqib olgandan so'ng. richag hosil qiladi, qo'l kuchi richagga uzatilib, ildizni yo'naltirilgan harakatga keltiradi va atrofidagi periodont to'qimasining uzilishiga olib keladi. Tish bog'lamIardan bo'shaganidan so'ng sug'urilib olinadi.
Shu jarayon muvaffaqiyatli bajariiishi uchun uning har bir bosqichi to'g'ri va to'liq bajarilishi shart.
Tish olish amaliyotini adekvat mahaUiy og'riqsizlantirishdan so'ng bajaiish mumkin.
DastUib - tish atrofidagi aylana bog'lam va alveola atrofidagi yumshoq to'qimalar ajratiIadi. MiUc keng va chuqur ajratilsa, ombur
5J
solinganda yirtilmaydi. SHundan so'ng tishni ombur bilan ketma-ket bajariladigan harakatlar yordamida sug'uriladi.
Omburni solish harakati. Olinayotgan tishga mos ombur tanlanadi. YUqorida o'rgatilgan uslublardan biri bilan ushlanadi. Dastaklari kerilib tishning toj qismi sig'adigan darajada ochiladi. Ombuming siquvchi qismi bir tomoni tishning tashqi (vestibulyar) ikkinchisi ichki (oral) tomoniga o'matiladi. Ombur ishchi qismining o'qi albatta ildiz o'qi bilan mos kelishi shart. Agarda o'qlar mos tushmasa ildiz sinadi.
Omburni milk tagiga kiritish harakati. Ombur solinib, ishchi qismi uchlari miUc tagida ildiz bovylab ichkariga surib boriladi. YUqori jag' tishlarini olayotganda bu harakat ombur dastaklarini kaftda siqib bajariladi. Pastki jag'da chap qo'lning bosh barmog'i yordamida amalga oshiriladi. Qimirlab turgan tishlami olayotganda ombuming ishchi qismi uchi suyakka qadalguncha kiritiladi. Tish joyida mustahkam turgan bo'lsa, yoki toj qismi yemirilgan bo'lsa, qisman alveolyar suyakni qo'shib ushlash shart.
Tish olish maqsadida ombur solinganda uning uchi albatta alveolyar suyakni qisman qo'shib qisishi shart. Ombur solinishiga ahamiyat bering. Rasmda ombuming ishchi qismi alveolyar o'siqni qisman qo'shib olgani va siqilganida suyakni shilliq osti rezeksiya qilinishi ko'rsatilgan.
Agarda olinayotgan tishning atrofidagi suyak qalin bo'lsa, milk kesilib suyak yalang'ochlanadi, bormashina yordamida kortikal suyak kesiladi va iskana bilan ildizlar ochilguncha olib tash1anadi. Tish sug'urilganidan so'ng, yumshoq to'qima laxtagijoyiga tikilad,
Siqib ushkish. Milk tagiga yetarli darajada kiritilgandan so'ng, ombur uchlari mahkam siqiladi. Siqilganda, ombur ishchi qismi tishni ezmasligi, kesib yubormasligi, ammo qo'l harakatini ildizga, richagga uzatilgan bo'lishi shart. Ombur surilishi, sapchib chiqib ketmasligi kerak. Ildiz yetarli darajada siqib ushlanmasa, joyidan siljimaydi. Keragidan ko'p
54
ombur siqilsa tishning yuqori qismi uzilib ketadi, ayniqsa tish davolangan bo'lsa.
Tishni katakchadan siljitish harakati. Bu harakatni amalga oshirish jarayonida ildizni tish katakchasida ushlab turgan periodontal bog'lam uziladi va qisman katakcha atrofidagi suyak sinadi. Tishni siljitish uchun ikki xil harakat bajariladi. Birinchi tishni siqib, tashqariga (vestibulyar) va ichkariga (oral) tebratuvchi harakatlar bajariladi. Bu harakatlar bir necha marta qaytariladi. Dastlab kichik amplitudada va har qaytarilishda amplituda kengroq olinadi. Bu harakatlar tish atrofdagi bog'lamlar to'liq uzilgunigacha qaytariladi.
Ikkinchi xil harakat, aylanma (rotatsiya) harakati. Tishni ovz o'qi atrofida oldin bir tamonga keyin qarama-qarshi tomonga 20-25° aylantiriladi.
Ikkala xil harakatlar asta-asta bajarilishi kerak, aks holda ildiz sinadi.
Tishni qimirlatayotganda uni suyakda joylashishiga e’tibor berish kerak, birinchi siljitish harakati suyakning yupqa tomoniga qaratilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Yuqori jag' suyagining tashqi (vestibulyar) yuzasi yupqa boTadi, og'iz ichi tomoni esa qalin suyakdan tuzilgan. Shuning uchun yuqori jag' tishlarini olayotganda, tebratuvchi harakat dastlab tashqariga qilinadi. Birinchi katta oziq tish bundan mustasno. Chunki yonoq alveolyar qirrasi hisobiga suyak qalinlashadi.
Pastki jag'da kesuv, qoziq va kichik oziq tishlar sohasida suyakning tashqi qismi yupqaroq bo'ladi. Katta oziq, tishlar ayniqsa uchinchi tish atrofida tashqaridan chakka qirrasi hisobiga suyak qalinlashadi. Shuning hisobiga katta oziq tishlami olayotganda birinchi siljitish harakati og'iz ichiga qarab qilinadi. Qolgan tishlami olayotganda tashqariga qilinadi.
Sug'urib olish harakati. Tebratuvchi va aylanma harakatlar natijasida tish ildizi atrofidagi bog"lamlardan toTiq ajraganidan so'ng, asta -sekin tish katakchasidan sug'uriladi va og'izdan chiqariladi. Yuqori tishlami olayotganda ular pastga qarab tortiladi. Pastki jag' tishlari yuqoriga tortiladi. Bu harakat bajarilayotganda, tish katta kuch bilan tortilsa, tishni ushlab turgan bog'lamlar to'liq uzilib ombur qarshi tomondagi tishlarga zarb bilan urilishi va sindirishi, yumshoq to'qimalami jarohatlashi mumkin.
Tish olish operatsiyasini muvaffaqiyatli o'tkazilishi jarroh stomatologningjismoniy kuchiga emas, balki, tish olish texnikasini to'g'ri bajarilishiga bog'liq ekanini yodda tutish lozim.
Bemor va jarrohning tish oUiyotganda joyUtshish hoUiti_operatsiya muvaffaqiyatli tugashining asosiy omillaridan biri.
55
Odatda tish olish operatsiyasi bemor stomatologik kresloda o'tirgah yoki yarim yotgan holatida bajariladi. Bemor kresloga o'tirganida operatsiya maydoni yaxshi ko'rinishi vajarroh uchun qulay boTishi shart. Bemor baland ko'tarilsa yoki juda pastda qolsa jarroh tish olish harakatlarini bajarishda qiynaladi. SHuning uchun bo'yiga mos qilib jarrohning o'zi bemomijoylashtirishi kerak, albatta bosh tutqichi bemorga qulay mahkamlanishi kerak.
Yuqori jag' tishlarini olayotganda, bemor gavdasi va boshini bir oz orqaga tislantirib o'mashtiriladi. Jarroh bemor qarshisida, o'ng tomonida joylashadi.
Pastki jag' tishlami olayotganda, kresloda o'tirgan bemoming, pastki jag'i jarroh tirsagi bilan bir sathda boTishi lozim. Suyang'ich bemomi vertikal o'tkazish uchun moslanadi. Boshtutqich bir oz oldinga suriladi, bemor boshi biroz chiqib turishi ta’minlanadi. Jag'ning chap tomonidagi va oldidagi tishlami olish uchun jarroh bemor qarshisida, o'ng tomondagi kichik va katta oziq tishlar olinayotganda bemor o'ng yoniga orqaroq joylashadi.
Yuqorijag'dagi toj qismi saqIanib qoIgan tishlarni olish
Yuqori jag'dagi tishlami olayotganda bemor va jarroh joylashishi holati. Rasm - 35 A Tish olish jarayonida chap qoTning holati va o'ng qoT bilan ombumi ushlasn. Rasm 35 B
Yuqori jag'dagi qoziq va kesuv tishlar olinayotganda tebratma va aylana harakatlar sxemasi. S,D, E,F,G Yuqori jag'dagi kichik oziq tishni olayotganda tebratib olish sxemasi. H-K
Yuqori jag'dagi katta oziq tishlami olayotganda tebratish va sug'urish sxemasi. L-P Yuqori jag' kesuv tishini olayotganda chap qo'l bilan alveolyar o'siqni mahkam tutmoq va ombur solmoq.
56
To'g'ri ombur. Kichik oziq tishlami oladigan S shaklidagi ishchi qismi uchi tutashmaydigan ombur
Chap qo'l bilan mahkamlash va ombumi solish jarayoni.
Katta oziq tishni olayotganda chap qo'l bilan mahkamlash va ombur solish
S shaklidagi changakli ombur
Yuqori jag' markaziy kurak tishlarini olish uchun
1) shifokor bemoming old ovng tomonida turadi
2) chap qo'l bosh barmog'i bilan bir salfetkani tishlar
kesuv yuzasiga, ko'rsatkich barmoq uchi olinayotgan tish ildizi ustiga qo'yib, alveolyar o'siq siqib ushlanadi.
3) O'ng qo'lda ombumi tutib, olinadigan tish o'qiga yo'naltirilgan holda ombur solinadi.
rasm-36 4) Tishni mahkam siqib,
sxemada ko'rsatilgan ravishda siljita boshlaydi: birinchi harakat yuqori lab tomonga, keyin tanglay tomonga, keyin ham aylana soat mili bo'yicha teskarisiga yo'naltirilib, tish o'midan siljitiladi hamda tashqariga tortib chiqariladi.
Rasm - 37
57
Yuqori jag 33 tishlarni oIish
Shifokor bemoming oldida va ovng tomonida yordamchi chap tomonda turadi
Chap tomondagi tish olinayotganda bosh ovng
tomonga, o'ng tomondagi tish olinayotganda bosh chap
tomonga qaratiladi.
O'ng qo'l bilan to'g'ri yoki nayzasimon ombur tishga sxemada ko' rsatilganday
solinadi. Shu vaqtda chap
qo'lning ko'rsatkich va bosh barmoqlar bilan alveolyar o'siq olinayotgan tish proyeksiyasida mahkam siqiladi, ko'rsatkich barmoq o'tuv barmaga qo'yilib labni ko'taradi, bosh barmoq
salfetkani tutib turadi. Rasm - 38
Harakatlar sxemada ko'rsatilganidek amalga oshiriladi.
Yuqori jag' kichik oziq tishlami olish. Bu tishlarni olayotganda ulaming anatomik tuzilishidagi xususiyatlariga ahamiyat berish kerak.
Birinchi kichik oziq tish ildizlari 50% holatda o'rtasiga borib ikki ingichka uchlanib ketuvchi ildizga bo'linib ketadi (lunj va tanglay). Odatda tanglay ildiz suyakda chuqur joylashadi. Ikkinchi kichik oziq tish bir ildizli va u ezik shakilda bo'ladi. Ikkala tishlaming katakchasi devori tashqaridan (vestibulyar) yupqa suyak bilan qoplangan.
O'ng tomondagi tishlami olishda shifokor bemoming oldida, chap tomon tishlami olishda o'ng tomonida va oldida turadi. Bemoming boshi o'ng tomonga qaratilib o'matiladi.
V.Harakatlar sxemada ko'rsatilgandek amalga oshiriladi
58
Rasm - 39
Rasm - 40
Yuqorijag' katta oziq tishlarni olish
V.O'ng qo'lga kerakli S siriion (o'ng va chap) ishchi uchi tutashmagan changakli ombumi sxemada ko'rsatilgandek tishga soladi. CTng tomondagi tish olinayotganda chap qo'lning ko'rsatkich barmog'i alveolyar o'siqning olinayotgan tishning ildiziga tirab turiladi, chap Rasm-41 tomondagilar olinayotganda ikki
barmoq bilan olinayotgan tishni ildizlari sathida alveolyar o'siq mahkam siqib olinadi va sxemada ko'rsatilganday siljitish va sug'urish harakatlari bajariladi.
A.Yuqori jag' o'ng va chap katta oziq tishlami olish uchun shifokor bemoming o"ng tomoni va oldida turadi. Bemor boshini to'g'riga va biroz orqaga qilib oVnatiladi.
59
Pastki jag'dagi toj qismi saqlanib qolgan tishlarni olish uslublari
Pastki jag' kesuv tishlarini olish uchun ishchi qismi ingichka va qirra bo'yicha egilgan tumshuqsimon ombur olinadi.
Pastki jag'dagi kesuv tishlarini olayotganda kresloga suyanchig'i vertikal holatga keltirilib bemor o'tkaziladi. Boshi bir oz pastga egilib engagi tushiriladi. Jarroh bemor oldida, o'ng tomonidajoylashadi.
Chap qo'l bosh barmog'i engak ostiga, ikkinchi barmoq pastki labni tashqariga va pastga surib, uchinchi barmoq bilan til pastga va orqaga surilib alveolyar o'siq mahkam ushlanadi.
Ombur o'ng qo'l bilan olinayotgan tishga solinadi, chuqurroq kiritib, tish katakchasi qirrasiga qo'yib siqiladi va tebratuvchi harakatlar vestibulyar va oral tomonga qayta-qayta bajariladi. Tish atrofidagi bogTamlar uzilganidan so'ng sug'irilib olinadi.
Pastki jag'dagi kesuv tishlarini olish. Odatda kesuv tishlar bir ildizli to'g'ri, cho'ziq, oval shaklda bo'ladi, uchiga yaqin qiyshaygan bo'lishi mumkin. Yon tomonda ildizlar ezilgandek, ayniqsa ikkinchi kesuv tishni. Ildiz atrofida suyak nisbatan qalin. Vestibulyar tomondan tish katakchasi atrofidagi suyak og'iz tamondagiga nisbatan yupqa bo'ladi.
Rasm - 42
Agarda pastki kesuv tishning yuzasi bo'yicha egilgan omburda olinsa, jarroh bemoming orqasiga, o'ng yoniga o'mashadi. Chap qo'hni
60
bemor boshi ustidan aylantirib o'tkazadi. Bosh barmoqni alveolyar o'siqning ichki (til) tomoniga, ko'rsatkich barmoqni o'tuv burmaga va qolgan barmoqlami engakka o'matib, jag' suyagi mahkam ushlanadi va yuqorida keltirilgan tish olish harakatlari bajariladi.
Pastki jag'dagi kichik oziq tishIarini oIish. Bu tishlar odatda bir ildizli, bo'yin qismida yumaloq bo'lib, yonlari ezilgan shakIda ingichkalashib tugaydi. Ildiz atrofidagi suyak qalinligi tashqi va ichki tomondan deyarli bir xil.
Chap tomondagi kichik oziq tishlarini olayotganda jarroh bemoming ro'parasida o'ng tomonida turadi, bemor boshini o'ng tomonga qaratadi. O'ng qo'lga qirrasi bo'yicha egilgan, tumshig'i tutashmaydigan keng omburni oladi. Chap qo'l barmoqlari bilan (yuqorida yozilgandek) pastki jag'ni mahkam siqib ushlaydi. Ombur solib, alveola qirrasi chetini qo'shib siqib oladi va tebranma harakatlar qila boshlaydi.
Ovng tomondagi kichik oziq tishlarini olayotganda jarroh bemoming orqasida, o'ng yonida turadi. Chap qo'lini bemor boshi ustidan o'tkazib, barmoqlari bilan pastki jag' va alveolyar o'siqni siqib ushlaydi va tish olish harakatlarini bajaradi.
Jarroh chap qo'l bilan ishlasa (chapaqay bo'lsa), unda bemorning ro'parasida, o'ng yonida turib, ovng qovl barmoqlari bilan jagvni ushlab, labini tashqariga suradi. Chap qovl bilan ombumi tishga soladi va tish olish harakatlarini bajaradi.
Kichik oziq tishlar atrofidagi suyak ancha qalin bo'lgani uchun omburni chuqur kiritib bo'lmaydi. Tebratuvchi harakatlar ehtiyotlik bilan qilinmasa tishning toj qismi sinadi. Ildiz shakli konusga yaqin bo'lganligi uchun tebratuvchi harakatlardan keyin, aylanma, harakatlarni ham qilish mumkin.
Rasm - 43
a) ombumi tishga solish va siqib ushlashi;
b) til tomonga qimirlatish
c) lunj tomonga qimirlatish;
Tish olish operatsiyasi bosqichlari (Rasm ~ 43)
61
d, e) ildiz o'qi atrofida rotatsion (aylanma) harakat (soat strelkasi yo'nalishi bovyicha va unga teskari) t) tishni sug'urib chiqarish.
Pastki jag' kichik oziq tishlarini olayotganda tebranma va aylana harakatlardan so'ng
ombumi yuqoriga va albatta yonga qaratib sug'urish kerak aks holda ombur yuqorijag'tishlarigazarbbilanurilibjarohatlashi mumkin.
Pastki jag'dagi katta oziq tishlarini olish. Birinchi va ikkinchi katta oziq tishlar odatda ikkita oldingi-medial va orqadagi distal ildizli bo'ladi. Bdkala ildiz yassi ikki yonidan siqilgandek shaklda bo'ladi. Oldingi ildiz uzunroq qalinroq, uchi orqaga qarab qayilgan shaklda. Distal ildiz ko'pincha to'g'ri bo'ladi. Ayrim holatlarda ikki ildiz uchi bir biriga yaqin keladi va oralarida qalin suyak qatlami bo'ladi. Tish katakchalari devori qalin va qattiq suyakdan tuzilgan. Birinchi katta oziq tishning lunj va til tomon suyak qalinligida farq yo'q, ammo ikkinchi tish atrofida lunj tomondan pastki jag'ning chakka qirrasi hisobiga suyak ancha qalinlashadi. Bemor va jarrohning joylashish holati kichik oziq tishni olishda yozilganidek. (Rasm - 45)
Rasm - 45
Katta oziq tishlarini olish uchun qirrasi bo'yicha yoki tekisligi bo'yicha egilgan tumshuqlari iskanjali, tutashmaydigan omburlar ishlatiladi. Ombumi tish ustidan solib, chuqur kiritiladi shunda uchburchak shakldagi iskanjalar albatta ikki ildiz orasiga o'matilishi shart, aks holda tish bo'yin qismidan sinadi. Ombur yetarli darajada chuqur kiritilib siqiladi, birinchi oziq tishni olayotganda tebranma harakat lunj,
62
keyin til tomonga qilinadi, ikkinchi oziq tishni olayotganda tebranma harakat avval til keyin lunj tomonga bajariladi.
Pastkijag'ning birinchi va ikkinchi oziq tishlarini olish.
Pastki jag'ning chap tomonidagi tishlarini olayotganda shifokor bemorning oldida yordamchi esa chap tomonida turadi. Bemor boshi o'ng tomonga qaratiladi. O'ng qo'l bilan ombumi olinayotgan tishga solib, chap qovl barmoqlari bilan yumshoq to'qimalarni yonga suradi va bir vaqtda pastki jag'ni mahkam ushlab turadi. (Rasm - 46).
Rasm - 46
Pastki jag'ning o'ng tomonidagi oziq tishlarini olayotganda shifokor bemoming orqasida, o'ng tomoniga turadi. O'ng qo'lidagi omburni olinayotgan tishga soladi. Chap qo'lini boshi ustidan o'tkazib ko'rsatkich va bosh barmoqlari bilan alveolyar o'siqni ushlaydi va bir vaqtda yumshoq to'qimalami yonga suradi.
Katta oziq tishni olish bosqichlari: ombumi solib, tish qattiq siqiladi, tish lunj tomonga siljitiladi, keyin til tomonga siljitiladi va sug'urib olguncha harakatlar qaytariladi.
Pastki jag'ni uchinchi oziq tishi tekisligi bo'yicha egilgan ombur bilan olinadi. Bu ombur bilan chap tomondagi tishni olayotganda shifokor bemorni orqasida o'ng tomonida turib, o'ng qo'ldagi ombumi tishga soladi. Chap qo'lning bosh barmog'ini ombuming o'qiga qo'yib pastga
63
botirib suyakkacha kiritiladi. Qolgan barmoqlar bilan pastki jag' suyagi mahkam siqiladi. Pastki jag'ning o'ng tomondagi tishni olish uchun shifokor bemor oldiga turib, o'ng qo'lga ombumi ushlab, tishga soladi, chap qo'lning bosh barmog'i bilan ombur o'qiga bosib suyakka qadalguncha botiradi. Shundan so'ng, ombur dastakJarini mahkam siqib, tish o'rnidan dastlab lunj, keyin til tomonga, yana lunj va til tomonga bir hecha marotaba siljitiladi. Tish ildizlari o'midan siljiganidan so'ng sug'urib olinadi.
Tish iIdizIarini olish (omburlar, elevatorlar va bormashina yordamida).
Olingan tish katagiga ishlov berish va parvarishlash
Toj qismi yemirilgan tishlarini olish ham oson, ham qiyin. Agarda ildiz atrofidagi suyak patalogikjarayon natijasida yemirilgan va surilgan bo'lsa, unday ildizni olish oson. Ildizlar chuqurda singan, atrofdagi suyak qalin va qattiq bo'lsa, ulami olish katta qiyinchiliq tug'diradi.
Ildizlar mahsus omburlar bilan olinadi. Yuqori jag'laming ildizlari odatda to'g'ri, S shaklli yoki nayzasimon, ishchi yuzasi tor, uchlari jipslanuvchi omburlar yordamida olinadi. Pastki jag'dagi ildizlar qirrasi bo'yicha egilgan, tumshuqsimon, yuzasi tor, uchlarijipslanuvchi omburlar bilan olinadi. Alveolyar o'siq va milkidan chiqib turgan yakka ildizlami olishda tish olish operatsiyasida yozilgan tartibdagi harakatlar bajariladi. Dastlab, olinayotgan ildizdan aylana bog'lam va milk atroflicha chuqur qilib ajratiladi. Ombur dastaklari kerilib , milk tagiga ildiz o'qi bo'yicha chuqur kiritiladi. SHunda ombur uchlari alveolyar o'siqni ham qisman qo'shib ushlashi va ildizni mahkam siqishi va o'rnidan siljitish uchun yaxshi richag hosil qilishi kerak, aks holda ildizning yuqori qismi sinib, yana kaltalashadi. Asta -sekin tebranuvchi harakatlar qilib ildiz joyidan siljitiladi, bog'lamlari uzilganidan so'ng sug'urib olinadi.
Yuqorijag'dagi tishlarining iIdizini olish.
Yuqori jag'dagi old tishlar ildizini olayotganda aylanma va tebratuvchi harakatlar qilinadi. Ikkinchi kichik oziq tish ildizini olayotganda xuddi shunday tebranma va aylanma harakatlar almashib bajariladi. Agarda birinchi kichik oziq va katta oziq tishlar ildizlari ajralgan holda bo'lsa, har biriga alohida ombur solinib olinadi. Ildizlar birlashgan bo'lsa, ulami bormashina yordamida bir-biridan kesib ajratiladi va ingichka uchli nayzasimon ombur yordamida aylanma harakatlar bajarib olinadi.
64
Birinchi kichik oziq tishni bir-biridan ajralmagan ildizlarini olayotganda ehtiyot bo'lish kerak. Ombumi solib kerakli darajada alveolyar o'siq suyagi va ildizlami siqib olgandan so'ng birinchi tebratuvchi harakat lunj tomonga keyin tanglay tomonga bajariladi.
Katta oziq tishlarining ildizlari ajralmagan bo'lsa, nayzasimon uchlari serbar omburning bir uchini tanglay ildiziga, ikkinchi uchini ikki lunj ildiz orasiga yoki ildizlarning biriga qo'yib asta lunj va tanglay tomonga tebratib ildizlar joyidan siljitiladi. Olayotganda ildizlar biridan ajralib ketsa, har biri alohida aylanma harakatlar bilan sug'iriladi. Katta oziq tishlar ildizlarini ombur yordamida olib bo'lmasa, bormashina yordamida tish kavagi tubi dumaloq bor bilan teshiladi., fissur bor bilan orasidagi to'siq kesiladi va tanglay ildiz, lunj ildizlardan ajratiladi. Kesilganda hosil bo'lgan oraliqqa to'g'ri elevator uchi kiritilib dastagini aylanma harakat bilan ildizlar ajratiladi. Elevator dastagini lunj tomonga surib tanglay ildizini o'midan siljitiladi va nayzasimon ombur bilan siqib sug'urib olinadi. Lunj ildizlar nayzasimon ombur bilan qiyinchiliksiz sug'urib olinadi.
Uchinchi katta oziq tishning ildizlari odatda bir-biriga yopishib ketgan bo'ladi. Ularni olish nayzasimon omburda oson bajariladi.
Pastki jag tishlari ildizlarini olish
Pastki jag' kesuv tishlarining ildizlarini olish toj qismi saqlanib qolgan tishni olishdek bajariladi. Farqi ildiz atrofidagi suyak qisman qo'shib ushlanadi va siqqanda sindirib olinadi.
Kichik oziq tish odatda uzun va yo'g'on bo'ladi, ildizini olayotganda serbar lunjli ombur ishlatiladi. Ildiz suyak bilan qo'shib siqiladi. oldin lab keyin til tomon tebratuvchi va yengil aylana harakatlar bajari)ib o'midan siljitiladi va sug'urib olinadi.
Pastkijag'da katta oziq tishlarining ildizini olish ancha qiyin, chunki o'rab turgan qalin suyak ombumi milk tagiga chuqur kiritishga yo'l bermaydi. Suyak qalinligidan ombur lunjlari sapchib ketadi va ildizni siqib ushlab bo'lmaydi.
Faqat ildizlar atrofidagi suyak yemirilgan bo'lsa, uchi yupqa egilgan elevator va boshqa asboblar yordamida ildizlaming biri chiqarib olinadi, keyin ikkinchisi qo'porib tashlanadi.
Agarda ildizlar bk-biridan ajralmagan bo'lsa, ombumi bir (mustahkam o'tirgan) ildizga solinadi va oldin til keyin lunj tomonlarga tebratib sug'urib olinadi. Ayrim hollarda ikkinchi ildiz qo'shilib chiqadi. Ildizlar orasidagi to'siq qaIin bo'lsa. faqat bir ildiz chiqadi. Ikkinchisini
65
olish uchun burchakli elevator yordamida to'siq sindirilib ildiz ham chiqariladi.
Uchinchi katta oziq tishning vertikal joylashgan ildizlarini olish katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Odatda bunday ildizlar tekisligi bo'yicha egilgan ombur yordamida olinadi. Joylashishi bo'yicha yotiq yoki gorizontal ildizni olish murakkab bo'ladi.
To'g'ri elevator yordamida tish ildizlarini olish.
Tish ildizlari suyak ichida chuqur joylashganda ombur bilan olishning ilojisi bo'lmaydi. CHunki omburni chuqur kiritaman deb milk yirtiladi. Tish katagining chetlariga katta jarohat yetkaziladi, shunga qaramay ildizni ushlash qiyin bo'ladi va olinmasligi ham mumkin. SHunday hollar elevatorni ishlatishga ko'rsatma bo'ladi. Elevator yordamida pastki uchinchi oziq tish va qatordan tashqarida joylashgan boshqa tishlarni olish mumkin.
To g ri elevator bilan tish ildizlarini olish uslubi.
To'g'ri elevator yordamida odatda yuqori jag'dagi tish ildizlari olinadi. Bemor tish olinadigan holatda kresloga o'tkaziladi, jarroh ro'parada turadi. Ovng qo'lga elevatorning dastasini siqib ushlaydi, ko'rsatkich barmoqni o'tuvchi qismiga qo'yadi, chap qovlni ikki barmogM bilan olinayotgan ildiz ro'parasidagi alveolyar ovsiq ikki tomonidan siqib olinadi va elevator sapchib chiqib ketishining oldi olinadi. Elevator uchi olinayotgan ildizga va katakcha devori orasiga kiritiladi. Ishchi qismini botiq tomoni ildizga, do'ng tomoni katakcha devoriga qaratilishi kerak. (Rasm-47).
0
66
Dastakka bosib asbob uchi ichkariga-yuqoriga kiritiladi va bir vaqtda ovz ovqi atrofida yarim aylana harakatlar bir o'ngga bir chapga qilib qaytariladi. (Rasm - 48)
Bu harakatlar natijasida ildizni ushlab turgan boylamlar qisman uziladi, ildiz qarshi tomonga suriladi. Elevator uchi 4-5 mm ichkariga kiritilib yonga richagsimon harakatlar bilan ildiz chiqarib olinadi.
Yuqori jag' tishlar ildizini olish uchun to'g'ri elevatorlardan foydalanish: olinayotgan tish ildizi va tish katakchasi devori orasiga elevatorning uch qismi tirab kiritiladi va ildizni siljitishga harakat qilinadi. Elevator tanglay, keyin, yon taraflardan solinadi. Ildiz siljiganidan so'ng elevator yanada chuqurroq kiritilib ildiz qo'porib chiqariladi.
Elevatorlardan foydalanib, yuqori jag'ning kichik va katta oziq tishlar ildizini olayotganda ulaming o'ziga tayanib bo'lmaydi. Qo'pol va ortiqcha harakat qilinsa, ildizlar yuqori jag' bo'shlig'iga kiritib yuborilishi mumkin.
Rasm - 48
Rasm - 49
67
To'g'ri elevator yordamida yuqorijag'ning to'liq chiqmagan 8 tishini olish mumkin. (Rasm - 49)
A) Dastlab chizmada ko'rsatilgan shaklda suyakkacha kesma o'tkaziladi
B) Yumshoq to'qimalar suyakdan ajratilib tishning toj qismi ochiladi.
S) tishning toj qismi bormashina yordamida ochiladi.
D) To'g'ri elevator uchi tishlar orasiga kiritilib oldidagi tishlar ildiziga tayangan holda orqaga va pastga qarab siljitiladi. Siljitish jarayoni qayta-qayta qilinib elevator uchi ichkariga kiritiladi. Bir necha harakatdan so'ng tish katakchadan to'liq chiqadi. YUmshoq to'qimalar o'rniga qaytarilib joylashtiriladi.
Richag prinsipi
Pastki jag' uchinchi oziq tishlarini elevator yordamida olish
Ayrim vaqtda tishni ombur bilan olish imkoniyati bo'lmaydi. Jumladan, tishning toj qismi yo'q yoki to'liq chiqmagan bo'lsa, gorizontal joylashib oldindagi tishga tiralib qolsa va boshqa shunga o'xshash holatlarda elevatorlardan foydalanish uchun richag prinsipi ishlatiladi. (Rasm - 50).
68
Rasm - 55
To'liq chiqmagan va engashib oldindagi tishga tiralib joylashgan 818 tishni olish.
A) Olinayotgan tishning proyeksiyasida alveolyar o'siqning qirrasidan shilliq qavat suyakkacha kesiladi va oldindagi ikki tishning lunj tomonidan davom ettiriladi. Suyak usti pardasi ajratilib chetga suriladi. Rasm - 52.
B) Bormashina yordamida olinayotgan tishlaming toj qismi atrofidagi suyak olib tashlanadi. Olinayotgan tish toj qismining tagida elevatorning uchini kiritish uchunjoy ochiladi. Rasm - 53.
V) To'g'ri elevator uchi suyakda ochilgan joyga kiritiladi va tishni o'midan siljitish uchun chizmada ko'rsatilgan richag prinsipidagi xarakatlar bajariladi,
G) Tish olinganidan so'ng katakcha tozalanib yumshoq to'qimalar joyiga qaytarilib chok qo'yiladi (rasm - 55).
69
a) Agarda olinayotgan tish chuqur joylashgan bo'lsa, bormashina yordamida atrof ochiladi. Toj qismini vertikal kesib tushib. bo'laklar alohida elevator yordamida chiqarib olinadi. Rasm -54.
b) Toj qismini kesib tushgandan so'ng elevator yordamida tishni siljitish qiyin bo'lsa, unda toj qismi olib tashlanadi va ildiz uchi bo'laklarga ajratiladi va har biri alohida chiqarib olinadi.
v) Tish ham chuqur va gorizontal yotib qolgan bo'lsa, uni bir necha bo'laklarga ajratib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Esingizda bodsin, elevator ishlatayotganda ehtiyot boding. Keragidan ko'p ishlatilgan kuch jagv suyagining sinishiga olib keladi.
Egilgan (burchakli) elevator bilan ildizlarni olish.
Pastki jag'ning katta oziq tishlari ildizini omburda olish qiyin bo'ladi. Chunki ildizlar yon tomonidan qalin va qattiq kompakt suyak orasida joylashadi. SHunday holatda ildizlarning uchini egilgan elevator yordamida olish tavsiya etiladi.
A) Katta oziq tishning toj qismi bo'lmasa, ildiz elevator yordamida bifurkatsiyadan ajratiladi. (Rasm - 56).
B) Distal ildiz yonidan o'tkir uchli elevator suyakka tirab kiritiiadi va dastagini oldi va orqaga aylantirish hisobiga ildiz o'midan siljitiladi va chiqariladi.
V) Ikkinchi ildizni chiqarish uchun ildizlar orasidagi tish katakchasining to'sig'i yarmigacha sindiriladi va shundan so'ng ildiz o'midan siljitiladi va chiqariladi.
Bir vaqtda bir nechta tishlar olinganda orasidagi to'siqlar turtib chiqib qoladi. Turtib qolgan to'siq va tish katakchasi qirrasi rezeksiya qilinadi va bir tekisda silliqlanib milk tikiladi.
70
Rasm - 57
Bormashina yordamida tish ildizlarini ochish va olish.
Ildiz qiyshiq, uchi gipersementoz yoki anomaliya shaklida bo'lsa, olayotganda sinib qoladi. Jarohat natijasida ham ildiz sinishi mumkin. Ildiz uchi bunday hollarda tish katagi tubida (chuqurda) bo'ladi. YUqorida keltirilgan usullar bilan bunday ildizlarni oIib bo'lmaydi. Ildizni bormashina yordamida ochib olish katta operalsiya hisoblanadi. Uni boshlashdan oldin kerakli asboblami tayyorlash zarur.
71
Ildiz va tishlarini bormashina va iskana yordamida olish uchun borlar va asboblar namunasi rasmda keltirilgan (Rasm - 58).
Rasm-58
to
i
Ildizni suyak ichidan olish operatsiyasi bir necha bosqichdan iborat
1. Ildiz olinadigan sohada asosi o'tuv burmaga qaratilgan keng trapetsiya shaklidagi shilliq qavat va suyak usti qobig'i suyakkacha kesiladi va laxtak ajratilib, pastga suriladi
2. Bormashina yordamida dumaloq borlar bilan jag' suyagining tashqi kortikal plastinkasi ildiz ro'parasida doira qilib teshiladi. Ular bir biriga fissur bor bilan birlashtirilib, ildiz to'liq ochilguncha suyak kesib olinadi.
3. Burchakli elevator yordamida (yuqorida keltirilgan uslubda) ildiz o'midan qo'zg'atiladi va chiqarib olinadi.
4. Suyakdagi o'tkir qirralar tekislanib laxtakjoyiga tikib qo'yiladi.
Tish olingandan so ng yaraga ishIov berish va parvarishlash
Tish sug'urib olingandan so'ng uni ko'rikdan o'tkazish kerak ildizlari butun chiqqanmi? Bo'linib chiqqan ildizlar oTniga qo'yilib, mayda bo'laklar qolib ketmaganligiga ishonch hosil qilish kerak. SHundan so'ng tish katakchasi tekshiruvdan o'tkaziladi-patologik granulatsion to'qima, granulyoma to'qimalari suyak parchalari qirib tozalanadi.
Ahamiyat berib ildiz katakchasi devori ko'rikdan o'tkaziladi, chetlari singan boTsa, suyak qobig'idan ajratilib olib tashlanadi. Ildiz oralig'idagi tovsiq turtib chiqib qolgan bovlsa, sindirib chiqarib olinadi. Bir nechta tish barobar olingan bovlsa, suyakning bo'rtib turgan qirralari qisqich yordamida kesib tekislanadi. Bor yordamida yoki ovtkir xirurgik qoshiqcha
72
bilan o'tkir qirralar silliqlanadi. Albatta barmoq uchi bilan paypaslab shilliq parda tagida o'tkir qirralar yo'qligiga ishonch hosil qilinadi. Tish olayotganda ildiz katagi devorlari tashqari va ichkariga yirilib, og'zi keng bo'lib ochiladi. Ulami yaqinlashtirish maqsadida salfetka qo'yib, alveolyar o'siqni ikki tomonidan siqib kelinadi va yaqinlashtiriladi. SHilliq qavat bir-biriga yaqinlashsa, bir nechta chok qo'yiladi.
Tish olayotganda atrof to'qimalarning qon tomirlari uziladi va bir oz qon ketishi kuzatiladi. 3-5 daqiqadan so'ng qon to'xtab, katakcha qon bilan to'ladi. Ivib qolgan qon katakchani yallig'lanishdan asraydi. Katakcha qonga to'lmasa, uni yodoformli doka bilan zichlamasdan to'ldirish kerak. 5-7 kundan so'ng olib tashlanadi.
Tish katakchasidagi ivib qolgan qonni extiyot qilish maqsadida bemorga 3-4 soat davomida og'izni chaymaslik, ovqatlanmaslik, barmoq bilan tegmaslik tayinlanadi. SHu kuni og'irjismoniy harakatlar va issiqlik muolajalari qilinmasligi shart.
Tish olishjarayoni mahalliy to'qimalarningjarohati bilan kechadi va anesteziya tarqalganidan so'ng og'riq sezila boshlaydi, ayrimlarda kuchli, tarqaluvchan va davomiy bo'ladi. Bunday hollarda analgetiklar tavsiya qilinadi.
Bemorga og'iz bo'shlig'ining tozaligini saqlash uqtirilishi kerak. Kun davomida ovqatlangandan so'ng 2-3 marta kaliy permanganat eritmasi 1:3000 yoki 1-2% natriy gidrokarbonat eritmasi bilan ovqatdan so'ng va tungi uyqudan oldin og'iz chayish tavsiya qilinadi. Tishlarini cho'tka bilan yaraga tekkizmasdan tozalash tavsiya qilinadi.
Tish olingandan so'ng yaraning bitishi.
1. Olingan tishning o'rni odatda ikkilamchi bittadi. Tish olingandan so'ng katakchaning qarama-qarshi tomondagi milk yaqinlashib birikadi. 3- 4 kundan so'ng katakchada ivigan qondan granulyatsion to'qima hosil bo'lib 14-15 kunda yetilgan granulyatsion to'qimaga aylanadi va suyaklasha boshlaydi. Suyaklanish jarayoni 1-4 oy davom etadi. SHu jarayon bilan bir vaqtda katakcha qirrasidagi suyak qismi surilib ketadi.
Tish olingan vaqtda katakcha qon bilan to'lmagan boTsa, granulyatsiyali to'qima suyakning o'zidan hosil bo'ladi va tubidan yuqoriga qarab to'lib chiqadi. Asta-sekin milk yaqinlashib katakchadagi granulyatsiyali to'qima osteoid to'qimaga o'tadi va suyaklashadi. Tish olish jarayonida atrofdagi to'qimalarga katta shikast yetkazilgan bo'lsa, bitishjarayoni ancha uzayadi.
73
Tish olayotganda ro'y berishi mumkin boTgan mahalliy asoratlar
Tish olish operatsiyasi davomida bir qancha umumiy mahalliy asoratlar kelib chiqishi mumkin.
Umumiy asoratlar bexushlik, o'tkir qon tomir yetishmovchiligi; ayrim hollarda - shok ham boTishi mumkin. Bu holatlarga tushishning asosiy sababi jarrohlik xonasidagi muhit, operatsiyadan oldin bemor hayajonlanishi va qoTqishi natijasidagi ruhiy zo'riqish boTishi mumkin: ayrim hollarda yetarli darajada boTmagan og'riqsizlantirish. Hammasi birgalikda neyroreflektor ravishda gemodinamika va mikrotsirkulyatsiyaning buzilishiga olib keladi. Bu holatlarda yuqorida keltirilgan tezkor reanimatsiya tadbirlari oTkaziladi.
Mahalliy asoratlar
Tishning toj qismi yoki ildizi sinishi eng ko'p uchraydigan asorat. Sabablari: l)kariyes natijasida tish katta qismining yemirilishi va
oTkazilgan davolardan so'ng mo'rt boTishi 2.Ingichka, uzun, har tarafga qiyshaygan ildizlar 3.Ildiz atrofi suyak to'qimasining (tish katakchasi devorlarini, ildizlar oraligTdagi to'siqni) qalinligi. 4.Tish olish texnikasi to'g'n bajarilmasligi, ( omburning ishchi qismi o'qi ildiz o'qi bilan mos tushmasligi, ombur va elevator to'g'ri tanlanmaganligi, keragidan qattiq qisib olinishi va boshqalar) sabab boTadi.
Singan tish ildizi (ayniqsa oTkir yalligTanishga sabab boTayotgan boTsa) shu kuniyoq albatta olib tashlanishi shart. Qoldirilgan ildiz ertami, kechmi yalligTanish chaqirishi mumkin. Faqat ayrim hollarda operatsiya 7-10 kunga kechiktirilishi mumkin.
Ildizlami elevator bilan olayotganda tayanch nuqtasi to'g'ri tanlanmasa, yonidagi tish chiqarilib yuborilishi mumkin. Tish toTiq chiqib ketsa replantatsiya, notoTiq chiqsa repozitsiya qilinib, joyiga qo'yib mahkamlanadi.
Tish olish texnikasining qo'pol buzilishi natijasida milk va jag' atrofidagi yumshoq to'qimalarshikastlanishi mumkin. Sabablari:
l.Tish atrofidagi aylana bogTam toTiq ajratilmaganligi.
2,OgTz yaxshi ochilmagan va yaxshi yoritilmagan holda tish, yoki ildizni ko'rmasdan, omburning qisuvchi qismining to'qimalarga chuqur kiritilishi.
3. Milk suyakdan keng ajratilmasdan, ombuming qisuvchi qismlari alveolyar o'siq ustidan chuqur kiritilishi.
4. Lunj, tanglay, til osti, va til to'qimalariga ombur yoki elevatoming sirg'alib ketishi natijasida sanchilishi.
Bu asoratlarning oldini olish uchun:
74
1) Tish atrofidagi aylana bogTam va milkning toTiq ajratilganini tekshirib ko'rish.
2) Og'iz ochilishini mahalliy og'riksizlantirish bilan (Bershe Dubov usuli bilan) ta’minlash. Yetarli yorugTik tushirish, ombur ishchi qismining to'gYi o'matilganligiga, yumshoq to'qima qisilmaganligiga ishonch hosil qilish.
3) Ombur bilan ildiz olish rejalashtirilganda, alveolyar o'siq va jag' tanasidan milk va suyak qobigTni keng ajratish.
4) Tish yoki ildizni olayotganda ombur va elevatorni o'midan sirgvalib chiqmasligi uchun barmoqlar bilan atrofdagi to'qimalarni himoyalash. Milk va yumshoq to'qimalar zararlangan boTsa, qon to'xtatiladi, qattiq ezilgan to'qimalar kesib tashlanadi, qolganlari siqib yaqinlashtiriladi va chok qo'yiladi.
Alveolyar o'siqning qisman sinishi.
Ombur chuqur kiritilib, tish sug'irilayotganda atrofdagi suyak qisman sinib chiqadi. Bu hol odatda yara bitishiga ta’sir etmaydi. Rasm - 59
Ayrim hollarda periodontal oraliqdagi yalligTanish suyak hosil boTishi bilan tugaydi, natijada ildiz katagi bilan yopishib ketadi. SHunday tishni olayotganda alveolyar ovsiqning bir qismi sinishi mumkin. Odatda suyak boTaklari olinayotgan tish bilan birga chiqadi.
Chiqmay qolsa, boTak atrofidagi yumshoq to'qimalardan ajratilib, olib tashlanadi. Suyak ovtkir qirralari tekislanadi.
Kovpincha yuqori jag'ning uchinchi katta oziq tishi olinayotganda alveolyar ovsiqjagvning bo'rtmasi bilan birga sinib chiqadi. Bunday holda suyak ovtkir qirralari tekislanib yaraga chok qo'yiladi.
Katta oziq tishlarini olayotganda, katta kuch ishlatilsa, alveolyar ovsiq yonidagi bir nechta tishlar bilan birgalikda sinishi mumkin. BoTak, atrofdagi yumshoq to'qimalardan uzilmagan boTsa, joyiga qaytarib mahkamlanishi mumkin.
Rasm - 59
Pastki jag'ning chiqishi.
Tish olayotganda kam uchraydigan asorat. Pastki katta va kichik oziq tishlarini olayotganda katta odamlarda jag'ning chiqishi yuzaga kelishi mumkin.
Jag'ning chiqishi, odatda tish olinayotgan tomonda kuzatiladi. Ayrim hollarda ikki tomonlama chiqish kuzatiladi. Jag' chiqib ketganini bemor darhol sezadi-og'iz katta ochilib, jag' sog' tomonga surilib ketadi. Og'iz yopilmaydi. Ikki tomonlama chiqsa - jag' oldinga surilib, og'iz katta ochilib qoladi. Og'iz yumilmaydi. Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun tish olayotganda chap qo'l barmoqlari bilan pastki jag'ni kerakli holatda ushlab turish kerak.
Pastki jag'ning sinishi.
Kam uchraydigan asorat. Pastki jag' uchinchi va ikkinchi katta oziq tishlarini elevator yoki iskana bilan olayotganda katta kuch ishlatilsa yuzaga keladi. Bu asoratning yuzaga kelishiga suyakdagi patologik o'zgarishlar (radikulyar yoki follikulyar kista, ameloblastoma, surunkali osteomiyelit, yoki keksalik davridagi suyak atrofiyasi omil bo'ladi.
Zararlangan to'qimalarning, jag' og'rig'i, og'iz ochilishi qiyinligi, tish olinishi bilan bog'lanadi. Rentgenologik tekshiruv natijasida jag' singanligi aniqlanadi.
Yuqorijag' bo'shlig'i tubining teshilishi
Katta va kichik oziq tishlarini olayotganda uchraydi. Sabablar:
1. Tish ildizi yuqori jag' bo'shlig'i tubiga juda yaqin yoki ichiga kirib turadi, ayniqsa yuqori jag' pnevmatik tipda tuzilgan bo'lsa bo'shliq katta bo'lib, tishlar ildizidan 0,2-1 mm qalinlikdagi suyak pardasi bilan ajralib turadi.
2. Ildiz uchidagi surunkali patologikjarayon yuqorijag' bo'shlig'i tubini hosil qilgan suyakni yemiradi va shilliq parda bilan birikadi. Tish olinsa, yuqori jag' boshlig'i shilliq pardasi uzilib chiqadi va tubi teshiladi.
3. SHifokor aybi bilan. Tish olish texnikasi qo'pol buzilishi natijasida ildizni ushlayman deb ombur bilan sitib bo'shliqqa kiritib yuborish, iskana bilan yoki elevator bilan ildizlarni ajratayotganda qoqib kiritib yubonsh.
4. Ildiz katakchasida qolgan granulyatsion to'qimani tozalanayotganda asbob bilan bo'shliq tubini teshib qo'yish.
Yuqori jag' bo'shlig'i tubi teshilganligi belgiUiri:
1) Olingan tish katakchasidan qon, havo pufakchalari bilan chiqishi
76
2) Burunni siqib, puflanganda tish katakchasidan shuvillab havo o'tishi.
3) Xirurgik zond yoki qoshiqcha katakcha tubidan qarshiliksiz yuqori jag' bo'shlig'iga o'tishi.
4) Tish olinganidan so'ng engashganida burundan qon ketishi
5) Olingan tish katakchasidan yiring kelishi.
Yuqori jag" katta va kichik oziq tishlarini olayotganda bironta ildiz yo'qolib qolsa va yuqori jag' bo'shlig'i teshilganiga xos belgilar aniqlansa, albatta rentgenologik tekshiruv o'tkazib aniqlash lozim. Yo'qolgan ildiz yuqori jag' bo'shlig'ida, bo'shliq shilliq pardasi ostida yoki kista ichida bo'lishi mumkin.
Yuqori jag' bo'shlig'i teshilganda, yallig'lanish alomatlari bo'lmasa tish katakchasini qon bilan to'lib, ivishishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar bajariladi: yodoformli doka katakcha ustiga bostirib qo'yiladi va atrofdagi tishlarga bog'lanadi, tez qotuvchi plastmassadan kappa yasaladi va taqiladi, bemorning o'zida olib qo'yiluvchi protez bo'lsa, shu bilan bostiriladi, katakchada qon ivishi sust bo'lib qonga to'lmasa ichiga yodoformli doka yuza kiritilib atrofidagi shilliq qavatga chok bilan mahkamlanadi va bir hafta shu holatda ushlanadi.
Yuqori jag' bo'shlig'i tubi teshigi katta bo'lib atrofdagi to'qimalar zararlangan bo'lsa bemomi jarroxlik stomatologiya bo'limiga tezkor ravishda yuborish kerak.
Pastki alveolyar nerv nevropatiyasi_ shu nervning suyak ichidagi kanalda jarohatlanishidan kelib chiqadi. Pastki jag'ning katta oziq tishlari ildizlari pastki alveolyar nerv kanaliga juda yaqin keladi. Surunkali periodontit oqibatida kanal devorlari yemirilib ketadi. SHunday tishlarni olayotganda ayniqsa elevator yordamida nerv jarohatlanadi, oqibatda qisman yoki to'liq faoliyati buziladi: jag' og'riydi, pastki lab va dahan sohasida sezuvchanlik buziladi. Tishlar sezuvchanligi va pulpaning elektr qo'zg'aluvchanligi pasayadi.
Bu asoratning oldini olish uchun tish olish texnikasiga to'liq amal qilish vajarohatlantirmaslik lozim.
Tish sug'irilganidan so'ng kuzatiladigan asoratlar
Tish sug'irgandan so'ng bo'ladigan asoratlar ichida ko'p uchraydigani - qon ketishi. Bu asoratning sabablari mahalliy va umumiyga ajratiladi.
Mahalliy sabablari:
1) Tish sug'irilganda atrofdagi to'qimalaming shikastlanishi (yirtilishi, to'qimalarning yulib olinishi, tish katakchasi tubini chuqur kyuretaj qilganda tomirlarning uzilishi)
77
2) Alveolyar o'siqning qisman sinishi yoki ildizlar orasidagi to'siq suyagining sinishi
3) Bemoming intizomsizligi - olingan tish katakchasiga tili bilan yoki barmoq bilan tegishi, qon chiqsa, so'rib katakchadagi ivigan qonni siljitib, jOyidan chiqarish.
Umumiy sabablar:
qon ivish tizimining buzilishi, qon kasalliklari, gemofiliya, qon bosim kasalligi,jigar kasalliklari, S gipo-avitaminozi, nurlanishdan so'nggi holat, antikoagulyantlar ichib turgan davrda.
Qon ketishi tish sug'irilganidan so'ng to'xtamasdan davom etishi yoki 3-4 daqiqada to'xtab, bir necha soatdan so'ng yana qayta ketishi mumkin. Qon ketishi sababidan qat’iy nazar, uzoq davom etsa, yo'qotilgan qon miqdori bemorning umumiy ahvoliga salbiy ta’sir etadi. Bemor o'zini noxush sezadi, bo'shashadi, boshi aylanadi, rangi oqaradi. Pulsi tezlashib, qon bosimi tushadi. Tish katakchasi qon quyqasi bilan qoplanishiga qaramay tagidan qon ketayotgani ko'rinadi.
Qon to'xtatishning mahalliy usullari
Mahalliy og'riqsizlantirish ostida, tish katakchasi ehtiyotlik bilan xirurgik qoshiqcha yordamida tozalanadi, quritiladi va qon ketish sabablari va sohasi aniqlanadi. Qon katakcha tubidan yoki milkdan ketishi mumkin. Ko'pincha shilliq pardadan arterial tomirdan qonning otilib chiqishini kuzatish mumkin. Bunday hollarda qon ketishini to'xtatishning ikki usuli qoTlaniladi - yumshoq to'qimalarga chok qo'yish, zarurati boTsa, alveolyar o'siqdan suyak usti pardasini (suyak qobig'ini) ajratib, yaqinlashtirib tikiladi. Mayda qon tomirlarda qon ketayotgan boTsa, elektrokoagulyatsiya qilinadi. Katakcha devorlaridan yoki ildizlar orasidagi to'siqdan qon ketayotgan bo'lsa, nayzasimon yoki krampon ombur bilan ezib siqiladi.
Katakcha tubidan kelayotgan qonni to'xtatish uchun eni 0,5-0,75 sm. boTgan yodoform shimdirilgan pilik uchi katakcha tubiga kiritiladi va zich qilib taxlanadi. Agarda ikki yoki uch ildizli tish olingan bo'lsa, har bir katakcha alohida tampon bilan bostiriladi. Tampon tushib qolmasligi uchun tish kavagi atrofidagi bir nechta chok qo'yib, yara cheti yaqinlashtiriladi va ustidan bir aseptik tampon qovyib tishlatiladi, 15-20 daqiqadan sovng, qon to'xtatilganligiga ishonch hosil qilingach, olib tashlanadi.
Tish katakchasidan ketayotgan qonni to'xtatish uchun pilikni qon to'xtatuvchi boshqa preparatlar bilan ham shimdirish mumkin. Masalan
78
trombin, gemafobin eritmasi, epsilon-aminokapron kislota, «Katrofer». Bulardan tashqari yarada so'riluvchan biologik preparatlar - odam qonidan qilingan gemostatik gubka, fibrin plyonka, hayvon qoni va to'qimalaridan - gemostatik kollagen gubka, jelatin gubka «Krovostan» gentamitsinli yoki kanamitsinli antiseptik gubka va boshqalar ishlatilishi mumkin.
Qon ketishini to xtatish uchun ivish tizimiga ta’sir etish.
Ketayotgan qonni bevosita katakchada to'xtatishga qaratilgan tadbirlar bilan bir vaqtda, ivish tizimiga qaratilgan tadbirlar ham o'tkaziladi. Qon ko'p yo'qotilib to'xtamayotgan bo'lsa. vena ichiga 10 ml. 10% kaltsiy xlorid yoki 10 ml. 10% kaltsiy glyukonat eritmasi, 2-4 ml 5% askorbin kislotasi yuboriladi va bemor statsionar boTimiga yotqizilib boshqa kerakli muolajalar koagulogramma ko'rsatkichlari asosida o'tkaziladi. qon bosimi yuqori bo'lgan bemorlarga mahalliy tadbirlar bilan bir vaqtda bosimni tushirishga preparatlar qilinishi kerak.
Qon ketishining oldini olish.
Birinchi navbatda anamnezni to'liq yig'ish va ilgari ham har xil sabablarga ko'ra qon ketishi ku'zatilganligini aniqlash. Shubha bo'lsa, qon tahlilini qilish, qonash va ivish vaqtini, trombotsitlar miqdorini aniqlash, zarurat bo'lsa, koagulogramma qilish. Fiziologik me’yorlardan farq qilsa, mutaxassislar bilan maslahat va tayyorlov o'tkazib, so'ng tish olish. Asoratlar orasida eng noxushi, olingan tish katakchasining qon bilan to'lmasligi. Bunday holat anestetik adrenalin bilan yuborilganida kuzatiladi. Tish olish operatsiyasi uzoq davom etib, suyak jarohatlansa, uning ustiga katakcha qon bilan to'lmasa alveolitga moyillik oshadi. Tish olgandan 2-3 sutkadan so'ng, yallig'lanish boshlanadi. Alveolitning yetakchi belgilaridan biri - og'riq. Og'riq uzoq davom etib uch shoxli nerv tolalari bo'ylab tarqaladi va bemorga azob beradi.
Bunday shikoyat bilan murojaat qilgan bemoming og'iz bo'shlig'i ko'rilganda, olingan tish sohada shilliq pardaning shishi va qizarish alomatlari, katakcha atrofida yalligTanish jaryoni kuzatiladi. Katakchani to'ldirib turgan qora-kulrang qon quyqasining chirishi natijasida og'izdan badbo'y hid kelishi mumkin, ayrim holatlarda tish katakchasi bovsh bovlib devorlari kulrang karash bilan qoplangan bo'ladL Regionar limfa tugunlar kattalashib, tana harorati 37,5-37,8°S gacha ko'tariIadi.
Davolash:
1. Tish katakchasini ovqat qoldiqlari, chirigan qon quyqasidan va boshqa yot moddalardan iliq furatsilin eritmasi bilan yuvib tozalash.
79
2. Katakchaga aseptik malhamlami qo'yish (oksikol, dioksikol, solkoseril, polimiksin, metrogil denta va boshqalar)
3. Tish katakchasini yuvib, ichiga antiseptik, analgetik, antigistamin va fermentlardan tashkil topgan maxsus malhamlar kiritiladi.
4. Yallig'lanishga qarshi umum ta’sir etuvchi sulfanilamid va antibakterial va antigistamin preparatlar tayinlanadi.
5. Fizioterapevtik muolajalar (magnit maydoni, ultrabinafsha va lazer nurlari) o'tkaziladi
6. Yuqoridagi tadbirlar o'tkazilishiga qaramay 7-8 kundan so'ng sezilarli o'zgarish bo'lmasa, tish katakchasi reviziya qilinadi. Faqat tagida yotgan chirigan to'qimalar qirib olinadi, katakcha devorlaridagi ikkilamchi granulyatsion to'qima saqlanishi shart, suyak yalang'ochlansa, osteomiyelit rivojlanadi.
Tish katakchasi osteomiyeliti.
Bemor umumiy holsizlik, kuchli bosh og'riq, tana haroratining 37,6- 37,8°S ko'tarilishiga, butun badan titrab-qaqshab og'rishiga, uyqu buzilganligiga, ishlash qobiliyati yo'qolganiga shikoyat qiladi. Olingan tish katakchasidagi kuchli og'riq atrofdagi sog' tishlarga ham tarqaladi.
Tish katakchasi ichi bo'sh bo'lib, devorlari ifloslangan va ichidan badbo'y hid keladi. Atrof shilliq pardasi qizargan, shishgan, suyak qobig'i qalinlashgan bo'ladi. Paypaslaganda, shu sohada alveolyar o'siqning vestibulyar va oral tomonlarida va yondagi tishlar sohasida keskin og'riq bo'ladi. Yon sog'lom tishlar perkussiyasi og'riq beradi.
Jag' atrofidagi yumshoq to'qimalar shishadi, limfa tugunlar kattalashib, qattiqlashib og'riydi. Agarda yallig'lanish pastki jag'ning katta oziq tishlari katakchalaridan birida bo'lsa, jarayon chaynov mushaklariga tarqalib, og'iz ochilishining chegaralanishiga sabab bo'ladi.
Davolash: O'tkir davrda mahalliy og'riqsizlantirish, tish katakchasi reviziyasidan (tozalashdan) boshlanadi, chirigan to'qimalar yaxshilab qiriladi, antiseptiklar bilan yuviladi va antibakterial malhamlardan biri shimdirilgan pilik bilan to'ldiriladi. Suyak qobig'ida yallig'lanish kuzatilsa, unga 1,5-2,0 sm. uzunligida suyakkacha kesma o'tkazib, rezina chiqargich qoldiriladi. Yallig'lanishga qarshi antibakterial desensibilizatsiya qiluvchi dori vositalar va fizioterapevtik muolajalar buyuriladi. O'tkir davr 7-10 kun o'tganidan so'ng organizmning rezistentligini oshirish uchun umum quvvatlovchi va immunstimulyatorlar buyuriladi.
20-25 kundan so'ng tish katakchasi patalogik granulyatsiyali to'qimalar va mayda sekvestrlardan tozalab tashlanadi. Katakcha yuvilib,
80
quritiladi va yangitdan yodoform shimdirilgan doka bilan to'ldiriladi. Tish katakchasi tubida yaxshi yangi granulyatsion to'qima hosil bo'lguncha har 2-3 kunda pilik almashtiriladi.
Olingan tish katakchasi chetidagi o'tkir qirralar shilliq pardani ostidan shikastlab og'riq berishi mumkin. Odatda, o'tkir qirra bir nechta yonma-yon turgan tishlar yoki uzoq vaqt yakka turgan tish olinganidan so'ng yoki suyakka katta shikast yetkazib tish sug'irilsa hosil bo'ladi. Og'riqlar tish olinganidan 1-2 kundan so'ng boshlanadi. Chaynaganda .yoki tekkanda og'riq kuchayadi. Bunday og'riqni alveolitda kuzatiladigan og'riqdan farqlash kerak. Tish katakchasidagi qon quyqasi yalligTanmagan, paypaslaganda o'tkir qirra shilliq ostida yaxshi seziladi va og'riq beradi.
Davolash: Og'riqni yo'qotishning birdan bir yo'li - alveolektomiya operatsiyasini o'tkazish. Mahalliy og'riqsizlantrish ostida yarim oy yoki trapetsiya shaklida shilliq parda suyakkacha kesilib, laxtak ajratiladi. O'tkir qirra iskana yoki qisqich ombur bilan bartaraf qilinadi va yaraga choklar qo'yiladi.
5-BOB
Yallig'lanish kasalliklari.
Periodontitlar tasnifi. O'tkir va surunkali periodontitning klinik kechishi.
O'tkir periodontitni tashhislash va davolash Periodontit
Periodontit (periodontitis) - periodontal oraliqda joylashgan periodont to'qimasining yallig'lanishidir. U infeksion, travmatik va medikamyontoz bo'lishi mumkin. Infeksion periodontit og'iz bovshligvida bo'ladigan autoinfeksiya periodont to'qimasiga tushganda rivojlanadi. Infeksiya tish cho'qqisidagi teshikdan, kamroq periodontal oraliq va ildiz atrofidan tushadi.
Travmatik periodontit bir martalik (zarb, lat yeyish) ovtkir shikast ta’sirida yoki surunkali shikastlar (tish toj qismining sun’iy tish, plomba bilan ko'tarilib ketishida, zararli odat!ar - tishlarda mixlami tishlab, ipni tish bilan uzish, pista, yong'oq chaqish va boshqalar) natijasida rivojlanadi. Periodontit pulpicni davolash jarayonida yuzaga kelishi mumkin, bunda kanal tozatanganda kuchli ta’sir etuvchi dori moddalar ishJatilishi (medikamyontoz periodontit), shuningdek periodontning doridarmonlarga allergik reaksiyasi oqibatida paydo bo'lishi mumkin.
81
Klinik manzara va patologoanatomik o'zgarishlarga ko'ra,
I.G.Lukomskiy periodontning yallig'lanish kasalliklarini quyidagi guruhlarga ajratadi. l.O'tkir periodontit
a. Seroz (chegaralangan va tarqoq (diffuz)
b. Yiringli (chegaralangan va tarqoq (diffuz)
2.Surunkali periodontit
a. Granulyatsiya hosil qiluvchi (granulyatsiyalovchi)
b. Granulyomatoz (granulyoma hosil qiluvchi)
v. Fibroz.
3.0'tkirlashgan surunkali periodont.
O'tkir periodontit.
O'tkir periodontit - bu periodontning o'tkir yallig'lanishidir.
Etiologiyasi. O'tkir yiringli periodontitlar aralashgan flora ta’siri ostida rivojlanib, bunda streptokokklar ba’zan stafilokokklar va pnevmokokklar bo'ladL Tayoqchasimon shakllar (grammusbat va grammanfiy) anaerob infeksiya topilishi ham mumkin.
Patogenezi. Periodontda o'tkir yallig'lanish jarayoni birinchi marta infeksiyaning tish ildizi cho'qqisidagi teshik yoki patologik tish-milk cho'ntagi orqali kirib qolishi natijasida rivojlanadi. Periodont apikal qismining zararlanishi pulpaning yallig'lanishi va uning nekrozga uchraganidan so'ng kuzatiladi, bunda tish kanalining mo'l mikroflorasi periodontga ildiz cho'qqisi orqali tarqaladi. Ba’zan ildiz kanalining chirindilari periodontga chaynash vaqtida, ovqat luqmasi bosimi ostida tushib qoladi.
Marginal yoki chekka periodontit infeksiyaning milk cho'ntagi orqali kirib qolishi oqibatida, shikastlanish oqibatida, milkka dori moddalar, shu jumladan mishyakli pasta tushib qolganda yuzaga keladi. Mikroblar periodontal yoriqqa tushib, ko'payib ketadi, endotoksinlar hosil qiladi va periodont to'qimasida yallig'lanishni keltirib chiqaradi. Ba’zi bir mahalliy xususiyatlar: pulpa kamerasi va kanalida hosil bo'lgan
ekssudatning tashqariga chiqa olmasligi (pulpa kamerasi ochiq bo'lmaganligi yoki plombalanganligi) natijasida periodontda birlamchi o'tkir jarayon rivojlanadi.
Umumiy sabablar: organizmni sovuq oldirish, kechirilgan
infeksion va boshqa kasalliklarning ham ahamiyati katta. Lekin ko'proq mikroblar va toksinlarining birlamchi ta’siridan periodont to'qimalari va organizmning turli nomaxsus va maxsus reaksiyalari ustun kelsa, o'tkir infeksion-yallig'lanish jarayoni yuzaga kelmaydi. Ammo mikroblar va ular toksinlarining takror va takror, ba’zan uzoq vaqt ta’sir ko'rsatishi
82
sensebiliziatsiyaga olib boradi. Periodontda turli xil hujayra reaksiyalari, natijasida surunkali fibroz, granulyatsiyalovchi yoki granulyomali periodontit rivojlanadi. Himoya reaksiyalarining buzilishi va mikroblaming qayta ta’siri periodontda o'tkir yallig'lanish kasalliklarining rivojlanishiga yoki surunkali periodontitning o'tkirlashuviga olib keladi.
Birlamchi - o'tkir jarayonda va surunkali periodontning o'tkirlashuvida jarayon periodontda yiringli o'choq rivojlanishi bilan cheklanadi. U qonservativ davo qilinganda ildiz kanali, milk cho'ntagi orqali yoki tish olib tashlansa, yoki yiringli o'choq kesib ochilganda bartaraf bo'lishi mumkin.
Patologik anatomiyasi. O'tkir periodontitda to'qimada kechayotgan o'zgarishlaming ikki bosqichini farqlashadi biri-zardobli ikkinchi ekssudativ jarayon. Zardorbli bosqichda turli xil hujayralar-makrofaglar, mononuklearlar, granulotsitlar va boshqalaming mikroblar to'plangan zonaga ko'chishi yuz beradi. Ekssudativ jarayon bosqichida yallig'lanish hodisalari zo'rayib boradi, mikroabseslar hosil bo'ladi, periodont to'qimasi erib ketishi sodir bo'ladi va yiring shakllanadi.
Mikroskopik tekshiruvda, o'tkir periodontning dastlabki bosqichida ildiz atrofidagi periodont giperemiyasi, shishuvi va leykotsitlarning kichik infiltratsiyasini ko'rsa bo'ladi. Bu davrda, tarkibida yakka polinuklearlar bo'lgan, perivaskulyar limfogistiotsitar infiltratlar topiladi. YAllig'lanish hodisalari tobora zo'rayib, borgan sari leykotsitar infiltratsiyasi kuchayib borib, periodontning katta qismini qamrab oladi. Alohida yiring o'choqchalari, mikroabseslar hosil bo'ladi, periodont to'qimalari erib ketadi. Mikroabseslar o'zaro birlashib, yiringli o'choq hosil qiladi.
Periodontdagi o'tkir yiringli jarayon uni o'rab turgan to'qimalarda (alveola devorlarining hosil qilgan suyak to'qimasi, alveolyar o'siq, periosti, jag' atrofidagi yumshoq to'qimalar, regionar limfa tugunlar) ma’lum o'zgarishlaming rivojlanishiga olib keladi.
Periodontga yaqin turgan va anchagina masofada joylashgan suyak iligi bo'shliqlarida suyak iligi shishuvi va uning neytrofil leykotsitlar tomonidan bir muncha diffuz infiltratsiyasi qayd qilinadi.
Alveolaning kortikal plastinkasi sohasida osteoklastlar bilan to'lgan, surilishjarayoni ustunlik bilan kechayotgan lakunalar paydo bo'ladi.
Tish katakchasi devorlarida va asosan tubi sohasida suyak to'qimasining tuzilishida o'zgarishlar qayd qilinadi. Tish katakchasi devorlaridagi teshiklaming kengayishi, suyak bo'shliqlarining iligi periodont tomoniga ochilib qolishiga olib keladi.
83
Suyak usti pardasida, milkda, jag' atrofl to'qimalarida giperemiya, shish ko'rinishidagi reaktiv yallig'lanishga xos bo'lgan belgilar namoyon bo'ladi. Yallig'lanish infiltratsiyasi kuzatiladi (gazak).
O'tkir periodontitda, yiringli yallig'lanish fokusi asosan periodontal oraliqdagi to'qimada bo'ladi. Tish katakchasini hosil qilgan suyak va atrofi to'qimalaridagi yallig'lanish o'zgarishlari reaktiv yoki perifokal harakterda bo'ladi.
Klinik manzarasi. O'tkir periodontitda bemor tishdagi og'riqqa shikoyat qiladi, unga bosib ko'rilganda, chaynaganda, shuningdek ustidan urib ko'rilganda (perkussiyada) og'riq sezilarli kuchayganini ta’kidlaydi. Go'yo tish “o'sib chiqqan”, uzaygandek tuyuladi. Tishga birmuncha uzoq vaqt bosib turilganda, og'riq bir oz bosiladi. Keyinchalik og'riq sezilarli kuchayib, uzluksiz pulsatsiya bilan davom etadi. Issiqlik bilan ta’sir etilsa, bemor gorizontal holatda bo'lganida, tishga tegib ketilsa u yanada kuchliroq og'riydi. Og'riqning uch shoxli nerv bo'ylab tarqalishi (irradiatsiyasi) kuzatiladi. Tishlashda, tishga tegib ketishda og'riqning kuchayishibemorga og'zinibirozochibturishga majburqiladi.
Tashqaridan ko'zdan kechirilganda, odatda o'zgarishlar bo'lmaydi, zararlangan tishga aloqador bo'lgan limfa tugunlarini paypaslaganda ularning kattalashuvini va og'rishini kuzatish mumkin. Ayrim bemorlarda shu tish yaqinidagi yumshoq to'qimalarda uncha ko'p ifodalanmagan kollateral shish yuzaga kelishi mumkin. Sababchi tishni vertikal hamda gorizontal yo'nalishdagi perkussiyasi og'riqli. Milk, alveolyar o'siq, ba’zan esa tish ildizi proyeksiyasidagi o'tuv burmasining sh 'iq pardasi qizargan va shishgan bo'ladi, sababchi tish atrofidagi alveolyar o'siq, ayniqsa tish ildizi cho'qqisi teshigiga taalluqli joyni paypaslash og'riq beradi. Ba’zan og'iz bo'shlig'i dahlizi yumshoq to'qimalariga asbob bilan bosib ko'rilganda, ulaming shishganligidan dalolat beradigan chuqurcha qoladi.
Tashhislash. Yuqorida keltirilgan klinik belgilardan tashqari tish kavagini zondlashga alohida ahamiyat beriladi. Zond uchi bilan kariyes kavagini tish bo'shlig'i bilan tutashganligini, pulpa nekrozga uchraganligini bilish mumkin. Elektroodontodiagnostikada sezuvchanlik 200MAdan oshadi. Rentgenogrammada: o'tkir jarayonda periodontda patologik o'zgarishlar aniqlanmasligi yoki periodontal yoriqning kengayishi aniqlanishi mumkin. Surunkali jarayon zo'rayganda, granulyatsiyalovchi, granulematoz, goho fibroz o'tkir periodontit uchun xos bo'lgan o'zgarishlar paydo bo'ladi.
Qonda odatda o'zgarishlar kuzatilmaydi, lekin ba’zi bemorlarda tayoqchasimon va segment yadroli leykotsitlar hisobiga leykotsitoz (9-
84
ll-109fl gacha), o'rtacha neytrofilez kuzatiladi, ECHV ko'pincha norma doirasida bo'ladi.
Davosi. O'tkir cho'qqi periodontiti yoki o'tkirlashgan surunkali periodontitni davolash periodontdagi yaHig'lanish jarayonini yo'qotish va yiringli ekssudatning atrofdagi to'qimalar hisoblangan suyak usti pardasi, jag' oldi yumshoq to'qimalari, suyakka yoyilishini bartaraf etishga qaratilgan. Asosan dori-darmonlar berib (qonservativ) davo qilinadi, u <<Terapevtik stomatologiya>> darsUgining tegishli bo'limida bayon qilingan qoidalarga muvofiq olib boriladi.
Novokainli blokada qilish yallig'lanish jarayonlarining bir qadar tezroq yo'qolishiga yordam beradi - bunda alveolyar o'simtaning zararlangan va qo'shni 2-3 tishlar sohasiga 5-10 ml 0,25-0,5% li novokain yoki trimekain eritmasini infiltratsion anesteziyaga o'xshab yuboriladi. Bu o'tkir periodontitni samarali davo qilish imkonini beradi. Ilgari keng tavsiya qilingan novokain-penitsillinli va novokain streptomitsinli blokadalarda tez-tez uchrab turadigan allergik reaksiyalar va shu dorilarga sezuvchanlikni aniqlashning zarurligi, so'nggi vaqtlarda ulaming ishlatilishini cheklab qo'ydi. Novokainli yoki trimekainli blokada (5-10 ml 0,5% li novokain eritmasi va 0,02% furatsillin eritmasi) yaxshi natija beradi. Blokadalardan yaxshi natija olish uchun, to'plangan ekssudatning tish kanali yoki tish milk cho'ntagi orqali chiqarilgan bo'lishi shart, bo'lmasa natija bermasligini hisobga olish zarur. Blokadani o'tuv burma bo'yicha suyakka qadar kesuv bilan birga o'tkazsa bo'ladi. Bu ayniqsa qonservativ davo naf bermaganda va yallig'lanish jarayoni zo'rayib borganda ko"rsatma hisoblanadi. CTtkazilgan muolaja natijasida ogvriq to"xtaydi yallig'lanish qaytadi va tishni rejali ravishda davolash imkoni tug'iladi.
O'tkazilgan davo choralari yaxshi natija bermasdan, yallig'lanish jarayoni zo'rayib borganda, tishni olib tashlash lozim. Sababchi tishni olishni o'tkir periodontit bilan zararlangan tish ildizi sohasida periostotomiya (o'tuv burma bo'ylab kesma) bilan birga o'tkazish mumkin. Bundan tashqari, tishning toj qismi butunlay yemirilib ketgan, kanal yoki kanallar tiqilib qolgan, kanalda yotjism bo'lgan hollarda tishni olish ko'rsatilgan. Odatda, tish olib tash!anganda, yallig'lanish alomatlari kamayadi va butunlay yo'q bo'lib ketadi. Hatto tish olib tashlangandan keyin ham og'riqlaming kuchayishi, tana harorati ko'tarilishi ku'zatilishi kasallikning avj olayotganidan dalolat beradi. Biroq, 1-2 kundan keyin bu holat yallig'lanishga qarshi dori bilan tegishli davolash o'tkazilganda yo'qoladi.
85
Tishni olib tashlashdan keyingi asoratlaming oldini olish uchun tish alveolasiga stafilokokka qarshi plazma, unga stafilokokkli yoki streptokokkli bakteriofag yuborish, fermentlar bilan yuvib uni tozalash mumkin.
O'tkir yoki o'tkirlashgan surunkali periodontida umumiy davo analgetik, amidopirin (0,25-0,5g dan), fenatsetin (0,25-0,5g dan), atsetilsalitsilat kislotasini (0,25-0,5g dan) sutkasiga 3-4 marta tayinlashdan iborat bo'ladi. Bu preparatlar og'riqsizlantiruvchi, yallig'lanishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta’sir ko'rsatish qobiliyatiga ega bo'ladi.
YAllig'lanish hodisalarini to'xtatish uchun sovuqni (muz solingan pufakni tishga muvofiq yumshoq to'qimalar sohasiga) tish olib tashlangandan keyin 2-3 soat mobaynida davriy ravishda qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi. YAllig'lanish hodisalari bosilganidan keyin sollyuks 15 minutdan, boshqa davolash usullarini, UVCH,
flyuktuorizatsiya, dimedrol, kaltsiy xlorid, proteolitik fermentlaming elektroforezini tayinlash mumkin bo'ladi.
Oqibati. Ko'pgina hollarda, o'tkir va o'tkirlashgan surunkali periodontlarga to'g'ri va o'z vaqtida qonservatiy davo o'tkazilsa tishni saqlab qolish mumkin bo'ladi.
Yallig'lanish jarayoni suyak usti pardasiga, suyak to'qimasiga, jag' atrofidagi yumshoq to'qimalarga tarqalishi, ya’ni o'tkir periostit, jag' osteomiyeliti, abses, flegmona, limfadenit, yuqori jag' bo'shlig'ining yallig'lanishini keltirib chiqarishi mumkin.
Profilaktika choraIari: og'iz bo'shlig'ini sanaHya qilish
(tozalash), patologik odontogen o'choqlarga o'z vaqtida va to'g'ri davolashga, ortopedik usullar bilan davolash yordamida tishlarni funksional bo'shatib qo'yishga, shuningdek gigienik va sog'lomlashtirish chora-tadbirlariga asoslangan bo'ladi.
Surunkali periodontitni davolash. Surunkali periodontit Cho'qqi surunkali periodontit^>'tkir jarayonning surunkali jarayonga o'tishi natijasida yuzaga keladigan yoki o'tkir bosqichsiz shakllanadigan periodontning surunkali yallig'lanishidir. Surunkali periodontit o'tkir periodontitga nisbatan ko'proq uchrab turadi, o'tkir periodontit sifatida tashhis qilingan kasalliklaming talaygina qismi zo'raygan surunkali periodontit bo'lib chiqadi.
Surunkali granulyatsiyalovchi periodontitning morfologik va klinik manzarasi xilma-xildir. Granulyatsiyalovchi, granulematoz va fibroz surunkali periodontitlar farq qilinadi. Mikroskopik jihatdan surunkali periodontitning granulyatsiya hosil qiluvchi turida tish ildizining cho'qqi qismida periodontning anchagina yo'g'onlashgani va qizargani
86
topiladi. O'zgargan qismining sathi g'adir-budur bo'lib, unda granulyatsion to'qimaning o'sib kirishini kuzatish mumkin.
Cho'qqi oldi atrofida o'sayotgan granulyatsion to'qimalar asta-asta kattalashib, ildiz cho'qqisi sohasida suyakning yemirilishiga olib keladi va suyak iligining granulyatsion to'qimaga almashinishi bilan davom etadi. Bir vaqtning o'zida sement va ildiz dentini yemirilishi kuzatiladi. Ba’zi bir joylarda yallig'lanish o'chog'i periferiyasi bo'yicha suyak to'qimasining yangi tuzilmalari yuzaga keladi. Ko'pincha cho'qqi oldi o'chog'ining markaziy bo'limlarida, ayniqsa dard zo'rayganda granulyatsion to'qimaning yiringli erib ketishi alohida o'choqlari paydo bo'ladi. Yallig'lanish jarayonining zo'rayishi natijasida periodontdagi granulyatsiyalovchi o'choq alveolaning yangi qismlariga o'tib, asosan og'iz dahlizi tomoniga asta-sekin tarqala boshlaydi, bu qator hollarda alveolyar o'siqning kompakt plastinkasida kemtiklar hosil bo'lishiga olib keladi. Yiringning doim oqib turishi, granulyatsiyalaming chiqishi, oqma yo'lining (svish) shakillanishiga olib keladi.
Klinik manzarasi. Granulyatsiyalovchi periodontit surunkali periodontitning boshqalaridan ko'ra faol turi bo'lib, juda xilma-xil klinik manzaraga ega. Granulyatsiyalovchi periodontitdagi shikoyatlar juda xilma-xil bo'ladi. Ko'pincha bemorlar qattiq va issiq ovqat yeganlarida, bosganda og'riq paydo bo'lishiga shikoyat qiladilar. Granulyatsiyallovchi periodontit ko'pincha turli jadallikdagi zo'rayish bilan kechadi. Yallig'lanish jarayoni faolligi tishga bosim tushganda o'qtin-o'qtin og'riklarda namoyon bo'ladi. Granulyatsiyalovchi periodontitda tish ildizi cho'qqisi sohasidagi alveolyar o'siq shilliq pardasi odatda bir oz shishgan bo'ladi, milkka pinset yoki zond bilan bosib ko'rilganda asbob izi va qizarishi qoladi.
Yaqin turgan yumshoq to'qimalar patologik jarayonga jalb qilinganda shilliq pardada oqma yo'3i paydo bo'ladi. Oqma yo'li og'iz bo'shlig'i dahlizida ildiz cho'qqisi ro'parasida, nuqtadek teshik yoki granulyatsion to'qimadan hosil bo'lgan do'mboqcha shaklida kuzatiladi.
Ba’zan yiring chiqishi to'xtab, oqma yo'l yopilib qoladi. lekin navbatdagi zo'riqish natijasida oqma yara o'mida shilliq parda shishib chiqadi va qizarishi paydo bo'ladi, bir oz yiring to'planib, u og'iz bo'shlig'iga yorib chiqadi. Surunkali granulyatsiyalovchi periodontit tuzalgandan keyin, bitib ketgan oqma yarajoyida, kichkina chandiq bo'lib ko'rinib turadi.
Granulyatsiyalovchi periodontitda oqma yara yo'li terida ochilishi ham mumkin. Pastki kesuv tishlar va qoziq tishning surunkali granulyatsiyalovchi periodontitida oqma yo'llari iyakdagi terisi yuzasiga
87
ochiladi. Lunj sohasida va pastki jag' ostida - pastki katta oziq tishlardan, yonoq sohada-birinchi yuqori katta oziq tishdan, ko'zning ichki burchagida esa yuqori qoziq tishdan oqma yo'llari paydo bo'ladi. Bo'yin pastki qismining terisida oqma yara yo'llari nisbatan kamroq ochiladi. Bunday oqma yara yo'llaridan .ajrahnalar kam chiqadi. Ular seroz yiringli yoki qon-yiringli bo'ladi. Ba’zan oqma yara yo'li qonli po'stloq bilan yopilgan bo'ladi. Ba’zi bemorlarda oqma yara yo'lidan granulyatsiyalar teshib chiqadi. Ayrim hollarda oqma yara yopilishi mumkin. Asta-sekin to'qimalaming chandiqli o'zgarishlari natijasida oqma yara yo'li chetidan suyakka yopishadi, ichga botadi va teri voronkasimon shakldia tortilib qoladi. Muayyan tish sohasidagi patologik jarayonning teridagi oqma yara yo'h bilan aloqasini hamma vaqt ham osonlikcha aniqlab bo'lmaydi. Masalan, yonma-yon turgan bir nechta tishlarda surunkali periodontit bo'lsa. Ba’zi hollarda alveolyar o'siq yoki jag'ning tashqi sathini paypaslab ko'rilganda o'tuv burmasi sohasida u yoki bu tish sohasida zich chandiqli tugunni topish mumkin. Bu kasallikka sabab bo'lgan tishni aniqlashga yordam beradi. Oqma yara yo'li orqali qontrast modda yuborilsa rentgenografiya usuU aniqlik kiritishi mumkin. Surunkali granulyatsiyalovchi o'choq periodontida periost ostiga, yumshoq to'qimalarga, shilliq osti va teri osti kletchatkasiga o'sib chiqib odontogen granulyoma hosil qiladi.
Granulyatsiyalovchi periodontitda odontogen granulemaning klinik kechishi bir muncha tinch bo'ladi. Tishda yoki yumshoq to'qimalardagi og'riqqa shikoyatlar deyarli bo'lmaydi.
Suyak ustl pardasl ostI odontogen granuIyomasida ko'proq alveolyar o'siqning zararlangan tishga muvoflq qismidagi suyakda dumaloq shakldagi shish chiqishi kuzatiladi. Bu joy ustidagi shilliq parda ko'pincha o'zgarmagan bo'ladi, ba’zan uncha yaxshi namoyon bo'hnagan yallig'lanish kuzatilishi mumkin.
ShiUiq ostl odontogen grannlyomasl chegaralangan, zich o'choq sifatida, aniqlanadi, u o'tuv burmaning shilliq pardasida, yoki infeksiya manbai hisoblangan va shunga aloqador bo'lgan tugun shaWida tishga yaqin joylashgan shiUiq parda bilan birlashib ketgan bo'ladi. Ko'pincha jarayonning zo'rayishi va shilliq osti granulemaning yiringlashi kuzatiladi. Bunda shu sohada og'riq paydo bo'ladi. ShiUiq parda tagidagi to'qimalar bilan birlashib ketadi va qip^izil rangga kiradi. Shilliq osti o'chog'imng abseslanishi va suyuqHkning hosil bo'lgan oqma yara orqaH oqib cMcp$hi surunkali jarayonning qayta avj oHshidan daloIat beradi. Faol jacayon tugaganidan keyin ko'pincha oqma yara yo'H chandiqlanadi va shiUiq osti granulemasi yana “dnchlanadi”.
88
Ten ostl granulyomasi teri osti kletchatkasidagi dumaloq, zich, og'riqsiz, yoki kam og'riq beradigan infiltrat. Tish alveolasidan yumshoq to'qimalarga qarab biriktiruvchi tugun yo'naladi. Teri osti granulyomasi yiringlab zo'rayish manzarasini berishi mumkin. Bunday holatlarda teri ostidagi to'qimalar bilan birlashib, granulema to'q pushti yoki qizil tusga kiradi, yumshash joyi paydo bo'ladi. Abseslangan o'choq yupqalashgan terini teshib tashqariga yorib chiqadi. Hosil bo'lgan oqma yara yo'li orqali yiring oqib chiqadi.
Rentgenogrammada granulyatsiyalovchi periodontitga xos tipik o'zgarishlar ~ ildiz cho'qqisi sohasida, suyak to'qimasining yemirilish o'chog'i aniqlanadi. Tish katakchasi devori o'zining periodontal oraliqqa xos tekis tuzilishini yo'qotadi, suyak, sement va dentinda yemirilish va o'miga granulyatsion to'qimaning infiltrativ o'sib kirishi hisobiga destruksiya zonasi ko'rinadi. U alanga uchlarini eslatadi, har tarafga qarab o'sib kirganligi uchun aniq bir shakM ohnaydi va chegarasi aniq bo'lmaydi.
GranulemaIi periodontit (granulyoma). Apikal yoki cho'qqi oldi surunkali yallig'lanish jarayonining bu turi ko'pincha granulyatsiyalovchi periodontitdan rivojlanadi va binnuncha sust keehadi.
Patologlk anatomijasi: Organizmda kechayotgan
granulyatsiyalovchi periodontitni chegaralashga qaratilgan jarayonlar kechadi. CT sib keigan granulyamon toTqima chetidagi yetilgan hujayrakuridan fibroz kapsuba hosfli feaTffib,. m granulyomaga aylanadi. Granulyomani hosil qilgan toepnrfar taadkMga qarab, uch xih farqlanadi
l)sodda granulycma yeti$gm MriMiro^di flaf qpmdan tuzilgan, 2^pitelial g^nelyoma-gjaBulyatsiorr t® qimm va epitdM hujayralardan tuziIgan,
3)Msta-grwulycma - to"sWqqa ega gFamltyoma,, yetilgan biriktiruvchi to"qimafera qdriq fesi& qilgan va kftM devori epiteIiy bilan qoplangan bo ladi. . .
Ktinik manzarask GraamilyoMaDii periodontit turiicha kechadi. . Ko'pincba grannlyoma ancte vaqt kattafeshmaydi yoki juda ham sust a'sadaL Bunda bemorfe sferkoyat qiImaydiIar. Faqat rentgenologik teksMruvda tasodifm granafyora&ti o'choq aniqlanadi.
GranMyoma sefcra-ast& katta&shife boradi va atrofdagi suyakni yemiradiv ridiz r0vparasid&gi suyakda,, chegaralari aniq bo'knagan og^riqsiz bo'rtma hosil boTadL Har ml sababIar bilan yaUig'lanish jaarayoni avj cdife ((gram%oma to'qjmasad&gi tegisWi o'zgarishlar: giperemiya,, shishv neytroM BeykodsiMar sonimng kovpayishi, abseslanishi fazaSadn)) Mrnanfeaii Jarayom o"t$kir&shife/ ^ranulyoma kapsulasining tataai&gji tamlaefiv, atrofdagi to^qpmmtadn esa reaktiv yaHig"lanish va
m
distrofik jarayonlar paydo bo'lib, tish alveolasi devorlariga yaqin sohalarda yemirilish ustunlik qiladi. Klinikjihatdan bu zo'rayish turlicha namoyon boTadi. Ba’zi hollarda bir muncha sezuvchanlik ortishi, ba’zan esa perkussiya qilinganda va tishga bosib ko'rilganda og'riq paydo bo'lishi bilan boshqa hollarda o'tkir periodontitga xos belgilar namoyon boTadi. Granulyomali periodontitda rentgenogrammada sababchi tish ildizi uchi sohasida chegaralari aniq, suyak to'qimasining 0,5-0,7 sm. diametridagi dumaloq shakldagi yemirilish o'chogT ko'rinadi.
Fibroz periodontit O'tkir periodontitni surunkali granulyatsiyalovchi va surunkali granulemali periodontitlardan davolash natijasida o'lgan to'qimalar o'mini fibroz to'qima egallaydi. Shuning uchun uni surunkali fibroz periodontit deb ataladi. Ba’zan, fibroz periodontit birlamchi rivojlanadi, ya’ni granulyatsiyalovchi yoki granulematoz periodontitlarsiz ovzi rivojlanishiga asosli dalillar ham bor.
Patologik anatomiyasi. Makroskopik jihatdan fibroz periodontitda tishda periodont yo'g'onlashgan, zich och pushti rangda bo'ladi. Bu o'zgarishlar ba’zi hollarda faqat ildiz cho'qqisining atrofini o'rab oladi, xolos,boshqa hollarda jarayon diffuzli yoki butun periodontga yoyiladi. Aksariyat hollarda, fibrozli periodontit sementning ortiqcha miqdorda hosil boTishi - gipersementoz bilan birga kechadi.
Klinik manzarasi. Fibroz periodontitda bemorlar odatda shikoyat qilishmaydi. Ovqat chaynashda yoki perkussiyada tish sezuvchanligi oshgani qayd qilinmaydi. Tish kavagini tekshirib ko'rilganda pulpasi nekrozga uchraganligini aniqlasa bo'ladi.
Diagnoz rentgenografiyaga asoslanib qo'yiladi. Rentgenogrammada periodont oralig'ining, tish ildizining cho'qqisi atrofida kengayganligi aniqlanadi. Ba’zan gipersementoz natijasida ildiz cho'qqisi atrofii va tish katagining suyak plastinkasi yo'g'onlashgan, sklerozga uchraganligi kuzatiladi.
Surunkali periodontitga xirurgik davo o'tkazish: tishni olib tashlash, tish ildizi cho'qqisini rezeksiya qilish, replantatsiya operatsiyasi, ba’zan tish ildizini amputatsiya qilish va tishning yarimini ildizi bilan olib tashlash-gemiseksiya qilishdan iborat bo'ladi. Tishni olib tashlash kitobning IV bobida bayon qilingan qoidalarga muvofiq olib boriladi. O'tkir yoki surunkli periodontit sababli tish olingandan keyin granulyatsiyalar va granulyomani yaxshilab qirib tashlash lozim. Milkda oqma yara yoTi boTganda, uni taftish qilish va granulyatsiyani butunlay qirib tashlash zarur. Ayrim hollarda oqma yara yo'lini kesib tashlash va 2- 3 ketgut choki qovyib, jarohatni tikib qo'yish lozim. SHilliq osti, suyak usti pardasi (periost) osti, teri osti granulemalari bilan asoratlangan
90
surunkali granulyatsiyalovchi periodontitda, tish olib tashlanganidan keyin shilliq pardasi ostidan, suyak usti pardasi osti, granulematoz to'qimalar qirib tozalanadi. Hosil bo'lgan jarohatni yodoforli doka bilan tamponada qilinadi. Teri osti kletchatkasidagi hamda yuz terisidagi patologik to'qimalar kesib tashlanadi va yara tikib qo'yiladi. ayniqsa Oqma yara anchagina ichkariga botib ketganda va chandiqli o'zgarishlarda yarani kesib tashlangandan keyin estetik maqsadida, bir-biriga qaragan ikki uchburchak laxtaklarni siljitib to'qimalar plastikasi o'tkaziladi.
Operatsiyadan keyingi davrda analgin, amidopirin va boshqa dorilar, 3-4chi kuni fizik davo usullari tayinlanadi.
Tish replantatsiyasi - olingan tishni katakchasiga qaytarishdir. Konservativ davo samarali bo'lmaganda tishni saqlash maqsadida operatsiya o'tkaziladi. Operatsiya bosqichlari: l)tish ehtiyotkorlik bilan olinadi, 2) alveola va ildiz sathidagi patologik to'qimalar qirib tashlanadi, 3) kanallar plombalanadi , 4) ildiz cho'qqilari rezeksiya qilinadi, 5) tishni o'z katakchasiga kiritilib mahkamlanadi. Asosan ko'p ildizli tishlar replantatsiya qilinadi. Tish ehtiyotlik bilan olinadi, bunda tish alveolasi to'qimalari va yaqin turgan yumshoq to'qimalami shikastlantirmaslikka harakat qilinadi.
Ehtiyotlik bilan alveola kyuretaji qilinadi, granulyatsion to'qimalar yoki granulyoma yo'qotiladi, alveola yuzasi bo'yicha periodont tolalarini va aylana bog'lamni saqlab qolishga harakat qilinadi. SHundan so'ng antibiotiklar qo'shilgan furatsillin, natriy xloridining iliq izotopik eritmasi bilan yuvib tashlanadi va steril doka bilan yuza tamponada qilinadi.
Olingan tishni ishlov berilguncha antibiotiklar yoki nitrofuran preparatlari qo'shilgan natriy xloridning izotonik eritmasiga (36,6°S) solib qo'yiladi. Tish bo'shlig'i va kanallari sement yoki tez qotib qoladigan plastmassa bilan plombalanadi, ildiz cho'qqilari bor mashina yordamida kesib tashlanadi. Suyakni tozalab bo'lgandan keyin, tish alveolaga joylanadi va uni simli shina, tez qotib qoladigan plastmassadan qilingan himoya plastinkasi yoki kappa apparati yordamida 2-3 haftaga fiksatsiya qilinadi. Tish o'z joyida qotib o'mashishi uchun, uni tashqi ta’sirlardan saqlashga harakat qilish kerak. Shuning uchun tishlanmadan (prikusdan) chiqarilishi zarur, buning uchun replantatsiya qilingan tish yoki uning antagonisti do'nglari silliqlanadi. Operatsiyadan keyingi davrda analgin, amidopirin, metindol va boshqa preparatlar, avaylaydigan parhez taomlar buyuriladi, ayniqsa mahkamlovchi shinalar qo'yilganda, og'iz bo'shlig'ining gigienik holatini yaxshi saqlash bo'yicha tavsiyalar beriladi. O'tkir va zo'rayib ketgan surunkali periodontitlarda, goho boshqa o'tkir odontogen yallig'lanish jarayonlarida ham tishni
91
replantatsiya qilish usuli qo'llaniladi. Ba’zi hollarda operatsiya ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda tish olinadi, antibiotik aralashmasi shimdirilgan tamponni tish katakchasiga kiritiladi, yallig'lanishga qarshi davo tayinlanadi. Olingan tish antibiotiklaming natriy xlorid eritmasida 4°Sda saqlanadi. O'tkir yallig'lanish belgilari bosilib qolganidan keyin, tish alveolasidan tampon olib tashlanib, replantatsiya o'tkaziladi. Ba’zan o'tkir odontogen kasalliklarda replantatsiya bir bosqichda o'tkaziladi. Bunday holatlarda o'tuv burma bo'yicha kesma qilinadi, jarohatni rezina tasma bilan drenaj qilinadi. Suyakjarohati yaxshilab tozalanadi va periodont tolalari olib tashlanadi.
Ildizlar uchi rezeksiya qilinmay plombalanadi va ovz katakchasiga joylanadi va mahkamlanadi. Bir bosqichli replantatsiyadan keyin umumiy davo uchun sulfanilamidlar, antibiotiklar, antigistamin preparatlar tayinlanadi. Birikish jarayoni 3-4 haftadan 6-10 haftagacha davom etadi. Bitib ketishning periodontal tipi durust hisoblanadi.
Replantatsiya qilingan tishlarining funksional jihatdan jag'larda yaxshi turishi 5 yildan oshmaydi, keyin ildizlar sekin-asta surilib, tish qimirlab qoladi va olib tashlanadi.
Tish autotransplantatsiyasi - olingan tishni boshqa alveolaga ko'chirish operatsiyasi kamdan-kam qilinadi. U butunlay yaroqsiz bo'lib qolgan tishni olib tashlangandan so'ng, hosil bo'lgan tish katakchasiga, komplektdan tashqari tishni ko'chirib o'tkazish imkoni bo'lganda bajariladi. Operatsiya uslubi tish replantatsiyasi singaridir. Biroq, hamma vaqt natija kutilganday bo'lmaydi . O'tkaziladigan tishga alveolani shakllashda suyak zararlangani tufayli bitishjarayoni og'irlashadi.
Allotransplantatsiya - bir kishidan olingan tishni boshqa kishiga ko'chirish yetarlicha ishlab chiqilmagan, xolbuki onda-sonda muvaffaqiyatlar haqida ma’lumotlar bor. Olingan tish o'miga boshqa odamning tishini tanlash, uni oldindan to'g'ri konservatsiya qilish va ko'chirib bo'lgandan keyin organizmning qabul qilmaslik reaksiyasini bartaraf etish murakkabdir. Operatsiya replantatsiya uslubiga o'xshash o'tkaziladi.
Tish katakchasiga metaldan yasalgan transplantatlar kiritish bir muncha istiqbolli operatsiya hisoblanadi. Operatsiya uslubi: tish
olinganidan so'ng, alveolaga ishlov beriladi, metall konstruksiya shakllangan katakchaga kiritiladi va shilliq pardasiga iplar bilan chok qo'yiladi. 4-6 haftadan keyin uni protezlash uchun ishlatsa bo'ladi.
Tish ildizi cho qqisini rezeksiya qilish. Bu operatsiya periodontitda qonservativ davo usullari yordamida surunkali yallig'lanish jarayonini bartaraf etish ilojisi bo'lmaganda, shuningdek tish kanalida periodontitga
92
davo qilishga to'sqinlik qiladigan tiqilib qolgan yot jism. (bor boshchasi, pulpekstraktor bo'lagi va boshq.) bilan berkilib qolgan hollarda ko'rsatilgan. U shuningdek kanal yetarlicha to'lmasligida, plomba materiali (sement) qotib qolganda yoki ildiz devori teshilib qolganda, ham ko'rsatilgan. Asosan kesuv tishlar va qoziq tish ildizi cho'qqisi, shuningdek pastkijag'dagi kichik oziq tishlar, goho yuqorijag'dagi tishlar rezeksiya qilinadi.
Bu operatsiya o'tkir periodontitda, yoki surunkali periodontit o'tkirlashganda, parodont hastaliklaridan tish ancha qimirlab qolganda, shuningdek tish qisman yemirilib ketgan hollarda o'tkazilmaydi.
Tishni operatsiyaga tayorlash: ildiz kanaliga mexanik va kimyoviy ishlov berib sement yoki tez qotuvchi plomba ashyolari (bevosita tayyorlangan evgenol va rux oksidli qotib qoladigan pasta) bilan plombalash (yallig'lanishjarayoni avj olishiga yo'l qo'ymaslik ).
Operatsiya uslubi. Operatsiya o'tkazuvchan va infiltratsion anesteziya ostida o'tkaziladi. Alveolyar o'siqning tashqi yuzasi sohasida yoysimon, chiziqli, burchaksimon yoki trapetsiyasimon kesma o'tkaziladi. Kesmani jarohat tikilganda kesma chizig'i trepanatsion teshik sathidan o'tmasligini, laxtak esa uni o'z chekkalari bilan yopib turishini hisobga olgan holda rejalashtiriladi. Rasm - 60.
Raspator yordamida suyakdan shilliq suyak usti pardasi laxtagini ajratib qo'yib, uni o'tuv burma yo'nalishi bo'yicha to'mtoq yoki o'tkir tish ilgagi bilan tortib qo'yiladi. Ko'pincha surunkali cho'qqi oldi o'chog'i sohasida tish alveolasi oldi devorinig yemirilishi kuzatiladi.
Ba’zan tish katakchasining tashqi devori yemirilib, cho'qqi oldi o'chog'i suyak usti pardasiga birikib ketadi. Bunday hollarda shilliq suyak usti pardasi laxtagining birikkan to'qimalardan ehtiyot bo'lib skalpel yordamida kesib ajratib qo'yish kerak.
93
Rasm - 60
Tish alveolasi tashqi devorini ochish uchun yassi iskana bilan , ildiz cho'qqisining oldingi yuzasi ochilib qolguniga qadar to'qimalar yupqa qatlam-qatlam qilib olib tashlanadi. Bundan keyin alveolyar o'siq devoridagi teshik tamovsimon iskana yordamida kengaytiriladi. Ba’zi hollarda xuddi shu asbob bilan kasal tish alveolasi devori keraqligicha kengaytiriladi. Oldingi devorni yirik sharsimon, shuningdek fissur borlar bilan trepanatsiya qilsa bo'ladi.
Granulyatsion to'qima bilan o'ralgan ildiz cho'qqisini shu yo'l bilan ochib, qirib olib tashlanadi. Iskana bilan ildiz cho'qqisini kesib tashlash tavsiya qilinmaydi chunki tish ildizi qiyshiq sinishi mumkin. SHuni hisobga olib, ildiz cho'qqisini fissur bor bilan arralab tashlash kerak, bu noxush ildiz shikastlarini, shuningdek tish chiqib qolishini bartaraf etadi.
Ajratib qo'yilgan ildiz cho'qqisi xirurgik qoshiqcha yoki pinset bilan olib tashlanadi, shundan keyin granulyatsiyalar va yumshab qolgan suyak uchastkalari olib tashlanadi.
Ba’zan operatsiya paytida, ildizi ko'ndalang kesigini ko'zdan kechirganda, tish kanalida plomba materiali yo'qligi aniqlanadi yoki kanalda metall shtift, tiqilib qolgan bo'r bo'lakchasi, borligidan uni plombalash iloji bo'lmasligini oldindan belgilanadi. Bunday hollarda ildiz cho'qqisi olib tashlangandan keyin tish kanali retrograd usulida plombalanadi.
94
Rasm - 61
Buning uchun freza bilan ildiz cho'ltog'ini bir oz qiya qilib silliqlab, kichkina sharsimon bor bilan kanal yorig'i kengaytiriladi, keyin teskari qonussimon bor bilan ildiz cho'ltog'idagi bo'shliq shakllantiriladi va uni kumushi amalgama bilan to'ldiriladi. Kumush amalgama kichik porsiyalarda kiritilib, ortiqchasini, shu zahoti olib tashlagan holda plombalashasboblaribilan zichlashtiriladi. Rasm-61.
Suyak yarasi devorlari qonab turganda, qon dokali sharga ohista shimdiriladi, bunda amalgamaning suyak sathiga tushib qolmasligi uchun sinchiklab qarab turiladi, chunki bu yaraning bitib ketishini mushkullashtiradi.
Ayrim hollarda tish kanalidan ko'p miqdorda ekssudat ajralib tishni plombalash imkonini bermaydi. Davolashning samarali bo'lishi uchun tish alveolasi devorini trepanatsiya qilib, ildiz cho'qqisi rezeksiya qilinadi, keyin esa suyak yarasini mahkam tamponada qilib, kanalga ishlov berib, uni sement bilan plombalanadi. Shundan keyin ildiz cho'ltog'ini ko'zdan kechirib, kanal teshigini plomba materiali bilan yaxshi to'lganligiga ishonch hosil qilib, shilliq -suyak usti pardasi laxtagini joyiga qo'yiladi va kesilgan chiziq bo'ylab 3-4 chok qo'yiladi.
Operatsiyadan keyin gematoma hosil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun bemor labiga, operatsiya sohasiga, 10-12 soatga bosib turuvchi bog'lam qo'yiladi.
Operatsiyadan keyingi og'riqlarni bartaraf etish uchun sof holdagi analgin, amidopirin, fenatsetin yoki kofein va fenobarbittal bilan aralashmasi, baralgin, kaltsiy xlorid eritmasi tavsiya etiladi.
Ayrim tishlarda ildiz cho'qqisini rezeksiya qilish operatsiyasida qator xususiyatlari bor.
Chunonchi, pastki kichik oziq tishlar ildiz uchini rezeksiya qilishda iyak teshigidan chiqadigan tomir-nerv tutamini shikastlantirmaslik uchun kesmani yuqoriroq (tish ildizi o'rtasining damida) qilish lozim. YUqori va pastki jag'da qoziq tishlar ildizlarini rezeksiya qilishda tarmoqlangan tomirlarga shikast yetkazmaslik uchun kesma milk egatidan pastroq yoki
95
tegishlicha yuqoriroq qilish zarur. Yuqori birinchi kichik oziq tish ildizi rezeksiyasida operatsiyadan oldin nechta kanal borligini (ularni plombalashda vizual va rentgenogramma bo'yicha) bilish lozim. Agar kanal ikkita bo'lsa, bitta ildizni va ildizlararo to'siqni, keyinchalik ikkinchi ildizni rezeksiya qilish zarur. Birinchi va ayniqsa ikkinchi oziq tish rezeksiyasida yuqori jag' bo'shlig'ining teshilib qolishini va u yerga granulyatsion o'smalar yoki tish ildizi cho'qqilarining kirib qolishi mumkinligini esda tutish zarur.Qattiq tanglay suyak devorining teshilib qolish ehtimoli borligini ham hisobga olinishi lozim.
Asoratlari. Birinchi va shuningdek ikkinchi yuqori kesuvchi tishlar ildizi cho'qqisini rezeksiya qilishda burun bo'shlig'i tubi, yuqori kichik oziq tishlar goho qoziq tish sohasida operatsiya qilishda esa yuqori jagv bo'shlig'i tubi behosdan teshilib qolishi mumkin. Ushbu asoratlaming oldini olish uchun rentgen suratiga asoslanib, tish ildizlarining burun yoki yuqori jagv bo'shlig'iga munosabatini bilish va suyak yarasining yuqori bo'limidagi granulyatsion to'qimani ohista olish lozim. Bo'shliqni tasodifan ochib qo'yilganda, teshilgan yoriqni zond va tamponada qilinmaydi. Operatsiyani hamma qoidalarga binoan, granulyatsiyalarni qirib ildiz uchini kesib tashlab tugatish lozim.
Suyak yarasini odatdagidek muko-periostal (shilliq - suyak usti pardasi) laxtagi bilan yopiladi va choklar qo'yiladi.
Pastki kichik oziq tishlar ildizi cho'qqilarini rezeksiya qilishda iyak nervi shikastlanishi ehtimoli bor. Bu asoratning oldini olish uchun shilliq suyak usti pardasi muko-periostal laxtagini iyak teshigi va undan chiqadigan tomir-nerv tutami ko'rinadigan qilib qo'yish lozim. SHundan keyin rezeksiya qilinadigan tish katakchasi tashqi devorining suyak to'qimasi iyak teshigi damidan yuqoriroq trepanatsiya qilinadi va uni ohista aylanib o'tib, suyak yarasi kengaytiriladi, keyin fissur bor bilan ildiz cho'qqisini ajratib, olib tashlanadi, granulyatsiyalar va yumshab qolgan suyak qirib tashlanadi, shundan keyin yara tikilib qo'yiladi. 3-4 haftaga tishni tishlamdan (prikusdan) chiqarib qo'yish tavsiya etiladi.
Ildiz uchi rezeksiyasining natijasi odatda durust bo'ladi, ildiz cho'qqilari rezeksiya qilingan tishlar uzoq yillar saqlanib turadi, chaynashda qatnashib, olib qo'yilmaydigan protezlar uchun tayanch bo'lib xizmat qiladi. Qoniqarsiz natijalar konservativ davolash usullari va operatsiya texnikasini buzish oqibati hisoblanadi.
Ildiz gemiseksiya va amputatsiyasi.
Gemiseksiya bu cho'qqisida patologik o'chog'i bo'lgan ildizni unga tegishli bo'lgan toj qismi bilan rezeksiya qilish va olib tashlashdir. Operatsiya ko'proq yuqori va pastki jag'dagi birinchi va ikkinchi katta
96
oziq tishlarda o'tkaziladi. Ddizaro to'siq suyagining rezorbsiyasi, ildizlaming biri teshilishi yoki katakcha suyagi cho'ntagining borligi gemiseksiyaga ko'rsatma hisoblanadi.
Rasm - 62
Qoladigan ildiz kanallari plombalanganidan so'ng, bor yordamida ildizlar bifurkatsiyasi sohasida patologik o'chog'i bo'lgan ildiz va toj qismi kesib ajratiladi va olib tashlanadi. Suyak yarasiga ishlov berilgandan keyin uning ustidagi shilliq pardasi ketgut chokIar bilan tikib qo'yiladi. Rasm - 62 a.
Ildiz amputatsiyasida zararlangan ildiz bifurkatsiyada bor bilan kesilib olib tashlanadi. Uning gemiseksiyadan farqi tishning toj qismi saqlanib qoladi, faqat ildiz olib tashlanadi. Amputatsiya qilinadigan ildiz sohasida trapetsiya yoki burchakli kesm.a qilinib suyak ochiladi. Ildiz, fissur bor yordamida, kesib olib tashlanadi. Suyak yarasi tozalanadi, shilliq-suyak usti pardasi laxtagi joylanadi va chokIar qo'yiladi.
O'tkir odontogen periostit Jag'ning o'tkir yiringli periostiti
Jag'ning o'tkir yiringli periostiti - alveolyar o'siq yoki jag' tanasi suyak usti pardasining o'tkir yiringli yallig'lanishidir. Periostit ko'proq alveolyar o'siqning, gohojag' tanasining suyak usti pardasida rivojlanadi. Suyak usti pardasi ostidagi yiringli jarayon T.G.Robustova bergan ma’lumotlarga ko'ra, asosan alveolyar o'siq vajag' tanasining vestibulyar sathida (85,6 %), goho tanglay (tanglay absesi) tomonida (5 foiz), yoki til osti burmasi sathida (9,4 foiz) uchraydi.
Ko'p hollardajarayon pastkijag'da joylashadi. Kasallik (16 dan 40 yoshgacha) yosh va o'rta yoshdagi kishilarda, ko'proq erkaklarda uchraydi.
Pastki jag'da o'tkir yiringli periostitining ko'p rivojlanishiga sababchi birinchi katta oziq va aql tishlaridir, ikkinchi katta va ikkala kichik oziq, ikkinchi kurak tishlar kamroq hamda birinchi kurak va qoziq tishIar bir xilda kam sababchidirlar.
07
Yuqori jag'da o'tkir yiringli periostit ko'proq birinchi katta va kichik oziq va ikkinchi kichik oziq tishlaridan infeksiya tarqalishi natijasida rivojlanadi. Katta oziq, ikkinchi kurak, keyinchalik - birinchi kurak, qoziq va aql tishlar esa kam hollarda yallig'lanish jarayoni rivojlanishi sabachilari bo'ladilar.
Etiologiyasi. O'tkir yiringli periostitlardagi yiringni tekshirilganda streptokokk va stafilokokkning har xil turlari, grammusbat va grammanfiy tayoqchalar va ayrim hollarda chirituvchi bakterialardan iborat aralash mikroflora topiladi.
Patogenezi. O'tkir yiringli periostit o'tkir yoki surunkali periodontitning o'tkirlashuvi, shular jumlasidan marginal (cheka) periodontitning asoratidir. Bu jarayon tishlarining qiyin chiqishida, radikulyar kistalar yiringlaganda, retensiyalangan yoki yarim retensiyali tishlar yallig'lanishida, odontomada, parodont kasalliklarida vujudga keladi va tishlami konservativ davolashni mushkullashtiradi.
Ba’zan kasallik tish olish jarayonida yetkazilgan shikastlanish natijasida yoki operatsiyadan keyin infeksiya kuchayganida rivojlanadi. Organizmni sovuq oldirish, toliqish, stress vaziyatlari hisoblangan umumiy salbiy omillar yallig'lanish jarayoni rivojlanishiga sharoit tug'diradi.
O'tkir va o'tkirlashgan surunkali periodontitlarda periodontal oraliqda to'plangan yiring tish kanali yoki milk cho'ntagi orqali tashqariga chiqish imqoniga ega bo'lmasa, ekssudat periodontdan suyak usti pardasi tomoniga tarqala boshlaydi. Infeksiya alveolaning kompakt pbstinkasidan mayda teshiklar orqali, oziqlantiruvchi kanallar va osteon kanallari bo'yicha yorib chiqadi. SHuningdek mikroorganizmlar periodontdan suyak usti pardasiga limfa tomirlari bo'yicha ham tarqalishi mumkin.
Patologik anatomiyasi. Suyak usti pardasida o'tkir jarayon rivojlanganda, uning yo'g'onlashuvi, tolalarining titilishi va suyakdan ajralganligi kuzatiladi. Mikroskopik jihatdan suyak qobig'i va yaqin turgan yumshoq to'qimalar leykotsitlar bilan inflltratsiyalanadi, tomirlar to'lishadi, staz va ayrim yerlarga qon quyilishi kuzatiladi.
SHu bilan bir qatorda biriktiruvchi to'qima tolalari va tomir devorlarining fibrinoid shishuvi kuzatiladi. Suyakdan ajralgan suyak usti pardasining ichki qatlami tezda erib ketadi, u bilan suyak orasida tarkibida talaygina neytrofiI leykotsitlar saqlovchi seroz - yiringli ekssudat to'planadi.
Suyak qobig'ining ichki tomonida mikroorganizmlar atrofida leykotsitlar to'planib, mikro-abseslar hosil qiladi. Bu o'choqlar o'zaro
98
qo'shilib yiringli ekssudatni hosil qiladi. Ekssudat ko'paygan sari suyak usti pardasining ajralishi shuncha kengayadi.
Suyak qobig'ining erib ketishi natijasida yallig'langan suyak usti pardasi butunligi buziladi va yiring massalari og'iz dahlizining shilliq pardasi ostiga yig'iladi. Suyak usti qobig'ining teshilgan joyida qon tomirlar devorlari qisman yemiriladi va yiringli tromblarbilan to'ladi. Ovz holiga qoldirilsa 5-6 kun o'tgandan so'ng, yiringli yara shilliq pardani yorib og'iz bo'shlig'iga chiqadi.
Suyak to'qimasi ustida kechayotgan yiringli jarayon uning rezorbsiyasini chaqiradi, ilik bo'shliqlari va oziqlantiruvchi kanallarning kengayishi hisobiga jag' kortikal qavatining yupqalashishi va xatto unda yemirilish o'choqlari hosil boTishi kuzatiladi. Suyak usti pardasi (periost) ajralishi hisobiga suyak kortikal qatlamining qon bilan ta’minlanishi buziladi va ba’zijoylari nekrozga uchraydi.
Suyak qobig'i yiringli yarasining chekkasidan suyakning periostal shakillanishi kuzatiladi. Odatda yangi, yosh suyakning hosil bo'lishi bolalarda, o'smirlar, yosh, sogTom kishilarda kuzatiladi. Bu morfologik o'zgarishlar jag'ning surunkali periostiti (ostiti) deb izohlanadi (YA.M. Biberman, A.G.Shargorodskiy).
Klinik manzarasi. Jag'ning o'tkir yiringli periostiti klinik manzarasi xilma-xil boTishi va etiologik, patogenetik omillariga yalligTanish jarayonining joylashuvi va koTamiga bogTiq boTadi. Ko'proq jagTarning vestibulyar sathidagi suyak usti pardasi zararlanadi. Bunday hollarda bemorlar og'riqqa, yuz yumshoq to'qimalari shishuviga, umumiy ahvolning yomonlashuviga, tana haroratining ko'tarilishiga bosh og'riqqa, xolsizlik, uyquning buzilganligiga shikoyat qiladilar. Dastlab og'riq va shishuv uncha ko'p boTmaydi, keyin tezda, 2-3 kun mobaynida zo'rayadi.Og'riq ba’zan butunjag'ga tarqaladi, uch shoxli asab tarmoqlari bo'yicha quloqqa, chakka va ko'ziarga tarqaladi. Issiqlik muolajalari ta’siri ostida og'riq kuchayadi, sovuq esa og'riqni bir oz kamaytiradi.
Bemor ko'pincha og'riqning avval tish sohasida paydo boTganligini, 2-3 kundan keyin esa, to'qimalaming shishib chiqqanligini aytadi. YUzda shish paydo boTganda, tishdagi og'riq ancha kamaygan boTadi.
O'tkir yiringli periostitda bemorlarning umumiy ahvoli qoniqarli, ayrimlarda o'rtacha og'ir boTadi. Tana harorati 37,5-38°S atrofida ko'tarilgan boTadi, lekin u ba’zan 38,5-39°S gacha yetishi mumkin. Jag'dagi og'riq va yuzaga keladigan zaharlanish natijasida umumiy xolsizlik, ishtaha yo'qolishi, uyqusizlik kuzatiladi.
AJveolyar o'siq yoki jag' tanasining o'tkir yiringli periostitda og'iz dahlizi tarafidan vajag' atrofidagi yumshoq to'qimalar sohasida yalligTi
99
shish paydo* bo'ladi. Uning joylashuvi infeksiya manbai hisoblangan tishga bog'liq bo'ladi. Chunonchi, yuqori kesuvchi tishlardagi yiringli jarayondan rivojlangan periostitda burun qanoti va tubiga o'tib, yuqori labning anchagina shishib chiqishi kuzatiladi. Kattalashgan lab keskin oldinga bo'rtib chiqib turadi. Agarda infeksiya yuqori qoziq tish va yuqori kichik oziq tishlardan tarqalsa, yiringli o'choq alveolyar o'siq qoziq tish chuqurchasi sohasini egallaydi.
Bunda kollateral shish yuzning o'rta va pastki uchdan bir qismini qamrab oladi. Lunj, yonoq sohasi, pastki va ko'pincha yuqori qovoq to'qimalari shishadi. Yuqori katta oziq tishlaridan rivojlangan o'tkir yiringli periostitda shish lunj, yonoq, quloq oldi sohalariga ba’zan pastki qovoqqa ham tarqaladi.
Uchinchi yuqori katta oziq tish infeksiya manbai bo'lishi mumkin va periostit yuqori jag'ning do'ngcha sohasida paydo bo'ladi. YUzda shish odatdagidan ko'ra kechroq paydo bo'lib, lunj va chakka sohasida joylashadi.
Pastki kesuvchi tishlar sabab bo'lgan o'tkir yiringli periostit uchun pastki lab, iyak sohasi va iyak osti sohasi shishib chiqishi xosdir. Infeksiya qoziq tish va kichik oziq tishlardan tarqalganida lunjning pastki qismida, jag' osti uchburchagi va og'iz burchagining kollateral shishi paydo bo'ladi.
Pastki jag' katta oziq tishlar sohasidagi yiringli periostitlar lunj, pastki jag' osti va quloq oldi chaynov sohasining kollateral shishuvi bilan namoyon bo'ladi. Jarayon pastki jag' shoxining suyak usi pardasiga tarqalishi chaynov va medial qanotsimon mushaklarning yallig'li infiltratsiyasini keltirib chiqaradi, bu ulaming yallig'li kontrakturasiga olib keladi (I,II darajalari).
Jag'ning o'tkir yiringli periostitida og'iz dahlizida 3-5ta tish oralig'idagi alveolyar o'siq, o'tuv burmasi va lunj shilliq pardasi giperemiyasi va shishuvi bilan kuzatiladi. O'tuv burmasi yallig'lanish infiltrati hisobiga sayozlanadi va silliqlanadi hamda paypaslab ko'rilganda, og'riqli diffuz infiltrat aniqlanadi.
Yallig'lanishjarayoni natijasida hosil bo'lgan yiring 5-6 kun davom etgan suyak usti qobig'ini yemiradi va shilliq parda ostiga yorib chiqadi. Og'riq ancha kamayadi. O'tuv burmada chegaralangan shish yuzaga keladi. SHilliq parda ostida to'plangan yiring unga sarg'imtir tus beradi, paypaslab ko'rilganda, bilqillash belgisi aniqlanadi. Yiring o'z o'zidan og'iz bo'shlig'iga yorilib quyilishi mumkin, shundan keyin og'riq bosiladi va yallig'lanish belgilari kamayib boradi.
100
Pastki jag" alveolyar o'siqning til sathi tomonidagi o'tkir periostit kollateral shish va pastki jag' osti uchburchagidagi limfa tugunlarining kattalashganligi bilan namoyon bo'ladi. Ba’zan lunj sohasi to'<jimalarining sezilarli bo'lmagan shishuvi qayd qilinadi. Og'iz bemalol ochiladi, lekin ayrim kasallarda medial qanotsimon mushakning yallig'lanishga jalb etilishi munosabati bilan og'iz ochilish og'riqli va chegaralangan bo'ladi.
Alveolyar o'siq til sathidagi pastki jag' periostitida bemor yutinishda va gaplashishda og'riq sezadi. Ko'zdan kechirilgandajag'ning ichki sathi bo'ylab suyak usti pardasining shishganligi, paypaslab ko'rilganda og'riq qayd qilinadi. SHilliq parda shishuvi va qizarishi (giperemiya) til osti burmasida, jag'-til va tanglay - yutqin yoylarida kuzatiladi. Til harakatlari qiyinlashgan va og'riqli bo'lib qoladi, og'iz ochish cheklanadi va og'riqli bo'ladi.
Yuqori jag' alveolyar o'sig'ining tanglay tomondagi o'tkir yiringli periostitida (tanglay asbsessi) yuzda o'zgarishlar bo'lmaydi. Qattiq tanglayda shish yuzaga keladi, u tez orada yarim shar yoki oval shaklida bo'rtib chiqadi. Tanglayda shilliq osti qatlam bo'lmagani uchun yallig'lanish shishuvi uncha katta bo'lmaydi. Yiring o'chog'i kattalashib tanglay ko'ndalang burmalarining silliqlanib ketishiga olib boradi. Paypaslab ko'rilganda infiltratning markaziy bo'limida yumshash aniqlanadi. Katta oziq tishlar sabab bo'lgan tanglay absesining rivojlanishi yallig'lanish shishning qattiq tanglaydan yumshoq tanglayning shilliq pardasiga, tanglay-til va tanglay-yutqin ravoqchalariga tarqalganligi bilan namoyon bo'ladi, buning oqibatida yutinishda og'riq paydo bo'ladi.
Qattiq tanglayning suyak usti pardasi ostida yiringli ekssudatning to'planishi yumshoq to'qimalarning suyakdan ajralishiga olib boradi. Bu ko'pincha pulsatsiyalovchi gaplashganda va ovqat yeganda kuchayadigan og'riq bilan kechadi. Kasallik boshlanganidan bir hafta va bundan ko'ra ko'proqdan keyin yiringli bo'shliq yorilib, yiring og'iz ichiga quyiladi
Jag' o'tkir yiringli periostiti bo'lgan kasallarda qon tekshirib ko'rilganda, leykotsitlar sonining 10,0-12,0 \09f[ gacha ko'payishi
sezilarli neytrofilez (70-78 foizgacha) qayd qilinadi.
Ayrim bemorlarda leykotsitlar soni 8-9 109^, ayrim hollarda 4,0-5,0 109/1 gacha bo'lishi mumkin (leykopeniya). Bemorlaming aksariyatida ECHV me’yorida qoladi, ba’zan soatiga 15-20 mm gacha. ayrim kasallarda soatiga 50-60mm gacha ortadi. Kasallik dinamikasida ECHV ortishi operatsiyaning yetar!icha bo'!maganligini, yoki ikkilamchi kortikal osteomiyelit rivojlanganini ko'rsatishi mumkin. Siydikda deyarli o'zgarishlar bo'lmaydi, faqat ayrim kasaUarda oqsil izlaridan to 0,33 gfl
101
gacha topiladi va leykotsitlar ko'rish maydonida 10-20 miqdorda kuzatiladi. rentgenogrammadajag' suyagida o'zgarishlar kuzatilmaydi.
DifFeryonsiaI diagnoz. O'tkir yiringli jag' periostitining aniq klinik simptomlari bo'lishiga qaramasdan, unga diagnoz qo'yishda ba’zan xatolarga yo'l qo'yiladi. Bujarayonni o'tkir periodontitdan, qatorjoylarni egallagan abses, flegmona, limfadenitlar, o'tkir sialodenitlardan va eng muhimi -jag'ning o'tkir osteomiyelitidan ajrata bilish lozim.
O'tkir periodontitdan farqli ravishda jag'ning o'tkir periostiti infeksiya manbai hisoblangan Tish, perkussiyasida biroz og'riqning bo'lishi yoki og'riq bo'lmasligi bilan namoyon bo'ladi. O'tkir periodontitda o'tuv burma bo'ylab shilliq pardaning yallig'lanish o'zgarishlari yumshoq shish ko'rinishida bo'lsa, jag'ning o'tkir periostitida esa, yallig'lanish infiltratsiyasi kuzatiladi. O'tkirperiodontitda suyak usti pardasi kesilganda periostitdan farqli o'laroq yiring bo'lmaydi.
Abses, flegmona, limfadenit, o'tkir sialodenit ko'pincha jag' oldi yumshoq to'qimalarining anchagina shishib chiqqanligi bilan ta’riflanadi, shish ustidagi teri qizargan, to'qimalar bilan birikkan zich va paypaslaganda og'ruvchi infiltrat aniqlanadi.
Pastkijag' til sathidagi o'tkir yiringli periostitinijag'-til tarnovchasi absesidan ajrata bilish lozim. Jag'-til tamovchasi absesida ushbu tuzilmaning zich, og'riq beruvchi infiltrati, medial qanotsimon mushak va til mushagi sohasida yallig'lanish o'zgarishlari kuzatiladi.
Quloq oldi va pastki jag' osti so'lak bezlarining o'tkir yallig'lanishida shishgan to'qimalar ichkarisida zich o^'riqli bez paypaslanadi, so'lak chiqaruv naychasidan yiringli ajralma chiqishi kuzatiladi.
O'tkir yiringli periostitni jag'ning o'tkir osteomielitidan ajrata bilish lozim. Jag'ning o'tkir osteomieUti organizmning zaharlanishi bilan kechadi. Tana haroratining yuqori darajag'a ko'tarilishi, bosh og'rig'i, loxaslik, quvvatsizlik, et uvishishi, terlash bilan namoyon bo'ladi. Regionar limfa tugunlarining reaksiyasi birmuncha ko'proq ifodalanadi. Suyakning periostal yo'g'onlashuvi jag'ning har ikkala tomonida kuzatiladi: shilliq pardaning yallig'lanish o'zgarishlari dahliz tomonda ham, og'iz bo'shlig'i tarafida ham bo'ladi. Suyakning zararlangan sohasidagi bir nechta tishlarining perkussiyasi og'riqli, ulaming qimirlab qolganligi aniqlanadi. Pastki jag' osteomiyelitida pastki lab va iyak terisining uvishib qolishi (Vensan simptomi) kuzatiladi.
Davosi. Jag'ning o'tkir yiringli periostitini kompleks davolash zarur: yiringli o'choqni kesib ochish; va konservativ (medikamyontoz) davo. Jag' o'tkir periostiti rivojlanishining boshlangich bosqichida (o'tkir seroz
102
periostit) tish bo'shlig'ini ochib, kanalni tozalab, hosil bo'ladigan ajralmaga yo'l ochib qo'yilsa natija yaxshi bo'ladi. Yiringli periostitda esa, infeksiya manbai hisoblangan tish olib tashlanadi.
Ko'pchilik kasallarda jag'ning o'tkir yiringli periostiti ambulator sharoitida davolanadi, ayrimlarga -statsionar davo o'tkaziladi.
O'tkir yiringli periostitda operatsiya mahalliy o'tkazuvchan yoki infiltratsion anesteziya ostida o'tkaziladi. Inflltratsion anesteziya ingichka igna yordamida qilinib, og'riqsizlantiruvchi eritma shilliq parda ostiga igna orqali ohista kiritiladi va mo'ljallangan kesma chizig'i bo'yicha to'qimalar infiltratsiya qilinadi. Ignani yiringli bo'shliqqa kiritmaslik lozim. Bemorlami dori-darmonlar berib tayorlash yaxshi natija beradi. Ayrim bemorlarda operatsiya narkoz ostida qilinadi.
Agar yiringli o'choq og'iz dahlizi sohasidajoylashgan bo'lsa, kesma o'tuv burmasi bo'ylab butun infiltrat uzunligida shilliq osti to'qimasi va suyak usti pardasida o'tkaziladi.Odatda kesma uzunligi sababchi va ikki yonidagi tishlar sohasida o'tkaziladi. Jarohat chetlarining yopishib qolmasligining oldini olish va yiring oqishini ta’minlash uchun yaraga yupqa rezina (ko'lqop)ning ensiz tizimchasi zichlanmasdan kiritiladi.
Yiringli o'choq yuqori jag'ning do'nggi suyak usti pardasi ostida joylashganda kesma yuqori jag' molyarlari sohasidagi o'tuv burma bo'yicha qilinishi lozim, lekin yallig'lanish o'chog'ini yorib ochish uchun raspator yoki tarnovsimon zond bilan kesmadan suyak bo'ylab yuqori jag'ning do'nggi yo'nalishida, orqaga va ichkariga o'tish kerak. Qoziq tish chuqurchasida joylashgan jag' periostitida ham yiringli o'choq ana shu usulda yorib ochiladi.
Pastki jag'ning til tomon periostitidagi yallig'lanish o'chog'ini, infiltrat eng ko'p shishib chiqqan joyda, alveolyar o'siqning shilliq pardasini suyakkacha kesib ochish tavsiya qilinadi. Tamovsimon zond bilan suyak sathi bo'ylab pastga qarab o'tiladi va suyak usti pardasi surib qo'yilib, yiringga yo'l ochib beriladi.
Tanglay absesida kesma to'qimalar eng ko'p shishgan sohada qilinadi, bunda alveolyar o'siq asosidan bir oz chekinib, yoki tanglayning o'rta chizig^ga, parallel holda chekiniladi va suyakkacha kesiladi. keyin jarrohlik yarasiga yupqa (qo'lqop) rezinaning serbar tizimchasi kiritiladi, bu,jarohat chetlarining yopishib qolmasligiga va yiringning to'siqsiz oqib ketishiga imkon beradi. Yiringli o'choq devoridan uchburchak shaklidagi shilliq pardaning kichik laxtagi kesib olib tashlanadi kesib olib tashlash yaxshi natija beradi, bu yiringning birmuncha erkin oqib ketishini ta’minlab beradi.
103
Yallig'lanish jarayoni pastki jag' shoxining ichki sathida bo'lsa, kesma retromolyar sohada (tanglay-til yoychasi asosida) suyakkacha qilinadi, raspator bilan jag'ning ichki sathiga o'tiladi, yiringning yallig'lanish o'chog'idan oqib ketishi ta’minlanadi.
Jarayon pastki jag' shoxining tashqi sathida bo'lsa, vestibulyar tomondan ikkinchi va uchinchi katta oziq tishlar sohasida qiya qilib suyakkacha kesiladi, raspator bilan suyak usti pardasi ostidan pastki jag' burchagi yo'nalishida chaynov mushagi tashqariga suriladi, ichkariga o'tiladi. O'choq ochib jarohatga drenaj uchun albatta rezina tizimchasi chuqur qilib kiritiladi. Bunday operatsiya naf bermasa, keyingi sutkada bemomi kasalxonaga yotqizish, operatsiyani tashqaridan qilish lozim bo'ladi. Yiringli o'choq ochib qo'yilgandan keyin bemorga og'izni kaliy permanganatning kuchsiz eritmasi, yoki 1-2% natriy gidrokarbonat eritmasi bilan chayib turish, shuningdek jarohatni etakridin laktat yoki furatsillin bilan yuvib tashlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Abses bo'shlig'ini oksatsillinli dimeksid eritmasi (50ml distillangan suv) bilan yuvish va jarohatga 15 min.davomida 40% li dimeksid linimentini applikatsiya qilish yaxshi natija beradi.
Agar infeksiya manbai hisoblangan tish yemirilib, funksional yoki estetik qimmatini yo'qotgan bo'lsa, suyak usti pardasi ostidagi yiringli o'choqni ochish bilan bir vaqtda uni olib tashlash lozim. Bu, yiringli o'choqni bartaraf etishga va yallig'lanish alomatlarini bir qadar tezroq yo'qotishga yordam beradi. Ba’zan operatsiyaning texnik qiyinchiliklari borligi, yoki bemoming ahvoli qoniqarli bo'lmagani tufayli ishni olib tashlash keyinroqqa qoldiriladi. Boshqa hollarda, tish saqlab qolinadi: uning bo'shlig'i ochib qo'yiladi va keyin surunkali periodontitga xos konservativ davo qilinadi.
O'tkir yiringli periostitni dori-darmonlar bilan davolash sulfanilamid preparatlari (norsulfazol, sulfadimetoksin, sulfadimezin va boshq.) tayinlashdan, pirazolon hosilalari (analgin, amidopirin, fenatsetin va boshqa), shuningdek ulaming kombinatsiyalari, kaltsiy preparatlari. vitaminlar sutkasiga 2 yoki 3g.dan(polivitaminlar, vitamin S.) buyurishdan iborat.
Bemor operatsiyadan keyingi kun ko'zdan kechirilib, yallig'lanish darajasi aniqlanadi vajoiz bo'lsa qo'shimcha davo tayinlanadi.
Jag'ning o'tkir yiringli periostitida yallig'lanish alomatlariga tezroq barham berish uchun yirinlgli o'choq ochilganidan keyin 2-3nchi kun fizioterapevtik davolash usullari: yorug'lik-issiqlik bilan davolash
(sollyuks-lampa), antiseptik yoki dezodoratsiyalovchi eritmalardan iliq vannachalar, surtma dori bog'lamlari (Dubrovin bo'yicha, vazelinli,
104
20% li kamfora moyi, oblepixa, na’matak moyi), UVCH, SVCH, flyuktuorizatsiya, geliy-neon nurlari bilan lazer terapiyasi tayinlanishi lozim. Hamda davolash fizkulturasi olib borilishi maqsadga muvofiq.
Ko'pchilik holatlarda yallig'lanish hodisalari tez orada (2-3 kundan keyin) kamayib boradi. Agar yallig'lanish hodisalari kamaymasa, 2- 3marta novokain yoki trimekain blokadasi o'tkaziladi. Bunda teridagi yallig'langan to'qimalar atrofi 0,25-0,5%li trimekain yoki novokain eritmasi bilan 40-50 ml miqdorda furatsillin, fermentlar qo'shib infiltratsiya qilinadi.
Madori qurigan ba’zi bemorlarga, shuningdek yallig'lanish hodisalari zo'rayib boruvchi shaxslarga antibiotiklar tayinlanadi. Yiringli o'choqni kesib ochish (birlamchi jarrohlik ishlovi berish) antibiotiklar bilan davolashning zaruriy sharti hisoblanadi. Poliklinika sharoitida ta’sir ko'rsatish doirasi keng bo'lgan antibiotiklar (tetratsiklin, terramitsin, oletetrin, oksatsillin va boshq.) ni 5-6 kun mobaynida sutkasiga 5-6 mahal 100000 TB mushaklar orasiga yuborish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Oqibati: Jag'laming o'tkir yiringli periostitiga o'z vaqtida va to'g'ri o'tkazilgan davo sog'ayish bilan tugaydi, 3-5 kundan keyin bemorlar ishga yaroqli bo'lishadi. Ba’zi bemorlarda davolashdagi nuqsonlar, yallig'lanish jarayonining zo'rayib borishi, yiringli ekssudatning suyakka tarqalishiga va jag'ning o'tkir osteomiyeliti rivojlanishiga yoki ekssudatning jag' atrofidagi, yumshoq to'qimalariga tarqalishi, abses yoki flegmona hosil bo'lishiga olib keladi.
Jag'larning o'tkir periostiti profilaktikasi og'iz bo'shlig'ini sanatsiya qilish (tozalash) va surunkali odontogen infeksiya o'choqlarini bartaraf qilishdan iborat bo'ladi.
Jag'ning surunkali periostiti.
Jag'ning surunkali periostiti kam uchraydi. YAllig'lanish jarayoni, aksariyat pastki jag'ning suyak usti pardasida rivojlanib, yallig'lanish gipergik reaksiyasiga xos bo'lib kechadi. Bunday kasallik birlamchi yoki ikkilamchi immunodefitsit hastaliklarga va holatlariga uchragan
bemorlarda kuzatiladi.
Kasallik uzoq davom etib, 8-10 oydan, to bir necha yilgacha davom etishi, vaqti- vaqti bilan o'tkirlashi mumkin.
Klinikjihatdan bemorlarni ko'zdan kechirganda yuz tuzilishining bir oz o'zgarganligi, paypaslab ko'rilganda esa suyakning og'riqsiz qalinlashganligi aniqlanadi. Pastki jag' osti sohasida 2-3 limfa tugunlaming kattalashgan, zich, og'riqsiz yoki kuchsiz og'riq beradi. Og'iz bo'shlig'ida: 4-5 tishlar sohasida alveolyar o'siqni va o'tuv burmani qoplab turgan, shishgan, qizargan shilliq parda paypaslab ko'rilganda
105
alveolyar o'siqdan pastroqda jag' tanasining periostal yo'g'onlashuvi qayd qilinadi. Rentgenogrammada jag'ning periostal yo'g'onlashuvining soyasi ko'rinadi. Kasallik 2-3 oydan ortiq davom etganda yo'g'onlashgan suyak qobig'i suyakka o'tishi ya’ni ossifikatsiya kuzatiladi. Kasallik uzoq davom etganda, ayniqsa bolalarda, pastki jag' chekkasi bo'yicha yangi tuzilgan suyak aniqlanadi. Rentgenogrammada u qatlam-qatlam, ba’zan vertikal taram shaklida va betartib tuzilganligi yaxshi ko'rinib turadi.
Jag'lar surunkali periostitini qator o'sma va o'smasimon hosilalar bilan differyonsial diagnostika qilishni talab etadi.
Davosi. Surunkali periostitni davolash odontogen patologik o'choqni bartaraf etishdan boshlashadi. Fizioterapevtik davo usullari:dimedrol, dimeksid, kaltsiy xlorid, kaliy yodid qo'shilgan ion forezi, shuningdek geliy-neon nurlari bilan lazer terapiyasi tayinlanadi. Ayniqsa dard cho'zilib ketganda, davo kor qilmaganda ossifikat olib tashlanadi. Bolalarda jag' surunkali periostitini davo qilish <<Bolalar yoshidagi stomatologiya>> darsligining tegishli bo'limida keltirilgan.
Prognozi. Jag' surunkali periostitida prognoz havfli emas. Jarayon suyak usti pardasidan suyakka o'tishi mumkin va unda surunkali giperplastik osteomiyelit rivojlanadi.
Profllaktika. Odontogen infeksiyaning surunkali o'choqlarini bartaraf etish, immunitet disbalansini to'g'rilashdan iborat bo'ladi.
Jag'lar odontogen osteomiyelitining o'tkir davri (oqma kasaIligi)
Jag'ning odontogen osteomiyeliti.
Jag'ning odontogen osteomiyeliti - jag'laming suyak to'qimasidagi infeksion yiringli-nekrotik yallig'lanishjarayonidir. V.V.Panikarovskiy va A.S. Grigoryanlaming tasnifiga ko'ra (1975), o'tkir osteomiyelit «ostit»ning kenja turi hisoblanadi. YU.I. Bemadskiy (1995), A.G.SHargorodskiy (1985) bu kasallikni «panostit» deb atash bir muncha to'g'riroq bo"lardi, deb hisoblaydilar. Biz esa A.I.Evdokimov va G.A.Vasilevlaming tasnifiga binoan umum qabul qilingan «osteomiyelit» atamasidan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Jag'ning odontogen osteomiyeliti kasaIligi bilan 20 dan 40 yoshgacha bo'lgan shaxslaming, aksari erkaklaming asosan og'rishini ko'pchilik mualliflar ta’kidlab o'tadilar. Pastki jag'ning yuqorigiga nisbatan ko'proq zararlanishi kuzatilgan.
Etiologiyasi. O'tkir yiringli osteomiyelit odontogen infeksiyaning suyakka o'tishi natijasida rivojlanadi. Osteomiyelitik yiringli o'choqlar
106
mikroflorasi orasida aksari oltinsimon va oq stafilokokklar , streptokokklar va boshqa kokklar, ko'pincha, chirigan bakteriyalar bilan bir qatorda tayoqchasimon shakllar ham uchrab turadi. Jag' osteomiyelitining og'ir turlarida aksari anaerob streptokokklar va stafilokokkning patogen shtammlari topiladi. 70= yillarda stafilokokklarga (ayniqsa antibiotiklarga chidamli bo'lgan shtammlarga) katta o'rin ajratilgan. Bular osteomiyelitning eng og'ir turlarini, shuningdek jag'lardagi davolanishi qiyin bo'lgan va uzoq davom etadigan osteomiyelitikjarayonlarni keltirib chiqargan. Bu kasallikning kelib chiqishda anaerob infeksiyaga va ular orasida asporogen anaeroblarga kattajoy ajratilgan.
Osteomiyelitda qo'zg'atuvchi mikroblar orasida fuzobakteriyalar, bakteroidlar peptostreptokokklar xolidagi anaerob floraning 3-4 xili bo'lishi aniqlangan, bularning 70 foizi ko'pchilik antibiotiklarga nisbatan rezistentli bo'ladi (Kocherevets V.I., 1981).
Patogenezi. Cho'qqi oldi, apikal goho-marginal tish o'choqlari mikroflorasi jag' osteomiyeliti rivojlanishi uchun infeksiyaning asosiy manbai hisoblanadi. Ba’zan bu patologik jarayon, ildiz oldi kistasi yiringlaganda, boshqa o'smasimon zararlanishlarda, shuningdek infeksiya stomatogen darvozalardan kirganidan keyin ham rivojlanadi. Jag' osteomiyelitining qay darajasida uchrab turishi, ayrim tishlar guruhlari periodontida yallig'lanish jarayonining nechog'lik tez uchrab turishiga bog'liq bo'ladi. Pastki jag'dan birinchi o'rinda birinchi pastki katta oziq tish, ikkinchi o'rinda pastki aql tish turadi, bu tishning doirasida faqat cho'qqi oldi yallig'lanish jarayonlarigina emas, balki aksari marginal yallig'lanish jarayonlari yuzaga keladi, uchinchi o'rinda pastki ikkinchi katta oziq tish turadi va x.k. YUqori jag'ning odontogen osteomiyeliti, aksari birinchi yuqori oziq tishdan boshlanadigan avvalgi yallig'lanish jarayoniga aloqador bo'ladi.
Jagv osteomiyeliti patogenezi nazariyalarining talaygina qismi adabiyotdan ma’lum. Bular orasida ikkita yo'nalishni ajratish lozim. Birinchisi -gematogen osteomiyelitining infeksion-embolik kelib chiqish nazariyasidir (Bobrov A.A., 1889; Lekser, 1894).
Bu nazariya asosida, yallig'lanish rivojlanishida tomirga tushgan infeksiyaning tromb hosil qilishi yotadi. Tromb suyaklarning oxirgi kapillyarlarida embol sifatida o'tirib qoladi. Tomirlar tromblanishi natijasida, qon aylanishi va suyak oziqlanishining buzilishi, uni nekroziga olib keladi va infeksiya qo'shilib, yiringli yallig'lanish yuzaga keladi deb tushuntiradilar. Anatomik va morfologik tekshiruvlar mualliflarning lokalistik infeksion-embolik nazariyasi kasallik rivojlanishini tushuntirib berolmasligini isbotlagan. Boshga nazariya
107
tarafdorlari organizm reaktivligining turli xil taassurotlar ta’siri ostida o'zgarishiga va ulaming suyakdagi mahalliy yallig'lanish jarayoni rivojlanishida aks etishiga asoslanib (M.Artyus, G.P.Saxarov, S.M.Derijanov), pastki jagv osteomiyelitining modelini yaratganlar (G.A.Vasilev, YA.M.Snejko). Mualliflar yallig'lanish jarayonining paydo bo'lishiga sabab bo'ladigan omillar orasida sansibilizatsiyani ta’kidlab o'tganlar. Bu klinikada tasdiqlandi: ko'pchilik bemolarda jag'
osteomiyeliti surunkali periodontitning takror va takror zo'rayishi zaminida rivojlangan.
G.I.Semyonchenko (1958) jag' osteomiyeliti rivojlanishida nerv reflektor buzilishlar (neyrotrofik nazariya)ga asosiy o'rin bergan.
Mikrobiologiya, biokimyo, immunologiya, patofiziologiyaning zamonaviy yutuqlari, jag' osteomiyeliti patogenezining asosiy mexanizmlarini ajratish imkonini beradi.
Organizm reaktivligi suyakda yiringli-nekrotik jarayon rivojlanishida, uning qancha davom etishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jag' osteomiyeliti rivojlanganda, organizmning nospetsifik himoya mexanizmlari susaygan bo'lishi mumkin. Bu sovuq qotish, toliqish, stress vaziyatlari, boshdan kechirilgan o'tkir respirator, adenovirusli yoki boshqa infeksiyalar, qo'shilib qolgan hastaliklar, shuningdek dori berib davolash bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Immunitet suyak to'qimasida yiringli nekrotikjarayon rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Organizmning immunologik reaktivligi antigen taassurot-mikroblarni topa bilish va ularga spetsifik reaksiya qilish (blokadalar, neytrallash, parchalab yuborish va boshq.) imkonini belgilab beradi. Sumnkali odontogen o'choqlar, ulaming zo'rayib ketishi immun reaksiyalaming izdan chiqishiga olib keladi. Ulaming disbalansi jag' osteomiyeliti negizida yotadi. Mikroblarning va ularning parchalanish mahsulotlari hisoblangan endotoksinlaming takroran ta’sir ko'rsatishi, ularga oshgan ovta sezuvchanlikni-sensibilizatsiyani yuzaga keltiradi. Sensibilizatsiyaning yuqori darajasi jag'ning ovtkir osteomiyelitida yallig"lanish giperergik kechishi ehtimolini oshiradi. Sensibilizatsiya darajasining oshishi bilan, immunitet disbalansi va organizmning adekvat himoya reaksiyasini ta’min eta olmasligi ortadi-suyak to'qimasining yiringli nekrotik jarayoni rivojlanadi.
Jagv osteomiyeliti rivojlanishi uchun diabet, qon kasalliklari, mhiy hastaliklar tugNma va orttirilgan immunitet buzilishlar (birlamchi yoki ikkilamchi patologik immun kasalliklar va holatlar) ma’lum ahamiyatga ega. Aksari jagv osteomiyeliti bod, poliartritlar, jigar va buyrak kasalliklariga uchragan bemorlarda rivojlanadi. Ayrim bemorlarda bunday
108
kasalliklar jag' osteomiyelitining yallig'lanish reaksiyasi gipergik ya’ni sust kechishini belgilaydi.
Mahalliy immunitet holati jagv osteomiyeliti rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Surunkali odontogen o'choq, ba’zan uning takrorlanadigan zo'rayishlari mahalliy hujayrali va gumoral hisoblangan nospetsifik va spetsifik reaksiyalar balansini buzadi . Mikroblar va ularning parchalanish mahsulotlarining suyak iligiga doim ta’sir ko'rsatishi uning strukturasini, hujayra quvvatini va himoya reaksiyalarining faolligini izdan chiqaradi. Og'iz suyuqligi, periodont to'qimalari, keyin esa suyak iligi mahalliy immunitetning muhim organlari sifatida infeksiyaga qarshi ta’sir ko'rsata olmaydi, bunday holatlarda infeksiya suyak to'qimasiga bemalol kiradi.
Yiringli jarayonning periodontdan alveolyar o'siq va jagv suyagining ichkarisiga tarqalishiga ba’zi anatomik xususiyatlar ham yordam beradi: alveolalar devorlarida qon tomirlar va limfa tomirlari shuningdek asab tolalari o'tadigan mayda teshiklarning kovp miqdorda bo'lishi. O'tkir va o'tkirlashgan surunkali periodontitda tish ildizi cho'qqisi doirasida suyak to'qimasining sezilarli rezorbsiyasi va qayta tuzilishi, alveolalarining devorlarida tabiiy teshiklaming kengayishi va ba’zi joylarda periodont va yaqin turgan suyak iligi bo'shliqlari orasida keng aloqa hosil bo'lishi yuzaga keladi. Buning natijasida yiringli ekssudatning yallig'langan periodontdan alveolyar o'siq va jagv tanasi suyagi ichkarisiga tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Suyak to'qimasining yiringli nekrotikjarayoni -jagv osteomiyeliti rivojlanadi.
Qon aylanishi osteomiyelit rivojlanishida muhim rol
o'ynaydi.YAllig'li ekssudatning suyakka kirib qolishi, suyak iligi mikrosirkulyatsiyasinining izdan chiqishiga olib keladi. Mikrosirkulyator buzilishlari asosida allergiya fenomenlari yotadi: 1) antigen bilan
antitelolar birikmalari sabab bo'lgan tomir reaksiyalari, bu birikmalarga bazofillar yoki semiz hujayralaming jalb qilinishi; 2)hujayralar va to'qimalar membranalarida antigen-antiteloning o'zaro ta’siri sifatidagi sitotoksik reaksiyalar; 3) kompliment qatnashgan antigen-antitelo reaksiyasi; 4) sekinlashgan gipersezuvchanlik reaksiyasi. Bu mexanizmlar suyak qizil iligi mikrosirkulyator o'zani tomirlari devorining
o'tkazuvchanligini, ivituvchi va fibrinolitik tizimlar buzilishini belgilab beradi. Suyak iligi tomirlarining trombozi va tromblarning yiringli erishi oxirgi natija sifatida rivojlanadi. Suyakda yiring to'planishi suyak ichi gipertenziyasiga va jarayonga ekstraossal tomirlarning jalb etilishiga olib keladi. Jag'ning ovtkir osteomiyelitida gemodinamikaning mahalliy buzilishi ivituvchi fibrinolitik va boshqa qon tizimlari umumiy ko'rsatkichlarining o'zgarib qolishiga olib keladi.
109
Shunday qilib, jag" osteomiyeliti ko'pincha a’zo patologiyasi ko'rinishi holidagi birlamchi va ikkilamchi immunologik yetishmovchilikning zaminida infeksiyaga qarshi umumiy nospetsifik va spetsifik organizm himoyasi susayganda va buzilganda rivojlanadi. Umumiy immunologik reaktivlik mahalliy himoya reaksiyalariga va bevosita og'iz suyuqligining turli komponentlariga va suyak iligining to'qima va tomirli strukturalariga ta’sir ko'rsatadi. Sensibilizatsiyaning yuqori darajasi osteomiyelit rivojlanishining patogenetik omili boTib hisoblanadi. Allergiyaning turli xil fenomenlari gemodinamika va qon ivish tizimining buzilishiga olib keladi va suyakda yiringli-nekrotik jarayon rivojlanishini belgilab beradi.
Patologik anatomiyasi. Mikroskopik jihatdan suyak iligida ko'p sonli, har xil hajmdagi mikroblarga boy yiringli o'choqlar aniqlanadi. Asta-sekin yiringli o'choqlar bir-biri bilan qo'shilib ketadi. Suyakning zararlangan sohalarida tomirlarning anchagina o'zgarishlari: kengayishi, qon quyilishi staz, tromboz va tromblarning yiringli erishi aniqlanadi. Jarayon atrofidagi suyak iligi seroz ekssudat bilan infiltratsiyalanish bosqichida bo'ladi. Yallig'lanish o'zgarishlari suyak iligidan suyakning oziqlantiruvchi kanallariga o'tadi, bu yerda ham tomirlar kengayishi ularning stazi va trombozi, keyin esa, ulaming yiringli erishi kuzatiladi.
Tomirlar doirasida to'qimalar zardobli keyin esa yiringli ekssudat bilan bo'kadi, natijada suyak nekrozga uchraydi. Suyakdagi yiringli nekrotikjarayonning tarqalish ko'lami kasallikni chaqirgan, mikroflora va organizmning immunobiologik xollati va mahalliy himoya kuchlarining sifatlariga bog'liq. Shuning uchun ayrim bemorlarda osteomiyelit cheklangan. ayrimlarda tarqalgan (diffuz) shaklda boTadi. CHeklagan va diffuz jag' osteomiyelitida suyakni o'rab turgan to'qimalarda: suyak usti pardasida, jag' oldi yumshoq to'qimalarL limfa tugunlarida yallig'lanish o'zgarishlari yuzaga keiadi.
Reaktiv yailig'lamsh ko'rimshidagi kollateral shish paydo bo'ladi. Shikastlangan suyak ustidagi pardaning shishuvi, giperemiyasi kuzatiladi, suyak yo'g'oniashib. tolalari yo'qoladi.
Neytrofil leykotsitlami o'zida jamlagan seroz ekssudat yiringli ekssudatga aylanadi, suyakning ikkala tarafidagi suyak usti pardasini ajratib qo'yadi va pastki jag' suyagining ikki tomonida ham periostit hosil qiladi. Yiringli ekssudatningjag' atrofidagi yumshoq to'qimalarga tarqalishi sodir bo'lib, abseslar va flegmonalar hosil bo'ladi. Abseslar va flegmonalarning rivojlanishi jag' osteomiyelitining kechishini og'irlashtirib qo'yadi. Gemodinamika va qon ivuvchanligi tizimining intraossal va periostal buzilishlaridan tashqari suyak usti pardasi tomirlari
110
va jag" oldi yumshoq to'qimalarining o'zgarishlari yuzaga keladi. Busuyak katta uchastkalari oziqlanishining buzilishiga va*suyak to'qimasi jonsizlanish hajmining ko'payishiga olib keladi. Yiringli nekrotikjarayon markazida va atrofida suyakning qon bilan ta’minlanishining buzilishi natijasida sekvestrlar hosil bo'ladi. Ular yuza (kortikal) va yaxlit (to'liq, suyakning hamma qismi). Katta va kichik bo'lishi mumkin.
Suyak nekrozidan keyin, undan yiringli ekssudat chiqib bo'lganidan so'ng, o'tkir yallig'lanish jarayonlari bosilib, jarayon o'tkir osti bosqichiga o'tadi. Nekrozga uchragan suyak atrofida tomirlarga boy bo'lgan granulyatsion to'qimaning o'sishi, sekvestrning qisman surilishiga olib keladi. Natijada jonsizlangan suyak sekin-asta sog'lom to'qimadan ajraladi. Sekvestratsiya boshlanadi. Bir vaqtning o'zida suyak usti pardasi va qisman suyak tomondan yangi suyak to'qimasi hosil bo'la boshlaydi. Jarayonning surunkali bosqichga o'tishida yallig'lanish o'choqlarining chegaralanishi, sekvestrlarning ajralishi sodir bo'ladi. YAngi suyak to'qimasining hosil bo'lishi davom etib, borgan sari yo'g'onlashib boradi.
Osteomiyelitda, yangi hosil bo'layotgan suyak to'qimasi nekrozga uchragan suyak atrofida sekvestral qutichani hosil qiladi, yosh sog'lom odamlarda suyakning ortiqcha hosil bo'lishi sodir bo'ladi. O'z-o'zidan ajralib chiqqan, yoki operatsiya yo'li bilan olib tashlangan sekvestrning rangi kir-kul rang tusda va chetlari g'adir budur bo'ladi. Sekvestr olib tashlanganidan so'ng, hosil bo'lgan bo'shliq, asta-sekin o'sib, boruvchi granulyatsion va osteoid to'qima bilan to'ladi. u keyinchalik suyakka aylanadi.
Jag'ning ayrimjoylarida granulyatsion to'qimaga to'lgan, ba’zan esa kichik yoki mayda sekvestrlari bo'lgan yallig'lanish o'choqlari qolishi mumkin. Bu o'choqlar yallig'lanish jarayonining zo'rayishiga va shu jarayonning uzoq vaqt cho'zilishiga sababchi bo'lishi mumkin, Granulyatsiyalar bilan to'lgan va mikroblar saqlagan bo'shliq, surunkali yallig'lanish o'chog'ini hosil qilib, umumiy himoya omillariga ham, mahalliy omillarga ham salbiy ta’sir ko'rsatishi bilan birga bir vaqtning o'zida organizmda autoimmun jarayonni yuzaga keltiradi. Bularning hammasi surunkali osteomielitning uzoq muddat kechishiga, suyak yangi uchastkalarining zararlanishiga, jarayonning sekvestrsiz kechishiga zamin yaratadL
Odontogen osteomielitning klinik manzarasi
Jag'lar osteomielitining klinik kechishi xilma-xil bo'lishi mumkin va mikrofloraning xususiyatlariga, mfeksiyaga qarshi himoyaning nospetsifik va spetsifik omillariga, organizmning boshqa individual
xususiyatlariga, shuningdek kasallikning joylashuvi, davomiyligi va bosqichiga bog'liq bo'ladi. Bu omillar yallig'lanish reaksiyalarining turli xil tiplari: normergik, gipergik va giporgik xillarida aks etadi. Yoshi qaytgan kishilarda, qariyalarda immunitetning anchagina pasayganligi munosabati bilan gipergik reaksiya susaib anergik xolda kechishi mumkin.
Odontogen osteomielit kechishi uch bosqichda (fazada) o'tadi: o'tkir, o'tkir osti va surunkali. Yallig'lanish jarayonining ko'lamiga qarab,chegaralangan (ya’nijag' suyagining bir anatomik qismi - alveolyar o'siqni 3-4 tish sohasida, yokijag'ning tanasi yoki burchagi) tarqalgan va diffuz - turlari ^ag' suyagining yarimi va undan ziyod qismi) ajratiladi.
Jag' suyaklarining u yoki bu joylarida osteomiyelitning rivojlanishi uchun ulaming anatomik tuzilishi mua’yyan ahamiyatga ega bo'ladi. Yuqori jag'da, uning tanasida, alveolyar o'sig’ida g'ovaksimon modda kam, kompakt plastinkada teshiklar ko'p bo'ladi, bu ekssudatning periodont va suyakdan chiqishini osonlashtiradi. Shu sababli yuqori jag' kam zararlanadi va osteomiyelit ko'proq chegaralangan turda bo'ladi.
Pastki jag'da g'ovaksimon modda ko'p miqdorda bo'ladi. Uning kompakt qavati zich, yo'g'on, teshiklari kam bo'ladi. Ekssudatning periodontdan suyak orqali chiqishi qiyin bo'lib, ko'pincha u g'ovaksimon moddaga tarqaladi. Pastki jag'dagi osteomiyelitikjarayonlar yuqoridagiga qaraganda, ayniqsa tanasi va uning shoxi sohasida og'irroq kechadi. Bemor rangi oqaradi, yopishqoq ter bosadi, keyin bosh aylanishi, umumiy xolsizlik paydo bo'ladi. Boshqa a’zolar va sistemalar, shu jumladan ichaklar faoliyatining buzilishi (odatda ich qotadi, goho - ich ketadi)ni qayd qilish mumkin.
Jag'ning cheklangan osteomiyelitida tana harorati subfebril, lekin ko'proq 1-3 kun mobaynida 39-40°S gacha ko'tariladi. Et uvishishi, bir necba kun mobaynida, yoki faqat tunda profuz ter bosishi murnkin. O'rtacha zaharlanish ro'y beradi. Jag'ning diffuz osteomiyelitida tana harorati baland - 39,5-40°S gacha ko'tariladi, haroratning egri chizig'i “lixoradka” tipida. Harorat 2-3°Sga qadar o'zgarib turadi. Zaharlanish turlicha ifodalangan bo'ladi. Et uvishuvi va ter chiqishi uning harakterli simptomlaridir.
Pastki jag' osti, engak osti, ba’zan oldingi bo'yin limfa tugunlari juda kattalashgan bo'ladi, paypaslanganda og'riydi. Ayrim kasallarda yiringli limfadenit rivojlanadi(adenoabsess).
Jag' o'tkir osteomiyelitiga duchor bo'lgan bemorlarda og'iz bo'shlig'i ko'zdan kechirilganda, tishlarni karash qoplagan, tupugi quyuq va cho'ziluvchan bo'ladi, og'izdan yoqimsiz, goho chirigan qo'lansa hid keladi. Ovqat eyishi, yutinish ko'pincha qiyinlashgan bo'ladi. Alveolyar
il2
o'siqning shilliq pardasi odatda bir necha tish davomida qizargan bo'ladi va og'iz bo'shlig'i dahlizi tomonidan ham, til yoki tanglay tarafidao ham shishgan bo'ladi.
Diffuz osteomiyelitlarda bu o'zgarishlar suyakning anchagina qismiga tarqalgan bo'lib, jag'ning ikkala tarafida bir qancha suyak usti pardasi ostiga yiringli o'choqlari hosil bo'ladi.
Yuqori va pastki jag'lar o'tkir osteomiyelitining klinik manzarasida qator o'ziga xos xususiyatlar bo'ladi. Yuqori jag'ning o'tkir osteomiyeliti pastki jag'ning o'tkir osteomiyelitiga qaraganda bir qadar engil o'tadi. Yiring alveolyar o'siqdan yuqorijag' bo'shlig'iga tarqaladi. Bu og'riqning kuchayishi, burunda yiringli ajralmaning paydo bo'lishi bilan davom etadi. Yuqorijag' osteomiyelitida, do'ng sohasida suyak usti pardasining yiringli o'choqlar kam hosil bo'ladi, yiringli ekssudat esa chakka osti chuqurchasiga va keyinchalik chakka sohasiga tarqaladi.
Jag'ning o'tkir osteomiyeliti qon va peshobning o'zgarishlari bilan kechadi. Ular organizmning individual xususiyatlariga, nospetsifik va spetsifik himoya omillarining xolatiga va tegishlicha yallig'lanish reaksiyasining xiliga aloqador bo'ladi.
O'tkir davrda suyakning cheklangan va diffuz zararlanishlarining normergik kechishi leykotsitlar sonining 1010 9/l dan 15-109/1 gacha oshishi, neyrofillar soni (70-80 foizgacha), shu jumladan tayoqcha yadroli neytrofillarning (15-20 foiz) ko'payishi bilan ta’riflanadi. ECHTning astasekin soatiga 15 dan 40 mm gacha ko'payishiga moyillik bo'ladi. Nospetsifik immunitet testlarining turli xil ko'rsatkichlari o'zgargan bo'lib, reaksiyalarning himoya harakterini aks ettiradi. Siydikda oqsilni yuqidan tortib, to 0,033 gA gacha leykotsitlar ko'rish maydonida 20-25 donagacha topiladi.
Ayrim holatlarda siydikda oqsil (0,033 dan 3 g/1 gacha), gematuriya, silindruriya aniqlanadi.
Jag' o'tkir osteomiyelitining gipergik kechishida, qonda asosan gemoglobin miqdori va eritrotsitlar soni kamaygan bo'ladi, leykotsitlar miqdorining normal bo'lishi va kamayishga moyilligi bo'ladi. Ayrim bemorlarda leykopeniya 4,0 x 10 9f[ gacha yetishi mumkin. SHu bilan bir vaqtda ECHT norma chegarasida bo'lishi mumkin, ba’zi bir bemorlarda, ayniqsa yoshi katta bo'lgan guruhda kamaygan bo'ladi. Peshobdagi o'zgarishlar har xil bo'lishi va bemorning yoshiga, uning boshqa hastaliklariga aloqador bo'lishi mumkin. Birlamchi va ikkilamchi immunodefitsiti bor bemorlarda, turli xil o'zgarishlar andek
albuminuriyadan tortib, to oqsilning ko'p miqdorda bo'lishi,
gematuriyalar, silindruriyalargacha kuzatiladi.
Qariyalar va zaif bemorlarda turli kompensator reaksiyalar pasaygan boTadi, ayrim immunitet ko'rsatkichlarining disbalansi va areaktivlik kuzatiladi.
Jag' osteomiyelitining o'tkir davrida rentgenogrammalarda suyak o'zgarishlari aniqlanmaydi. Faqat ayrim tishlar yoki ildizlarining periodontitiga xos patologik o'zgarishlargina kuzatilib, bular surunkali periodontit uchun harakterli bo'ladi. O'tkir jarayonning 10-14 kunidan suyak to'qimasi destruktiv o'zgarishlaming dastlabki belgilarini, suyak usti pardasining yo'g'onlashganini aniqlashga erishiladi. Ayrim bemorlarda faqatgina periostal yo'g'onlashuv va suyak strukturasining rentgen suratda bir oz xiralashganligi kuzatiladi.
Odontogen osteomiyelitning o'tkir osti va surunkali davri.
Tashhislash va davolash prinsiplari.
Jag' osteomiyelitining o'tkir osti bosqichi. Jag' odontogen osteomiyelitining o'tkir davri odatda 10-12 kundan 2 haftagacha, diffuz turida- 3 haftagacha davom etadi va o'tkir osti davriga o'tadi. Osteomiyelitning o'rtacha kechayotgan o'tkir osti bosqichida umumiy ahvol va kayfiyat yaxshilanadi, uyqu tiklanadi, ishtaha ochiladi, ichaklar funksiyasi normallashadi. Tana harorati pasayadi va bir sutka mobaynida uning o'zgarishlari kamayadi. Bemorlarda ertalabki harorat odatdagidek 37°S dan ozgina oshadi. Qator bemorlarda tana harorati normallashadi, ba’zilarda kechki paytda subfebril bo'ladi. Suyak usti pardasi o'choqlari, absess va flegmona ochilgandan keyin to'qimalarda yallig'lanish o'zgarishlari asta - asta kamayib boradi.
Suyak usti pardasining yiringli o'chogi ochilgan yerda yiringli ajralmasi juda kam bo'lgan oqma yara yo'llari paydo bo'ladi. Tish katagidan granulyatsiyalar shishib chiqadi. Zararlangan suyak sohasidagi tishlaming qimirlab qolganligi qayd qilinadi, periferiya bo'yicha turgan tishlar birmuncha kam qimirlaydigan bo'lib qoladi.
Qonda qizil qon ko'rsatkichlari normallashadi, leykotsitlar shu jumladan neytrofillar, ECHT soni anchagina kamayadi. Jag' osteomiyelitining diffuz turiga uchragan kasallarda leykotsitlar soni faqat 12-15109^ gacha pasayishi mumkin, leykotsitar formulaning chapga surilishi saqlanadi, ECHT oshgan bo'ladi. Siydik me’yorda o'zgargan bo'ladi (oqsil, leykotsitlar).
Jag' osteomiyelitining surunkali bosqichida bemorlar tekshirilganda, jag'ni o'rab turgan yumshoq to'qimalar va periost yo'g'onlashuvi natijasida yuz konfiguratsiyasining o'zgarishi aniqlanadi.
114
Yo'g'onlashgan suyak ustidagi teri bir qadar yupqalashgan va taranglashgan bo'ladi. Pastki jag' shoxining zararlanishi sababli zararlangan tomondagi chaynov mushagining anchagina zichlashuvi va suyak yo'g'onlashuvi hisoblanadi.
Osteomiyelitning surunkali bosqichida operatsiya jarohatlarining bitib ketishi sodir bo'ladi. Ulaming o'rnida suyakkacha boradigan oqma yara yo'llari qoladi, ulardan yiring ajraladi, juda ko'p qonaydigan granulyatsiyalar shishib chiqadi.
Osteomiyelitning surunkali bosqichida ayrim zo'rayishlar kuzatiladi. Ular umumiy ahvol va kayfiyatning yomonlashuvi, tana haroratining ko'tarilishi bilan harakterlanadi. Ayrim holatlarda yiring chiqishi to'xtab qolsa, oqma yara yo'li ochilishi bilan undan ekssudat tashqariga quyiladi, boshqa holatlarda infeksiya bosh va bo'yin sohasiga tarqalishi mumkin, bu yerda abses yoki flegmona hosil bo'ladi.
So'ngi ikki o'n yillikda surunkali jag' osteomiyeliti atipik formalarining soni ancha ko'paydi, bunda patologik jarayonda produktiv reaksiyalar nekrotik reaksiyalardan ustun turadi. Asosan pastki jag' uning tanasi, burchagi va shoxi zararlanadi. Bu suyakda endostal va periostal yangi tuzilmalar hosil bo'lishi juda ham ifodalangan bo'lishi mumkin. Ko'pgina mualliflar buni pastki jag' surunkali osteomiyelitining produktiv, giperplastik yoki giperostoz shaklining ko'rinishi deb izohlab beradilar.
Kasallikning birlamchi-surunkali kechishi ham bo'ladi, bunda kasallikning o'tkir davri ajratilmaydi, anamnezda esa tish sohasidagi yallig'lanish hodisalar haqidagina ma’lumot bo'ladi. Hastalik ko'proq yosh kishilarda kuzatiladi. Bemorlarning umumiy ahvoliga, ularning yoshiga, immun reaktivligiga, shuningdek sekvestming hajmiga qarab, turli muddatlarda kechadi. Chunonchi, yosh kishilarda yupqa kortikal sekvestrlar 3-4 haftadan keyinroq ajralib chiqadi. Pastki jag'da osteomiyelitning cheklangan turlari tish alveolasi devorlari, alveolyar o'siqning kichik bo'laklari yoki jag' tanasining sekvestratsiyasiga olib keladi. Diffuz osteomiyelit pastki jag' tanasining katta uchastkalari, shoxining sekvestratsiyasi bilan harakterlanadi.
Surunkali osteomiyelitning rentgenologik manzarasi ancha xilma-xil bo'ladi. Rentgenogrammada: markazida ko'proq kichik bo'lgan
sekvestrlar soyalari bor, noto'g'ri shakldagi suyak rezorbsiyasining bitta yoki bir qancha o'choqlari ko'rinadi.
Nekrozlangan suyakning ayrim uchastkalari o'rtasida jonsizlanmagan to'qima zonalari joylashadi (rasm 63). Rentgenogrammada sekvestrlaming ajralishi bilan bir qatorda yangi
115
tuzilgan suyak to'qimasi ko'rinib turadi, shu tufayli jag' konturlari o'zgaradi, uning chekkasi yo'g'onlashadi va g'adir-budur bo'lib qoladi.
Bir necha yil mobaynida pastki jag" ichida sekvestrlari kichik yoki ularsiz, lekin granulyatsiyalar bilan to'lgan, dumaloqlangan mayda o'choqlar qoladi. Yillar o'tgan sari sklerozlanish jarayonlari bir muncha ifodalangan bo'lib qoladi va destruksiya o'choqlarining osteoskleroz o'choqlari bilan almashuvi ko'rinadi.
\% .. \r
V ^. ' \
v rfn \ v Tota
4i
>T
Rasm - 63
Pastki jag'ning surunkali osteomiyelitida produktiv o'zgarishlarning ifodalanganligi rentgenogrammada suyak to'qimasining endostal va periostal qayta tuzilishi bilan harakterlanadi. G'ovaksimon tuzilishning xira ko'rinishi, uning anchagina zichlashuvi, suyak sklerozi qavd qilinadi. Suyak to'qimasi siyraklashuvining kichik o'choqlarini qiyinlik jilan qayd qilishga erishiladi. Hosil bo'lgan sekvestral kapsula bir qancha vaqt o'tgandan keyin yetarlicha barqaror bo'lib qoladi va talaygina zo'riqishga bardosh bera oladi. Lekin zaiflashgan va yoshi qaytgan bemorlarda regeneratsiya jarayonlarining susayishi tufayli yetarlicha kuchli sekvestral kapsula hosil bo'lmaydi.
Jag' odontogen osteomielitining surunkali bosqichida jonsizlangan suyak uchastkalari to'liq ajralganda qon o'zgarishlari manzarasining normallashuvi keyinchalik sodir bo'ladi.
Gemoglobin darajasi, eritrotsitlar soni oshadi, leykotsitlar miqdori kamayadi. ECHT anchagina kechroq normallashadi.
O'tkir odontogen osteomiyelit, periodontit, periostitning qiyosiy tashhisi.
O'tkir periodontit, o'tkir pulpitdan jag'ning periostitidan, osteomiyelitidan, ildiz kistasi yiringlashidan, o'tkir odontogen gaymoritdan farq qilinadi.
116
O"tkir periodontitda, pulpitdan farqli ravishda og'riqlar doimiy, pulpaning diffuz yallig'lanishida - xurujsimon bo'ladi. O'tkir periodontitda (o'tkir pulpitdan farqli o'laroq), tish atrofidagi milkda yallig'lanish o'zgarishlari kuzatiladi, perkussiya bir qadar og'riqli bo'ladi. Bundan tashqari, elektroodontometriya pulpa nekrozga uchraganini bildiradi.
O'tkir periodontitni jag"ning o'tkir yiringli periostitidan
differensial diagnostikasi, mahalliy va umumiy ahvolga baho berish bilan kechadi, periostitda tana harorati ko'tariladi, jag' oldi yumshoq to'qimalarining kollateral yallig'lanish shishi va suyak usti pardasi osti yiringli o'choq hosil bo'lishi, jag'ning o'tuv burmasi bo'ylab tarqoq infiltrat borligiga asoslanadi. Jag' periostitida tish perkussiyasi kam og'riq beradi yoki o'tkir periodontitdan farqli ravishda, og'riq bermaydi.
O'tkir yiringli periodontitni ildiz oldi kistasining yiringlashidan ajratish lozim. Alveolyar o'siqda chegaralari aniq shish hosil bo'lishi, ba’zan shish markazda suyak to'qimasining yo'qligi, rentgenogrammada suyakning dumaloq yoki oval shaklidagi yemirilishi kistadan dalolat beradi.
O'tkir yiringli periodontitni yuqori jagv bo shligMning o tkir
odontogen yallig'lanishidan farqlash kerak, bunda ogvriq bo'shliqqa yaqin turgan bir yoki bir nechta tishlarda avj olishi mumkin. Lekin tegishli burun katagining bitib ketganligi, burun yo'lidan yiringli ajralmalarining oqib chiqishi, bosh og'rig'i, umumiy xolsizlik, yuqorijag' bovshligvining o"tkir yallig'lanishi uchun xosdir. Rentgenogrammada aniqlanadigan yuqorijag" bo'shlig'i tiniqligining buzilishi odontogen gaymoritdan dalolat beradi.
Ovtkir periostitning jag" o tkir osteomiyeliti bilan umumiy va mahalliy simptomlariga ko'ra differyonsial diagnostikasi o'tkaziladi. Jag'ning o'tkir osteomiyelitida alveolyar o'siq va jag' tanasining ikkala tomonida to'qimalarning yallig'lanish o'zgarishlari kuzatiladi 0ag' suyagi muftasimon kengaygan, ikki tomonda periostitga xos o'zgarishlar).
O'tkir periostitda perkussiya bitta tish sohasida kuchli og'riq beradi, osteomiyelitda bir nechta tishlar sohasida qattiq og'riq beradi, ayni vaqtda kasallik manbai bo'lgan tish, perkussiyada qo'shni intakt tishlarga qaraganda kamroq reaksiya beradi.
Laboratoriya ma’lumotlarida leykotsitoz, ECHT va boshqalar ushbu hastaliklami farq qilish imkonini beradi.
Flegmona bilan asoratlangan jag" osteomiyelitini abseslardan va flegmonalardan ajrata bilish lozim. Kasallikning boshlanishi ana shu kasalliklaming farq qiluvchi harakterli belgisi hisoblanadi: osteoflegmonada yallig"lanish hodisalarining fokusi qator tishlar, suyak
il7
usti pardasi, jag'ning alveolyar o'sigi va tanasi sohasida bo'lib, u keyin yumshoq^to'qimalarga o'tadi, abseslarda va flegmonalarda yallig'lanish o'zgarishTari faqat yumshoq to'qimalardajoylashgan bo'ladi.
Jag'ning surunkali osteomiyelitining (ayniqsa katakli giperplastik shaklini) o'ziga xos spetsiflk yoki maxsus zararlanishlardan aktinomikozdan, sil, zaxmdan ajratiladi. Kasallikning o'tkir boshlanishi, zaharlanishning anchagina ifodalangan alomatlari suyakning o'ziga xos zararlanishlari uchun xos emas.
Davolash jarrohlik operatsiyasi, suyakdagi unga yaqin turgan yumshoq to'qimalardagi yiringli o'choqlarga birlamchi ishlov berishdan va yallig'lanishga qarshi, dezointoksikatsion, umum quvvatlovchi, rag'batlantiruvchi, simptomatik davodan iborat bo'ladi.
Operatsiyalarning xarakteri va hajmi, kompleks dori terapiyasi, fizikaviy usullar va boshqa davo ta’sirlari organizmning umumiy ahvoli, kasallik patogenezi xususiyatlari va mahalliy klinik simptomatikasi bilan belgilanadi.
Mahalliy davo avvalo jag' yiringli o'choqlariga shoshilinch birlamchi jarrohlik ishlovi berishni (infeksiya manbai tishni olib tashlash) va yiringli o'choqlarni suyak usti pardasi va jag' atrofi yumshoq to'qimalarini ochish, yiringli yaralami drenaj qilish va davolashni ko'zda tutadi.
O'tkir osteomiyelitning boshlang'ich davrida tishni olib tashlash osteoperforatsiya yiring oqib ketishini ta’minlab beradi. Rasm - 64.
Ayrim zaiflashgan bemorlarda, boshqa kasalliklar qo'shilganda, ovtkir yallig'lanish hodisalari bartaraf etilmaguncha tishni olish qoldirilishi yoki ikkinchi darajali operatsiya bo'lishi mumkin, shuningdek operatsiya texnik jihatdan qiyin bo'lganda - tish siljib qolganda, tishni qisish qiyinlashganda, ildizlar gipersementozida va boshqa holatlarda tish rejali ravishda olinadi.
Yiringli yaralami yuvish, instillyatsiya, chayish, turli antiseptik eritmalar, nitrofuran, antibakterial, immun preparatlarini ishlatib, parvarish qilishga katta ahamiyat bermoq lozim. YAralar yiringdan tozalanib
118
bo'lingandan keyin fizikaviy davo usullari: sollyuks-lampa bilan nur berib davolash, UYUCH, dimeksidni, kaltsiy xlorid bilan qo'shib ionforez, geliy-neon lazeri bilan davo qilish tayinlanadi.
Suyak katta qismining nekrozi, shuningdek asoratlar rivojlanishi bilan davom etadiganjag' o'tkir osteomiyeliti giperergik kechishidajadal terapiya talab qilinadi. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofuranlar, desensibilizatsiyalovchi vositalar bilan birga gemodinamik va metabolik jarayonlami korreksiya qilish va organizm a’zolari va sistemalari faoliyatini ta’minlash o'tkaziladi. Antigen stimulyatorlami buyurish ya’ni aktiv immun terapiya tavsiya etilmaydi. Faqat immunoterapiya o'tkazilishi mumkin. Kasallik og'ir kechganda, ayniqsa buyrak usti po'stlog'i yetishmovchiligida glyukokortikoidlami tayinlash ko'rsatilgan. O'tkir osteomiyelitning gipergik kechishida terapiya umum quvvatlovchi va stimullovchi choralar ko'rishdan boshlanishi zarur. Ajratilgan mikroflorani antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligi aniqlanib, tayinlash maqsadga muvofiqdir. O'ziga xos faol immunoterapiya va antigen stimulyatorlar qo'llaniladi.
Antibiotiklar bilan davolashdagi asoratlar: 1) allergik reaksiyalar, 2) toksik reaksiyalar 3) disbakterioz rivojlanishi haqida unutmaslik kerak.
Jag' o'tkir osteomiyeliti bo'lgan bemorlarda aynan shu asoratlarning oldini olish muhimdir, chunki kasallik hamma vaqt sensibilizatsiyalangan va allergiyali organizmda rivojlanadi, bunda shu reaksiyalarning ro'y berish ehtimoli ayniqsa yuqori bo'ladi.
Yuz-jag' sohasi yallig'lanish kasalliklari.
Yuz-jag' sohasi yallig'lanish kasalliklari jarroxlik usuli bilan davolanadigan kasalliklar orasida cng katta qismni tashkil etadi. Bu kasalliklarning shakllari xilma xildir, ular bir tish parodonti bilan chegaralanib va bezovta qilmaydigan kasallikdan jag' suyagi va atrofidagi yumshoq to'qimalar yiringli tarqalgan, hayotga xavf soluvchi shakllarda ham uchraydi. Bu kasalliklar bolalarda va kattalarda uchrab, stomatologik bo'limlar bemorlari orasida ko'pchilikni tashkil qiladi. TMA 3-k!inikasi bolalar stomatologiya bo'limining ko'p yillik hisobotlari tahlil qilinganda, bu kasallik bilan davolanganlar bo'limning 50% o'rin-larini band qilgani amqlangan. Oxirgi o'n yil ichida tibbiyot sohasida erishilgan katta yutuqlar, shu jumladan stomatologiya sohasidagi yutuqlarga qaramay, bu ko'rsatkich kamaygani yo'q, aksincha yalUg'lanish kasalliklarining og'ir hayotga xavf soluvchi shakllari ko'p uchrab turibdi. Buning sababini
il9
ko'pchilik olimlar yallig'lanish chaqiruvchi infeksiyaning antibiotikka nisbatan turg'unligi oshganligida deb tushuntirishmoqda.
Yallig'lanishni odatda yiring xosil qiluvchi kokk infeksiya (stafilokokk, streptokokklar) bir xili yoki bir necha xillari yig'indisi chaqiradi. Odatda yallig'lanish chaqiruvchi mikroblar og'iz bo'shlig'i a’zolarida va terida istiqomat qiluvchilardir. Ular orasida anaeroblar, zamburug'lar tuberkulez mikobakteriyalari, spiroxetalar va boshqalar uchraydi. Yallig'lanish chaqirgan infeksiyaga qarab, hamma yiringli yallig'lanish kasalliklari ikkita katta guruhga bo'linadi nospetsifik (yiringli) va spetsifik (aktinomikoz, tuberkulez, zaxm. (sifllis) kuydirgi va boshqalar).
Infeksiyaning yuz-jag' va bo'yin to'qimalarga kirish yo'llari xilmaxil bo'ladi. Infeksiya tish atrofidagi to'qimalar va kanali orqali tushsa odontogen deb ataladi.
Infeksiya boshqa yo'llar bilan tushib chaqirgan yallig'lanish kasalliklari noodontogen deb ataladi. Infeksiya jag' to'qimalariga jarohatlangan yoki yallig'langan og'iz shilliq qavati orqali stomatitlarda (stomatogen), teri orqali teridagi yara-chaqa, chipqon, xo'ppos, saramasda, (dermatogen) bodom bezlarining yallig'lanishida (tonzillogen), quloq kasalliklarida(otogen), burun shilliq qavatining yallig'lanish kasalilklarida (rinogen) bo'lishi, mumkin.
Ayrim hollarda, infeksiya yuz-jag' to'qimalariga qon tomirlar orqali uzoqda joylashgan yallig'lanish manbaalaridan tushishi mumkin(gematogen). Odatda bu yo'l bilan yallig'lanis bolalarda uchraydi.
Yuz-jag', bo'yin sohalari abses va flegmonalari etiologiyasi.
Abses va flegmonalaming qo'zg'atuvchilari aralash mikrofloradir. Ular orasida ichak va boshqa tayoqchalar, boshqa turdagi kokklar bilan simbiozda stafilokokklar va streptokokklar ko'p uchraydi. Mikroflora ichida eng ko'p qo'zg'atuvchi sifatida oq va tillarang stafilokokk ajratiladi. Keyingi yillarda flegmonalaming rivojlanishida anaerob infeksiyaning roli kattaligi aniqlanib,ular ichida spora hosil qilmaydigan bakteroidlar ko'proq, klostridiylar esa kamroq uchrashi aniqlangan. Tekshiruvlar natijasida aerob va anaerob bakteriyalaming birgalikda uchrashi ham kuzatilgan. Odontogen abses va flegmonalaming etiologiyasida aralash uchraydigan stafilokokklar, streptokokklar va boshqa simbiozda uchraydigan mikroflora yaradan olingan ajralmalarda topilgan. Xudoyarov I., Eshbadalov X.YU. (1999) ma’lumotiga ko'ra , tarqalgan flegmonalar ajralmalarida 100% mikroblar aniqlangan, shulardan faqat 11,4% monokultura va 88,6% assotsiatsiyada uchragan.
120
Tekshirilganlar orasida 86,6% mutlaq anaerob spora hosil qilmaydigan mikroorganizmlar aniqlangan. Ulaming ichida 58,2% Bacteroid turkumi, 31,5% Fuzobacterium turkumidagi shtammlar aniqlangan.
V.V.Kravchenko va V.P.Reshetnikova (1999) yallig'lanish kasalliklari chaqiruvchilarining og'izda uchraydigan mikroblarini besh guruhga mansubini aniqlagan: bakteriyalar, spiroxetlar, zamburug'lar, soddalar va viruslar. Bulardan tashqari tashqi muhitdan og'iz bo'shlig'iga kirgan ichakka xos mikroblar ham uchragan.
Ayrim mualliflaming (Solovev M.M., Xudoyorov I.A.-1979, Maxkamov E.U. va boshqalar 1991 y.) ma’lumotlariga ko'ra abses va fIegmonalarning rivojlanishida 86.6-95% odontogen infeksiya sababchi hisoblanadi. Ular o'tkir va surunkali periodontning o'tkirlashuvi natijasida apikal o'choqlardan infeksiyaning tarqalishi tufayli, shuningdek aql tish chiqishi qiyinlashganida, radikulyar kista yiringlaganda, alveolit va paradont kasalligi o'tkirlashuvidan vujudga keladi. Yuz-jag' sohalarining abses va flegmonalari - o'tkir va surunkali osteomiyelit, o'tkir periostit asorati va hamrox kasalligi bo'lishi mumkin. Tishdan tashqari, boshqa infeksiya qc'^g'atuvchilar manbalari og'iz bo'shlig'i, burun bo'shlig'i va yuqori jag' bo'shliqlarining shilliq qavatida, yuz va bo'yin terisida, kamroq - ko'z kon’yunktivasida bo'lishi mumkin.
Odatda mikroblar to'qimaga tushgan joyida mahalliy himoya omillari yordamida bartaraf qilinadi, ayrim hollarda limfa tomirlari orqali limfa tugunlariga yetib boradi va shu yerda o'tirib qoladi va fagatsitozga uchraydi. Agarda limfa tugunlarida mikroblar bartaraf qilinmasa, ular qon tomirlarga so'rilib qon bilan boshqa to'qima va a’zolarga yetkazilishi mumkin. Tushgan joyida mikroblar ko'payadi, ayrimlari ekzotoksinlar ishlab chikaradi. Mikroblar parchalanishi natijasida toksik moddalar endotoksinlar to'qimaga ajraladi. Ular antigenlik xususiyatga ega bo'lib, to'qimada patologik o'zgarishlar chaqiradi.
Endotoksinlar spetsifik xususiyatlarga ega emas, ammo tushgari joyda to'qima strukturasini buzilishiga va pirovard natija-yallig'lanish jarayonini boshlab yuboradi. Bu jarayon biologik moxiyati-mikrob tushgan va yallig'lani.°h jarayoni kechayotgan sohani chegaralash, mikroblami zararsizlantirish va chiqarib tashlashga qaratilgan.
Tishdantashqari infeksiyaboshqamanbalari og'izbo'shlig'i,burun bo'shlig'i va yuqori jag' bo'shliqlarining shilliq qavatida, yuz va bo'yin terisida, kamroq - ko'z kon’yunktivasidan to'qimalarga tushib yallig'lanish chaqirishi mumkin.
Jag' atrofldagi asbsess va flegmona ko'proq 20-30 yoshdagilarda uchraydi, bu shu yoshdagilarda tishlaming kariyes bilan zararlanishi va aql
121
tishlar qiyin chiqishi bilan bog'liqdir. Abses va flegmonalaming rivojlanishida mavsumiylik kuzatiladi, ular yoz va kuz davrida ko'proq uchraydi.
Yuz va bo'yin sohasidagi o'tkir yiringli yallig'lanish kasalliklari rivojlanishi va kechishi: a) mikrofloraning konsentratsiyasi; b)
organizmning umumiy va maxalliy xususiy va xususiy bo'lmagan himoya faktorlariga, v) har hil a’zo va tizimlarining ahvoliga, shuningdek, g) to'qimalaming anatomo-topografik xususiyatlariga bog'liq bo'ladi. Kuzatuvlar shuni ko'rsatadiki infeksiyaning yuz-jag' to'qimalariga tushishi o'zi, kasallikni chaqirish uchun yetarli emas. YAllig'lanish boshlanib, rivojlanishi uchun infeksiya miqdoran ko'p va kasallik chaqirish qobiliyati baland bo'lishi kerak.
Yiringli yallig'lanish jarayoni boshlanishi uchun mikroblar to'qimaga tushushing o'zi yetarli emas, ular soni bilan ko'p bo'lishi val gr. to'qimadan kritik son 105 oshishi kerak.
Yallig'lanish jarayoni boshlanishi uchun ikki shartdan biri bo'lishi kerak. Biri makroorganizm himoya kuchlari pasayib, mikroblarga qarshiligi kamaishi kerak, yoki mikrooranizmlar soni va xususiyatlari makroorganizmning qarshilik kuchlaridan ustun kelishi shart, muvozanat bo'lsa, kasallik rivojlanmasligi mumkin. Bu muvozanatni tam’inlashda og'iz bo'shlig'i mikrobga qarshi mahalliy himoya faktorlari ishtirok etadi, ular: og'iz bo'shlig'i shillik pardasi, so'lak, biriktiruvchi to'qima, limfatik tugunlar, jag' suyagi iligi. YAllig'lanishjarayoni rivojlanishiga bir vaqtda salbiy ta’sir etuvchi omillar ham ta’sir etadi ular: og'iz suyuqligi tartibidagi ayrim ingridientlar yo'qligi yoki kamligi, tish olish bilan bogliq bo'lgan jarohat, bakteriyemiya, og'iz bo'shlig'i gigienasini yomonligi, tishdagi blyashkalar, patologik tish milk cho'ntaklari, ajralmalari, kariyes kavagi va tish kanallaridagi buzilgan to'qima. YAllig'lanish jarayonidan olib tekshirilgan ajralmalar shuni ko'rsatadiki, infeksiyaning patogenlik xususiyatlari ko'p xolatda past. SHunga qaramay, ular chuqur va tarqalgan yallig'lanish chaqiradi.
Klinik va eksperimental izlanishlar natijasida (S.M.Derijanov, G.A.Vasilev, I.Xudoyarov, M.I.Azimov va boshqalar) yallig'lanish protsessi rivojlanishi uchun mikrob tushishidan tashqari bemor organizmi shu rnikrobga sezuvchan bo'lishi kerak. Sensibilizatsiya holati yuzaga kelishi odatda uzoq muddat surunkali infeksiya o'choqlarida mikrob va toksinlari to'qimalaming parchalanishi natijasida hosil bo'lgan antigenlarga qarshi ishlab chiqilgan antitelalar yuzaga keltiradi. Organizm sensibilizatsiyaga uchraganidan so'ng, nopatogen mikrob tushishi natijasida tez rivojlangan va tarqalgan yallig'lanish jarayoni Artyus-
122
Saharov fenomeniga o'xshash yallig'lanishjarayoni shakllanishi mumkin. Ammo yallig'lanish jarayoni sensibilizatsiyalashgan organizmda har qanday infeksiya natijasida o'tkir va tarqalgan shaklda kechadi degani emas. Bunda, tushgan mikrob kasallik chaqirish xususiyatlari yallig'lanish kechishining uzgaruvchanligini belgilaydi. Masalan nopatogen stafilokokk ko'proq yallig'lanish protsesslarini jag' suyagi atrofidagi yumshoq tuqimalarda keltirib chiqaradi, patogen stafilokokk esa, jag' suyaklarining tarqalgan yallig'lashiga sabab bo'ladi. Anaerob mikroblar chaqirgan yallig'lanish o'ziga xos kechadi. Bunday xolatlarda birinchi o'rinda organizmning zaharlanishi namoyon bo'ladi. YAllig'lanish jarayonida to'qimalaming ekssudativ yallig'lanishidan nekrotik protsesslaming ustunligi namoyon bo'ladi.
Ta’kidlash zarur odontogen yallig'lanish xususiyati shundaki, tish qattiq to'qimalari yemirilishi natijasida yallig'langan pulpa nekrozga uchraganidan so'ng, tish ildizining naychasi ochiq qoladi, yallig'lanish jarayonlarida u tabiiy yo'llar bilan tiklanish xisobiga yopilmaydi. Agarda tish naychasi sun’iy usulda yopilmasa u doimo tish parodontini infeksiyalab turadi va surunkali infeksiya manbaasini xosil qiladi. Ma’lum bir davrgacha bunday infeksiya manbaasi va makroorganizm orasida uziga xos muvozanat xosil bo'ladi. Ayrim hollarda organizmda bu yallig'lanish jarayonini chegaralashga qaratilgan protsesslar kechib, tish ildizi uchi atrofida biriktiruvchi to'qimadan kapsula xosil bo'ladi. Bu kapsula mikroblar tarqalishi va ularning parchalanishi natijasida xosil bo'lgan antigenlarni qon tomirga so'rilishini chegaralasa, ikkinchi tomondan, infeksion o"choqqa immunitetning xujayraviy va gumoral faktorlari ta’sirini kamaytiradi. Agarda, ildiz uchi atrofida kechayotgan yallig'lanish jarayonidan xosil bo'lgan modda, tish yonidan periodontal oraliq, yoki ildiz uchi oqma yo'lidan chiqib tursa, bu muovozanat uzoq saqlanib turishi mumkin. Shu muvozannat buzilsa, yallig'lanish jarayoni o'tkirlashadi va keng ko"lamni olishi mumkin. Surunkali yallig'lanish o'chog'ining o'tkirlashuviga ko'p omillar ta’sir qiladi. SHular orasida mikrob virulentligining oshib ketishini ta’kidlash zarur. Odatda bu xolat chegaralangan surunkali yallig'lanish jarayonidan xosil bo'lgan ekssudatning tish naychasidan chiqib turishi to'xtab qolganda bo'ladi. Ovqat qoldiqlari yoki infeksiyadan toza bo'lmagan tish naychasi davolash maqsadida plomba bilan yopilishh bo'nga sabab bo'ladi. Xosil bo'layotgan moddaga chiqish yo'li yopilgandan so'ng, mikrob va uning toksinlari, o'lik tuqima mahsulotlari miqdoran oshib boradi, ular diffuziya va osmos qonunlariga buysingan xolda, yallig'lanishni chegaralab turgan, biriktiruvchi to'qimadan xosil bo'lgan kapsuladan atrofidagi to'qimalarga
123
ovta boshlaydi. Yallig'lanish jarayoni jalb etilgan to'qimalar va tarqalishiga qarab, har xil shaklda kechishi mumkin. Ayrim hollarda bu periodontitning o'tkirlashgan shakli yoki yallig'lanishning boshqa xili sifatida namoyon bo'ladi.
Surunkali yallig'lanish jarayonida xosil bo'lgan biriktiruvchi to'qimali kapsulaning buzilishiga olib keluvchi omillardan, bu periodontitli tishni sug'urish yoki chaynayotganda periodontga qattiq bosim ko'rsatish, kuchli bosim ta’sirida kapsula yorilib, ichidagi to'plangan suyuq modda atrofga o'tishi kuzatiladi. (Rasm - 65).
Yallig'lanish jarayoni faqatgina mahalliy ta’sirlardangina emas, balki makroorganizm kasallikka qarshi kuchlarining susayishi natijasida kelib chiqishi kuzatiladi. Jumladan organizm sovuqda qolishi, yoki xaddan ziyod qizib ketishi, xaddan ko'p ultrabinafsha nurlarida toblanishi, jismoniy va ruhiy toliqish, yoki har xil kasalliklar (gripp, yuqori nafas yo'llarining o'tkir yallig'lanishi va immunologik qarshilikni susaytiruvchi boshqa kasalliklar) natijasida kelib chiqishi mumkin.
Yallig'lanish jarayonidan o'choqdan infeksiya atrofga qon tomirlari yoki nerv tolalari atrofidagi kletchatkasidan perivazal va perinevral yo'llar, mushak oralig'i kletchatkadan tarqaladi. Suyak, fassiya, aponevroz kabi to'qimalar infeksiya yo'lini chegaralash xususiyatiga ega. Ammo infeksiya bularning yuzasidan yoki ichidagi qon va limfa tomirlar atrofidan tarqaladi (per. continuutatum- uzunasiga)
Patologik anatomiyasL Yiringli yallig'lanish kasalliklari yuz-jag' va bovyin sohalarida abses va flegmonalar teri osti, mushaklararo, fassiyalararo, mushak to'qimalarida kechadi. To'qimaga kirgan mikroblar qon tomirga yaqin va uning atrofida to'planadi, to'qimalarda yallig"lanish
124
jarayoni rivojlanadi. Yallig'lanish jarayonida quyidagi bosqichlar farqlanadi: l-shish, 2-qizarish, 3- to'qimalaming yiringli erishi, 4-nekroz, 5-granulyatsiyali qobiq xosil qilib chegaralanish.
Kletchatkaning zardobli yallig'lanishi sellyulit (u ilgarigi gazak terminiga mos keladi), chegaralangan yiringli yallig'lanishjarayoni - abses va tarqalgan yiringli yallig'lanish jarayoni bo'lgan flegmona bilan farqlanadi.
Patologoanatomik jihatdan, abses rivojlanishida kletchatkada zardobli, zardobli-yiringli va keyinchalik devori granulyatsion to'qima bilan qoplangan bo'shliqqa o'xshash chegaralangan yiringli yallig'lanish tushuniladi. Yiringli o'choqda nekrotik jarayonlar kamroq kuzatiladi. Zardobli-yiringli yallig'lanishda va flegmonadagi shish bosqichi har xil darajag'a bo'linadi. Ayrim paytlarda tarqalgan zardobli, zardobli yiringli yallig'lanish ustun kelsa, boshqalarida (chirikli-nekrotik flegmonalarda) to'qimalar gemodinamikasining sezilarli buzilib kletchatkada, mushakda, fassiyalarda nekroz kuzatiladi.
Yiringli yoki yiringli-nekrotik o'choqlar o'z o'zidan, yoki operatsiya yo'li bilan ochilgandan so'ng, o'tkir yallig'lanish belgilari pasayadi. Leykotsitlar infiltratsiyasi va keyinchalik granulyatsiyali to'qimaning rivojlanishi natijasida yallig'lanish o'chog'i chegaralanadi. Nekrozga uchragan to'qimalar sekinlik bilan ajraladi va qisman so'riladi. Qon aylanishi me’yoriga keladi. Nekrozlangan sohalaming o'mini biriktiruvchi to'qima to'ldiradi.
Klinik kechishi: Yiringli yallig'lanishjarayonining rivojlanishida va kechishida uch yetakchi omil katta ahamiyatga ega: to'qimaga tushgan mikroblar turi, xususiyatlari va soni 2)mikrob tushgan to'qima anatomotopografik xususiyatlari 3)organizm himoya vazifasini bajaruvchi nospetsifik va spetsifik himoya mexanizmlari (xujayra va gumoral immunitet)
Mahalliy va umumiy omillaming o'zaro munosobatidan kelib chiqqan xolda, yuz-jag' sohasi va buyin yiringli yallig'lanish kasalliklari odam organizimi yallig'lanish jarayoniga ma’lum turdagi reaksiyasini shakillantiradi: normergik, giperergik, gipergik. Bu uch turdagi
yallig'lanishga xos bo'lgan klinik belgilar namoyon bo'lishi organizm nospetsifik va immunologik himoya tizimiga bog’liq.
V.M.Bezrukov va T.G.Robustova (2000) yallig'lanish normergik kechishi organizm shu jarayonga adekvat javobi bilan namoyon bo'ladi deb hisoblaydilar.
Normergik tipdagi yallig'lanishda lokal yiringli yallig'lanish jarayoniga organizmning himoya kuchlari adekvat javob beradi.
125
Organizmning immunologik va nospetsifik reaktivligi himoya kuchlari ko'rsatkichlari o'zgarishlari ular aktivlashganini ko'rsatadi. Kasallik klinik belgilari o'rtamiyona bo"lib, bir tomonlama yo'naladi: bemor ahvoli o'rtacha, yallig'lanish jarayonida bir oz og’riq, tana harorati subfebril, organizm yengil darajada zaharlanishi, shular bilan bir vaktda yallig'lanishga xos bo'lgan mahalliy kasallik belgilari yaqqol namoyon bo'ladi.
Giperergik shakldagi yalligTanish reaksiyasida nospetsifik rezistentlik va imunologik himoya omillari buzilishi natijasida kasallik og'ir kechishi bilan namoyon bo’ladi. Giperergik reaksiyasi bilan kechayotgan yiringli yallig'lanishlarda bemoming umumiy ahvoli og'ir bo'ladi, tana harorati 39°S va undan yuqoriga ko'tariladi, 2-3° farqi bilan ko'tarilib tushadi va oshib borayotgan zaharlanishdan dalolat beradi.
Odatda bunday kechish bir xaftadan keyin, yallig'lanishning umumiy va mahalliy belgilari kuchayib boradi. Mikrobli agressiya hisobiga. kelib chiqqan og'ir zaharlanish, himoya reaksiyalarining, shuningdek immunologik reaksiyalaming qoniqarsizligi va xavfli darajag'a yetgan kuchli sensibilizatsiya, o'tkir nafas yetishmovchiligi, sepsis va shokka olib kelishi mumkin. Bemorlarda leykotsitoz (20 10 9fi va yuqoriroq). ECHV 50 70 mm/s gacha oshishi kuzatiladi.
Keyingi yillarda jag' atrofi flegmonalari klinik kechishida bir qator o'zgarishlar ro'y berdi. Kasallikning qo'zg'atuvchisi shartli patogen mikroblar bo'lsa antigen substansiyalaming ta*siri kuchsiz bo"lganda kasallik sekinlik va sustlik bilan kechadi.
Bemoming umumiy awoli qoniqarli bo'lgan holatda yallig"lanish sekin va kuchsiz kechadi. Tana harorati me'yorida yoki subfebriL zaharlanish yaqqol bilinmaydi. Bemordagi mahalliy kasallik belgilari umumi> belgilari bilan mos kelmasligi kuzatiladi.
Gipergik reaksiya bilan kechadigan flegmonalar ayrim hollarda ikki sohada joylashadi. bunda leykot$itlar soni o"zgarmaydi (6-8 10 9ri dan ko'pmas). ECHV 10-15 mnVs oshmaydi. Ayrim bemorlarda leykotsitlar soni 4.5 10 7l gacha kamayadi. limfopenha kuzatiladi. ECHV 30-40 mm\s gacha oshadi.
Keksa yoshdagi odamlarda. birlamchi va ikkilamchi immun tanqisligi bor bemorlarda. flegmonaning klinik kechishida rivojlanishi va oqibatida o'ziga xos xususiyatlari kuzatiladi. Bu toifadagi bemorlarda flegmona giperergik reaksiya shaklida rivojlanishi. kasalhk sekin va kuchsiz kechishi. hayotni ta*minlovchi tizimi umumiy buzilishining chuqurlashishi. bir biriga mos tushmaydi. Ayrim paytlarda septikopiyemiya asorati rivojlanadi. Syunga qaramay leykotsitlar soni.
ECHV me’yorida yoki pasaygan bo"lishi mumkin. YUrak qon-tomir, nafas tizimi xastaliklari, qandli diabet bilan og"rigan bemorlarda flegmona giperergik dekompyonsatsiyalangan reaksiya tipida kechadi. Bemor umumiy axvoli og"ir, qaltirash, zaharlanish belgilarining yaqqolligi, organizm ko"p tizimlarining keskin buzilishi yiringli jarayonning yuz-jag" va bo"yinning 4-5 bo"shliqlariga tarqalishi hayot uchun xavfli asoratlar rivojlanishi bilan kechishi mumkin. Qon ko"rsatkichlari og"ir septik holatga to"g"ri kelmaydi. Leykotsitlar soni salgina ko"paygan, me’yorida yoki pasaygan. ECHV 2-3 xafta davomida me’yorida, keyinchalik 60 mnVs va undan ham ko"payadi.
Abses va flegmonalaming mahalliy klinik ko"rinishi yuz-jag" va bo"yin sohalarining anatomo-topografik xususiyatlariga bog"liqdir.
Anatomo-topografik joylashish nuqtai nazaridan, odontogen abses va flegmonalarni shartli ravishda 2 guruhga bo"linadi.
1. Jag" atrofi abses va flegmonalari: 1) pastki jag"ga yondosh to"qimalarda, 2)yuqori jag"ga yondosh to"qimalarda. Bu kichik guruhlar o"z navbatida yuzaki: a) ko"z osti, lunj sohalari, b)pastki jag" osti, daxan osti uchburchagi, quloq oldi-chaynov va chuqur: a)chakka osti, qanot tanglay chuqurchasi, b)qanotsimon-pastkijag", yutqin yoni bo"shliqlari, til osti og"iz bo"shlig"i tubilariga bo"linadi.
2. Jag" atrofidagi abses va flegmonalar biridan-biriga tarqalishi hisobiga(yonoq, chakka sohalari, ko"z soqqasi,jag" orti va bo"yin sohalari) til abses va flegmonalari rivojlangan.
3. Yuz va bo"yin tarqalgan flegmonalari
i27
Yuz-jag' sohasidagi abses va flegmonalarning kliniko-anatomik tavsifi
Abses va flegmona-lar joylashishi
Ko'z osti sohasi
YOnoq sohasi
Ko'z kosasi sohasi
Lunj sohasi
Chakka osti chuqurchasi
CHakka sohasi
Anatomik soha va oraliqlamnig chegaralari
Infeksiya tushish yullari va asosiy manbaalari
Infeksion yalliglanish o'choqlarini kesish
YUqorisi ko'z kosasi pastki qirrasi, pastkisi yuqori jag'ning kataksimon alveolyar usig'i, ichkarisi noksimon teshikning qirrasi. Tashqarisi yonoq jag' choki.
YUqorisi chakka sohasining oldingi pastki qismi va ko'z kosasining pastki qirrasi, pastkisilunj sohasining oldingi yuqori qismi, oldingisi yonoq jag' choki, orqa
yonoq chakka choki.
Ko'z kosasi devorlariga mos tushadi
Yuqorisi yonoq suyagining pastki qirrasi, pastkisi pastki jag'ning pastki qirrasi, oldingisi-yonoqjag' chokini og'iz burchagi bilan tutashtiruvchi chizik, oldingisi chaynov mushagi oldingi qirrasi.
Yuqorisi-asosiy suyakning chakka osti qirrasi, oldingisi yuqori jag' do'mbogi va yonoq suyagi, orqasi- bigizsimon o'sig'i undan boshlanuvchi mushaklari bilan. ichkarisi asosiy suyak qanotsimon o'sigining tashqi plastinkasi, tashqarisi pastki jag' shoxining ichki yuzasi
Yuqorigisi va orqasi-chakka chizigi, pastkisi asosiy suyakning chakka osti qirrasi, oldingisi yonoq va peshona suyaklari, ichkarisi- chakka, asosiy
543212345. Burunning yon Jarayon chuqur joylashganda tomoni va lunj sohalandan (it chuqurchasi sohasida) og'iz infeksiyaning tarqalishi daxlizi yuqori gumbazi
natijasidagi ikkilamchi buyicha og'iz ichidan kesish.
zararlanish. Jarayon yuza joylashganda,
ten qoplami tarafidan ko'z kosasi pastki qirrasiga yoki burun lab burmasiga parallel qilib kesiladi.
6541456 tishlar lunj va chakka Teri qoplami tarafidan yuz osti sohalaridan infeksiyaning nervining joylashishini tarqalishi natijasidagi hisobga olib, yonoq sohasida
ikkilamchijarayon. kesmao'tkazish.
5431345 tishlar yuqori jag' bo'shlig'i infeksiyasi. CHakka osti va qanot tanglay chuqurchalari. Ko'z osti sohasi va qanotsimon jag' bo'shliqlaridan tarqalishi natijasidagi ikkilamchi
zararlanish.
Teri qoplamalari tarafidan ko'z sohasining yuqori tashqan va pastki tashqari qirrasidan kesish. YUqori jag' bo'shlig'i orqali ko'z kosasi tubining orqa qismini olib tashlash.
87654 45678 Lunj sohasida teri qoplami
87654 45678 tishlar tarafidan yuz nervi
infeksiyaning ko'z osti quloq oldi tarmoqlanga yoki burun lab chaynov va chakka osti burmasiga parallel qilib kesish. sohalaridan tarqalishi natijasidagi Og'iz bo'shlig'i tarafidan
ikkilamchijarayon.
87178 tishlar, infeksiyaning lunj, quloq oldi - chaynov sohalari va qanotsimon -pastki jag' bo'shliqlaridan tarqalishi natijasidagi ikkilamchi jarayon va anesteziya payitidagi infeksiya tushishi.
Ikkilamchi zararlanishlar: infeksiyaning chakka osti chuqurchasidan, quloq oldi chaynov sohasidan tarqalishi natijasida, chakka sohasidagi
quloq oldi so'lak bezi chiqaruv nayicha parallel qilib (undan yuqoridan yoki pastdan)
kesish.
Og'iz bo'shlig'i tarafidan katta oziq tishlar tepasidan o'tish burmasi bo'ylab kesish, teri qoplamasi tarafidan chakka mushakning oldingi qirrasi bo'ylab, yonoq osti sohasidan, jag' osti sohasidan (pastki jag'dan medial
qanotsimon mushagini
qisman ajratib) kesish.
Teri qoplami tarafidan yonoq yoyiga parallel va chakka mushagi tolalari yo'nalishiga parallel kesish. CHakka mushagi oldingi qirrasi
128
Quloq oldi
chaynov
sohasi
Jag' orti sohasi
Qanotsi-mon pastki jag' bo'shlig'i
Til osti bo'shlig'i
Jag' til chuqurchasi
Yutqin yom
sohasi
suyaklardan tashkil bo'lgan chakka maydonchasi, tashqarisi yonoq yoyi.
Yuqorigisi yonoq suyagi va yoyining pastki qirrasi, pastkisipastki jag' tanasining pastki qirrasi, oldingisi-chaynov
mushagining ol-dingi qirrasi, orqasi-pastki jag' shoxining orqa qirrasi.
Yuqorisi-tashqi eshituv yo'lining pastki devori pastkisi-quloq oldi so'lak bezi-ning pastki qismi, oldingisi- pastki jag' shoxining orqa qirrasi va medial qanotsimon mushak, orqasi chakka suyagining so'rg'ichsimon usigi va to'sh o'mrov so'rg'ichsimon mushak, ichkarisi bigizsimon o'siq unga birikuvchi mushaklari bilan, tashqarisi quloq oldi chaynov fassiyasi Tashqarisi pastki jag' shoxining ichki yuzasi, ichkarisi, orqasi, pastkisi medial qanotsimon mushak, yuqorisi-lateral
qanotsimon mushak va qanotlararo fassiya oldingisi lunj yutqin choki
Yuqorisi og'iz tubi shilliq qavati, pastkisi jag' til osti mushagi, tashqarisi pastki jag' tanasining ichki yuzasi, ichkarisi til osti til va daxan til mushaklari.
YUqorisi-og'iz bo'shlig'i
tubining shilliq qavati, pastkisi jag' til osti mushagi (uning orqa qismi), tashqarisi pastki jag' tanasining ichki yuzasi (molyarlar sohasi). ichkarisi. Til ildizming yon satxi. orqali oldingi tangsay yoyining asosi.
TashqariM-mediaI qanotsimon mushak. quloq oldi so'lnk bezi. ichkarisi- yutqinning yon devon yumshoq tanglayni ko'tarjvchi va taranglashtiruvchi mushaktar. oldingisi-qanotsimon jag' choki, orqasi -umurtqa oldi fasssyasidan yutqin devoriga keluschi yon fassiyalar tizmaiar: yuqorisi-
yara va shu soha terisidagi in’eksion yallig'lanish tufayli.
818 tishlar, infeksiya-ning lunj sohasi, chakka osti chuqurchasi. quloq oldi so'lak bezidan, hamda limfogen yo'l bilan tarqalishi natijasidagi
ikkilamchi zararlanish.
Infeksiyaning quloq oldi chaynov, jag' osti sohalaridan va qanotsimon pastki jag' bo'shlig'idan tarqalishi
natijasidagi ikkilamchijarayon.
818 tishlar. Anesteziya payitidagi in’eksion infeksiya.
Pastki jag' tishlari, ko'proq 87654145678 tishlar, og'iz tubidagi infeksion yallig'lanish. shikastlanishlar va yaralar.
8761678 tishlar og'iz bo'shlig'i shillik kava-tidagi infeksion yal!iglanish va jarohatlar.
Tanglay murtaklan yutqin yom devonning jarohatida
infeKiyaning qanotsimonpastki jag' bo'shlig'i, jag' osti va quloq oldi chaynov soba!andan tarqalishi tufayli ikkilamchi zararlanish.
bo'ylab, qhakka mushagining bosh suyagi gumbaziga birlashgan chizig’i bo'ylab yoysimon kesish.
Teri qoplami tarafidan yuz nervining tolalariga va pastki jag' pastki qirrasiga parallel qilib kesish.
Teri qoplami tarafdan pastki jag' shoxi orqa qirrasiga parallel qilib kesish.
Og'iz bo'shlig'i tarafidan qanotsimon pastki jag' burmasi bo'ylab kesish. Teri qoplami tarafdan pastki jag' burchagini aylanib o'tuvchi, medial qanotsimon mushakni qisman pastki jag'dan ajratib kesma o'tkazish.
Og'iz bo'shlig'i tarafidan pastki jag' ichki yuzasiga parallel qilib og'iz bo'shlig’i tubi shilliq qavatini kesish Teri qoplamasi tarafidan jag' osti sohasidan kesish jag'-til osti mushagini qisman kesish Og'iz bo'shlig'i tarafidan katta oziq tishlar sohasida pastki jag' ichki yuzasiga parallel qilib og'iz bo'shlig'i shilliq qavatini kesish.
Ten qoplamasi tarafidan pastki jag' burchagini aylanib o'tuvchi kesma.
Daxan osti sohasi
Jag' osti sohasi
Og'iz
bo'shlig'i tubi
Til ildizi asosi
bosh suyagi asosi.
Oldingi va yuqorlsi pastki jag' daxan bo'limining pastki qirrasi, orqasi- jag' til mushagi, tashqarisi-ikki qorinli
mushakning oldingi qorinchalari: o'ng va chap tarafda, pastkisi til osti suyagi.
YUqorigi- ichkarisi jag' til osti mushagi, tashqarisi- pastki jag' tanasining ichki yuzasi, oldingi pastkisi-ikki qorinli mushakning oldingi qorinchasi, orqa-pastkisi ikki qorinli mushakning orqa qorinchasi
1. YUqorigi qavat: yuqorisi og'iz tubining shillik qavati, pastkisi-til jag' osti mushagi. Oldingi tashqarisi-pastki jag'ning ichki yuzasi, orqasi-til asosi.
2. Pastki qavat: yuqorisi- til jag' osti mushagi oldingi tashqarisipastki jag'ning ichki yuzasi, orqasi bigizsimon o'siqqa birikuvchi mushaklar va ikki qorinli mushakning orqa qorinchasi, pastkisi chap va o'ng jag' osti va daxan sohalarining terisi.
YUqorisi-tilning xususiy
mushaklari, pastkisi-jag' til osti mushagi, tashqarisi-chap va o'ng taraflardagi daxan- til, til osti - til mushaklari
3211123 tishlar, infeksiyaning jag' osti va til osti sohalaridan tarqalishi
natijasidagi ikkilamchijarayon.
87654145678 tishlar. Til osti, daxan osti, sohalari qanotsimon pastki jag' bo'shlig'idan va limfogen yo'l bilan
infeksiyaning tarqalishi
natijasidagi ikkilamchi
shikastlanish.
54321112345 tishIardagi infeksiya o'choqlari infeksiyaning atrofdagi
to'qimalardan uzunasiga va limfogen tarqalishi natijasidagi ikkilamchi jarayon.
8761678 tishlar sohasi-dagi infeksiya o'choqlari.
Infeksiyaning atrofdagi
to'qimalardan uzunasiga va limfogen yo'l bilan tarqalishi natijasidagi ikkilamchi
zararlanish.
Infeksiyaning til jarohatidan til murtagidan, til osti, daxan osti, jag' osti sohalaridan tarqalishi natijasidagi ikkilamchi
jarayon.
Ten qoplami tarafidan daxan osti sohasida pastki jag' pastki qirrasiga parallel qilib yoki o'rta chiziqdan kesish.
Teri qoplamasi tarafidan jag' osti sohasida pastki jag' qirrasidan 1,5-2 sm pastdan o'nga parallel ravshida kesma o'tkazish.
Teri qoplami tarafidan jag' osti sohasi o'ng va chap tomonlaridan yoki yuqori buyin burmasiga parallel qilib kesish.
Operatsiya tashqaridan daxan osti sohasidan o'rta yoki ko'ndalar^ chiziq bo’ylab kesish.
130
Jag' osti, dahan osti abses va flegmonalari. Infeksiya tarqalish yo'llari. Klinikasi. Tashhislash. Jarrohlik davolash usuli
Pastkijag' osti abses va flegmonasi: Pastkijag' osti uchburchagida odontogen yallig'lanish jarayoni boshqa sohalarga qaraganda ko'p uchraydi. Ular asosan pastki molyarlar, ko'p xolda qanotsimon - jag' bo'shlig'i, til osti, til-jag' tamovi, dahan osti uchburchaklaridan tarqaladi. YAnajag' osti uchburchagidagi limfa tugunlari yallig'langanda, infeksiya limfogen yo'l bilan kirishi mumkin.
Pastki jag' osti sohasida, jag' osti so'lak bezi, limfa tugunlar joylashgan yuz arteriyasi va venasi, til osti nervi o'tadi. Unda ko'p miqdorda yog' to'qimasi bor.
Pastki jag' osti sohasining boshqa sohalar bilan aloqadorligi infeksiya tarqalishiga sabab bo'ladi. Jag'-til osti mushagi orqasida pastki jag' osti so'lak bezi yo'li bor, bu yo'l atrofi kletchatkasi orqali ifneksiya til osti sohasiga o'tadi va aksincha til osti sohasidan jag' ostiga o'tadi. Jag' osti soxasi orqa bo'limi qanotsimon jag' va halqum atrofining old sohasi bilan aloqador bo'lgani uchun infeksiya biridan biriga o'tadi. Ba’zan yiringli jarayon jag' ostidan dahan ostiga tarqaladi. Rasm - 66.
Absesli bemorlar o'z-o'zidan paydo bo'ladigan, simmillovchi og'riqqa shikoyat qiladi. Tashqi tomondan qaraganda, jag' osti sohasining old yoki orqa tomonida chegaralangan infiltrat ko'rinadi. Paypaslaganda qattiqlik seziladi. Ustidagi teri to'qima bilan birikkan, rangi och pushtidan qizil ranggacha o'zgargan, yupqalashgan. Infiltrat markazida flyuktuatsiya seziladi. Abses uchburchakning asosan old qismida bo'lsa, og'iz ochishi erkin, og'iz ichida o'zgarish bo'lmaydi.
Jag' osti flegmonasi intensiv og'riq bilan bosh!anadL 2-3 sutka ichida shishning butun jag' osti, dahan osti, jag' orqa sohalariga tarqalib ketishi harakterli. Teri rangi o'zgargan, bnrmaga yig'ilmaydi. Markazida qattiq og'riqli infiltrat paydo bo'ladi. Lunj, quloq oldi, chaynov sohalari shishadi, og'iz ochish chegaralanadi. YAllig'lanish jarayoni til-jag' chuqurchasidan tarqalgan bo'lsa, unda ichki qanotsimon mushak infiltratsiya bo'lishi hisobiga og'iz ochilish chegaralanadi (1 darajali, yallig'lanish qontrakturasi). Til osti, qanotsimon jag' sohalari yallig'lanishi jarayoniga qo'shilsa, unda ogizni ochish qiyinlashadi va yutinganda og'riq paydo bo'ladi. Jag' osti fIegmonasida og'iz ichi shilliq qavatida shish, qizarishni ko'rish mumkin.
i31
Rasm - 66
Flegmonada tashqaridan, teri ustidan pastki jag' qirrasiga parallel qilib 1.5 sm pastoqda uzunligi 5-6 sm., absesda 1,5-2 sm. kesuv o'tkaziladi. Rasm - 66.
Flegmonada qavatma-qavat teri, teri osti yog' qavati, bo'yinning teri osti mushagi, yuza va chuqur fassiyasi kesiladi va albatta barmoq bilan jag' osti bezi atrofi ayniqsa orqa yuqori tomonlariga o'tilib taftish qilinadi.
Pastki jag' osti flegmonasida infeksiya qanotsimon-jag', halqum atrofi, til osti, dahan osti uchburchagi va bo'yin sohalariga tarqalishi mumkin. SHu bilan birga jarayonga nerv-qon tomir qini ham qo'shilishi mumkin. Ayniqsa, infeksiyaning bo'yin, pastki chuqur qavatlariga tarqalishi bemor hayoti uchunjuda katta havf tug'diradi.
Dahan osti abses va flegmonasi.
Bu sohada abses va flegmona pastki kesuv va qoziq tishlardan rivojlanadi. Bundan tashqari jarayon jag' osti sohasi va til ildizidagi infeksiyaning tarqalishidan bo'lishi mumkin. Birlamchi bo'lib, limfa bezlari zararlanib, keyin dahan osti sohasiga o'tadi.Dahan sohasida yog' qavatida (teri osti qavatlari, o'ng va chap jag' osti sohalariga o'tadi) ikki gruppa limfa tugunlari (pastki jag' osti, pastki jag' qirrasi orqa tomonida 2-4 va til osti suyagi oldida 1-2 dona tugunlar)joylashgan.
Dahan osti sohasida abses yoki flegmona bo'lishi mumkin.
Abses va flegmonada bemor zararlangan sohadagi og'riqqa shikoyat qiladi. Absesda ozroq, flegmonada - kuchayib borayotgan og'riqqa shikoyat qiladi. Dahan osti sohasi absesida chegaralangan shish ustidagi teri infiltratsiyalangan, harakatchanligi aniqlanmaydi. 3-4 kun ichida qattiq infiltrat paydo bo'ladi. Ustidagi teri qizaradi paypaslaganda og'riq va flyuktuatsiya seziladi.
Flegmonada tarqalgan infiltrat bo'ladi, og'iz ochilishi chegaralangan va yallig'lanish atrof to'qimalarga tarqalganda, jag'ni ochish og'riqli, chaynaganda va yutganda ham og'riq seziladi. Infiltrat ustidagi, teri burmaga yig'ilmaydi. Qizaradi, paypaslaganda flyuktuatsiya seziladi.
132
Dahan osti sohasi asbsess va flegmonasida og'iz va til osti shilliq qavati o'zgarmaydi.
Dahan osti abses va flegmonasidajag' ostidan to til osti suyagigacha yoki dahan osti sohasiga parallel qilib; teri va teri osti yog' qatlami kesiladi, so'ng yara kengaytirilib jag'-til osti mushagigacha to'mtoq yo'l bilan o'tiladi. YOysimon kesuv kosm.etikjihatdan qulay.
Dahan osti flegmonasida infeksiyajag' osti, bo'yin old qismlariga/* tarqalishi bilan asoratlanishi mumkin.
Quloq oldi chaynov,chaynov mushagi osti sohalarning
flegmonasi. Klinikasi. Tashhislash. Jarrohlik davolash usuli.
Quloq oldi-chaynov sohasi abses va flegmonasi: Yallig'lanish jarayoni quloq oldi chaynov sohasiga infeksiya katta oziq tishlar, ba’zan kichik oziq tishlardan tushishi natijasida rivojlanadi.
Bu sohada chaynov mushagi joylashgan, uning yuza va chuqur qismlari bor. Uning fassiyasi futlyar hosil qiladi, yuqoridan chaynov mushagi bilan fassiyasi yonoq suyagi va yoyidan boshlanadi, pastdan pastki jag'ning chaynov do'mboqchasiga birikadi. Jag' shoxi sohasida quloq oldi chaynov fassiyasi suyak usti pardasi bilan mustahkam birikkan. Jag' shoxi tashqi va old sohasida periost chaynov mushagi tolalari bilan birikkan. Quloq oldi chaynov sohasida chaynov mushagi yuza va chuqur qavatlari orasida yog' qavati joylashgan. Bu kletchatka tomir va nerv bo'ylab tarqalgan, orqa va yuqori tomondan kletchatka jag' orqasi va qanotsimon jag' bo'shlig'i bilan, orqa yuqori qismidan venoz sistema bo'yicha chakka va chakka osti sohalariga kiradi. Old tomondan, jag' tashqi tomoni va retromolyar kletchatka bilan aloqada bo'ladi. Old tomondan lunj sohasi bilan bog'lanadi. Bu anatomik tuzilmalar yiring tarqalishiga qarab, kasallikning klinik belgilarini aniqlaydi. Quloq oldichaynov sohasida yallig'lanish joylashishiga qarab quyidagi turlari bor: chaynov mushagi pastki qismi absesi, chaynov mushak sohasi flegmonasi, quloq oldi chaynov sohasi flegmonasi.
Chaynov mushagi pastki qismi absesida bemor og'riqli shish paydo bo'lishi, og'iz ochish chegaralanishiga shikoyat qiladi. Paypaslaganda qattiq, og'riqli infiltrat seziladi, teri rangi ko'pincha o'zgarmagan, burmaga qiyin yig'iladi. Og'iz ochilishi chegaralangan I-II darajali yallig'lanishi kontrakturasi kuzatiladi. Og'iz dahlizi ichki-orqa tomonida shish kuzatiladi, paypaslansa og'riq seziladi. Yiring fassiya va mushak. ostida yotganligi sababli dastlabki kunlarda flyuktuatsiya sezilmaydi.
133
Rasm - 67
Chaynov sohasi flegmonasida bemor sababsiz paydo bo'ladigan, og'izni ochganda kuchayadigan og'riqqa shikoyat qiladi. SHu tomondagi shish hisobiga yuz qonfiguratsiyasi simmetriyasi o'zgaradi, qattiq og'riqli infiltrat, quloq oldi chaynov sohasi va lunj sohalarda shish paydo bo'ladi. Infiltrat chegarasi chaynov mushagi sohasiga to'g'ri keladi. Yallig'lanish shishi yonoq yoyi, lunj sohasi, ba’zan chakka sohasigacha va pastki qovoq hamdajag' osti uchburchaklarini qamrab oladi. (Rasm - 67). Ustidagi teri rangi me’yorida, burmaga yig'ilmaydi, og'iz ochishi III darajadagi yallig'lanish kontraktura hisobiga chegaralanadi. Lunj shilliq qavati shishgan, tish izlari ko'rinadi. Chaynov mushagi old sohasi paypaslanganda qattiq va kuchayuvchi og'riq seziladi. Quloq oldi-chaynov sohasidan yiringli yallig'lanishi yiringli jarayonning boshqa sohalarga tarqalib shu soha flegmonasini rivojlanishiga asos bo'ladi. Bu jarayonga pastki jag' shoxi yuqori qismi kIetchatkasi, chaynov musha^i, yuza va chuqur qavati orasidagi kIetchatka ham qo'shiladi. Quloq oldi chaynov sohasiga infeksiya qo'shni lunj, pastkijag' osti, qanotsimonjag', xalqum atrofii, chakka osti sohalaridan tarqalishi mumkin. Bu kasallikning klinik ko'rinishi og'ir kechadi, tarqalgan yaIlig'lanish chakka sohasi pastki qismidan to jag' osti uchbarchagi va quloq chig'anoqidan to burun-lab burmasigacha tarqaladi. Pastki jag' burchagi sohasida tekislanadi. Qattiq, og'riqli, infiltrat xosil bo'ladi. Ustidagi teri burmaga yig'ilmaydi, qizaradi. Og'iz ochish chegaralangan bo'ladi. Lunj shilliq qavati shishgan, qizargan, og'riqli.
Jarrohlik aralashuvijag' osti yokijag' orti sohasi bo'ylab o'tkaziladi. To'qimalar kesiUb, chaynov mushagi suyakdan ajratiladi. To'mtoq yo'l bilan pastki jag' shoxi tashqi yuzasi bo'ylab o'tiladi, kerak hollarda chaynov mushakIari tolalari orasiga kiriladi. Quloq oldi bezi oralariga ham o'tiladi. SHu sohada rivojlangan adenoflegmona, mushak ustida yuza joylashishi bilan farq qiladi. Bunday xolda chaynov mushagi yuzasi, yoki
134
so'lak bezi hamda teri orasiga o'tiladi. So'lak bezi zararlanishning oldini olib yuz nervi tolalariga parallel qilib, radial kesmalar qilinadi. Rasm 67.
Quloq oldi chaynov sohasi flegmonasi yallig'lanish jarayonini lunj, yonoq, chakka,jag' orti, qanotsimon-jag', chakka osti sohalariga tarqalishi mumkin. Uzoq davom etgan va davolanmagan jarayon pastki jag' shoxi ikkilamchi kortikal osteomiyelitiga olib keladi.
Yutqin yoni, qanotsimon-jag' vajag' orti sohalari abses va flegmonalari. Infeksiya tarqalish yo llari. KIinikasi.
Tashhislash. Jarrohlik davoIash usuli.
Yutqin yoni bo'shlig'i abses va flegmonalari. Yutqin yoni oralig'idagi yiringli jarayonlar o'tkir yoki surunkali tonzillit asorati sifatida kelib chiqishi mumkin. Bu oraliqqa odontogen infeksiya yuqori va jag'lar katta oziq tishlari tushishi mumkin. Ko'proq yutqin yoni bo'shlig'i, infeksiyaning pastki jag' osti uchburchagidan, til osti sohasidan, jag' orqa sohasidan hamda qanotsimon pastki jag' bo'shlig'idan o'tishi hisobiga rivojlanadi. (Rasm - 68).
Yutqin yoni oralig'ini bigiz til, bigiz yutqin, bigiz til-osti mushaklari va ulami o'rab turuvchi fassiya, old va orqa bo'limlarga bo'ladi. Yutqin yoni oralig'ining oldingi qismida biriktiruvchi to'qima va yog' kletchatkasi, uning yuqori bo'limida esa “qanotsimon” venoz chigali joylashadi. Bo'shliqning orqa bo'limida: ichki uyqu arteriya, ichki bo'yin vena ,IX, X,XI,XII bosh miya nervlari, limfa tugunlari joylashgan. Bundan tashqari ko'pgina bemorlarda bu yerda yuqori bo'yin simpatik nerv tuguni joylashadi. Yutqin oldi oralig'idajoylashgan kletchatka qanottanglay chuqurcha va chakka, jag' osti uchburchagi, til osti sohasi kletchatkalari bilan aloqada bo'ladi. Yutqin yoni oralig'ining abses va flegmonalari farqlanadi. Yutqin yoni oralig'idagi yallig'lanish jarayonlari yutinishda kuchayib boruvchi og'riq tufayli bemoming, ovqat va suyuqliklar iste’mol qilish imkoni bo'lmay qolishi bilan harakterlanadi.
Yutqin yoni absesida pastki jag' burchagi osti to'qimalarining shishishi, limfa tugunlarining kattalashishi kuzatiladi. Og'iz ochish chegaralangan va og'riqU. Jag'lar berkilib qolganligi sababli og'iz bo'shlig'ini ko'rish qiyinlashadi. Shpatel, stomatologik oyna, ba’zan peshona reflektori yordamida og'iz va tomoqni ko'rish imkoni bo'ladi, bunda yumshoq tanglayning: tanglay-til va tanglay-yutqin ravoqlarining qizarishi va shishi, yutqin yon devorining bo'kishi assimetriyasi aniqlanadi.
135
Yutqin yoni bo'shlig'ining flegmonasi yutinishda og'riq bo'lishi, ko'pincha nafas olishning qiyinlashishi, umumiy ahvol yomonlashishi, qaltirash paydo bo'lishi va zaharlanishning boshqa belgilari bilan farq qiladi. Pastki jag'ning burchagi osti paypaslab ko'rilsa, og'riqli chuqur infiltrat seziladi. Ayrim bemorlarda, chakka sohasida shish paydo bo'ladi. Og'iz ochilishi medial qanotsimon mushakning III darajali yallig'lanish kontrakturasi hisobiga chegaralangan. Og'iz bo'shlig'ini ko'rish qiyinlashgan. Yuqori va pastki jag' tishlari orasiga keng shpatel kiritiladi va uni aylantirib, yutqin quriladi. Qanotsimon - pastki jag' burmasining, yumshoq tanglayning shilliq pardasi qizargan va shishgan, tanglay tilchasi sog'lom tomonga keskin surilgan. Infiltrat yutqinning yon devoriga tarqaladi, buning hisobiga yutqin devori sezilarli bo’rtib turadi,til osti burmasi, til, yutqinning orqa devori shilliq qavatlari shishadi.
Yutqin yoni flegmonasiga tashhis ko'yayotganda, shuni ham hisobga olish kerakki, yiringli jarayon ko'pincha infeksiyaning jag' osti uchburchagidan tarqalishi natijasida rivojlanadi. Og'iz ochilishining chegaralanishi, yutinishda og'riqning kuchayishi paydo bo'lganda, og'iz bo'shlig'i va yutqinni sinchiklab tekshirish kerak.
Yutqin yoni bovshligxining absesi ogviz ichidan medial qanotsimon pastki jagv burmasining shilliq qavatidan va unga parallel qilib 1,5-2 sm. uzunlikda hamda 0,75 sm. chuqurlikda kesiladi. Keym ovtmas yovl bilan yiringli o'choqqa ovtib, ochiladi. Yutqin yoni flegmonasida yiring yaxshiroq ajralib chiqib turishi uchun eng ma’qul usul, og'izdan tashqari kesma o'tkazishdir. Teri va teri osti kletchatkasi kesiladi/ >o"ng jagv burchagi sohasi tagida yetgan to'qimalami surib, suyakning qirgvogvigacha boriladi, medial qanotsimon mushak bo'ylab yutqin oldi ofalig'iga, yutqinning ovrta siquychi mushaklarigacha boriladi, ekssudat oqib chiqib turishiga yovl yaratiladi.
136
Yutqin yoni oralig'i flegmonasini ochishda qanotsimon-pastkijag' oralig'i va til osti sohalariga o'tish kerak bo'ladi. Yutqin yoni oralig'idagi yallig'lanish jarayonlari yutqin bo'ylab oldingi ko'ks oralig'iga tarqalishi mumkin hamda yallig'lanish jarayoni bo'yinning oldingi va lateral sohalari, shuningdek qon tomir nerv qini orqali pastga tushshi va ko'krak qafasiga, tarqalishiga olib keladi. Qanotsimon venoz chigalining yutqin oldi oralig'ida yetishi yiringli jarayonning miya qobiqlari va bosh miyaga retrograd tarqalishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan, yutqin yoni oralig'i flegmonasi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik kerak.
Qanotsimon -jag' sohasi abses va flegmonasi. Bu sohada yallig'lanishning sababi pastki molyarlar va aql tishining qiyin chiqishi hisoblanadi. Ayrim xolda yallig'lanish jarayoni yuqori molyar tishlardan bo'ladi. Ba’zan yallig'lanish til osti, jag'-til chuqurchasi, jag' osti uchburchagi, og'iz tubi, quloq oldi-chaynov sohasidan tarqaladi.
Qanotsimon-jag' bo'shlig'i yog' qavatiga ega va yog' oraliqlari bilan bog'lanadi. Medial qanotsimon mushak orqali jag' orqasi va halqum yoni sohasi old qismi bilan, yuqoridan chakka, chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchasi bilan, pastdan-jag' osti uchburchagi bilan, yuqori old qismidan o'ngga lunj yog' tanasi kiradi. Bu sohada abses va flegmona uchraydi. (Rasm - 69).
Absesda yallig'lanish jarayoni sekin va oz-ozdan zo'raib boradi, bemorlar yutingandagi og'riq og'zining ochilishi chegaralanishining kuchayib borishiga shikoyat qiladi. Absesda yallig'lanish jarayoni faqat qanotsimon-jag' sohasi o'rta qismini egallaydi. Tashqi tomondan qaraganda yallig'lanish belgilari bilinmaydi, jag' osti limfa tugunlari kattalashgan og'riqli bo'ladi, III darajali yallig'lanish kontrakturasi hisobiga og'iz ochilishi birdan chegaralanadi. Og'iz ichidan qanotsimon jag' burmasi infiltratsiyalanadi. Shilliq qavati shishadi, qizaradi tanglay til chodiri shishgan bo'ladi.
137
Rasm - 69
Bu soha flegmonasi yallig'lanish belgilari tez rivojlanishi natijasida vujudga keladi. Ko'pincha 2-3 kun ichida yallig'lanish butun oraliqqa tarqaladi. Pastki jag" burchagi sohasida shish va og'riqli inflltrat paydo bo'ladi. Bu yerdagi limfa tugunlar birikadi, chakka sohasida shish paydo bo'ladi. Og'iz bo'shlig'ini ko'rish maqsadida asbob yordamida pastki jag'ni sekin ochgandan so'ng, qanotsimon jag' burmasi, tanglay til chodiri, halqumda shish, qizarish kuzatiladi. Ba’zan infiltratsiya halqum yoni va til osti distal sohasigacha tarqaladi.
Bu soha yallig'lanish jarayonini ochish uchun og'iz ichidan yoki tashqaridan jarrohlik aralashuvi o'tkaziladi. Absesda qanotsimon jagv burmasining tashqi qirrasidan burmaga parallel qilib shilliq qavatda 2 sm. uzunlikda kesuv o'tkaziladi va 0,5-0,75 sm. ichkariga kiriladi. Agar yaradan yiring chiqmasa (pastki jag' teshigiga anesteziya qilish qoidalariga rioya qilib) pean qisqichi kiritilib kengaytiriladi va yiring chiqariladi. Bu yo'l shu sohani keng ochmaslikka imkon beradi va absesda qo'llaniladi.
Flegmonada pastki jag' burchagini aylanib o'tuvchi kesuv tashqi tomondan o'tkaziladi. Suyakkacha borib, skalpel bilan medial qanotsimon mushakning pastki qismi ajratiladi va to'mtoq yovl bilan yuqoriga yiring ovchogviga o'tiladi.
Qanotsimon jagv sohasi yiringli jarayoni halqum oldi, pastki jagv osti, jag' orqasi, til osti, quloq oldi chaynov chakka, chakka osti chuqurchalariga tarqalishi bilan asoratlanishi mumkin. Ba’zan bu bo'shliq abses va flegmonasi pastki jag'ning ichki yuzasi (shoxi) nekrozi va shuning natijasida ikkilamchi kortikal osteomiyelitiga olib keladi.
Jag' orti sohasining abse$ va flegmonalari. Jag' orti sohasidagi yiringli yallig'lanish jarayonlari ko'proq infeksiyaning qanotsimon pastki
138
jag' va yutqin oldi oraliqlaridan, kamroq quloq oldi-chaynov sohasidan va pastki jag' osti uchburchaqlaridan tarqalishi hisobiga rivojlanadi.
Quloq oldi so'lak bezining distal pastki bo'lagi fassial kapsula bilan birgalikda jag' orqa sohasida joylashadi. Jag' orqa sohasi yutqin oldi va qanotsimon pastkijag' bo'shliqlari bilan aloqada bo'ladi.
Jag' orti sohasining absesi va flegmonasi farqlanadi. Jag' orti sohasi yallig'lanish jarayoniga o'z-o'zidan kuchayuvchi og'riq xos bo'ladi, boshni burganda og'riq kuchayishi, og'iz ochilishini chegaralanishining o'sib borishi bilan harakterlanadi. Tashqi tomondan qaralganda va paypaslab ko'rilganda pastki jag' shoxi orqasida qattiq og'riqli shish kuzatiladi, bu shish uning qonturlarini tekislaydi. Uning ustidagi teri qipqizil rangda, burmaga yigilmaydi,. Quloq solinchog'i ko'tarilgan, eshituv yo'lida yoqimsiz sezgi bo'lib, zararlangan tomonda eshitish pasayadi. Mushak yallig'lanish kontrakturasi III darajada bo'lib, og'iz ochilishining chegaralanishi kuzatiladi. Kasallik boshqa sohalardagi yallig'lanish belgilari bilan birgalikda tarqalgan flegmona shaklini oladi.
Ochish yo'Ii: jag' orti sohasi abses va flegmonalarida pastki jag' shoxining orqa qirg'og'idan uzoqlashib, to’sh o’mrov so'rg'ichsimon mushagining oldingi chetiga parallel ravishda 3-4 sm. uzunlikda kesma o'tkaziladi.
Teri kletchatkasi va fassiyalar kesilib, to'qimalar suriladi va to'mtoq yo'l bilanjag' orti chuqurchasi asosiga o'tiladi. Bu yerdajoylashgan quloq oldi so'lak bezining bo'lagi va yuz nervi tarmog'ini zararlamaslik uchun, ulamingjoylashishini hisobga olish kerak.
Jag' orti sohasidan yallig'lanish jarayonlari yaqin joylashgan sohalarga, hamda bo'yin pastki sohasilariga ham tarqalishi mumkinligini yodda tutish kerak.
Til-jag' tarnovi, til osti, retromolyar sohalarining absesi.
Klinika. Tashhislash. Jarrohlik davolash usuli.
Til osti sohasining abses va flegmonalari. Til osti sohasidagi odontogen yiringli yallig'lanish jarayonlari infeksiyaning pastki jag'dagi odontogen infeksiya o'choqlaridan tarqalishi natijasida rivojlanadi.
Til osti sohasining chegaralari:
• pastki: jag'-til osti mushagi yoki og'iz diafragmasi,
• yuqori:og'iz bo'shlig'i shilliq pardasi
• tashqi: pastkijag' tanasininig ichki yuzasi
• ichki: dahan-til va dahan-til osti mushaklari.
139
Til osti kletchatkasi pastki jag' uchburchagi kletchatkasi, hamda yutqun yoni va qanotsimon pastki jag' oraliqlari kletchatkasi, jag'-til mushaklarining orqa qirg'og'i orasida, jag' osti so'lak bezlarining va ulaming chiqaruv yo'llarining atrof qismlari bilan keng aloqada bo'ladi.
Til osti sohasini, til yon yuzalari va pastki jag' tanasi katta oziq tishlar qismi orasidagi distal bo'limi, jag'-til egati deb yuritiladi.
Til osti sohasining oldingi va orqa qismlari (til jag' tamovi) abseslari, hamda til osti sohasi flegmonasi farqlanadi. Ko'proq jag' - til egati sohasida yallig'lanish jarayoni kuzatiladi. U pastki jag' katta oziq tishlarining o'tkir periodontiti yoki surunkali periodontitining qaytalanishi natijasida, hamda perikoronitidan kelib chiqishi mumkin. Til osti sohasining abses va flegmonalari, odatda, o'tkir rivojlanadi.
Til osti sohasining absesi o'z-o'zidan paydo bo'luvchi og'riq, og'riqning yutinganda va tilni harakatlantirganda kuchayishi bilan namoyon bo'ladi. Ayrim bemorlarda, pastki jag' osti sohasi yoki dahan osti sohasida shish paydo bo'ladi. Og'iz ochilishi erkin. Til osti
sohasining oldingi bo'limida kurak tishlar, qoziq tishlar va kichik oziq tishlar sathida til osti bolishchalarining bo'rtganligi, qattiqligi va keskin og'riqliligi kuzatiladi. Ularni qoplab turgan shilliq parda shishgan va qizargan. Yallig'lanishli shish belgilari alveolyar o'siqni, til osti burmasi va tilning pastki yuzalarini qoplab turgan shilliq pardaga tarqaladi.
Til-jag' egati flegmonasi bo'lgan bemorlar og'iz ochilganda yutinganda va tilini harakatlantirganda kuchli og'riqqa shikoyat qiladilar. Bu qismda teri rangi o'zgarmagan. Pastki jag' osti limfa tugunlari kattalashgan va og'riqli. Yallig'lanish jarayonining medial qanotsimon mushakning pastki bo'limiga tarqalishi, pastki jag'ning kontrakturasi va og'iz ochiiishining sezilarli qiyinlashuviga olib keladi. Og'iz dahlizida o'zgarish kuzatilmaydi. Metall shpatelni tishlar orasida aylantirib, sekinlik bilan surgandan so'ng, til osti sohasini ko'rish mumkin, keyin, metall shpatel yoki stomatolog oynasi yordamida tilni qarama-qarshi tomonga surib, jag'-til egati ko'rilganda til osti burmasi shilliq pardasi keskin qizargan, shishgan va tekislangan bo'ladi.
Til osti sohasi flegmonasi ko'proq bir tomonlama, ayrim bemorlarda ikki tomonlama bo'ladi. Til osti sohasining bir tomonlama flegmonasida bemorlar o'z-o'zidan paydo bo'luvchi og'riqdan, yutingandagi og'riqdan, tilni harakatlantira olmasligidan, og'iz ochiiishining chegaralanganligidan shikoyat qiladilar. Tashqi tomondan tekshirilganda dahan osti va pastki jag' osti uchburchaklarining oldingi bo'limlarida yallig'lanish shishning ta’siri ostida og'iz diafragmasining pastga siljishi aniqlanadi.
140
Til osti sohasining ikki tomonlama flegmonasi, dahan va ikkala jag' osti uchburchaklarida shish bilan namoyon bo'ladi. SHish ustidagi teri har doimgidek rangda bo'lib, burmaga yig'iladi. Limfa tugunlari kattalashgan va og'riydi. Yiringli o'choqning chuqur joylashganligi sababli pastki jag' osti va dahan osti uchburchaqlarini paypaslaganda flyuktuatsiyani aniqlab bo'lmaydL
Yallig'lanish til osti sohasining oldingi bo'limidajoylashganda og'iz ochilishi biroz chegaralanishi mumkin. Tarqalgan flegmonada esa ichki qanotsimon mushak kontrakturasi yaqqol ifodalanadi.
Og'iz bo'shlig'ida shish hisobiga til osti burmasi ko'tarilgan, tilning bir tomoni kattalashib sog'lom tomonga suriladi. Til osti sohasi ikki tomonlama zararlanganda og'iz bo'shlig'ida til osti burmalari infiltratsiyalanganligi, tekislanganligi yoki ko'tarilganligi, ko'proq oldingi tishlaming kesuv yuzasi sathigacha kuzatiladi. Til osti burmalarining yuzasidagi shilliq pardalar fibrin qoplam bilan qoplangan. Til keskin kattalashgan, tanglay tomon ko'tarilgan. Ba’zan og'izga sig'maydi va bemorning og'zi yarim ochiq holatda bo'ladi. Yutinish, gapirish, tilning harakati keskin og'riqli, ba’zan mumkin ham emas.
Til osti sohasining oldingi bo'limi absesi xususiy og'iz bo'shlig'i tomonidan uzunligi 1,5-2 sm. keladigan kesuv yordami ochiladi. Kesuv til osti burmasi shilliq qavatidan o'tkazilib, tegishli tishlar sohasidagi bo'rtgan qismga to'g'ri kelishi kerak. Keyin to'mtoq yo'l bilan shishgan joyga borilib, u yerda to'plangan ekssudat chiqarib yuboriladi. Kesganda, bu yerda joylashgan jagv osti sovlak bezining chiqaruv yo'liga e’tibor. berish kerak. Til-jag" egati absesida kesuv to"qimalaming eng shishgan qismidan o"tkaziladi. Til nervini, til arteriyasini va venasini
jarohatlamaslik maqsadida o'tkir skalpel alveolyar o"siq tomon yo’naltiriladi. Agar shilliq parda kesilganda yiring ajralmasa, to'mtoq yo'l bilan chuqurjoylashgan to"qimalarga o"tilib, yiring evakuatsiya qilinadi.
Flegmonada xususiy og'iz bo"shlig"i tomonidan alveolyar o'siq shilliq pardasidan 4-5 sm. uzunlikda kesma o'tkaziladi va to'mtoq yo'l bilan to'qimalardan o'tilib, yiring to'plangan joyga boriladi. Ikki tomonlama flegmonada ikkita analogik kesma o'tkaziladi, ayrim hollarda pastki jag' osti uchburchagi sohasidagi teridan kesilib, jag'-til osti mushagigacha boriladi va uni qisman kesiladi. Yallig'lanish o'choqlarini ochishda og'izdan tashqari va og'iz ichkarisidan kirish usullarini birgalikda qo'llash yaxshi natija beradi.
Yallig'lanish belgilarini jag'-til egatida$ butun til osti sohasiga, pastki jag' osti uchburchagiga, hamda og'iz bo'shlig'i tubining barcha
141
to'qimalariga tarqalishi bemorning hayoti uchun havfli asoratlarga olib kelishi mumkin.
Til tanasi va ildizi absesi, og'iz tubi flegmonasi. Klinika.
Tashhislash. Jarrohlik davolash usuli.
Tilning absesi va flegmonasi. Tilning yiringli yallig'lanish jarayonlari odontogen stomatogen, tonzilogen tabiatga ega boTishi mumkin. Til ildizining mushaklararo oraliqlaridagi odontogen abses va flegmonalar yiringli jarayonning pastki jag' yon tishlari sohasidan o'tishidan kelib chiqadi. Til tanasi va ildizi abseslari, uning shilliq pardasi baliq suyakchalari, stomatologik asboblar, tishning o'tkir qirralari, tish protezlari bir yoki bir necha bor, tishlab olishllar natijasida jarohatlanishi hisobiga kelib chiqadi, hamda stomatitdan ham rivojlanishi mumkin. Ayrim holatlarda tildagi yalligTanish jarayoni o'tkir tonzillit zaminida hosil boTadi. Til osti sohasidan infeksiyaning tarqalishi, kamroq dahan osti sohasidan tarqalishi tilning yiringli kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Til mushakli organ hisoblanadi. Tilning ildizi va tanasi mushaklari bo'ylama, ko'ndalang va vertikal chatishib ketgan yunalishga ega.
Ular orasida qo'shuvchi to'qimadan iborat sezilarli qatlamlar yo'q. Til ildizida o'ng va chap, dahan-til osti va bigiz-til mushaklari orasida siyrak biriktiruvchi to'qimali kletchatka joylashgan. Til ildiz sohasida yoriqsimon boshqa oraliqlar boTib, ular simmetrik va tashqariroq joylashgan,va kletchatka bilan qoplangan. Ichkaridan ular dahan-til, tashqaridan til-til osti mushaklari bilan chegaralangan. Bu o'ng va chap mushaklararo yoriqlardagi biriktiruvchi to'qima orasidan til arteriyasi o'tadi, kichik limfa tugunlarijoylashgan.
Til bel qismi, tanasi, uning chuqur qismlari - til ildizi yoki asosi abseslari va til flegmonasi farqlanadi.
Til bel qismi va tanasining absesi uning o'ng va chap boTimida, til markazida, til bel qismi o'rta boTimidajoylashadi. Bemorlar tildagi, quloq sohasiga tarqaluvchi og'riqdan shikoyat qilishadi. Til harakatlari og'riqli va chegaralangan, gapirish qiyin!ashgan, yutinish og'riqli. Tashqi tomondan o'zgarishlar yo'q, dahan osti va pastki jag" osti uchburchaklarining oldingi qismi paypaslanganda kattalashgan limfa tugunlar topiladi. Og'iz ochilishi bemalol.Tilning yon boTimidagi infiltratsiya hisobiga, og'iz bo'shlig'ida til yarmi yo'g'onlashib qolgani, kattalashganligi, keskin og'riqliligi, yorqinroq qizil rang shilliq qavat bilan qoplanganligi ko’riladi. Ayrim bemorlarda yallig'lanish tilning pastki
142
yuzasiga va til osti burmalariga tarqaladi. Tilning tarqalgan infiltrati o'rtasida og'riqli qismini, kechki bosqichida esa yumshash o'chog'i va flyuktuatsiyani aniqlash mumkin. Ba’zan yiring o'z-o'zidan yorib chiqib ketishi yuz beradi. SHundan keyin yallig'lanish belgilari so’na boshlaydi. Ba’zi bemorlarda jarayon tilning boshqa bo'limlariga o'tib ketishi kuzatiladi.
Til ildizining absesi tilning juft mushaklari orasidagi, jag'-til osti mushagi ustidagi biriktiruvchi to'qimada rivojlanishi mumkin. Nisbatan kamroq, abses mushaklararo oraliqda, til arteriyasi atrofida rivojlanadi. Til asosi absesida bemorlar tildagi keskin og'riqdan va yutinib boTmaslikdan shikoyat qiladilar.
Til ildizi absesi bo'lgan bemorlarda, dahan osti sohasining o'rta bo'limida sezilarli bo'lmagan shish aniqlanadi. Bu sohadagi teri o'zgarmagan, burmaga yaxshi yig'iladi, o'rta chiziq sohasida og'riq aniqlanadi. Og'iz ochilishi erkin, ammo og'riqli. Til xajmi kattalashgan, harakatlari chegaralangan, shu sababli nutq tushunarsiz. Paypaslaganda qattiqlik, o'rtasida og'riq seziladi.
Til tanasining fIegmonasida yallig'lanish til ildizi mushaklari orasidagi kletchatkali qavatga tarqalishi bilan namoyon bo'ladi. Tilning fIegmonasida shikoyatlar keskinroq ifodalangan: bemorlarda tilda intensiv og'riq bo'lib, quloqqa tarqaladi, yutinish keskin og'riqli, nutq tushunarsiz, nafas olish qiyinlashgan bo'ladi. Yallig'lanish shishi dahan osti uchburchagidan pastki jag'osti uchburchagining oldingi bo'limlariga tarqaladi.
Regionar limfa tugunlari kattalashadi, og'riqli bir-biri bilan qo'shilib ketgan. Dahan osti sohasida, chuqurroq tarqalgan og'riqli infiltrat paypaslanadi. Og'iz ochilishi chegaralanib, chaynov mushaklarining yallig'lanish kontrakturasi kuzatiladi. Til o'lchamlari keskin kattalashgan, uning harakatlari chegaralangan va o'ta og'riqli. Juda kattalashgan til, og'iz bo'shlig'iga sig’maydi, tish qatoridan oldinga suriladi. Bemor og'zi yarim ochiq holatda bo'ladi. Til oqish karash bilan qoplanadi. Og'iz bo'shlig'idan yoqimsiz yiring hidi kelib turadi. Yopishqoq, ko'p miqdordagi so'lakni yutish keskin qiyinlashadi, ba’zan ilojisi ham bo'lmaydi. Ba’zi hollarda xiqildoq usti tog'ayi va cho'michsimon xiqildoq usti burmalarida shish paydo bo'lishi. nafas olishning qiyinlashuvi, ovozning yo'qolishiga olib keladi.
Tilning tanasi va bel qismi absesini davolashda tilning qirg'og'i yoki bel qismining bo’shashgan yon sohasidan ko'ndalang kesma o'tkaziladi. SHilliq parda kesilgach, to'mtoq yo'l bilan mushak tutamlari orasiga kirib, yiring chiqariladi.
143
Til ildizi absesi yoki flegmonasida, o'rta chiziq bo'ylab, dahan ostida 4 sm. uzunlikda kesma o'tkaziladi. Jarohat qirg’oqlari surilib, jag'- til osti mushagi choki bo'yicha kesiladi hamda o'tmas yo'l bilan o'tiladi. Agar bu sohadan yiring olinmasa yuqoriga, to'mtoq yo'l bilan dahan-til osti va dahan-til mushaklari yoki biroz lateralroq va orqaga dahan-til va til osti til mushaklari oralig'iga o’tilib yig'ilgan ekssudat topiladi.
Estetik jihatdan olganda pastki jag' suyagiga parallel ravishda, til osti suyagining oldingi tomonida yoysimon kesma o'tkazish afzal. Teri, teri osti kletchatkasi, ikki qorinchali mushaklar oldingi qorinchalari va jag'-til osti mushagi choki bo'ylab kesilgach, to'mtoq yo'l bilan til ildizi mushaklari oralig'iga o'tiladi.
Tilning tanasi va boshqa bo'limlaridagi yiringli yallig'lanish jarayonlari til osti sohasiga, og'iz bo'shlig'i tubi to'qimalariga, qanotsimon-pastki jag' va yutqin oldi oraliqlariga tarqaladi, pastga bo'yinga ham tushishi mumkin. Til ildizi, yutqin oldi oralig'i va og'iz bo'shlig'i tubining bir vaqtda zararlanishlar bemor hayoti uchun jiddiy xavf tug'diruvchi asorat bo'lgan nafas yo'llari stenozi va asfiksiyasiga olib kelishi mumkin.
Og'iz bo'shlig'i tubi flegmonasi
Og'iz bo'shlig'i tubi flegmonasi keng tarqalgan yiringli kasallik bo'lib, bir vaqtning o'zida til osti, pastkijag' osti, dahan osti sohalarining birgalikda zararlanishidir.
Og'iz bo'shlig'i tubining chegaralari: yuqoridan og'iz bo'shlig'ining shilliq pardasi; pastdan- o'ng va chap pastki jag' osti va dahan osti uchburchaklarining terisi; orqadan-til ildizi va bigizsimon o'siqqa birikuvchi mushaklar; old tashqi -pastki jag' asosi ichki yuzasi. Og'iz bo'shlig'i tubi: jag' til osti mushagi ustida va undan pastda joylashgan qavatga bo'lingan. (Rasm - 70).
Og'iz bo'shlig'i tubi flegmonasida bemorlar intensiv og'riqqa, yutinish mumkin emasligiga. og'iz ochilishining chegaralanganligiga, nafas olish va nutqning qiyinlashganligiga shikoyat qiladilar. YUzi shishgan. Pastki jag' osti va dahan osti uchburchaklarida keng tarqalgan qattiq inflltrat aniqlanadi. Qanotsimon pastki jag' oralig'i jarayonga qanchaHk jalb qilinganligiga qarab, og'iz ochilishi chegaralangan, lekin shu bilan bir vaqtda yarim ochiq holatda bo'ladi. Infiltratsiya hisobiga til kattalashgan, tanglay tomonga ko'tarilgan, usti quruq va iflos jigar rang karash bilan qoplangan. YUtinish og'riqli, bemorlar so'lagini yuta olmaydi. SHuning uchun so'lak yarim ochiq og'izdan oqib turadi.Til
144
harakatlari keskin og'riq chaqiradi. Til osti burmalari infiltratsiyalashgan va bo'rtib tishlar toj qismidan ham yuqori ko'tariladi, popuksimon burmalar shishgan va ko'pincha fibrinli karash bilan qoplangan, tish toj qismining izlari ko'rinadi.
Rasm - 70
Yiringli jarayonni ochish uchun kesmalar jag' osti va dahan osti uchburchaklarining terisidan o'tkaziladi. Tarqalgan flegmonada yelkasimon kesma qilib, jag'-til osti mushaklari tolalarini kesish ham foydalidir. Ba’zan tashqi kesmalar og'iz bo'shlig'idan til osti burmasi bo'ylab kesish bilan birgalikda o'tkaziladi.
Og'iz bo'shlig'i tubi flegmonasidajarayon qanotsimon pastkijag' va yutqin oldi oraliqlariga, bo'yin oldi hamda lateral sohalariga, qon tomir nerv qini orqali ko'ks oralig'iga tarqalishi mumkin.
SHuni ham bilish kerakki, og'iz bo'shlig'i tubi flegmonasining o ziga xos kechishida anaerob mikroblar, shujumladan Clostr.perfringens, Staf.hystolyticus, Act.aedematicus, Clostr.septicum spora hosil qilmaydigan anaeroblar qatnashadi. To'qimalarda jadal kechayotgan gangrenoz, yoki chirikli gangrenoz yallig'lanish tarzida nekroz bilan kechadigan jarayon Lyudvig anginasi deb ataladi. Lyudvig anginasida ogviz tubi hamda qanotsimon-pastki jagv va yutqin yoni oraliqlariga kiruvchi barcha to"qimalar zararianadi.
Bu jarayon keyinchalik boshqa chegaradosh sohalarga tarqalishga moyildir.
Og'iz tubi flegmonasi uchun xos bo'lgan shikoyatlardan tashqari, bovg’ilish, zaharlanish alomadari: isitma, uyqusizlik, besaranjomlik, ko"pincha alaxsirash kuzatiladi. Bemor nafas olish uchun biroz engashib o'tiradi (majburiy holat), yon tomonga qaray olmaydi. Bemoming yuzi kul rang yoki sargish rangda boTadi.
t45
Ikkala jag'osti, dahan osti sohalarida joylashgan qattiq va og'riqli infiltratning yuqoriga: quloq oldi va lunj sohalariga, pastga bo'yinga tarqalishi kuzatiladi.
Infiltrat ustidagi teri rangi, kasallikning dastlabki kunlarida o'zgarmaydi. Keyinchalik u qizaradi, ba’zan unda ko’kimtir-qizg’ish dogMar yoki pufaklar ko'rinishi mumkin. Paypaslab ko'rilganda infiltrat qattiq bo'lib, flyuktuatsiya aniqlanmaydi, ammo ko'pincha g’ijillash kuzatiladi. Bemorning og'zi yarim ochiq, undan quyuq cho'ziluvchan so'lak oqib turadi. Ayni vaqtning o'zida og'izning ochilishi chegaralangan va keskin og'riqli bo'ladi. Ovqat iste’mol qilish va so'zlash qiyinlashgan. Nutq esa tushunarsiz.
Til osti burmasining shilliq qavati keskin ko'tarilgan, bolishcha koTinishida, bukkan, va tishlar tojidan baland ko'tarilgan bo'ladi. SHilliq qavatning yuzasida fibrinli karash ko'rinadi. Til tanglay tomon ko'tarilgan, karashlangan, og'izdan qo’llansa hid keladi.
JaiTohlik aralashuvida jag'osti, dahanosti uchburchaklari, til osti sohasi, dahan osti-til mushaklari oralig'idagi kletchatka hamda yutqin oldi va qanotsimon- pastki jag' oraliqlari tashqi kesma bilan keng qilib ochiladi.
Pastkijag' qirg"og"idan pastroqda yelkasimon yoki yoysimon kesma o'tkazilib barcha zararlangan sohalarni, jag"-til osti mushaklarini kesib kcng koMamli ochish maqsadga miivofiqdir. To'qimalarni ochganda, anaerob infeksiyaga xos o'zgarishlar kuzatiladi: bu yerda joylashgan kletchatka kulrang-yashil, qaramtir-qo'ng’irdan qora rangacha bo"ladi, yiring boMmaydi, to'qimalardan loyqa qon aralash yokijigar. mg-kulrang, ko'pincha gaz pufakchalari bilan qoTlansa hidli suyuqlik ajralib chiqadi. Mushaklarning kletchatkasi chirigan, kul rang, badbo’y hidli massaga aylangan.
Kasallikning xavfsiz kechishi, tana haroratining pasayishi, umumiy holatning yaxshilanishi bilan namoyon bo'ladi. Ochilganjarohatdan yiring ajrala boshlaydi, o’lgan to"qimalar ajralib chiqadi va asta-sekin granulyatsiyalanuvchi to'qima paydo boMadi. Keyinchalik jarohatning tuzalishi asoratsiz kechadi.
Chirikli nekrotik flegmonalarda yallig'lanish jadallashishga moyildir. Ko'proq mediastinit rivojlanadi. ammo infeksiya >uqoriga qarab tarqalishi ham mumkin. Bunday yallig'lanish kasalliklari septik shok (karaxtlik), o'tkir nafas yetishmovchiligi va sepsis singari asoratlar benshi mumkin. Og'iz bo'shlig'i tubininig flegmonasini, ayniqsa chiriklinekrotik turi, o'z asoratlari bilan bemorlarning hayoti uchun jiddiy xavf tug'dirishi mumkin.
Ub
Ko'z osti, ko'z kosasi, yonoq va lunj sohalari abses va flegmonalari.
Ko'z osti sohasining abses va flegmonalari. Yallig'lanish yuqorigi qoziq va birinchi kichik oziq tishlardan, ko'proq-yuqorigi yon kurak yoki ikkinchi kichik oziq tishlardan infeksiya tarqalishi natijasida vujudga keladi. Ko'z osti sohasidagi jarayon lunj sohasidan infeksiya tarqalishi tufayli ikkilamchi ravishda rivojlanishi mumkin.
Ko'z osti sohasi absesi yoki qoziq tish chuqurchasi absesi va ko'z osti sohasi flegmonasi farqlanadi.
Qoziq tish chuqurchasi absesida bemorlar shu joydagi og'riqqa shikoyat qiladilar. Boshlanishida, qoziq tish chuqurchasi absesi, yuqori jag' oldingi yuzasi o'tkir yiringli periostitiga o’xshash bo'ladi. Ko'z osti va lunj sohalarida, yuqori labda shish paydo bo'ladi. Burun qanoti ozgina ko'tariladi, burun lab juyakchasi silliqlashadi. Shish yumshoq kuchsiz og'riqli, terining rangi o'zgarmaydi, burmaga yig'iladi.
Og'iz dahlizi yuqori gumbazi silliqlashadi, uning ustidagi shilliq qavat shishadi va qizaradi. Paypaslaganda chuqurlikda og'riqli soha aniqlanadi. Bimahual paypaslaganda, shu soha aniqroq bilinadi. Ko'z osti sohasi flegmonasida ko'z va chakkaga tarqaluvchi o'z-o'zidan sodir bo'ladigan kuchli og'riq bo'ladi. Ko'z osti, lunj sohalarida tarqalgan shish bo'ladi, u yonoq sohasi, yuqori lab, pastki qovoqqa,ayrim hollarda yuqori qovoqqa ham tarqaladi. Yuqori jag' tanasi oldingi yuzasidagi to'qimalar gazaklangan, paypaslaganda og'riqli. Gazakning ustida teri ravshan qizil, birikkan, burmaga qiyinchilik bilan yig'iladi. Og'iz dahlizi yuqori gumbazida yallig'lanish o'zgarishlari absesga nisbatan tar }aiganroq bo'ladi.
Ko'z osti sohasi abseslari og'iz dahlizi yuqori gumbazi, yuqori jag' tanasining oldingi yuzasi bo'ylab kesiladi. SHundan so'ng, to'mtoq yo'l bilan suyak bo'ylab qoziq tish chuqurchasiga kiriladi va yiring oqib chiqishiga yo'l ochiladi.
Ko'z osti sohalari flegmonasida ham jarrohlik aralashuvi absesdagidek ikkinchi kurak tishdan ikkinchi kichik oziq yoki birinchi katta oziq tishgacha kesiladi,to'mtoq yo'l bilan yuqori jag'ning oldingi' yuzasi bo'ylab, barmoq biian nazorat qilgan holda yuqori jag'ning pastki ko'z qirrasigacha boriladi. Ogiz bo'shlig'idan yiring oqib chlqishi yetarli bo'lmaganda yoki ekssudat teri qoplamlariga yaqin joylashganida kesma yuqori jag' tanasining ko'z osti qirrasiga paralell ravishda o'tkaziladi. Flegmonani burun lab ariqchasiga parallel qilingan kesma orqali ham ochish mumkin.
147
Ko'z osti sohasidan yiringli jarayon lunj va yonoq sohalariga tarqalishi mumkin, ayrim paytlarda ko'z soqqasini ham qamrab oladi. Infeksiyaning yuz venalari bo'ylab tarqalishi natijasida tromboflebit vujudga kelib, miya qattiq qobig'i sinuslariga ham o'tishi va bemor hayoti xavf ostida qolishi mumkin.
Ko'z kosasi absesi va flegmonasi. Yuqori jag' atrofidagi odontogen yiringli yallig'lanish jarayonlari (ko'z osti sohasi flegmonasi, yuqori jag' osteomiyeliti, o'tkir yiringh gaymorit, infraorbittal anasteziya asorati) ko'z kosasi yumshoq to'qimalariga tarqalishi mumkin.
Shuningdek ko'z kosasiga yallig'lanishjarayoni, ko'z osti sohasidan burchak venasi orqali (tromboflebit bo'lganda) va pastki jag'ga tegib turgan sohalardan, qanotsimon venoz chigali hamda ko'z venalari orqali tarqalishi mumkin.
Ko'z kosasi (orbita) chegarasi uning devorlariga to'g'ri keladi. YOg' kletchatkasi ko'z olmasi atrofida yetarlicha bir xil tarqalgan. Ko'z kosasi distal bo'limida pastki ko'z yorig'i orqali qanotsimon-tangIay chuqurchasi bilan aloqador bo'lgan yog' qavati joylashgan.
Ko'z kosasi absesida bemor ko'rish qobiliyatining o'zgarishi ko'z olmasida pulsatsiya harakteriga ega bo'lgan og'riqqa shikoyat qiladi. Ko'z kosasi absesida qovoqlar sohasida yallig'lanuvchi shish paydo bo'ladi. Qovoqlar terisi ba’zan o'zgarmaydi, ba’zan bu yerda ekssudat tiqilib qolishi (mikrotsirkulyatsiyadagi turg'unlik) hisobiga teri ko’kimtir rang oladi. Paypaslaganda, qovoqlar infiltratsiyalangan, yumshoq, og'riqsiz. Qon’yuktiva shilliq qavati shishgan, giperemiyalangan ko'pincha ko’kimtir rangda bo'ladi. Ko'z soqqasiga bosim og'riqli. Ekzoftalm kuzatiladi, ko'rish qobiliyati o'zgaradi, ko'z oldida har xil shakllar paydo bo'ladi, ko'zda diplopiya paydo bo'ladi.
Flegmonada bemor shikoyati: chakka, peshona, ko'z osti sohalariga intensiv, irradiatsiya beradigan, pulsatsiyali og'riq va qattiq bosh og'rig'iga shikoyat qiladi. Ko'z olmasi harakati (ko'pincha bir tomonga) chegaralanadi, qovoqlar infiltratsiyasi kuchayadi, qon’yuktivalar shishib, yarim yopilgan qovoqlar orasidan ko'rinib qoladi (xemoz) va ko'rish pasayishi bilan kechadigan diplopiya paydo bo'ladi. Ko'z tubi tekshirganda, to'rparda venularlari kengayganligi, har xil darajada ko'rishning pasayganligi aniqlanadi.
G'ovaksimon sinus trombozi rivojlanganda, qovoqlarda kollateral shish yanada kuchayadi va ikkinchi ko'z qovoqlarida ham shunday o'zgarishlar rivojlanadi, intoksikatsiya oshib borishi tufayli bemor umumiy ahvoli og'irlashadi.
148
Ko'z kosasi yallig'lanish jarayonlarida kechiktirib bo'lmaydigan jarrohlik aralashuvi o'tkaziladi. Yiring joylashishiga qarab, yuqori yoki pastki qovoq sohasida ko'z kosasiga kirish sathida kesma o'tkaziladi va to'mtoq yo'l bilan yog' tanasigacha boriladi. Yuqorijag' bo'shlig'i orqali ko'z kosasi pastki devorini trepanatsiya qilib o'tish ham mumkin. Bu yo'l yiringli sinuitda ko'z kosasining pastki, yon va orqa devorlariga o'tilishiga imkoniyat beradi. Ba’zi mualliflar jarayon panoftalmit bilan asoratlanganda ko'z soqqasini ekzenteratsiyasi (uni to'Uq olib tashlash)ni taklif qiladi. Bu esa yiring to'liq oqib chiqishi va yiringli meningitning oldini olish uchun imkoniyat beradi. Ba’zan, ikkala tashqaridan va yuqori jag' bo'shlig'idan kesim o'tkaziladi. Bu yiringga yaxshi yo'l ochib beradi.
Ko'z kosasi flegmonasi oqibati bemor hayoti uchun jiddiy havf tug'diradi.Chunki infeksiya miya qobig'i, miya g'ovak sinuslari, bosh miyaga tarqalishi mumkin. Ko'rish nervi atrofiyasi va ko’rlik ham ko'z kosasi flegmonasida ko'p uchraydigan asoratdir.
Yonoq sohasi abses va flegmonasi: Bu sohada yallig'lanish qo’shni ko'z-osti va lunj sohalaridan infeksiya tarqalishi natijasida vujudga keladi. Yonoq sohasi kletchatkasi chakka soha joylashgan yog' qavati bilan bog'liq bo'ladi. Bu sohada flegmona, absesga nisbatan ko'proq uchraydi.
Yonoq sohasi absesi bo'lgan kasallar, zararlangan sohada ozroq og'riq bo'lishiga shikoyat qiladilar. Yonoq sohasida chegaralangan infiltrat paydo bo'lib, tezda yumshab qoladi. Ustidagi teri qoplami yallig'langan to'qima bilan birikib ketadi qizaradi.
Yonoq sohasidagi flegmonada bemorlarning ko'z osti, chakka sohasiga irradiatsiya qilinadi. Yallig'lanish shishi asosan ko'z osti, chakka lunj va quloq oldi chaynov sohalariga tarqaladi. Paypaslaganda, yonoq suyagi joylashgan proyeksiyasi bo'yicha, har xil darajadagi qattiq infiltrat seziladi. Chaynov mushagi yuqori qismi yallig'lanish jarayoniga qo'shilganligidan og'iz ochilishi ancha chegaralanadi. Ko'pincha og'riq bemor og'iz ochganda kuchayadi. Og'iz dahlizi tomonidan qaralganda: dahliz yuqori gumbazini (chaynov tishlari sohasi) da shish va qizarishni ko'rish mumkin. Keyin, sckiniik bilan infiltrat bo’shashadi, ustidagi yumshoq to'qima yupqalashih qoladi yoki ko'z pastki yorig'i tashqi burchagigacha tarqalib, o'zi mustaqil yorilishi mumkin.
Yonoq sohasi abses va flegmonaiarida kesmani terida yuz nervi joylashishini e’tiborga olgan holda, flyuktuatsiya bor joydan o'tkaziladi. Yonoq sohasidan yallig'lanish jarayoni quloq oldi ^haynov sohasiga o'tishi mumkin, uzoq vaqt davom etsa, ikkilamchi kortikal osteomiyelit vujudgakelishi mumidn.
149
Lunj sohasi abses va flegmonasi Lunj sohasida abses va flegmonaning rivojlanishiga yuqori va pastki katta oziq, kam hollarda kichik oziq tishlardan infeksiya tarqalishi sabab boTadi. Ayrim hollarda, lunj sohasining abses va flegmonasi yuqori va pastki jag'laming o'tkir yiringli periostitida, yiring periostal to'siqni yorib o'tganda, ko'z osti, quloq oldi-chaynov sohalari va chakka osti chuqurchasidan infeksiya tarqalishi natijasida ham rivojlanadi. Lunj mushagiga tashqaridan teri osti kletchatkasi, ichkaridan shilliq osti qavati bilan qoplangan. Lunj orasida lunjning yog'li tanasi joylashgan, u fassiya bilan o'ralgan bo'lib, quloq oldi va chakka osti sohalari bilan tutashgandir.
Lunj sohasi absesida, bemorlar kuchsiz lokal, paypaslaganda kuchayuvchi og'riqqa shikoyat qiladi. Yiringli o'choq teri va lunj mushagi orasidagi kletchatkada hosil bo'ladi. Dumaloq shakldagi gazak, infeksiya manbai - tishning joylanishiga qarab, lunjning yuqori yoki pastki qismida joylashadi. Atrofdagi to'qimalarda biroz shish kuzatiladi.
Gazak tezlikda teriga o'tadi, shunda teri to'q-pushti yoki qizil rang oladi. Paypaslaganda flyuktuatsiya aniq seziladi. Teri osti absesi yuqori jag' atrofida joylashganida, uni o'rab turuvchi yumshoq to'qimalarda sezilarli shish bo'ladi, flyuktuatsiya hamma vaqt ham aniqlanmaydi, paypaslanganda kuchli og'riq bo'ladi. Ayrimlarda jarayonning kechishi sekin va sust bo'ladi. Yiring 1-2 hafta yoki undan ham ko'proq vaqtda hosil bo'lishi mumkin. Yiringli o'choq yorilganda ajralma kam, abses bo'shlig'i kuchsiz granulyatsiya bilan to'lgan. Yiring lunj mushagi va lunjning shilliq qavati orasidagi kletchatkada joylashganda, lunj sohasida shish yaqqol bo'ladi. Terining rangi o'zgargan, pushti ran'i, burmaga qiyinchilik bilan yig'iladi. Paypaslaganda, lunj sohasida, ko'pincha yuqori jag' alveolyar o'sig'i bilan birikib ketadigan og'riqli gazak seziladi. Lunjning shilliq qavati keskin qizargan, shishgan, unda tishlaming izi ko'rinadi. Kasallik boshlanganiga 2 kun bo'lgandan, so'ng gazakning markazida yumshash kuzatiladi va flyuktuatsiya paydo bo'ladi. Ba’zan bir-biri bilan tutashuvchi bir necha bo'shliqlar hosil bo'ladi.
Lunj sohasi flegmonasida bemor, og'iz ochganda va chaynaganda kuchayuvchi, keskin, o'z o'zidan kelib chiqadigan og'riqqa shikoyat qiladi. Lunj sohasida ko'p joyni egaUovchi, pastki va yuqori qovoqqa, yuqori labga, ayrim paydari pastki labga va pastki jag' osti sohalariga tarqaluvchi gazak vujudga keladi. Ko'z yorig'i shish tufayU siqiladi. Lunj sohasi terisi gazaklanib qizaradi va burmaga yigihnaydi. Lunjni og'iz dahlizi yuqori va pastki gumbazlari shiUiq qavatining shishishi va qizarishi kuzatiladi. Shilliq qavat bo’rtib chiqadi va shu tufayli yuqori va pastkijag' tishlarining izlari tushib qoladi.
150
Lunjda yuza joylashgan abses teri tomondan, flyuktuatsiya aniqlangan joydan kesiladi. Abses shilliq qavatga yaqin joylashganida, og'iz ichidan, yuqorigi va pastki gumbazlar sohasida kesma o'tkaziladi va to'mtoq yo'l bilan yiringli bo'shliqqa o'tiladi. Estetik nuqtai nazaridan, og'iz bo'shlig'iga yiring oqishini ta’minlash uchun, og'iz dahlizidan kesiladi. Bu kesmalardan yiring oqib chiqishi yetarli darajada bo'lmasa, yuz nervining va quloq oldi so'lak bezi chiqaruv yo'lining yo’nalishini hisobga olgan holda, tashqaridan kesma o'tkaziladi. Ayrim paytlarda, yiringli o'choqlar ikki tomonlama, og'iz ichidan va tashqarisidan kesib bo’shatiladi.
Lunj sohasidagi yiringli jarayon quloq oldi-chaynov, chakka osti, chakka va qanotsimon- jag' sohalariga tarqalishi mumkin.
Chakka, chakka osti va qanotsimon-tangIay chuqurchasi sohalarning abses va flegmonalarL Infeksiya tarqalish yo'llari.
KIinika. Tashxislash. Jarrohlik davolash usuIi.
Chakka sohasi abses va flegmonasi. Chakka sohasiga odontogen infeksiya lunj, quloq oldi-chaynov, qanotsimon- pastki jag' va halqum atrofi hamda chakka osti sohalaridan tarqalishi natijasida ikkilamchi ravishda vujudga keladi. Chakka sohasi chegaralari:
• tashqi - chakka fassiyasi
• ichki - chakka suyagi tanga qismi
• pastki - asosiy suyak katta qanoti chakka osti qirrasi
• yuqori va orqa - chakka suyagi tanga qismi cheti
• oldingi - yonoq va peshona suyagi
Chakka sohasining oldingi va pastki qismlari hamda chakka mUshagining ichki tomonida ko'p miqdorda yog' kletchatkasi bo'lib u chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchasidagi kletchatka bilan tutashib ketgan. Chakka sohasining old qismiga lunj yog' qavaii yondashgan. Chakka mushagi va yuza fassiya orasidagi oraliqda joylashgan kletchatka pastga tushib, yonoq suyagining oldingi yuzasiga o'tadi.
Chakka sohasida absesdan ko'ra, flegmona ko'proq uchraydi. Chakka sohasidagi yallig'lanish ikkilamchi bo'lganUgi sababli, bemorlar odatda: umumiy harakterdagi, ya’ni intoksikatsiya bilan bog'hq bo'lgan, ortib boruvchi og'riqqa shikoyat qiladilar. Yonoq yoyi ustida chakka chuqurchasini o'z ichiga olgan slush paydo bo'ladi, peshonaning tepa sohalarida kollateral salqish paydo bo'ladi. Ba’zan yonoq sohasi, yuqori va kam hollarda pastki qovoqlarda so'Iqish paydo bo'ladi. Og'iz ochish
!51
chegarahnishi ortib boradi. Paypaslaganda, chakka va chakka osti sohasidan yuqoriga tarqalayotgan qattiq, og'riqli infiltratni aniqlash mumkin. Infiltrat teriga o'tganligi uchun burmaga yig'ilmaydi, rangi esa har doim ham o'zgaravermaydi. Yuzadagi to'qimalarda yiring hosil bo'lsa flyuktuatsiyaga sabab bo'ladi, jarayon chakka mushagi osti yoki tolalari orasida bo'lsa - unda flyuktuatsiya kech paydo bo'ladi.
Chakka sohasi abses va flegmonasida, birinchi navbatda bosh va bo'yin oraliqlaridagi hamda asosiy yallig'lanish o'chog'idan yiringni erkin oqib chiqib turishini ta’minlovchi jarrohlik aralashuvlari amalga oshiriladi. Chakka sohasi flegmonasi asosan chakka yuza arteriyasiga parallel ravishda terida ovalsimon bir necha kesma o'tkaziladi. Ekssudat chuqur joylashganida, chakka liniyasi bo'yicha yoysimon kesma o'tkazilib, chakka mushagi ostiga to'mtoq yo'l bilan o'tiladi, yiring olinmasi yonoq yoyi ostida kesma o'tkazib ular tunel orqali k^ntr-apertura birlashtiriladi.
Chakka sohasi, absess va flegmonalarga chakka suyagi tana qismining ikkilamchi kortikal osteomiyeliti, hamda infeksiyani miya qobig'i va miyaga (meningit, meningoensefalit, miya absesi) o'tishi bilan, bemor hayotini havf ostiga qo'yuvchi asoratlami yuzaga keltirishi mumkin.
Chakka osti chuqurchasi absesi, chakka osti va qanotsimon- tangIay chuqurchalari flegmonasi
Chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari yallig'lanish jarayonlarining o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Yallig'lanish sababchisi bo'lib, ko'proq yuqorigi aql tish, kamroq birinchi va ikkinchi yuqori oziq tishlar hisoblanadi.
Infeksiya yuqori jag' do'mbog'i yonidagi to'qimalarga tarqalib chakka osti va qanot tanglay chuqurchalariga o'tishi mumkin. Shuningdek
152
chakka osti chuqurchasidagi yallig'lanish jarayoni tuberal anesteziya vaqtida, vena qanotsimon chigali shikastlanishi natijasida gematoma hosil bo'lib, uning yiringlashidan vujudga keladi. Undan tashqari, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchasi sohalaridagi yiringli kasalliklar, jarayonning qanotsimon-pastki jag' va yutqin yoni sohalaridan tarqalganda ham vujudga kelishi mumkin. Anatomo-topografik jihatdan, chakka osti va qanot tanglay chuqurchalari kletchatkalarining uzviy bog'liqligi ko'pincha rivojlangan yiringli jarayonlaming qayerda joylashganligini aniqlashda qiyinchilik tug'diradi.
Chakka osti chuqurchasi bosh suyagi asosida joylashadi, yuqoridan chakka sohasi bilan pastdan va tashqaridan yutqin yoni va qanotsimonpastki jag' sohalari bilan tutashadi. Chakka osti chuqurchasining ichki tarafida u bilan tutashuvchi qanot-tanglay chuqurchasi joylashadi. Qanottanglay chuqurchasi pastki ko'z yorig'i orqali ko'z kosasi bilan, aylana teshik orqali bosh qutisi bilan tutashadi. Bu yo'llar infeksiyaning vena tizimi bo'ylab tarqalishini taminlab beradi.
Chakka osti absesi va flegmonasi, chakka osti va qanot tanglay chuqurchalari flegmonasi farqlanadi.
Chakka osti sohasi absesida yiring ko'pincha yuqori jag' tanasining chakka yuzasi bilan lateral va medial qanotsimon mushaklar orasidagi kletchatkadajoylashadi. O'z -o'zidan kelib chiquvchi og'riq va og'iz ochilishining chegaralanishi kuzatiladi. Klinik jihatdan, yuz konfiguratsiyasi o'zgarmaydi. Ayrim paytlari lunj va yonoq sohalarida chakka sohasining pastki qismiga tarqaluvchi uncha katta boTmagan yallig'lanish shishlari kuzatiladi. Qanotsimon mushaklaming yaqinligi tufayli og'iz ochish chegaralanadi. Og'iz bo'shlig'ini ko’rganda (lunjni ozroq tashqariga tortib) katta oziq tishlar sohasidagi o'tuv burmaning yuqori gumbazida shish va qizarish, kuzatiladi. Paypaslaganda, yuqorigi gumbaz sohasida, ayrimlarda pastki jag' shoxi oldingi yuzasigacha tarqalgan og'riqli gazak aniqlanadi.
Chakka osti sohasi flegmonasida og'riq, chakka va ko'z sohalariga tarqalishi kuzatiladi. Yutinganda og'riq kuchayadi.
Tashqaridan qaraganda, chakka sohasining pastki va quloq oldi chaynov sohasining yuqori qismlarida yallig'lanish shishi qum soatga o’xshatib tavsiflanadi, ko'z osti va lunj sohalarida esa kollateral shish kuzatiladi. To'qimalar yumshoq, og'riqli, teri rangi o'zgarmagan burmaga qiyinlik bilan yig'iladi. Chaynov mushaklarining yallig'lanish kontrakturasi yaqqol bilinadi (SH daraja) Og'iz bo'shlig'ida absesdagidek o'zgarishlar aniqlanadi, ayrim paytlari og'iz dahlizi yuqori gumbazida shish qizarish va og'riq aniqlanadi xalos.
153
Chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchasida rivojlanuvchi flegmonalar kuchli bosh og'rig'i, ko'zga va chakkaga tarqaluvchi yuqori jag' sohasidagi og'riq bilan tavsiflanadi. Lunj, chakka sohasining pastki, quloq oldi chaynov sohasining yuqorisida qovoqqa tarqaluvchi shish paydo bo'ladi. Chakka osti va qanot tanglay chuqurchalari flegmonasida bemorlaming umumiy ahvoli o'rtacha og'irlikda yoki og'ir bo'ladi,titrash, et uvishishi kuzatiladi, tana harorati 40°S gacha ko'tariladi.
Shishgan to'qimalarni paypaslaganda, chakka sohasining pastida gazak va og'riq, ayrimlarida yallig'lanish jarayoni joylashgan tarafdagi ko'z soqqasiga bosilganda og'riq seziladi. Og'iz ochilishi chegaralangan. Og'iz dahlizi yuqori gumbazi shilliq qavati qizargan va shishgan, chuqur paypaslaganda, pastki jag' toj o'sig'igacha tarqaluvchi, og'riqli gazak seziladi. Ayrim bemorlarda, chakka osti va qanotsimon-tanglay chuqurchasi flegmonasining boshlangich belgilari sezilmasligi mumkin. Chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchalarining zararlanganligi bemor umumiy ahvolining yomonlashishi, chakka sohasining pastki qismidagi shish va og'riqning kuchayishiga qarab taxmin qilish mumkin.
Chakka osti sohasi absesini og'iz dahlizi yuqori gumbazida 2-3 sm. uzunlikdagi, yonoq alveolyar qirrasidan 0,5sm. orqada kesma o'tkazilib ochiladi.
Shilliq qavat kesilgandan so'ng, to'mtoq yo'l bilan tamovsimon zond yoki egik qon to’xtatuvchi qisqich yordamida ichkariga va yuqoriga o'tiladi va yiring chiqariladi.
Chakka osti sohasi flegmonasi ayrimlarda shu kesma orqali ochilib, to'qimalar to'mtoq yo'l bilan ponasimon suyakning qanotsimon o'sigi lateral plastinkasigacha ajratiladi. Boshqa holatlarda esa, chakka osti yoki chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchalari flegmonasida kesma chakka mushagi oldingi cheti sohasidagi teri qoplamida o'tkaziladi. Bunda teri, teri osti kletchatkasi, chakka fassiyasi kesiladi, chakka mushagi tolalari ajratilib, chakka suyagining tangasimon qismiga va chakka osti qirrasini aylanib, o'tib egik uskuna bilan chakka osti sohasiga kiriladi. Yonoq yoyi bo'yicha kesma o'tkazilganda, uning bir qismi rezeksiya qilinadi, pastkijag'ning tojsimon o'sigi kesiladi.
Shundan sovng, to'mtoq yovl bilan chakka osti sohasiga o'tiladi. Chakka osti va qanotsimon tanglay chuqurchalari flegmonasini pastkijag' osti sohasidan kesish yovli bilan ham ochish mumkin. Pastki jag' shoxi ichki yuzasi qanotsimon g'adir-budirligidan medial-qanotsimon mushakni ajratib, to'mtoq yo'l bilan yuqoriga va oldinga kiriladi, yuqori jag' do'mbog'i bilan, pastki-jag' shoxi orasidagi to'qimalar ajratilib yiring chiqariladi.
154
Ba’zan, operatsiya natijasi - chakka osti va qanotsimon tanglay sohalaridan yallig'langan ekssudati va nekrozlangan to'qimalami olish, flegmonaga yakuniy tashxis qo'yish uchun asos bo'ladi.
Chakka osti, qanot tanglay chuqurchalaridagi yiringli yallig'lanish jarayonlari chakka, quloq oldi-chaynov sohalariga, qanotsimon pastkijag', yutqin atrofi bo'shliqlariga tarqalishi mumkin.
Chakka osti va qanotsimon-tanglay flegmonalari infeksiyaning ko'z kosasi kletchatkasiga va yuz venalariga tarqalib, miya qattiq qobig'i sinuslari trombozi rivojlanishi bilan asoratlanishi mumkin.
Yuz-jag' va bo'yin sohalari Umfangiti, limfadeniti, adenoflegmonasi
Yuz va bo'yin Umfangiti, Umfadeniti.
Limfangit - bu limfa tomirlarining yallig'lanishidir. Limfadenit bu limfa tugunining yaHig'lanishi, adenoflegmona-limfa tuguni va uning atrofidagi kietchatkaning yiringli yallig'lanishi.
Anatomiyasi. Limfa tuguni tashqaridan biriktiruvchi to'qimali kapsula bilan qopfangan. Tugunning ichiga, uning parenximasiga kapsuladan ingichka biriktiruvchi to'qimaH tusinlar-trabekulalar ketgan. Tugunning darvoza tomonidagi kapsula ctequrchasi “gilus” deb ataladi. Limfatik tugunning pareo>jmasi rettikuIyar io?qimadan tashkil topgandir. Periferiyada joylashgan faujayra elemyoMiari qpbiq moddasi, va tugunning markazidajoyIashganlari miya moddiasi deb raomlanadi. Qobiq moddasida Hmfoid follikuMar joyEashgamL Miya moddasida esa limfotsitar shodasi to’plamidan tashkH ttopgamdir. ECapsunIia^ tatoekula va parenxima orasida ingichka yoriqlart^imesMr cbetda% kkiifo Mwdhi darvoza, intermedilyar oraUq) mavjudL OMb keMveM fimFa tonUaci dtoetki sinusga ochiladi, olib ketuvctelari esa darvoza $inrnsiribns dkiqjadii. Bosh va bo'yinning regionar Kmfatik tugunIari ©osida quykkipMr farqpaMdi: bosh gumbazi sohasi, yuz OumjT tarau-Mtov mD%ar^ pastiMjag")) feo'yEn, (dahan osti, pastki jag'- ©$ti))r bo"yinaffiramg ©Mramgi — ((yura va dtapr)) lateral — (yuza va chuqur) hmfatugpndarL
BoshnniBBg^ miya sunyagi pumsfea^m^ hmfa tugunlari ensa, so"Fg"khsnraffiOffl^, yunza va dfauwpr qpfaq ©Mi iimfa tugunlari guruhidan itarafldmr. Qunta5 ©Mi Eirannfia topramBadi M)fp zacari&madL
Q*mfloq ©Mi ffinnnfFa ttm^annOatm ((©rikfldk 3^5 tia)). Quloq suprasining oidida va qaribq ©Mi s©THk tezi kapsuuOasiinniiffl^ uusdksfia Cyuza), kapsulaning tagida, bez Bm"BakefiDaBami ©nasMa,, ttasifop eshfcnw yoTflunmng oldida (chuqur-bez ichi,
quloq tagi va oldi) sohalarida joylashadi. Ularga peshona terisi, quloq suprasi, tashqi eshituv yo'li, lunj va yuqori lablardan limfa oqadi.
Dahan limfa tugunlari dahan uchburchagi kletchatkasida joylashadi. Ularning soni odatda 1 dan 4 tagacha bo'ladi. Dahanning oldingi limfa tuguni dahan osti sohasining cho'qqisida, ko'proq pastki jagv qirrasining ortida joylashadi. Orqadagi tugun til osti suyagi tanasidan biroz oldinda, ayrim hollarda esa orqasidajoylashadi.
Dahan limfa tugunlari limfani pastki va yuqori labning terisidan, pastki kurak va qoziq tishlar periodontidan, pastki jag\ dahan sohasi suyak usti pardasidan va qisman og'iz bo'shlig'i tubi to'qimalaridan yig'adi.
Pastki jag'osti limfa tugunlari, pastki jag'osti uchburchagida joylashadi va o'ntagacha bo'lib, zanjir shaklida pastki jag' qirrasi bo'ylab joylashadi. Oldingi, o'rta va orqa tugunlar farqlanadi.
Birinchi tugun (ayrim hollarda tugunlar guruhi) pastki jag'osti uchburchagining oldingi qismida joylashadi. O'rtadagi-ikkinchi guruh tugunlar tashqi yuz arteriyasiga taqalib, uning medial tarafida, ayrim hollarda biroz yuqori, chaynov mushagining oldida joylashadi. Biroz orqaroqda, yuz arteriyasi va yuz venasi orasida, uchinchi guruh tugunlari (yoki 2-3 tugun) mavjud.
Pastki jag'osti so'lak bezining pastki-orqa qismida doimiy bo'lmagan to'rtinchi tugun bor. Pastki jag' osti sohasi limfatik tugunlari guruhiga-pastki jag'osti so'lak bezi kapsulasining ichida joylashgan tugunlar ham kiradi.
Jag' osti limfa tugunlariga, o'rab turuvchi to'qimalar, pastkijag'ning qoziq tishdan tortib, uchinchi molyargacha bo'lgan tishlar, shu tishlarga tegishli pastki jag' tanasi va qisman pastki labning yon bo'limi, shuningdek tashqi burunning teri va burun shilliq qavatining oldingi bo'limidan limfa tomirlari quyiladi. Bundan tashqari kichik va katta oziq tishlar, yuqori jag'ning alveolyar ovsigvi ham jag' osti sohasi limfa tomirlari va tugunlari bilan bog'liqdir.
Yuz limfa tugunlariga quyidagilar kiradi: shu sohadajoylashgan va ko'proq chaynov mushagi oldidagi lunj, yuqori birinchi va ikkinchi iiioiyarlardan, pastki molyarlar, pastki jag' asosining o'rtasida, qirrasida yoki undan balandroq joylashgan pastkijag" (1-3) tuguni. Katta va kichik ildizli tishlardan, yuqori jag' alveolyar o'sig'idan, pastki jag'ning birinchi va ikkinchi molyarlaridan keluvchi limfa quyiladi.
Halqum orti limfa tugunlari, esa jag' osti uchburchagi va halqumning atrofidagi to'qimalarda joylashadi. Ular burun bovshligvining orqa, qisman qattiq va yumshoq tanglaylardan limfani yig'adi.
156
Bo'yinning oldingi va lateral limfa tugunlari to'sh o’mrovbigizsimon sohaning medial uchburchagida, bo'yinning lateral uchburchagida joylashgan. Bo'yinning oldingi, yuza, chuqur limfa tugunlari ajratiladi. Chuqurlariga lateral va oldingi-yugan limfa tugunlari, yugan-ikki qorinli tugun, yugan kurak-til osti, o’mrov usti, halqum orqasi limfa tugunlari kiradi. Ular limfa tomir to'ri orqali yuqori jag', burun bo'shlig'ining shilliq qavati, og'iz tubi to'qimalari, til bilan bog'liqdir.
Tishlar, periodont, jag'lar limfa tomirlari va limfa tugunlarining to'ridan iborat murakkab o'zaro tutashgan ko'p miqdordagi limfa kapillyarlar tizimi mavjud. Tish kanalidagi limfa tomir - nerv tutamiga kiradi va ildiz cho'qqisidagi teshik orqali periodontga va undan so'ng magistral tomirlarga: pastki jag'da uning kanaliga, yuqori jag'da ko'z osti kanallarga chiqadi. Alveolyar o'siqdagi oziqlantiruvchi teshiklardan, dahan, ko'z osti va jag'laming boshqa teshiklari orqali chiqadigan limfa tofnirlari suyak usti pardasiga va jag' atrofidagi yumshoq to'qimalarga tarqaladi va undan keyin regionar limfa tugunlariga qo'yiladi. Pastki jag' tishlari pastki jag' osti, dahan, quloq oldi, halqum orqasi limfa tugunlari bilan, yuqori jag' tishlari esa -pastki jag' osti limfa tugunlari bilan bog'langandir. Alveolyar o'siqni vajag' tanalarini qoplab turuvchi suyak usti pardasi milk jag' atrofi yumshoq to'qimalari, limfa kapillyarlari va tomirlar to'ri, suyakning ichki yuzasi hamda yuz va bo'yinning qarama qarshi tomonidagi analogik limfa tizimi bilan anastomozlashgan. Tishlar, periodont, suyak usti pardasi, jag' atrofidagi yumshoq to'qimalar limfa tizimining uzviy bog'liqligi, limfa tomirlarida yallig'lanish jarayonining rivojlanishiga va infeksiyaning tarqalishiga imkon beradi.
Etiologiyasi: Limfangit va o'tkir limfadenitni patogen
stafilokokklar, kam hollarda streptokokklar va ular asotsiatsiyalari shu qo'zg'atuvchilar bilan birgalikda anaerob mikroblar ham chaqirishi mumkin.
Patogenezi. Yuz jag' sohasida limfangit va limfadenitlami odatda odontogen infeksiya chaqiradi: o'tkir periodontit yoki surunkali
periodontning o'tkirlashuvi, ildiz kistasining yiringlashi, pastki aql tishning qiyin chiqishi, alveolit. Bundan tashqari o'tkir limfadenit jag'laming o'tkir yiringli periostiti, jag'laming odontogen osteomiyeliti jag' atrofi abses va flegmonalari, odontogen gaymoritlaming asoratli kechishi omili bo'ladi.
Yuz-jag' sohasidagi limfadenitlar, og'iz bo'shlig'i shilliq qavati, tashqi, o'rta va ichki quloqlarning yallig'lanish kasalliklari va jarohatlanishi tufayli infeksiya limfa tugunlariga tushishi natijasida yuzaga
157
keladi. Kam hollarda esa, yuz-jag' sohasidagi limfa tugunlarining zararlanishi yuz va bosh terisi jarohatlari va kasalliklarida kuzatiladi.
Limfa tugunlari o'ziga xos biologik filtrlardir. Ular yallig'lanish jarayoni bilan zararlangan tishlardan, suyak usti pardasidan, suyakdan yumshoq to'qimalardan oqib kelayotgan mikroblar, toksinlar va boshqa antigen ta’sirlami tutib qoladilar.
Limfa tugunlari immun a’zolaming qismi hisoblanib, ularda doimiy ravishda mikroblar o'tirib qolaversa, ular neytrallash imkoniyatini yo'qotadilar va mikroorganizmlar ko'payishi uchun yaxshi sharoit tug'iladi. Yallig'lanish kasalliklarida limfa tugunlarida murakkab jarayonlar kechadi. Limfatik tugunlardagi infeksiyaning faollashishi va infeksiyaga qarshi hujayra va gumoral reaksiyalaming pasayishi, uzoq vaqt sovuq yoki issiq harorat ta’siri ostida bo'lish, stress holatlari, virus ta’siri va hakozolarga bog'liq. Limfa tugunlarining ko'proq yallig'lanishi bolalarda (shakllanmagan immunitet), birlamchi va ikkilamchi immun tanqisligi bo'lgan odamlarda va antigen ta’sirlar ostida limfa tugunlari faoliyati buzilishi natijasida yuzaga keladi.
Patologik anatomyasi. O'tkir limfangitda limfa tomirlar devorida gazak shakillanadi, ularning o'tkazuvchanligi oshib, atrofdagi kletchatkada ekssudat to'planadi. Tomirlardagi fibrin ivib, tromb hosil bo'ladi, buning natijasida staz rivojlanadi. Limfangitda limfa tugunlarida zardobli (seroz) yallig'lanish kuzatiladi. O'tkir limfadenitning boshlang'ich davrida limfa tomirlarning kengayishi tugunlarda shish va ' kichik o'choqli gazak kuzatiladi Asosan oraliqdagi, kamroq chetdagi sinuslar kengayadi. Ularda segment yadroli leykotsitlar, makrofaglar, . limfotsitlar, dastlab seroz, keyinroq yiringli ekssudat, detrit massalar aniqlanadi.
Limfatik follikulalari shish va giperplaziya tufayli kattalashadi. Yoriqlar markazida makrofaglar, limfoblastlar va retikulyar hujayralaming ko'pligi kuzatiladi. Bezlarda qon tomirlar kengaygan va qon bilan to'lgan (seroz yiringli limfadenit).
Keyinchalik leykotskar gazaklanishi kuchayib, limfoid-retikulyar to'qimada nekroz rivojlanib, ular bir-biri bilan qo'shilib yiringli bo'shiiqlar hosil qiladi (o'tkir yiringli limfadenit). Boshqa hollarda esa, yiringli jarayon kapsulaga va yonidagi to'qimalarga tarqaladi. Limfatik tugundan yiringli jarayon yonidagi kletchatkada tarqalib adenoflegmonani yuzaga keltiradi. Morfologik jihatdan limfa tugunlarining giperplastik, deskvamativ, giperplastik-deskvamativ va produktiv shakllari farqlanadi. Surunkali limfadenitda limfoid elementlar giperplaziyasi kuzatilib, shu tufayli tugun kattalashadi. Asta-sekinlik bilan
158
limfoid to'qimalar o'rnini biriktiruvchi to'qima egallaydi. Ularning orasida kichik abseslar hosil bo'lishi mumkin. Yiringning ko'payishi surunkali limfadenitning o'tkirlashishiga va adenoabses yoki adenoflegmona shakliga o'tishi mumkin.
Klinik ko'rinishi. Limfa tugunlari kasalliklarining klinik kechishi va patologoanatomik o'zgarishlar xususiyatlaridan kelib chiqqan holda: o'tkir va surunkali limfangit, o'tkir seroz va o'tkir yiringli limfadenit, adenoflegmona va surunkali limfadenitlar farqlanadi.
Limfangit o'tkir va surunkali kechishi mumkin. Limfangenitda yuza (turli yoki retikulyar limfangit) va o'zakli (trunkulyar yoki o'zakli limfangit) limfa tomirlari zararlanadi.
O'tkir retikulyar limfangit yuza joylashgan limfa tomirlarining yallig'lanishi bo'lib, yuzda cho'ziq tasma shaklida ko'rinadi. Ayrim paytlarda retikulyar limfangit yara, chipqon yoki xo'ppoz va boshqa yallig'lanish jarayonlari atrofida vujudga keladi. O'tkir limfangitda regionar limfa tugunlariga yo'nalgan tasma shaklida yuza gazak paydo bo'ladi. Limfa tugunlar kattalashadi ustidagi teri qizaradi, paypaslaganda kuchsiz og'riqli, yumshoq bo'ladi.Kasallik kechishiga qarab, zaharlanishning har xil belgilari paydo bo'ladi: tana harorati ko'tariladi, et uvishadi, bosh og'rig'i, ishtaha va uyquning buzilishi va xokazolar kuzatiladi.
O'tkir trunkulyar, o'zakli limfangit ko'proq jag' osti uchburchagi, bo'yin terisida bir yoki ikki qizil tasma ko'rinishda, infeksiya o'chog'idan tegishli regionar limfa tugunlar tomon yo'nalgan bo'ladi.
Paypaslaganda tomir bo'ylab atrof teri osti kletchatkasi va terida tasma ko'rinishdagi og'riqli gazak aniqlanadi. Limfa tuguni kattalashgan, og'riqli, ko'pincha perilimfadenit belgilari kuzatiladi. O'tkir limfangit, surunkali limfangitga o'tishi mumkin. U ko'pincha katta yoshdagi holsizlangan bemorlarda va to'liq davolanmagan bemorlarda vujudga keladi. Klinik jihatdan kasallik, qattiq. og'riqsiz, yuza gazakka o'xshash bo'ladi. Gazak teri bilan birikkan, rangi o'zgarmasligi mumkin yoki qo'ng’ir-ko'k tusda bo'ladi. CHuqur paypaslaganda, gazak tasmalari (tortishmalari) aniqlanadi.
Limfangitni, saramas. yuz venalari flebiti va tromboflebiti bilan differensiatsiya qilish kerak. Saramasda yuz terisining ko'p joylarida qizarish va gazak aniqlanadi. Flebit \a tromboflebitda esa vena bo'ylab. tortmalar bo'ladi. ustidagi teri rangi uzoq vaqt o'zgarmaydi. Bundan tashqari, ushbu kasalliklarda zaharlanishning umumiy belgilari yaqqolifodalangan bo'ladi.
Limfadenit o'tkir va surunkaIi kechishi mumkin.
O'tkir zardobli limfadenit limfatik tugun yoki bir necha tugunlarda og'riq va shish paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Bemoming umumiy ahvoli qoniqarli, ayrimlarda esa tana harorati subfebril, umumiy holati biroz yomonlashadi. Paypaslaganda, dumaloq yoki oval shaklidagi og'riqli, kattalashgan limfa tuguni aniqlanadi, ustidagi teri bilan birikmagan, terining rangi o'zgarmagan.
Sababchi infeksiya o'chog'i bo'lgan patologik jarayonlar bartaraf qilingandan so'ng limfa tugunlarining hajmi kichrayadi, yumshaydi, og'riq yo'qoladi. Qon va siydikda o'zgarishlar kuzatilmaydi, ayrim bemorlarda qonda leykotsitlarning soni ko'payishi mumkin (9-10 109/1).
O'tkir yiringli limfadenit zardorbli (serozli) jarayonning yiringliga o'tishi yoki surunkali limfadenitning o'tkirlashuvi natijasida rivojlanadi. Zararlangan limfa tugunlarda og'riq, (ba’zan kuchli) paydo bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, tana harorati 37,5-38°Sgacha ko'tariladi. Tekshirilganda zararlangan limfa tugun tarafida shish aniqlanadi. Paypaslaganda chegarasi aniq, dumaloq shaklda og'riqli gazak aniqlanadi. Uning ustidagi teri limfa tugun bilan birikadi, qizargan, shishgan bo'ladi. Yallig'lanish jarayoni halqum orti va quloq oldi sohalaridajoylashganda, yutinish og'riqli, og'izni ochish qiyinlashadi.
Ba’zan, abseslanish asta-sekin, ayrim hollarda 1-2 hafta davomida, yaqqol bo'lmagan umumiy va mahalliy o'zgarishlarsiz kechadi. YAllig'lanish jarayonlari limfa tugun atrofidagi to'qimalarga o'tib, periadenitga olib keIadi. Bunda gazakning hajmi kattalashadi, ustidagi teri, to'q qizil rangga kiradi, markazida yumshash o'chog'i aniqlanadi.
O'tkir yiringli periadenit bilan kechayotgan limfadenitni limfa tugunlarining spetsifik kasalliklari, avvalambor-akitinomikoz bilan farqlanadi. Limfa tugunlarining aktinomikoz kasalligi sekin va sust kechadi. Tashhis qo'yish uchun yiringini zamburuqlarga tekshirish yaxshi natija beradi.
Adenoflegmona. Ayrim paytlarda, limfa tuguni kapsulasi yorib yiring uni o'rab turgan kletchatkaga o'tadi. Limfa tugun va uni o'rab turgan kletchatkaning tarqalgan yiringli yallig'lanishi-adenoflegmona vujudga keladi.
Bemorlar o'z-o'zidan paydo bo'luvchi, ayrim paytlari esa zararlangan joydagi kuchli og'riqqa va umumiy ahvolining yomonlashganligiga shikoyat qiladilar. Kasallik tarixidan no'xotdek, astasekin kattalashadigan “no'xat” serozli, yiringli yoki surunkali limfadenitga xos belgilar bo'lganligi aniqlanadi. Adenoflegmonada yallig'lanish jarayonining keskin kuchayishi kuzatiladi, umumiy ahvol yomonlashadi,
160
tana harorati 38-38,5°Sgacha va undan baland ko'tariladi, et uvishadi, titrash va zaharlanishning boshqa belgilari paydo bo'ladi. Ba’zi bemorlarda esa adenoflegmona sekin rivojlanadi, tana harorati 37,5-38°S dan ko'tarilmaydi. Adenoflegmonada qonda o'zgarisMar kuzatiladi: leykotsitlar miqdori 12-15 109fl gacha yetadi, neytrofil leykotsitlar ham oshadi, ECHT (eritrotsit chukish tezligi) soatiga 35-40 mm gacha ko'tariladi,
Adenoflegmonani aktinomikoz va sil kasalliklari bilan qiyosiy tashhislash mumkin. Silda va aktinomikozda kasallik sekin rivojlanadi, umumiy va mahalliy belgilari yaqqol ko'rinmaydi. Yiringli jarayonni kesganda: aktinomikozda uvoqli konsistensiyaga ega ajralma kuzatilsa, silda esa u og'izsimon (tvorogsimon) parchalanishiga o'xshash bo'ladi.
Surunkali limfadenit. Surunkali limfadenit odatda limfa tugunidagi o'tkir limfadenitning natijasidir. Surunkali limfadenitning o'tkir yallig'lanish davri yaqqol namoyon bo'lmagan turi ham uchrab turadi. Ko'p mualliflar bu holatni mikrofloraning xususiyatlari, uning kuchsiz virulentligi bilan bog'laydilar. Klinik jihatdan surunkali giperplastik va surunkali o'tkirlashgan (yiringli)limfadenit farqlanadi. Kasallik sekinlik bilan, ayrim paytlarda, 1-2 oy va undan ko'proq vaqt mobaynida rivojlanadi. Dastlab, og'riqli dumaloq “no'xatdek” shish paydo bo'ladi, asta-sekin kattalashadi va qattiqlashadi. Paypaslaganda, dumaloq yoki oval shaklli, aniq chegarali, atrofidagi to'qimalar bilan birikmagan, harakatchan limfa tuguni aniqlanadi. Bemorlar “tuguncha” borligiga, ayrim paytlarda esa xolsizlik, lohaslikka shikoyat qilishadi.Surunkali giperplastik limfadenitda bemoming umumiy ahvoli qoniqarli bo'ladi. Ayrim bemorlardagina tana haroratining kechqurunlari 37-37,5°S gacha ko'tarilishi va bemor umumiy ahvolining yomonlashganini qayd etadi.
Ayrim hollarda, limfa tugunidagi surunkali yallig'lanish natijasida granulyatsion to'qima o'sib, limfoid to'qimaning o'mini to'liq egallaydi va tugunning tashqarisiga teriga o'sib kiradi va uni yupqalashtiradi. YUpqalashgan joyda teri teshiladi va granulyatsiya bo'rtib turgan oqma yo'li hosil bo'ladi. Surunkali giperplastik limfadenit o'tkirlashishi mumkin va o'tkir yiringli limfadenitning klinikasi namoyon bo'ladi.
Kasallik uzoq kechgan paytlarida, leykotsitiaming kamayishi (4- 5109fl, limfotsit va monotsitlarning salgina ko'payishi, ECHT soatiga 25- 30 mm gacha oshishi kuzatiladi.
Surunkali giperplastik limfadenitni yuz va bo'yinning tug'ma kistasi, oqmalari va bir qator o'smalar bilan solishtirish lozim.Yuz va bo'yinning kistalari birinchi va ikkinchi jabra yoriqlari va yoylari, kalqonsimon-til yo'li sohalarida joylashadi. Ular sekin, bir necha yillar davomida
161
kattalashadi. Paypaslaganda hosila og'riqsiz va elastik konsistensiyalidir. Tashhis qo'yishda punksiya va sitologik tekshirish katta ahamiyat kasb etadi.
Surunkali limfadenit bilan, surunkali granulyatsiyalanuvchi periodontitning qiyosiy tashhisi ancha murakkabdir. Ikkala kasallikda ham yuz terisida oqma yo'l hosil bo'lishi mumkin. Limfadenitda u yarim parchalangan limfa tugunlariga olib borsa, periodontitda esa periapikal o'choq joylashgan suyakka olib boradi. Solishtirma tashhis uchun tishlar rentgenografiyasi va morfologik tekshirishlar yordam beradi.
Giperplastik limfadenit, bir qator o'smalar, gemoblastozlar metastatik zararlanishlar solishtirma tashhisi, punktatni sitologik tekshirish, biopsiya materiallarini patomorfologik tekshirishga asoslangandir.
Davosi. O'tkir limfadenitda mikroorganizmlaming limfa tugunlariga tushishining oldini olish maqsadida odontogen infeksiya o'choqlarini bartaraf qilish kerak (tishni olish, yoki periodontni davolash, alveolitda olingan tish kattagiga ishlov berish). Faqat seroz limfadenitdagina davolash konservativ bo'lishi mumkin. Fizioterapevtik muolajalar belgilanadi. Dubrovin bo'yicha bog'lam, yodid kaliy bilan isituvchi bog'lamlar yaxshi samara beradi. Mahalliy og'riqsizlantirish yordamida tugunni punksiya qilish, o'rab turgan to'qimalami ayrim paytlarda antibiotiklar, fermentlar qo'shib trimekain yoki lidoxain bilan blokada qilish ham yaxshi natija beradi.
O'tkir yiringli, yoki surunkali limfadenitning o'tkirlashishida jarrohlik usuli bilan davolanadi. Yiringli o'choq kesilib, yara^ birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi - yiringli chirigan to'qimalar qirib olib tashlanadi, yallig'lanish o'chog'iga medikamyontoz ishlov beriladi. YAraga chiqarg'ich (drenaj) qo'yib bog'lanadi, u furan tipidagi preparatlar, fermentlar, stafilokokka qarshi plazma va hakozolar bilan mahalliy davolanib, dori moddalari bilan bog'lamlar qo'yiladi.Kompleks davolashning sxemasi o'tkir va surunkali limfadenitlar o'tkirlashuvidagi organizmning reaktivligi va mahalliy belgilariga bog'liqdir.Umumiy quvvatni oshiruvchi, stimullovchi sensibillizatsiyani tushuruvchi davolar va immunoterapiya belgilanadi. Kuchsizlangan va katta yoshdagi bemorlarga antibiotik va sulfanilamid dorilar davolash kursi o'tkaziladi. Adenoflegmonani davolash, flegmonani davolash qoidasi bo'yicha olib boriladi.
Surunkali limfadenitni davolash odontogen infeksiya o'chog'ini yo'qotishdan boshlanadi. Kattalashgan limfa tugunining so'rilishini tezlashtirish maqsadida, trimekain yoki lidokainni fermentlar bilan
162
qo'shib blokada qilish, malhamli bog'lamlar bilan abnashitirib turish yaxshi natija beradi. Fizioterapevtik muolajalar (kaliy yodid, fermentlar va dimeksid bilan elektroforez qilish) punksiya qilib, tashhis sitologik jihatdan tasdiqlangandan keyin belgilanadi. Surunkali limfadenit uzoq vaqt kechib, o'choqdagi granulyatsion to'qima sezilarli o'sib, terida oqma yo'llari hosil qilganida, limfa tugunini oqma yo'li bilan birga kesib olib tashlanadi (nekrotomiya) va to'qimalar qavatma-qavat tikiladi.
Limfa tugunlar yallig'lanishini asoratsiz davolash mumkin. Faqat bo'yin sohasidagi adenoflegmonalardagina infeksiya qon-tomir-nerv tutami atrofidagi kletchatka orqali yallig'lanish jarayonining ko'ks oralig'iga tarqalishi havflidir. Buning oldini olish - og'iz bo'shlig'i va quloq-tomoq, burun a’zolarining sanatsiyasidan, shuningdek organizmning rezistenligini (infeksiyaga qarshilik ko'rsatish kuchini) oshirishdan iboratdir.
Yuz-jag' va bo'yin yallig'lanish kasalliklari asoratlari: sepsis, septik shok, mediastenit, yuz venalari tromboflebiti va g'ovaksimon bo'shliq trombozi
Yuz-jag' va bo'yinda o'tkir kechayotgan (abses, flegmona, osteomiyelit, chipqon, xo'ppoz) yiringli yallig'lanish kasalliklari yon atrofdagi to'qimalarga tarqalishi, organizm zaharlanishi natijasida hayot uchun zarur bo'lgan a’zo va tizimlami ishdan chiqarishi mumkin.
Mediastenit
Mediastenit - ko'ks oralig'i kletchatkasining yallig'lanishL Og'iz tubi, jag' osti, dahan osti, halqum yoni va boshqa sohalaridagi yallig'lanish jarayonlarini davolashga qaramay, progressiv kechib, bo'yin sohalariga tarqalishi natijasida,
qon-tomir-nerv tutami, kekirdak va qizil o'ngach atrofi kletchatkasi bo'ylab ko'krak qafasiga tarqalishidir. Ko'ks yallig'lanish jarayonlarini joylashishiga nisbatan oldingi, orqa va diffuz mediastenitga ajratiladi.
Oldi mediastenit#aHig'lanishjarayoni ikki yo'l bilan yuzaga kelishi mumkin: halqum atrofidagi yiringlijarayon mushaklar orahg'i va mushakfassial oraliqlardan qon-tomir-nerv tutami atrofi bo'ylab oldingi ko'ksga o'tadi, yoki og'iz tubi, til flegmonalarida bo'yindan endotservikal fassiya oraliqlaridan kekirdak va traxeya atrofidan old ko'ksga o'tadi. Orqa mediastenit yiringli-nekrotik jarayon umurtqa ustunining bo'yin sohasidagi fassiya atrofidan orqa ko'ksga tarqalsa rivojlanadi.
163
Total yiringli mediastenit yoki chirindi nekrotik mediastenit bo'yin va halqum atrofidagi tarqalgan yalligTanish jarayonlar hamma fassial oraliqlardan ko'ks oldi va orqa tomonlariga tushganda rivojlanadi.
A.A.Vishnevskiy va A.A.Adamyan (1977) patolog-anatomik o'zgarishlardan kelib chiqib, o'tkir zardobli, o'tkir yiringli va surunkali mediastenitni ajratishni taklif qilganlar.
Mediastenitning klinik kechishi.
Bemor ahvoli og'ir, tana harorati 39-40°S yoki undan ham baland. Dastlab bemor yo'tal va hansirashga shikoyat qiladi. Keyinchalik, ko'ks orqasida og'riq paydo boTganiga, engashganda va yon tomoniga qayilganda, og'riq kuchayishiga, yutinganda ko'krakda og'riq paydo boTishiga ham shikoyat qiladi. Bemorda gemodinamik buzilishilar kuchayadi va nafas olish qiyinlashadi. Bemor o'ziga qulay majburiy holatni olishga harakat qiladi, ayrim bemorlar bukchayib o'tiradilar, boshni tushirib, oyoqlarini yig'ib oladilar, ayrimlari yarim yotgan holda oyoqlarini yig'ib, g'ujanak boTib oladilar. Taxikardiya, qon bosimi o'zgaruvchan boTadi. Yuza nafas olish va kuchayib borayotgan hansirash kuzatiladi. Keyinchalik, badan terisi ushlanganda muzdek, rangi ketib, sarg'ayish alomatlari kuzatiladi, muzdek ter chiqadi, in’eksiya qilingan sohalarda tarqalgan qontalash hosil boTadi. Bemorda alahsirash kuzatiladi, koma holatiga tushishi mumkin. O'pkada, auskultativ: o'choqli yoki
tarqalgan yalligTanish, abseslanish yoki gangrenagacha yetish alomatlarini kuzatish mumkin.
Mediastenitga xos belgilardan biri bu Gerke belgisi - bemorning boshini orqaga- pastga qilinganda, to'sh orti sohasidagi og'riqning kuchayishi; A.YA.Ivanov belgisi-bo'yin qon tomir-nerv tutamini yuqoriga surganda ko'ks orqasidagi og'riq kuchayadi; og'riqlar bemor chuqur nafas olganida va ovqat luqmasini yutishga uringanida ham kuchayishi mumkin; Ravich- SHcherbo belgisi - chuqur nafas olganda buyinturuq chuqurchaning ichga tortilishi; mediastenitli bemorga xos doimiy yuza yoTalish ham uning umumiy ahvolini ogTrlashtiradi.
Tashhis qo'yish uchun, yuqorida keltirilgan klinik belgilami aniqlash va rentgenologik tekshiruvlar uch proyeksiyada (oldi, yon va qiya) va kompyuter tomografiyasi oTkaziladi, tekshiruvlarda: ko'ks oraligTning ovrta qismi kengayganligi, 5-8 kunlarga kelib plevral bo'shliqda-ajralma aniqlanadi.
Davolash: mediastenit aniqlanishi bilan shoshilinch operatsiya qilinadi. Qisqa tayyorgarlikdan sovng, umumiy og'rigsizlantirish ostida kovks oraliqlarini yuqori va ovrta ochish uchun bo'yin orqali Razumovskiy usulida mediastinotomiya o'tkaziladi. Agardajarayon, ko'ks orqa qismida
164
bo'lsa, mediastinotomiya Nasilov usulida bajariladi. Total yoki diffuz mediastenitda, operatsiya jarrohlik klinikalarining tarokal bo'limida o'tkaziladi.
Operatsiyadan so'ng, yallig'lanishjarayoni doimiy drenajlanib, dori vositalari bilan yuvilib, ajralmalar faol so'rib olinishi kerak. Organizm quvvatini oshirishga qaratilgan barcha choralar - ekstra korporal detoksikatsiya-gemosorbsiya, plazmoferez, ekstrakorporal taloqda qon tozalash, metabolizm va immunitetni kuchaytiruvchi dori darmonlar ishlatiladi.
Mediastenitda pirovard natija, hamisha ham yaxshi boTmaydi. Ayniqsa, mediastenit sepsis bilan barobar kechsa.
Yuz venalari tromboflebiti
Yuz venalari tromboflebiti, yuqorijag' suyagi va atrofidagi yumshoq to'qimalar yiringli yallig'lanishi (yuqori jag' osteomiyeliti, ko'z osti sohasi abses va flegmonasi, yuqori lab va burun yo'li chipqon va xo'ppozi va boshqalar) kasalliklarida yuz venasi tarmoq tomirlari devorlarining yallig'lanib, tromb hosil qiUshidir.
Yuz va burchak venalar yo’nalishida shish hosil bo'ladi. Paypaslaganda teri bilan birikkan infiltrat aniqlanadi, ustidagi teri qizaradi, zaharlanish kuchaygan sari bemor ahvoli yomonlashadi, tana harorati ko'tariladi, bezgak tutadi, badani uvishadi, qaltiraydi.
Tromboflebit yuz venasi tromboziga o'tadi, o'z navbatida yuz venasi trombozi infeksiyaning miya qattiq pardasi g'ovaksimon sinusiga tarqalishiga olib keladi.
G'ovaksimon bo'shliq trombozi
Xos bo'lgan belgilar: peshona sohasida bosh og'rig'i, umumiy ahvol og'irlashadi, organizm zaharlanishi oshadi- tana harorati 40°S gacha va undan ham yuqoriga chiqadi, badan uvishib qaltiraydi qarama-qarshi tomondagi ko'z kosasi ichida og'riq kovz soqqasi shilliq pardasi shishib chiqadi (xemoz), kovz kosasidagi to"qimalar shishib, ekzoftalm hosil bo"ladi. Bu o'zgarishlar ikkinchi kovzda ham paydo bo'ladi. Keyinroq oftalmopleksiya, kovz tubida shish va kovz nervi atrofiyasi, kovz ko"rish qobiliyati pasayib, bemor butunlay ko'rmay qolishi mumkin.
Meningit. Meningoensefalit. Miya absesi.
Yallig'lanish jarayonlarining tarqalishi natijasida meningit (bosh miya pardasining yallig'lanishi), meningoensefalit (bosh miya pardalarining yallig'lanishi) yuzaga keladi. Bu kasalliklarga xos belgilar: bosh og'rig'i kuchayishi, ko'ngil aynashi, qusish, hushdan ketish kuzatiladi. Bu belgilar ancha uzoq turishi mumkin, nevrologik belgilardan
165
faqat Keming simptomi ba’zida, Babinskiy-Opengeym simptomi aniqlanadi.
Yuz va ko'z kosasi flegmonalari tarqalishi natijasida miya to'qimasida abses shakillanishi mumkin. Belgilari: kuchayib borayotgan bosh og'rig'i (ensefalitik davri), umumiy holsizlik, ko'ngil aynashi, qusish (latent davri). Bu davr nisbatan cho'zilishi mumkin. Miyadagi yiringli jarayon yorilib, miya qobig'i ostiga yoki qorinchalariga tarqalishi, umumiy ahvolning keskin yomonlashishiga olib keladi. Bemor harakatlari besaranjom bo'lib toksik infeksion sindrom belgilari namoyon bo'ladi (terminal davr). Hayotni ta’minlab beruvchi a’zo va sistemalaming ishdan chiqishi, nafas olish markazini falaj qilib, o'limga sabab bo'ladi.
Tashhis qo'yish. Mahalliy va umumiy holatini hisobga olib, qator mutaxassislar (oftalmolog, nevropatolog, neyroxirurg) va dinamik qon analizlari va kompyuter, magnit-rezonans, ultra tovush tekshiruvlar natijasi hisobga olinib, diagnoz qo'yish mumkin.
Davolash. Kompleks ravishda, kasallik bosqichlarini e’tiborga olgan holda, jarroh stomatolog, oftalmolog, nevropatolog, neyroxirurg nazorati ostida reanimatsiya va intensiv palatalarda o'tkaziladi. Davolash choralari yiringli yallig'lanish jarayonlarini qabul qilingan uslublar asosida bartaraf etish, shuningdek hayot uchun zarur bo'lgan a’zo va tizimlar funksiyalarini faollashtirishga qaratiladi.
Pirovard natija tahmin qilinishi qiyin, ammo bemor hayoti hamisha havf ostida bo'ladi. Shuning uchun hamma imkoniyatlarni to'liq ishga solish va tuzalishga umid qilish kerak.
Sepsis
Sepsis-organizmning umumiy yiringli infeksion kasalligi. Yuz-jag' to'qimalarida • rqalgan yiringli jarayonlar va ular asoratlaridan yiring va zaharli moddalar qonga tushishi natijasida rivojlanadi. Sepsis kechishida yiringli - rezorbtiv, boshlangich, septitsemiya, septikopiyemiya va surunkali sepsis davrlari ajratiladi.
Yiringli rezorbtiv bezgak davrida bemor shikoyatlari ko'payib boradi u umumiy holsizlik, uyqusizlik, bosh og'rishi, qaltirash, ishtaha yo'qolishiga shikoyat qiladi. Yiringli yallig'lanish jarayonida olib borilayotgan davo sezilarli o'zgarishlar bermaydi.
Sepsis boshlang'ich davri. O'tkazilayotgan intensiv davoga qaramasdan, bemor ahvoli og'ir yoki juda og'ir bo'ladi, u hayajonlangan, to'lqinlangan yoki, noo'rin xursand, yoki xushidan ketgan bo'ladi. Tana harorati 39-40°S, terisi oqargan, muzdek, tuproq rangda, yopishqoq ter
166
bilan qoplangan, petexiyalar (mayda qon tomirlaming yorilishi natijasida, terida paydo bo'ladigan juda mayda-tariqdek, to'q ko'kimtir dog'lar) eritemalar, in’eksiya o'mida qon quyulishlar kuzatiladi.
Venadan olingan qonda, mikrobiologik tekshiruvlar bilan patogen mikroblar topilsa, septitsemiya yoki sepsisning toksik davri deiladi. Septitsemiyaga xos belgilar bu ichki a’zolar: o'pka, jigar, buyrak, yurak va boshqa ichki a’zolaming kasalligi belgilari mahalliy yallig'lanish alomatlaridan (ustunroq) ko'proq namoyon bo'ladi.
Septitsemiyadan so'ng -kasallik septikopiemiya davriga o'tadi. Bu davrga ichki a’zolarda o'pka, jigar, bosh miyada o'tirib qolgan infeksiyaning ta’sirida yiringli jarayonlar rivojlanadi. Sepsisning terminal fazasiga xos o'zgarishlar kuzatiladi: disproteinemiya, giperkoagulyatsiya, elektrolit balansini kislota -ishqor tizimi buzilishi va h.k. kuzatiladi.
Sepsis rivojlanishi bilan u septik (endotoksik) shok (mikroblar va ulaming zaharlari ta’sirida organizm funksiyalarining og'ir buzilishi) bilan asoratlanadi. Septik shokda hayotni ta’minlab beruvchi a’zolar faoliyati buzuladi. Shulardan biri o'tkir nafas yetishmovchiligi, unga xos belgilar umumiy ahvolning keskin og'irlashishi, kuchayib borayotgan holsizlik, qaltirash, betoqatlikning qo'rquvga o'tishi, ong xiralashishi, bosh og'rig'i kuchayishi bilan bir vaqtda, havo yetishmasligi kompensatsiyalashgan va hansirash kuzatiladi. Septik shok og'irlashib borishi bilan o'tkir nafas yetishmovchiligi dekompensatsiyalangan shakliga o'tadi, unga: bemorning ovta og'ir holati, ongi-ravshan emas, teri rangi o'chib-oqarishi, shilliq pardalarda -tsianoz, qon bosimi beqarorligi va ko'proq tushib ketishga moil gipovyontilyatsion gipoksiya, anuriya. Qon ivish tizimi buziladi, leykopeniya, anemiya va h.k. xosdir.
Tashhis yuqorida keltirilgan klinik belgilar, bakteriologik tekshiruv va qon tahlilidan kelib chiqqan holda qo'yiladi.
Davolash. Birinchi navbatda asosiy bo'lgan yiringli o'choqni to'iiq ochish, taftish o'tkazish va yangi sohalarga tarqalishining oldini olish, ikkinchisi yallig'lanishjarayoni asoratlari bo'lgan ichki a’zo va tizimlari faoliyatini tiklash maqsadida sepsis bosqichlarini (reaktiv, toksik, terminal) e’tiborga olgan holda, reanimatsion tadbirlar va intensiv medikamentoz davo o'tkazish.
Pirovard natija - 50% va undan kovp hollarda yaxshi emas, bemor hayotini saqlab qolib bo'lmaydi.
167
Yuz-jag' va bo'yin sohaIari abses va flegmonalarni davoIashning umumiy prinsipIari
Abses va flegmonalami davolashda jarrohlik usuli asosiy usul deb hisoblanadi. Ayniqsa yiringli jarayon chaynov mushagida, qanotsimon pastki jag' bo'shlig'ida, chakka osti chuqurchasida, chakka sohalarida joylashganda statsionarda davolash maqsadga muvofiqdir. Statsionarda katta yoshdagi bemorlarda hamroh kasalliklar ham bir vaqtning o'zida davolanadi.
Jarrohlik usuli bilan davolashda, yallig'lanish jarayonining klinik rivojlanishi bosqichi, patologik o'zgarishlaming ko'lamini va ulaming sifati, organizmning individual xususiyatlarini, shuningdek infeksiyaning virulentligi, invazivligi va zaharliligini hisobga olish zarur.
Shish va zardobli gazak (tsellyulit) bosqichida, jarrohlik usuli maqsadi - to'qimalarda yallig'lanish sohasini chegaralashga yo'naltirilgandir. YAllig'lanish gazagini kesishdan maqsad, to'qima tarangligini kamaytirish va ularda ajraladigan suyuqliklar chiqib ketishi uchun sharoit yaratish. Zararlangan to'qimalar atrofiga antibiotiklar bilan trimekainli va lidokainli blokadalar qilishdan iboratdir. Bir vaqtning o'zida sababchi tishdan ekssudat ajralishi uchun sharoit yaratiladi yoki ko'rsatma bo'lsa tishlar olib tashlanadi.
Yiringli o'choqlar kesilganda, yaraga birlamchi jarrohlik ishlovi beriladi, nekrotomiya qilinadi, ajralmalarga keng yovl ochiladi va yaralarga antiseptik vositalar yordamida ta’sir qilinadi. Y. ^ig'lanish ovchogvidan yiring ajralib chiqishi uchun drenajlashning va dializning har xil usullari - ya’ni ekssudatni vaqti- vaqti bilan yoki doimiy sovrib olish, yuvish, bog'lam qo'yish va boshqalar keng qo'llaniladi.
168
Tarqalgan, flegmonalarda yiringli bo'shliqqa birlamchi jarrohlik ishlovi, ayrim paytlari qayta-qayta nekrotomiya qilish bilan olib boriladi. Og'riqsizlantirish usullarini tanlash yallig'lanishjarayonining ko'lamiga tarqalganligiga (abses. flegmona, tarqalgan flegmona), organizmning funksional holati va operatsiya o'tkazish sharotiga bog'liq bo'ladi. Bir anatomik sohada joylashgan abses yoki flegmonani kerakli medikamentoz tayyorgarlikdan so'ng, mahalliy og'riqsizlantirish ostida operatsiya qilinadi. Yallig'lanish 2-3 va undan kovp sohalarda joylashganida, narkoz yordamida operatsiya qilinadi. Umumiy og'riqsizlantirishni o'tkazishda yiringli o'choqning joylashishi katta ahamiyat kasb etadi. Yiringli jarayonning og'iz tubida, til ildizida, yutqin atrofi sohasida hamda chaynov mushaklari sohalarida joylashishi narkoz qo'llashni chegaralaydi. Hamroh kasalliklari bor bemorlarda mahalliy og'riqsizlantirish umumiy (azot oksidi yoki pentran) bilan birgalikda o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Umumiy anestetiklar subnarkotik konsentratsiyada qo'llaniladi.
To'qimalar shu sohaning anatomik va estetik jihatlarini hisobga olgan holda kesiladi. Kesmalar yuz nervi tarmoqlari yo'nalishini, tabiiy teri burmalarini hisobga olgan holda, pastki jag' qirrasi ostidan kesiladi. Operatsiyada kesilishi kerak bo'lgan to'qimalar qavatlari haqida aniq tasavvurga ega bo'lishjuda muhimdir.
169
Ekssudat yetarli darajada ajralib chiqishi va yara chetlarining yopishib qolishining oldini olish maqsadida, ichida rezinali, polixlor vinilli har xil diametrdagi teshikli naychalar va qo'lqop rezinasidan chiqargichlar ishlatiladi. Gipertonik eritmalar (10% natriy xlorid eritmasi) shuningdek kuchsiz antiseptiklar(0,4% etakridin laktat, 1-2% xloramin va xlorfilipt va boshqalar) bilan bog'lamlar qo'yish maqsadga muvofiqdir. Kesilgan yiringli bo'shliqlarga o'simlik yog'i shimdirilgan doka 2% tetratsiklin gidroxlorid yoki 10% sintomitsin emulsiyasi, tetratsiklinli konuslar kiritish, shuningdek yarani stafilokokkli va streptokokkli bakteriofaglar va fermentlar bilan yuvish maqsadga muvofiq .
Yiringli nekrotik yarani 3% kaliy permanganati, shundan so'ng vodorod peroksid eritmalari bilan muntazam ravishda qayta-qayta yuvish yaxshi natija beradi. SHundan so'ng yaraga natriy xloridning gipertonik eritmasi bilan namlangan bog'lamlar qo'yiladi. Shu maqsadda gramitsidin S 0,05% xlorgeksedin yoki xlorfilipt ishlatilsa samaradorlik yanada oshadi. Operativ davolashning klassik sxemasi bo'yicha yiringli yaraga birlamchi ishlov berishni, aktiv drenajlash usuli, mahalliy dializning har xil usullari, ekssudatni vakuum so'rish bilan kuchaytiriladi. Yaraning dializi uchun natriy xlorid eritmalari, natriy gipoxlorid, 4-8% natriy bikarbonat eritmasi, antiseptiklar, antibiotiklar, detergentlar, fermentlar, Ringer eritmasi, kokarboksilaza S va V guruh vitaminlari, aminokislotalar qo'llaniladi.
Faol mahalliy dializ, yallig'lanish fazasi va kesmali jarayonga dorilarning kerakli ta’sirini hisobga olgan holda o'tkaziladi. Bu uning kechishini boshqarish imkoniyatini beradi.
Yallig'lanishning 1 fazasida - mexanik, fiziko-ximik, ximikobiologik antiseptika ishlovi o'tkaziladi, 2-fazasida proliferatsiya va regeneratsiya fazasida-yaraning ximiko-biologik va bioximik sanatsiyasi o'tkaziladi. 3- fazasida tiklanish va chandiq hosil bo'lish davrida davolash muolajalari yaradagi reparativ regeneratsiyani tezlashtirishga qaratilgan bo'ladL
Abses va flegmonalarda umumiy patogenetik davolashning rejasini tuzganda quyidagilar nazarda tutiladi: 1) Qo'zg'atuvchiga ta’sir qilish;
2) organizmning immunobiologik kuchi, umumiy quvvatini oshirish;
3) a’zo va tizimlaming faoliyatini korreksiya qilish. Abses va flegmonalarning davolash rejasini tuzish organizmning funksional holati va yallig'lanish reaksiyalari normergik, giperergik, gipergik kechishini hisobga olib yallig'lanish jarayonining joylashishi mahalliy xususiyatlariga asoslangan bo'lishi kerak. Asosiy e’tibor, birlamchi va
170
ikkilamchi immuntanqisligi bo'lgan bemorlarda infeksiyaga qarshi himoya reaksiyasini korreksiya qilishga qaratilgan bo'ladi.
Normergik yallig'lanish reaksiyali abseslarda antibiotiklar, sulfanilamidlar, nitrofuranlar, desensibilizatsiyalovchi va umumiy quvvatni oshiruvchi vositalar qo'llaniladi. Lunj va jag'-til chuqurchasi abseslarini kompleks davolashda ayrim bemorlarda faqat sulfanilamid, yallig'lanishga qarshi va desensibilizatsiyalovchi dorilar kompleksi qo'llaniladi.
Gipergik reaksiya bilan kechayotgan asbsess va flegmonalarda umumquvvatlovchi aktiv immunoterapiya va rag’batlantiruvchi terapiyadan boshlanadi. Flegmonalarni davolashning umumiy prinsiplari jag'lar o'tkir osteomiyelitini davolashga o'xshash ^ag'lar odontogen osteomiyeliti mavzusiga qarang).
Bemorga, antibiotikogramma olingunga qadar ta’sir doirasi keng spektrdagi yoki sinergist preparatlar birgalikda (penitsillin, penitsillin va streptomitsin, penitsillin va oksatsillin) belgilanadi. Antibiotikogramma qilingandan so'ng qo'zg'atuvchi mikroblar sezuvchan bo'lgan preparatlar belgilanadi (tseporin, ampitsillin, fuzidin, linkomitsin, eritromitsin, kanamitsin va boshqalar).
Antibiotiklar zararli ta’sirining oldini olish maqsadida zamburug'ga qarshi preparatlar: nistatin, levorin, grizeofulvin belgilash maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ichaklardagi hazm jarayonida ishtirok etuvchi normal mikroOora muvozanatini saqlash maqsadida bifidum baktrium, laktobakterin, narine, lineks preparatlarini tayinlash foydadan holi emas.
Bakteriologik tahlillar natijasiga ko'ra stafilokokk ajratib olinganda, yarim sintetik penitsillinlar: metitsillin, oksatsillin, ampioks, natriy tuzli dikloksatsillin, gentamitsin. Anaerob mikroblar ajratib olingan yiringli chirindi flegmonlarda ichishga yoki vena ichiga qo'shimcha, metronidazol belgilanadi. Undan tashqari mushak orasiga yoki teri ostiga asosiy anaeroblarga qarshi zardoblar aralashmasini (qo'llanma bo'yicha zardob 3 mahal beriladi) qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Mikroflorani tekshirish 3-4 kunda qaytarib turiladi va
antibiotikogramma bo'yicha dorilar belgilash korreksiya qilinadi. Organizmning immunobiologik xususiyati va umumiy quvvatini oshirish uchun biologik faol moddalar, fermento terapiya va immunoterapiya qo'llaniladi.
Parchalanish mahsulotlari va zaharlami organizmdan chiqarish uchun suyuqliklar kerakli darajada qabul qilinishini kuzatib turish zarur. Og'riqli va qiyin yutinishda to'g'ri ichakka 1-1,5 litrgacha tomchilovchi huqna sifatida (minutiga 60-80 tomchi) suyuqlik yuborish kerak. 0,85%
17]
natriy xlorid eritmasi, 5-5,5% glyukoza eritmasi, 2,5% kaltsiy xlorid eritmasi, 8-8,5% shakar-qamish eritmalari yuboriladi.
Giperergik yallig'lanish reaksiyasi xos bo'lgan tarqalgan flegmonali bemorlarga alohida e’tibor berish zarur. Mediastenit, yuz va miya tomirlari, miyaning qattiq pardasi sinuslari tromboflebiti va trombozi; sepsis bilan asoratlangan tarqalgan flegmonali bemorlami davolash juda mushkildir. Qator umumiy kasalliklar (diabet, yurak-tomir yetishmovchiligi, gemorragik diatezlar, og'ir allergik kasalliklar va reaksiyalar) bo'lgan bemorlarga ham e’tibor berish kerak.Bu bemorlarga qabul qilingandek nafas, qon aylanish faoliyati, moddalar almashinuvi, asab va endokrin tizimlarini yaxshilashga qaratilgan intensiv terapiya o'tkazilishi zarur. Reanimatsion tadbirlar bilan birga o'tkazilgan kompleks davolash og'ir, ba’zan umidsiz bemorlaming sog'ayib ketishini ta’minlaydi.
Stafilokokka sensibilizatsiyalangan, allergik kasalliklari bor, tarqalgan flegmonali bemorlarga dorilar: sulfanilamidlar, antibiotiklar analgetiklar va boshqalami belgilashda juda ehtiyot bo'lish zarur. Bu bemorlarda har tomonlama kesishgan allergik reaksiyalarning soni ko'p martaga ortadi. Ularga antigistamin preparatlar, qonning o'rnini bosuvchi dorilar va vitaminlar belgilanadi. Antigen stimulyatomi qo'llash immunogenezni va organizmning maxsus bo'lmagan reaktivligini oshirishga yordam beradi. Immunogenez korreksiyasi organizmning funksional rezervlarini hisobga olingan taqdirdagina o'tkazilishi mumkin. Hayotni ta’minlovchi tizimlarning mutanosiblashgan holatlarida stafilokokkli anatoksin, levamizol belgilanadi. Gipergik reaksiyalar bilan kechadigan va stafilokokka yuqori sezuvchanligi bo'lgan, tarqalgan flegmonali bemorlarga, ayniqsa og'ir umumiy kasalliklarda antigen stimulyatorlar yuborish tavsiya etilmaydi. Juda og'ir kechuvchi flegmonalarda, immunitetni korreksiya qilish uchun buyrak usti bezi gormonlari- prednizolon va gidrokortizon samaralidir.
Kompleks davolashda fizikaviy usullar qo'llaniladi.Yallig'lanish jarayonlarining boshlang'ich bosqichlarida ultrabinafshali nurlantirish (UBN), ultra yuqori chastota (UYUCH) tok, geliy-neon lazerlari bilan nurlantirish belgilanadi. Yiringli o'choqlar kesilgach ko'pincha yaradan yiring ajralishi to'xtagach, UBN, UYUCH, ultra tovush, flyuktorizatsiya, antibiotiklar bilan elektroforez qo'llaniladi. Operatsiyadan keyingi davrda fizik usullar bilan ta’sir etishni 5 dan 10 seansgacha giperbaroterapiya bilan qo'shib olib borish yaxshi natija beradi.
Yallig'lanish jarayonlari qayta rivojlanishi, ayniqsa yiringli o'choqlar mushaklar sohasida joylashganida, davolovchi fizkultura
172
belgilanadi, u to'qimalarda qon aylanishini yaxshilaydi, faoliyat tiklanishini ta’minlaydi vajarayonning so'rilishiga olib keladi.
Bemorlar sifatli ovqatlanishlari shart. Og'iz ochish qiyinligida va og'riqli yutinishda ovqatni bo'tqa holigacha maydalab, unga bulyon yoki sut qo'shiladi va jo'mrakli idish orqali ichiriladi. Bemorlar yetarli darajada, ayniqsa S va V guruhi vitaminlarini qabul qilishlari zarur.
Oqibati. Yuz, bo'yin sohasidagi flegmonalar o'z vaqtida va to'g'ri davolanganda bemor tuzalib ketadi. Asoratning rivojlanishi-mediastinit, miya suyagi ichi yiringli jarayonlari, sepsis singari uzoq vaqt ish qobiliyatining yo'qolishiga, nogironlikka, ayrim paytlari o'limga ham olib keladi.
Yuz-jag' va bo'yin sohasi abses va flegmonalarini kompleks davolash prinsiplari.
Davolash vazifasi Qo'yilgan vazifani yechish yo'llari
1 .Infeksion Kasallikning o'tkir bosqichi
yallig'lanish l.Infeksiya virulentligini
jarayonining pasaytirish. a)birlamchi
tarqalish zonasini infeksion o'choqdan mikroblar, chegaralash va in- zaharlar, to'qima parchalanishi feksion o'choq bilan mahsulotlarining tushishini bemor organizmi to'xtatish. ora-sidagi buziIgan b)ikkilamchi infeksion
muvozanatni o'choqdan mikroblar, zaharlar
tiklash. va to'qima parchalanishi
mahsulotlarini olib tashlash. v) kasallik ko'zgatuvchilaming hayot faoliyatini bostirish.
G) Bakteriyalar zaharlarini neytrallash.
2.Immun reaksiyalami
yo'naltirish:
a) Gipergik tip reaksiyali bemorlarda giposensibillovchi terapiya o'tkazish.
b)gipergik tip reaksiyali bemorlarda: infeksion o'choq zonasidagi imunologik
jarayonlami faollashtirish.
Tavsiya qilinuvchi tadbirlar
Jag'dagi “sababchi” tishni olish, birlamchi infeksion o'choqni erta ochish va drenajlash. Noodontogen tavsifdagi birlamchi infeksion o'choqlami, yara, eroziyalar epitelizatsiyasini tezlashtiruvchi antimikrob preparatlar va vositalar yordamida yo'qotish.
Yumshoq to'qimalardagi ikkilamchi infeksion o'choqni (abses, flegmona), kesish, yarani dializ qilish, ekssudatni faol aspiiatsiya qilish bilan erta drenajlash, sorbentlar qo'llash, levomekol malhami bilan bog'lam qo'yish.
Mikrofloraning sezuvchanligini hisobga olib antibiotiklami umumiy va mahaliy maqsadida qo'llash, sulfanilamid va boshqa mikrobga qarshi preparatlar, stafilokokkli bakteriofag, yaraga UB-nurlantirishni qo'llash.
Giperillimunli gamma-globulin, stafilokokka qarshi plazma, gangrenaga qarshi zardob(anaerob infeksiyada), donor qonini quyish yo'li bilan passiv immunlash.
Gistaminga qarshi preparatlar: dimedrol. diprazin, suprastin, diazolin va boshqalar. Kaltsiy preparatlari (kaltsiy xlorid, kal-tsiy glyuqonat, kaltsiy laktat). Salitsil kislotasi va pirozolon hosilalari: atsetilsalitsilli kislota, antipirin, amidopirin, analgin. Neyroleptik vositalar: aminazin, propazin, etaperazin va boshqalar. Buyrak usti bezi qobig'i gormonlari va uning sintetik o'xshashlari: gidrokortizon, prednizolon, deksametazon Ayrisimon bez preparatlari: timalin, timogen.
dezoksikortikosteronatsetat. Fizioterapiya: iliq chayish, og'iz bo'shlig'i irrigatsiyasi, elektr maydoni bilan ta’sir qiiish (UYUCH, JYUCH), geliy-neonli lazer bilan nurlantirish.
173
v)organizmning umumiy immunoIogik reaktivligini
oshirish.
2. Mikrotsirkulyatsiyaning buzi-lishi bilan bog'liq bo'lgan to'qimalardagi qaytmas (nekroz) o'zgarishlaming oldini olish.
3. Moddalar almashinuvi buzilishini korreksiyalash va hayot uchun muhim a’zolar va tizimlar faoliyatini yaxshilash.
1. To'qimalarichidagi bo-simni va operatsiya paytida to'qimalar jarohatini bartaraf qilish.
2. Qonning reologik
xususiyatlarini yaxshilash.
3. Giperkoagulyatsiya korreksiyasi.
l.Suv-tuz va oqsil tengligi buzilishi korrektsiyasi. 2.YUrak-tomir tizimining faoliyatini yaxshilash.
3.Nafas tizimi faoliyati buzilishilarini bartaraf qilish
4.Jigaming zaharlarga qarshilik faoliyatini oshirish.
4.0peratsiyadan Kasallikning o'tkir osti keyingi yaraning Bosqichi bitishini yaxshilash l.Nekroz to'qimalarining ajralib chiqishini tezlashtirish.
2.Reparativ jarayonlami faollash.
5.Kasallik
qaytalanishi oldini olish
l.Kasallik
ko'zg’atuvchilaming faoliyatini bostirish.
hayot
Sutli, o’simlik parhez taomlar. Vitamino terapiya (birinchi navbatda V vitaminlari, S guruhi. Adaptogen guruhi preparatlari: dibazol, jenshen, eleuterokokk, pantoknn, xitoy limonnigi.
Infeksion o'choqni erta kesish va drenajlash. Operatsiya paytida to'qimalarga avaylab muomala qilish.
Venaga gemodez, reopoliglyukin, poliglyukin, RingerLyukk eritmasi, 5% glyukoza eritmasi yuborish
Antikoagulyantlargeparin, atsetilsalitsil kislotasi.
Ko'p ichish, tuzli va oqsilli eritmalami parenteral yubonsh.
Analeptiklar: kamfora, kordiamin. YUrak
glikozidlari:digitoksin, digoksin, strofantin, korgliqon va h.k. YUrak mushagidagi almashinish jarayonlarini yaxshilovchi vositalar: kokarboksilaza, ATF va h.k.
SHishga va yallig'lanishga qarshi ta’sirli preparatlar (venaga kaltsiy xlorid, glyukoza gipertonik eritmalarini yuborish) gistaminga qarshi preparatlar (dimedrol, diprazin va h.k.) buyrak usti bezi qobig'i gormoni va uning o'xshashlari (gidrokortizon, prednizolon), siydiruvchi vositalar (furosemid, lannitol va h.k.). Oksigenoterapiya -namlangan kislorod bilan nafas olish. Metabolik atsidozni venaga natny gidrokorbonat eritmasini yuborib bartaraf qilish. Traxeostomiya (asfiksiyada).
Venaga insulin va vitaminlar (V|, V2, S, Rr) bilan birga glyukoza eritmasini, essensial-forteni yuborish. Ichishga benzonal, fenobar-bittal berish.
Proteolitik fermentlarni mahalliy qo'llash: tripsin, ximopsin, ximotripsin, ribonukleaza. terrimitin. YUzaki faol moddalar (rokkal, xlorgeksidin biglyuqonat). Nekrektomiya. YAraga ultratovush bilan ishlov berish. Fizioterapiya UYUCH, JYUN elektr maydonlari bilan ta’sir qilish. To'qima almashinishini yaxshilovchi moddalarmetiluratsil, pentoksil, AtV 1V2, S, RR vitaminlari.
Antibiotiklar, sulfanilamidlar va boshqa antibakterial preparatlar, stafilokokkli anatoksin, autovaksina bilan immunlash.
6.Doimiy kontrakturanining oldini olish va uni bartaraf qilish.
2.Maxsus va maxsus bo'lmagan immunitetni kuchaytirish.
1. Patologik reflekslami bartaraf qilish.
2. to'qimalar chandig'ining haddan ziyod nvojlanishini to'xtatish
3. Mexanoterapiya
Biogen stimulyatorlar:autogemoterapiya, aloe, Fibs, bakterial polisaharidlar (pirogenal, prodigiozan, rodeksman, zimozan) umumiy UB-nurlantirish.
Chakka osti sohasiga trigeminosimpatik yoki BersheDubov bo'yichablokada.
Fizioterapiya: ultratovush, kaliy yodid, lidaza bilan elektroforez. Rentgen terapiya.
Davolovchi fizkultura.
174
6-BOB
Yuz -jag' sohalarining infeksion yallig'lanish kasalliklari
Aktinomikoz. Aktinomikoz-infeksion kasallik bo'lib uni organizmga tushgan nursimon zamburugTar chaqiradi. Kasallik barcha a’zo va to'qimalarda uchrashi mumkin, ammo 80-85% yuz-jag' sohasiga to'g'ri keladi (T.G.Robustova 2000).
Kasallikni chaqiruvchi infeksiya bu nurli zamburugTar boTib, aerob va anaerob kulturalari farqlanadi. Kasallik 90% bemorlarda anaerob turli zamburug'lar (proaktinomitsetlar), 10% esa aerob aktinomitsetlarning maTum turlari (termofillar) chaqiradi. Aktinomitsetlar past pog'onadagi o'simlik organizmlari-zamburug'lar toifasiga mansub bo'lib, bakteriyalarga yaqin turadi. Aktinomitsetlar tabiatda keng tarqalgan. Ularning ayrimlari og'iz bo'shlig'i saprofitlaridir. Anaerob aktinomitsetlar kasallik chaqirishi (autoinfeksiya) xususiyatiga ega. Aktinomitsetlar tishdagi yumshoq karashda, kariyes kavagida, patologik milk-tish cho'ntagida, bodom bezlarida uchraydi. Aktinomitsetlar tish toshi o'zagini tashkil qiladi. Og'iz bo'shlig'ida yashovchi aktinomitsetlar odatda infeksion kasallik chaqirmaydlar, modomiki organizm immunologik mexanizmlari va zamburug' antigenlik xususiyatlari orasida tabiiy muvozanat mavjud.
Kasallik rivojlanishi uchun makroorganizmda o'zgacha sharoit vujudga kelishi kerak: organizm immunologik reaktivligining susayishi yoki aktinomitsetlarga nisbatan sezuvchanlik (sensibilizatsiya) ortishi lozim. Immunitet susayishi birlamchi va kkilamchi (immun tanqislik chaqiruvchi kasalliklar oqibati) bo'lishi mumkin. Aktinomikotik infeksiya yuz-jag' to'qimalariga tish kariyes kavagi, patologik milk-tish cho'ntagi,og'iz halqum, burun va so'lak yo'llari shilliq pardasi va terining shikastlangan yoki yalliglangan sohalaridan kirib boradi. Infeksiya to'qimaga tushgan joyidan kontakt, limfogen va gematogen yo'llar orqali tarqaladi. Aktinomitsetlar ko’pincha qon bilan yaxshi ta’minlangan to'qimalar (teri osti kletchatkasi, mushak va organlar oraliqlaridagi biriktiruvchi to'qima)ga o’rnashib rivojlanadi.
Aktinomitsetlar to’qimalarga tushganidan so'ng, kasallik belgilari namoyon bo'lguniga qadar bir necha kundan 2-3 haftagacha ba’zan bir necha oygacha inkubatsion davr o'tadi. Tushgan to'qimada spetsifik granulema hosil bo'ladi.
Patologik anatomiya. Aktinomitsetlar to'qimaga tushgan joyida ko'payib, aktinomitsetlar koloniyasi tugun (druza)ni hosil qiladi. Tugun atrofida mayin qon tomirlarga boy granulyatsion to'qima tarkibida
175
dumaloq, plazmatik, epitelioid hujayralardan va fibroblastlar bo'ladi, ksantom va ko'p yadroli katta xujayralami uchratish mumkin. Ma’lum vaqt o'tgandan so'ng, aktinomikoz granylemasi markazidagi xujayralar nekrobiozga uchraydi va parchalanadi. Shu vaziyatda makrofaglar tugunchadagi zamburug' mitseliyalarini o'z ichiga olib, atrofdagi to'qimalarga migratsiya qiladilar. O'rnashgan joyida, ikkilamchi granylema hosil bo'ladi va jarayon shu yo’sinda takrorlanadi, kasallik diffuz surunkali tus oladi. Spetsifik granylema atrofidagi granulyatsion to'qima takomillashib, oldin fibroz to'qimaga aylanib keyinchalik qattiq chandiqli biriktiruvchi to'qima hosil qiladi. Aktinomikozda morfologik o'zgarishlar to'g'ridan to'g'ri organizm reaktivligi uning spetsifik va nospetsifik himoya omillariga bog'liq.
Organizm reaktivligi to'qimadagi ekssudativ va proliferativ o'zgarishlaming qaysi biri ustun kelishi yoki birgalikda kechishini belgilaydi. Ikkilamchi infeksiya (kokklar, bakterioidlar) qo'shilishi natijasida yiringli nekrotikjarayon kuchayadi va yon atrofga tarqaladi.
Klinik kechishi organizm umumiy va mahaliy himoya omillarining individual xususiyatlari va spetsifik granylema yuz-jag' sohasida joylashishiga bog'liq holda namoyon bo'ladi. Aktinomikoz, aksariyat hollarda o'tkir yoki surunkali kechuvchi o'tkirlashib turuvchi va normergik reaksiya bilan harakterlanuvchi jarayondir. Immun tanqisligi bo'lgan (og'irlashtiruvchi hamkor xastaliklari oqibatida) bemorlarda esa kasallik uzoq (2-3 oy) gipergik yallig'lanish reaksiyasi bilan kechadi. Kasallik klinik kechishi hamda spetsifik granylemaning joylashishini e’tiborga olgan holda, T.G.Robustova aktinomikozning yuz-jag' va buyin sohasidagi quyidagi klinik shakllarini ajratadi:
1) teri aktinomikozi
2) teri osti aktinomikozi
3) shilliq osti aktinomikozi
4) shilliq parda aktinomikozi
5) odontogen aktinomikotik granylema
6) teri osti mushaklararo (chuqur) aktinomikozi
7) limfa tugun aktinomikozi
8) jag' suyagi qobig'i(periost)aktinomikozi
9) jag' suyagi aktinomikozi
10) og'iz bo'shlig'i a’zolari (til, bodom bezlari, so'lak bezlari, yuqori jag' bo'shlig'i).
Teri, teri osti, shilliq qavat va shilliq parda osti aktinomikozi kechishi deyarli bir-biriga o'xshash bo'ladi. Infeksiya shikastlangan teri, shilliq parda, yoki tish ildizidan to'qimaga tushadi va tushgan joyda birlamchi
176
granylema shakillanadi. Kasallik tana harorati ko'tarilmasdan, umumiy holatdagi o'zgarishlarsiz kechadi. Granylema hosil bo'lgan joy paypaslaganda bir yoki bir nechta tuguncha seziladi. Asta-sekin, tuguncha tashqariga o'sib kattalashadi, teri va *shiUiq pardani yupqalashtiradi, rangini o'zgartiradi. Ayrim hollarda pufakcha hosil bo'lib, ichida zardob yoki yiring to'planadi. Ayrim hollarda granulyatsion to'qimada do'ppayib, do'ngcha shaklida bo'rtib chiqadi, ustidagi yupqalashgan teri yoki shilliq parda tovlanuvchi qizildan bo'g'iq ko'k ranggacha tus oladi. Bemorlar ogriqqa, tana harorati ko'tarilishiga shikoyat qiladilar.
PatoIogik o'zgarishlar
Og'iz ichidajoylashganida, bemorlar og'iz ochish, gapirish, yutinish qiyinligiga shikoyat qiladilar. Pufakcha yoki tuguncha pirovardida tashqariga yori-lib oqma hosil qiladi va ichidan granulyatsiyalar bo'rtib chiqadi. Oqma yo'li paypaslanganda chuqur bo'lmagan chandiq aniqlanadi. Yumshoq to'qimalarda joylashib, kechadigan teri osti mushaklararo, limfatik tugunlar aktinamikozi chuqur aktinomikoz hisoblanadi. Dastlab teri osti mushaklar orasi, fassiyalararo kletchatkada, limfa tugunlarda rivojlangan jarayon teri, mushaklar, jag' va yuz suyaklariga o'tadi. Jarayon yuz va bo'yin barcha sohalarida uchrashi mumkin. Kasallik dastlab kichik “tuguncha” ko’rinishida, asta-sekin kattalashadi, keyin abses yoki adenoabses shaklida namoyon bo'ladi. Jarayon o'z-o'zidan yorilib, yoki kesma o'tkazilib, yiring chiqarilgandan so'ng, uzoq vaqt bitmaydigan yara hosil qiladi. Shu davr ichida atrofida yana bir nechta tugunchalar paydo bo'ladi va ular ham ochilgandan so'ng, oqma hosil bo'ladi. Atrofdagi yumshoq to'qimalarga aktinomitsetlar infiltrativ o'sib kirib chaynov va mimik mushaklami ham zararlaydilar. Natijada og'iz ochilishi chegaralanadi va tarqalgan flegmona shakllanadi. Bunday hollarda ogriq, tana haroratining ko'tarilishi kuzatiladi. Aktinomikoz o’chog'i ochilgandan so'ng, o'tkir yallig'lanish alomatlari kamayadi. Infiltrat atrofdagi (periferik) sohalarda taxtasimon qattiqlik, markazida oqmali yumshoq qismlar kuzatiladi. Zaralangan to’qimalar ustidagi teri qoplami bilan birikib ketgan, teri ko'kimtir (tsianotik) rangda. Yallig'lanish jarayonining keyingi rivojlanishi infiltratning sekin-asta surilib, chegaralanishi yoki kushni to'qimalarga tarqalishi bilan davom etishi mumkin. Atrof to'qimalar zararlanishi yuz suyaklarining aktinomikoz bilan ikkilamchi zararlanishiga oUb keladi. Kamdan-kam aktinomitsetlar qon orqali ichki a’zolarga metastaz berishi ham mumkin. Bemorlar umumiy holati o'zgarishlari jarayon tarqalganligi ko'lamiga qarab o'zgaradi. Jarayon Umfa tugunida giperplastik shaklda kechsa, tugun
177
kattalashib, o'sma holatida namoyon bo'ladi. Og'riqsiz, sekin kattalashib, ichidan nekrozga uchraydi va tashqariga yorib chiqib, oqma hosil qiladi.
Tish kariyes kavagidan aktinomitsetlar naycha orqali periodontga, periostga vajag' suyagiga tushishi va to'qimalarda birlamchi granylemani bosil qiladi. Surunkali granylematoz periodontitga hos belgilar bilan kechadigan aktinomikozni aniqlash qiyin. Ma’lum vaqtgacha chegaralanganjarayon atrofdagi to'qimalarga ( suyak qobig'i - periost, teri osti, teri, shilliq osti) yorib chiqadi va ularga hos klinik belgilar bilan kechadi.
Aktinomikotik periostit ekssudativ va proliferativ shaklda kechadi. Og'iz dahlizida shish hosil bo'lib, o’tuv burma silliqlashib shilliq parda qizaradi. Paypaslaganda qattiq infiltrat aniqlanadi. Bir qancha vaqt o'tib, infiltrat o'r-tasida yumshash hosil bo'ladi. Produktiv shaklda kechadigan periostitda jag' tanasi qalinlashganUgi va shakli noto’g'ri (deformatsiyalangan)ligi aniqlanadi.
Jag' suyagi aktinomikozi odatda pastki jag'da, destruktiv yoki destruktiv-produktiv osteomiyelit ko'rinishida uchraydi. Agarda birlamchi granylema suyakda rivojlansa, suyak ichi absesi yoki suyak ichi gummasi ko'rinishida namoyon bo'ladi. Birlamchi produktiv-destruktiv shakldagi jag' aktinomikozi odatda bolalar va o'smirlarda suyak qalinlashishi, progressiv kattalashishi va zichlashishi bilan kechadi. Kasallik bir necha yillar davom etishi, vaqti -vaqti bilan o'tkirlashishi mumkin. Shu davrda jarayon suyakdan yumshoq to'qimalarga tarqalib, abses va flegmona rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Yuqori jag'da aktinomikoz o'tkir va surunkali gayn ritga hos belgilar bilan kechadi. Uzoq davom etgan surunkali yallig'lanish natijasida qalinlashayotgan suyak b^'shliq torayishiga olib keladi.
Og'iz bo'shligi a zolari aktinomikozi birlamchi aktinomikotik granylema hosil bo'lganjoyda namoyon bo'ladi. Tilda aktinomikoz 1-2 oy davomida rivojlanayotgan abses va flegmona ko'rinishida namoyon bo'ladi.
So'lak bezlarining aktinomikozi birlamchi va ikkilamchi bo'lishi mumkin. Infeksiya bezga so'lak naychasidan tushadi. Birlamchi granylema so'lak bezidajoylashishi va kechishiga qarab aktinomikozning quyidagi shakllari farqlanadi:
1) chegaralangan va diffuz ekssudativ aktinomikoz
2) chegaralangan va diffuz produktiv aktinomikoz
3) so'lak bezi chuqur va quloq oldi sohasi limfatik tugunlari aktinomikozi.
178
Aktinomikoz diagnostikasi murakkabligi kasallik yallig'lanish va o'sma kasalliklariga hos belgilar bilan kechishi va klinik manzarasi turli xilligidadir. Yallig'lanish jarayoni uzoq va sust davom etishi, o'tkazilayotgan davo xavfsizligi aktinomikozga xos belgidir. Albatta mikrobiologik, aktinolizat bilan teri-allergik sinama o'tkazish, immunologik va rentgenologik, patomorfologik tekshiruvlar o'tkazish tashhis uchun qimmatli ma’lumotlar beradi.
Qiyosiy tashhis: Aktinomikozni abses, flegmona, periostit,
osteomiyelit, sil, zaxm, o'sma va o'sm.asimon hosilalardan farqlash kerak.
Aktinomikozni davolash kompleks ravishda o'tkaziladi va o'z ichiga qu-yidagilami oladi.
1) Jarrohlik usulida yiringlijarayonni ochish va yaraga mahalliy davo o'tkazish.
2) Spetsifik immunitetga ta’sir etish.
3) Organizm reaktivligini oshirish.
4) Ikkilamchi infeksiya (yiringli)ga qarshi davo o'tkazish.
5) Yallig'lanishga sensibilizatsiyaga qarshi davo o'tkazish.
6) Fizioterapiya va davolovchijismoniy tarbiya o'tkazish.
Aktinomikotik yiringli yarani davolashning uziga xos xususiyatlari
quyidagilardan iborat: yarani uzoq drenajlash; bekilib qolsa, granulyatsion to'qimani qirib tashlash; 5% yod nastoykasi bilan ishlov berish; yodoform kukuni sepish; aktinalizat va boshqa immunomodulyatorlarni qo’llash, transfuzion terapiya o'tkazib zaharlanishga qarshi davolash. Immunitetni oshirishga qaratilgan dori-darmonlami buyurish va boshqalar. Bir necha bor kompleks ravishda davo o'tkazilgandan so'ng aktinomikotik yallig'lanish bartaraf etilishi mumkin.
Prof!laktika. Vaqtida stomatogen va odontogen yallig'lanish o'choqlarini sanatsiya qilish va organizmni infeksiyaga qarshilik kuchini oshirish lozim.
Sil
Yuz-jag' sohasida sil kasalligi terida, og'iz shilliq qavati, shillik osti, teri osti kletchatkasida, so'lak bezlarida vajag' suyaklarda uchraydi. Kasallikni tuberkulyoz mikobakteriyasi chaqiradi.
Patogenez. Infeksiya manbai ko'pincha sil bilan kasallangan odam, kamdan-kam hollarda alimentar yo'l bilan, kasallangan sigir sutidan yuqishi mumkin.
Sil bilan birlamchi va ikkilamchi zararlanish ajratiladi. Tuberkulez mikobakteriyasi tish, bodom bezlari, og'iz va burun shilliq pardasi, teri orqali to'qimalarda yallig'lanish chaqirsa kasalligi birlamchi hisoblanadi. Ikkilamchi tuberkulez (sil), kasalligi yuz-jag' sohasiga boshqa soha va
179
a’zolarda aktiv kechayo-tgan siljarayonidan; masalan o'pka, ichak, suyak yoki bir nechta a’zolardagi o'choqlardan o'tganda yuzaga keladi.
PatoIogik anatomiya. Morfblogik jihatdan to'qimada sil mikobakteriyalari to'plami atroflda hujayraviy reaksiya hosil bo'lib tuberkulez do'mboqchasining shakllanishiga olib keladi. Atrofida yallig'lanishga hos o'zgarishlar sodir bo'ladi. Tuberkulez do'mboqchasi yemirilib, ichidan tvorogsimon ajralma chiqadi. Birlamchi tuberkulyoz kamdan - kam hollarda yuzjag' sohasi terisida, og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida, limfatik tugunlarida uchraydi. Terida, limfa tugunglarida, so'lak bezlarida va jag' suyaklarida ko'proq ikkilamchi tuberkulyoz uchraydi.
Yuqori jag'dajarayon ko'z osti qirrasida va yonoq o'sig'ida, pastki jag' tana va shox qismida uchraydi. Suyak ichidagi yallig'lanish astasekin, og'riqsiz kechadi va yumshoq to'qimalarga yorib chiqqandan so'ng infiltrat hosil bo'ladi, teri taranglashadi, qizaradi, ovz-ovzidan bir necha joydan yorilib chiqadi, ichidan suyuq, tvorogsimon ajralma chiqadi. Yaralardan suyakka boradigan oqma yo'llar shakllanadi. Oqma yo'llar atrofi ichkariga tortilgan chandiq xosil qilib bitadi, yonidan yangilari hosil bo'ladi va h.k.
Rentgenologik tekshiruvda suyakda yakka holdagi rezorbsiya o'choqlari aniqlanadi. Ular aniq chegaraga ega bo'lib, ichida mayda sekvestrlami ko'rish mumkin.
TashhisIash uchun bir necha uslublardan foydalaniladi. Birinchi navbatda tuberkulin bilan Mantu, Pirke, Kox usulidan reaksiyalaming biri qo'yiladi. Albatta ko'krak qafasi rentgen tekshiruvi, ajralmalar mikrobiologik va bakteriologik patomorfologik tekshiruvlari o'tkaziladi.
Qiyosiy tashhislash. Birlamchi va ikkilamchi tuberkulyozni biridan, abses, limfadenit, surunkali osteomiyelitdan, aktinomikoz, zaxm va havfli o'sma kasalliklaridan farqlash kerak.
Davolash. Yuz-jag' sohasi tuberkulyoz kasalligini davolash ixtisoslashgan ftiziatriya muassasalarida o'tkaziladi. Yuz-jag' sohasida jarrohlik usulida davolash, tuberkulyozga qarshi o'tkaziladigan umumiy davo yaxshi natija berganida bajariladi. O'z vaqtida va to'g'ri o'tkazilgan kompleks davo natijasi yaxshi bo'ladi.
Oldini olish chorasi - o'z vaqtida va samarali stomatologik sanatsiya. Sil kasalliklarining oldini olish va o'z vaqtida kompleks davolash.
Zaxm
Zaxm (sifiIis) infeksion venerik, tanosil kasallik bo'lib, barcha a’zo va to'qimalami shu jumladan yuz-jag' sohasini zararlantiruvchi kasallik. Bu kasallik terapevtik stomatologiya va teri-tanosil kasalliklari fanida
180
chuqur o'rgahshini e’tiborga ohb, mazkur kitobda biz kasallik ko'zgatuvchi infeksiya, uning rivojlanishi va kasallik kechishi bosqichlariga to' xtamadik.
Jag" suyaklarida zaxmning kIinik kechishi. Kasallik ikkilamchi kechishi davrida ayrim hollarda jag' suyagi qobig'i zararlanadi. Zaxmga xos bo'lgan holda kasallik juda sekin va sust kechadi. Suyak qobig'i qalinlashib, hamirsimon konsistensiyaga ega bo'lib yiringlamaydi. Astaasta qalinlashgan suyak do'ngliklar hosil qiladi.
Zaxmning uchlamchi davrida (taxminan 3-6 yildan so'ng) gummalar hosil bo'ladi. Qalinlashgan suyak usti pardasi ustidagi shilliq parda yoki teri bilan birikadi va yumshab yorib chiqadi, o'mida oqma yo'l yoki chetlari bo'rtib chiqqan o'rtasi botiq yara hosil bo'ladi. Jarayon alveolyar o'siq ustidagi qobiqda kechsa, suyak bilan birgalikda tishlar jalb qilinadi, ular qimirlab qoladi va og'riydi. Uchlamchi davrda gummalar jag' suyaklarida, burun suyaklari va to'sig'ida uchrashi mumkin. Gummalar kattalashib, bemorda kuchli og'riq, sezuvchanlik buzilishi paydo bo'ladi. Ustidagi shilUq pardadan teriga o'tadi. Ularda qizarish alomatlari yuzaga keladi. Bir necha joydan jarayon yorib chiqadi va oqma shakllanadi. Sekvestrlar kamdan-kam holatda hosil bo'ladi. Gummalar parchalanib tugaganidan so'ng suyak to'qimasida ekzostozlar, giperostoz o'choqlar hosil bo'ladi, usti chandiq bilan qoplanadi.
Gumma yuqori jag' tanglay o'sig'i yoki alveolyar o'siqni, burun to'sig'i yoki burun suyaklarini zararlasa teshik shaklida (defekt) kemtik hosil qiladi.
Rentgenologik tekshiruvda suyakda har xil shakldagi atrofi sklerozga uchragan destruksiya o'choqlari aniqlanadi.
Tashhislash klinik belgilaridan tashqari albatta Vasserman reaksiyasi va boshqa serologik, mikrobiologik va patomoriologik tekshiruvlar o'tkaziladi.
Qiyosiy tashhislash. Zaxmda suyak va qobig'i zararlanish!arini nospetsifik zaralanishidan farqlash kerak. Suyak va qobig'imng nospetsifik zararlanishi zaxmdan farqi - doimo o'tkir yoki surunkali tish kasalligi bilan bog'liq bo'ladi. Sifilitik gummani tuberkulyoz, aktinomikoz, rak va sarkomadan ham farqlash kerak.
Davolash. Suyak va suyak qobig'ining zararlanganida xatto sekvestrlar ajralayotganda ham aktiv xirurgik muolajaiar o'tkazilmaydi. Sekvestektomiya asosiy kasalUk davolaganidan so'ng o'tkaziladi.
KasalUk to'g'ri va o'z vaqtida davolanilsa tuzalish bilan tugaydi. Yuz va jag'dagi defektlar rejali ravishda ma’lum usullar bilan tiklanadi.
181
OIV-infeksiya yokl OITS(SPn>) kasalligi
OIV - bu odam infeksion virusU kasalligi boTib immunologik tanqislikning hosil boTishi bilan ifodalanadi. Bu kasallik odam immuntanqisligi virusi(OrV), OITS - odam immuntanqisligi sindromi, organizmning barcha himoya reaksiyalari va nerv boshqaruvi ishdan chiqishi bilan harakterlanadi. OIV alohida bir kasallik bo'lmay balki simptomokompleks holatida namoyon bo'luvchi kasallik.
OITS ni odam virus infeksiyasini retroviruslarga mansub turi chiqaradi. Virus oq qon hujayralari (Tx hujayralar) monotsitlarmakrofaglar va nerv hujayralarini zararlab, ulaming organizmni himoyalash faoliyatini susaytiradi va organizmda immunitet tanqisligini yuzaga keltiradi, har xil kasalliklar shu jumladan havfli o'smalar rivojlanishiga sharoit tug'diradi.
Bu kasallik etiologiyasi va patogenezi haqida teri-tanosil kasalliklari va terapevtik stomatologiyasi fanlarida to'liq ma’lumotlar berilgan.
Bu kasallik yuz-jag' sohasi va og'iz bo'shlig'ida limfadenopatiya, kandidoz, leykoplakiya, neoplastik kasalliklar, stomatitlar, gingivoparodontit va kserostomiya holatlarida namoyon bo'ladi.
Limfadenopatiya yuz va bo'yin sohalaridagi barcha regionar limfatik tugunlar kattalashishi bilan namoyon bo'ladi. Kasallik rivojlanishi sababini aniqlab bo'lmaydi.
So'lak bezlarining besabab kattalashishi, og'iz qurishi, sarkoma Kapachi va yassi hujayrali rak ham OITS ko'rinishi sifatida yuzaga kelishi mumkin.
Tashhis qo'yish va davolash prinsipIari. Og'iz bo'shlig'i a’zolarida va yuz-jag' sohalarida atipik sust kechadigan surunkali va o'tkazilgan davo natijasiz bo'lgan barcha bemorlar ixtisoslashgan markazlarda tekshiruvdan o'tkazilishi shart. Tashhis aniq qo'yilgandan so'ng, davolash asosan bemor immun tizimini tiklash, simptomatik davo o'tkazish, ayrim yallig'lanish kasalliklardan to'liq tuzalish imkonini beradi.
Profilaktika. Kasallik aniqlanganidan so'ng ular dispanser kuzatuvga olinib, kuzatuvda bo'ladi, ularga sog'lom turmush tarzi va kerakli tavsiyalar muntazam ravishda beriladi. Eng dolzarb muammolardan biri tibbiyot xodimlari kasallikni o'zlariga va boshqa odamlarga ham yuqtirmasliklari hisoblanadi. Buning uchun bar^M muassasalarda epidemiologik tartib va talablarga to'liq rioya qilish talab qilinadi. Tibbiyot xodimlari muntazam dispanser ko'rikdan o'tishlari, doimo bemorlarda OITS infeksiyasi bo'lishi mumkinligini yodda tutishlari kerak.
182
Yuz-jag' sohalari chipqoni, xo'ppozi va saramasi Chipqon, xo’ppoz. Chipqon-soch follikuli va atrofidagi to'qimalaming yiringli nekrotik yallig'lanishidir. Chipqon ko'proq 12-40 yoshlarda uchraydi. Chipqonning rivojlanish va uchrashida bemorlar turmush tarzi, kasbi, yashash va ishlash joyidagi iqlim sharoiti katta ahamiyatga ega. Changjuda ko'p bo'lganjoyda, ishjarayoni yuzni chang, yog'-moy bilan ifloslanishi kuzatiladigan soha egalarida (sement, ohak, ko’mir va boshqa, mazut, mashina moyi) , soqol olish, qashinish vaqtida, timdalab infeksiya teriga kiritiladi. Soch tolasi yonidan tushgan infeksiya kuchayib yallig'lanish rivojlanishiga sovuq, yoki haddan tashqari issiq sharoit, asab, endokrin tizimlaridagi o'zgarishlar, surunkali zaharlanish ham ta’sir etadi.
Kasallik rivojlanishi va kechishida modda almashinuvining ayniqsa, uglevodlarning ahamiyati katta. Qandli diabeti bo'lgan bemorlar 20% chipqon bilan kasallanadilar.
Etiopatogenez. Streptokokk va stafilokokklar, yog' bezi chiqaruv naychasidan yoki soch tolasi bo'ylab soch follikuliga tushadi va yallig'lanish chaqiradi. Jarayon yog' bezi va atrofdagi biriktiruvchi to'qima - teri osti asosi kletchatkasiga tarqaladi.
Patologik anatomiya. Chipqonda soch follikuli va yog' bezida yiringli yallig'lanish boshlanadi va atrofdagi teri osti biriktiruvchi to'qimaga o'tadi. Dastlab soch follikuli ustida neytrofil leykotsitlardan pustula hosil bo'ladi, o'z ichiga mikroblar va fibrinni oladi. Yallig'lanish soch o'zagidan so'rg'ichsimon qatlamga va biriktiruvchi to'qimaga o'tadi. Soch follikuli va yog' bezi nekrozga uchraydi, atrofida yiringli gazak hosil bo'ladi. Asta-sekin gazak epidermisni yorib chiqadi. Nekrozga uchragan soch follikuli bilan atrofidagi yiring ajraladi. Hosil bo'lgan bo'shliqni granulyatsion to'qima to'ldiradi, yetilib chandiq hosil qiladi.
Xo'ppozda-yuqorida keltirilgan yiringli nekrotik jarayon bir nechta soch follikuli va yog' bezlarida kechadi, natijada katta sohani egallaydi. Tarqalgan yiringli jarayon shakllanib, atrofdagi kletchatka mimik, kam hollarda chaynov mushaklariga o'tadi. Yallig'lanish qon tomirlar atrofidan tomirlarga, qovoqlarga tarqaladi, flebit va tromboflebit yuzaga kelishi mumkin.
Klinik kechishi. Yuzda chipqon odatda ko'proq lab, dahan, burun va yonoqda, kamroq - lunj, peshona sohalarida uchraydi. Rivojlanishida uch bosqich ajratiladi. Birinchi bosqichda-dastlab, chegaralangan, kichkina, usti qizargan, tegsa og'riydigan shish hosil bo'ladi. Bir ikki kun ichida soch o'zagiga kirish joyida, kichkina do’mboqcha hosil bo'ladi, ostidagi to'qimalarda gazak shakllanadi, ustidagi teri qizaradi, og'riq
183
kuchayadi. Yon atrofdagi to'qimalardagi shish kattalashadi, yalUg'lanish ko'lami kengayadi. Ikkinchi bosqichda 3-4 kunga kelib, gazak markazida nekrozga uchragan to'qimalar hisobiga yumshash aniqlanadi. Paypaslaganda, bilqillashni sezish mumkin. Epidermis yorilib, nekrozga uchragan soch follikuli va yog' bezi ajralib chiqadi (pinset yordamida olsa bo'ladi). Bu klinik amaliyotda <<YHUNGLI- NEKROTIK OZAK» deb yuritiladi.
Shundan so'ng, yara tozalanib, asta sekin ikkilamchi (per secunda) bitadi. Odatda, yuzda chipqon rivojlanishining ikkinchi bosqichi og'irroq o'tadi, yallig'lanish jarayoni teri bilan chegaralanmaydi, teri osti kletchatkasiga o'tib, abses hosil qiladi, ayrim hollarda bu jarayon keng tarqalib, flegmonaga o'tishi mumkin.
Chipqon rivojlanishi regionar limfa tugunlar yallig'lanishi chaqirishi mumkin. Shunday hollarda bemorda bosh og'rishi, xolsizlik, qaltirash, et uvishishi kabi intoksikatsiyaga xos belgilar ham kuzatiladi. Ayniqsa, yuqori lab va burun-lab burmasi atrofida kasallik og'irroq kechadi. Yuz venalari flebiti, g’ovaksimon sinus trombozi sepsis, meningo^nsefalit bilan kechadigan chipqon «havfli» deb ataIadi.
Havfli kechadigan chipqonni davolashda konservativ choraIar kam naf beradi. Birinchi navbatda, abses yoki flegmona jarroMik yo'li bilan ochiladi va yiringU yarani davolash prinsiplari asosida davo o'tkazi1adL
Uchinchi bosqichda, yiringli - nekrotik yara tozalanib, o'rni ikkilamchi bitish davriga o'tadi. Ammo, yuzdagi chipqon xo'ppozga ham o'tishi mumkin. Kasallik tez rivojlanadi. Dastlab kattagina ^izak hosil bo'lib, qisqa vaqt ichida teri barcha qatlamlari va teri osti yog' kletchatkasiga tarqaladi.
Bir vaqtda, terida bir nechta yiringli - nekrotik o'zakchatoming shakllanganligini kuzatish mumkin. Regionar hmfa tugunlari kafflfalashadtiL Bemor ahvoli yomonlashadi. Yiringli rezorbtiv lixoradka (feezgak) belgilari namoyon bo'ladi. Tana harorati 3<M0°S ko'tardadi et nvisMb, titroq tutadi. Qonda leykotsitoz, ECHT tezlashadi. YaHig'Iam$h j$rajOTm qisqa vaqt ichida atrofdagi keng sohalarga o'tadi. Yuqori labdagji mTpp&z lunj, ko'z osti sohasiga, burunga tarqaladi. Pastki lab va dahan sotosMagn chipqon va xo'ppoz dahan osti, jag' osti sohaIaridagi OegmrMMM Han asoratlanadi.O'z vaqtida, adekvat o'tkazUgan jarrohMk va medikannoDtoz davo natijasida yaralar tozalanib, sekin-asta bittadi.
Tashhis. Chipqon va xo'ppozning klinik kechishi o'zig^ mm bo'lgani uchun tashhis qo'yishda katta muammo yo'q, anw dfcmm klinikasi o'xshash bo'lgan kuydirgi kasaUigini yodda tutish keriL Bonning uchun bakterioskopiya qilib, kuydirgi batsiUasini aniqlash ks%zflL
184
Davolash. Yuzdagi chipqon va xo'ppoz og'ir o'tishi hamda qisqa vaqt orasida hayot uchun havfli asoratlar berishi mumkinligini e’tiborga olgan holda, bunday bemorlar statsionar sharoitida davolanadilar. Davolash faqat konservativ yoki konservativ va jarrohlik usullari birgalikda o'tkaziladi. Chipqonning birinchi bosqichida konservativ davo o'tkazsa bo'ladi. Bemorga to’shakda yotish buyuriladi. Yallig'lanish sohasi 70^29^ salitsil spirt bilan artilib NaCl gipertonik eritmasi bilan bog'lam qo'yiladi va tomchilab doimiy ho'llab turiladi. Teriga tashqaridan har qanday ta’sir etish, teginish taqiqlanadi (ayniqsa-soqol olish, timdalash, siqisfi).
Yiringli jarayon atrofidagi to'qimalarga anestetiklar novokain, lidokain, trimekain (eritilgan antibiotikIi) biIan blokadalar qilinadi. Fizioterapevtik muolajalar ham o'tkazish tavsiya qilinadi. Umumiy davo uchun antibiotiklar, umum quwatlovchi, sen$ibihzatsiyani tushiruvchi, detoksikatsion va gemostazni tikIovchi dori vositalar tavsiya qiUnadi. Yallig'lanish jarayoni atrof to'qimalardagi abses va flegmona bilan asoradansa, jarroMik amahyoti o'tkaziladL
Saramas - ten va $MMq paardaBar ©Ttikir inn#dksion kasalligi.
Saaramasmi A gomhga mmanDSpb te - gemolitik streptokokk chaqiradL
RhojUdriL Kasafflk $RnuD Srfdb%s^a msbatan sensibilizatsiya shakHanDgaDDda, amramriiy va nnnateMiy iinaffdksiyaga qarshi himoya $usaygmida rivppanoadL Ka$afflHk miwnpanni^^ terining infeksiyaga cMacmiWiigi wrnmg Bs^tHkfi^digst&ai^Diife aifettiivffiip va terida streptokokklar t^ffqaBgamBk Mafa kaMa aHnsanffl%a%a «®a. Bnnfeksiya teriga qirilgan, ttiraaOlganB Mnayda j^mflsatdbt; orai$aBar omspflii va stafilo-, streptodermiya kaM yaM5g"taraisfiQ Jao^snta^danu fcinadu.. ShunMa^dek, saramasga tug'ma
Wibpfe soBtera%ai Bnrffefeig&a tatding s®'rg' ichsimon qatlamida
zamJdbfc, xm^kM^^mma^k yaffl%"MniMh dtopradi. hrfeksiya terining Emmn8a tfiMnoamtoBda feE^p^adii,, qprai va fimfia ttearairtar atrofida limfoid va refiJbflto^istlM^3^^ toqa$otaKfem gasaik sttafeiiBaraadi. Hosil bo'layotgan dteuDfiM s^afcmism apatiaxfii va ffltarihga ta&y purfMrr>halnr hosil qiladi. Bu pgfafedhafarr randtaftffiu zandte&Hpm acaihsfti va yivingU bo'lishi mumkin. Agaarafla parifafedha adMiaHag^ sn^uqpik atarfHhgji Metchatkaga tarqalsa fflqgmmm Wam mm%tSteadk, tovqjmatoidhi raritae: yrazaga kelishi mumkin.
^dM^ ftBtfififc fcfiftaaga tteri@pa tUsApnidan bir necha soatdan s® nog ysM 4*5 tonrihni ssTnng, oTt#dir ydUjg^ariMfe foosManadi. Streptokokk
toksini qonga so'rilishi bilan, umumiy kasallik belgilari namoyon bo'ladi: holsizlik, kam quvvatlik, bosh og'rig'i, tana harorati ko'tarilib 38°S oshadi. Keyinchalik et uvishadi, tana titrab, qaqshab og'riydi, ko'ngil aynab qayd qiladi, nafas olish qiyinlashadi. Og'ir holatdagi bemorlar alahsiraydi.
Kasallik boshlanganidan 2-3 kundan so'ng, mahalliy yalligTanish belgilari namoyon boTadi. Yuz terisi ayniqsa burun atrofi, lunjlarda teri kapalaksimon shaklda qizaradi va yaltirab taranglashadi. YAllig'lanish bo'yin, quloq suprasi, qovoqlar va boshning terisiga tarqaladi. Jarayon og'iz tubi, halqum va tomoqqa tarqalsa, ahvol og'irlashadi.
Kasallik kechishi va patomorfologik o'zgarishlarini hisobga olib, eritematoz, eritematoz-bullyoz, eritematoz-gemorragik, gemorragikbullyoz shakllari ajratiladi. Saramas kechishida to'qimalar nekrozga uchrashi yoki flegmona yuzaga kelishi mumkin.
YalligTanishjarayoni tarqalishiga qarab yengil, o'rta og'irlikdagi va og'ir shakllarga bo'linadi. Kasallanishning birlamchi, qaytalanuvchi (ketma ket 1-2 yil ichida) qayta kasallanish (birlamchi kasallikdan ikki va undan kovp yil o'tganidan so'ng) ajratiladi.
Tashhis qo'yish. Kasallikning o'ziga xos kechishi uni boshqa yalligTanish kasalliklaridan qiyinchiliksiz ajratish imkonini beradi. Saramasni abses, flegmona, limfadenit yuz venasi flebiti kabi kasalliklaridan farqlash kerak.
Davolash. Bemomi kasalxonaga joylashtirish zarur va boshqa bemorlardan ajratib qo'yiladi. Umumiy va mahalliy davo o'tkaziladi. Umumiy davo antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar 7-10 kun davomida beriladi. Intoksikatsiyani olish uchun tuzli eritmalar (trisol, fiziologik eritma, gemodez, reopoliglyukin) va boshqalar quyiladi. Gemostazni yaxshilash uchun - askorbin kislotasi, vitaminlar; nospetsifik immunitetni ko'tarish uchun - pentoksil, metiluratsil tayinlanadi.
Mahalliy davo. Pufakchalami yorish, dastlab antiseptiklar bilan 3-4 kun, keyinchalik yara bitiruvchi malhamlar bilan bog'lamlar qo'yish.
7-BOB
Tish chiqishi kasalliklari
Tish chiqishi anomaliyalari quyidagi kasalliklarni o'z ichiga oladi:
1. Tish chiqishi bilan bog'liq boTgan yalligTanish kasalliklari (tish qiyin chiqishi ~ovtkir va surunkali perikoronarit).
2. Tishning notovgvri joylashishi (tish chiqish vaqtida siljigan) distopiyalangan tish(tish distopiyasi).
186
3. Jag' suyagi yoki shilliq qavatini tish toTiq yorib chiqmasligi (yarim retensiyalangan tish).
4. To'liq shakllangan tishning jag' suyagi kompakt plastinka ostida qolib chiqmasligi (tish retensiyasi).
Tish chiqish kasalligi ko'pincha ”aql tish”i atrofida bo'ladi.
Perikoronarit - qiyin chiqayotgan yoki yarim chiqqan tish atrofidagi yumshoq to'qimalaming yallig'lanishi.
Etiologiya va patogenezi.
O'tkir va surunkali perikoronaritning etiologik faktori, asosan og'iz bo'^hlig'i mikroflorasi hisoblanadi. Pastki aql tishi ustini o'rab turgan shilliq qavatli qalpoqcha (kapyushon -jag' suyagidan yorib chiqayotgan tish toj qismi ustidagi suyak usti qobig'i va shilliq parda) to'qimalari ostida mikrofloraning rivojlanishiga yaxshi sharoit mavjud. Ovqat qoldiqlari, epiteliy, shilliq moddalar bu yerga yig'ilib, shu yerdagi streptokokk, stafilokokk, tayoqchasimon shaklli va anaerob bakteriyalar uchun yaxshi muhit bo'ladi.
Perikoronit- bu chiqayotgan tish atrofidagi to'qimalarning yallig'lanishidir. Perikoronit patogenezi murakkab hisoblanadi. Kasallik rivojlanishi haqida bir qancha fikrlar bor. SHu fikrlardan biri - aql tishi chiqayotgan vaqtda tish toji ustidagi shilliq pardajarohatlanadi, eroziya va yara hosil bo'ladi, mahaliy immunitet pasayadi. Ko'pincha, aql tishining medial do'mboqchasi dastlab chiqadi va Uuing atrofida hosil bo'lgan surunkali yallig'lanish hisobiga, ustidagi shilliq pardada chandiq to'qima hosil bo'lib, kapyushon ostidan ekssudatning chiqishi qiyinlashadi.
Yana boshqa fikr - pastki jag' anatomo-topografik xususiyatlariga asoslanadi. Filo- va ontogenez jarayonida pastki jag' kichiklashadi alveolyar o'siq kaltalashadi va aql tishgajoy qolmaydi.
Klinik kechishi: Perikoronit o'tkir va surunkali kechishi mumkin. O'tkir perikoroniti bo'lgan kasallar, p^stki uchinchi jag' tish atrofidagi og'riqqa, chaynash qiynlashganligiga, ba’zan yutinganda qiynalishga shikoyat qiladilar. Bemoming umumiy holati qoniqarli, tana harorati 37,2dan 37,5°S gacha bo'ladi. Jag' osti limfa tugunlari kattalashgan va paypaslaganda og'riqli bo'ladi. Og'iz ochilishi dastlab erkin va kam og'riqli bo'ladi, keyinchalik og'iz ochilishi chegaralanadi va og'riqli bo'ladi (l-darajali yallig'lanishi kontrakturasi). Yallig'alinish jarayoni sekin o'sib borishi mumkin/lekin og'iz ochilishi chegaralanishi oshib boradi (2-darajali yallig'lanish kontrakturasi), yutinganda og'riq ham oshib boradi.
Aql tishi atrofi qanotsimon -pastki jag' burmasi va pastki jag' molyar tishlari sohasi o'tuv burmasi sohalarida, tarqalgan shish shilliq
187
parda qizargan bo'ladi. Ba’zi holatlarda yallig'lanish jarayoni, tanglay-til chodiriga, lunjga tarqaladi. Aql tishi kapyushon bilan to'liq bekilgan bo'lib, qaraganda ko'rinmasligi mumkin. Kapyushon bosilganda uning ostidan seroz-yiring ekssudat ajralishi mumkin. Tish atrofidagi yallig'lanish kapyushon ostidagi ekssudatni chiqish imkoniyatiga qarab, har xil kechishi mumkin. Ko'pincha, kapyushon atrofidagi chandiqli o'zgarish hisobiga, ekssudatning chiqishi qiyinlashadi. Kasallik kechishiga aql tishning alveolyar o'siqda joylashishi ham ta’sir qiladi. Aksariyat holatlarda, tish toj qismi lunj tomonga, kam - til tomonga siljishi kuzatiladi. Ba’zan aql tishi oldinga egilgan, shunda distal dumboqchalari og'iz ichidan ko'rinadi, medial dumboqchalari esa pastga yo’nalib oldindagi ikkinchi molyar tishga tiralib turadi.
O'tkir perikoronit to'liq davolanmay yallig'lanish o'tkirlashuvi, ikki uch marta qaytalansa surunkali shakliga o'tish mumkin. Bu holatda ekssudatning to'liq chiqmasligi, yallig'lanish jarayonining suyakka o'tishiga sabab bo'ladi.
O'tkir perikoronitning asoratlaridan biri, molyar tish orqasi periostiti hisoblanadi. Marginal periodont yoki kapyushon ostidagi infeksiyaning tarqalishi natijasida suyak qobig'i ostida subperiostal abses rivojlanadi. Kasallik perikoronit simptomlari bilan namoyon bo'ladi. Yallig'alinish jarayoni molyar orti sohasidan qanotsimon pastki jag' shilliq qavati burma dahliz, pastki go'mbazi, yumshoq tanglay, lunjlarga tarqaladi. Chaynov mushaklarining kontrakturasi kuzatiladi (II-III darajali), pastki jag' osti uchburchagi va lunj sohasi yumshoq to'qimalarida shish paydo bo'ladi. Pastkijag' osti limfa tugunlari kattalashadi.
Perikoronit diagnozi, klinik va rentgenologik belgilar asosida qo'yiladi. Pastkijag' yon proyeksiyasida olingan rentgenogrammadan aql tishining holati, uning periodonti holati, pastki jag' kanaliga nisbatan joylashishi haqida ma’lumot olsa bo'ladi. Surunkali jarayonda tish bo'yin qismidan ildizigacha suyak rezorbsiyasini ko'rish mumkin.
Davolash: O'tkir perikoronit poliklinika sharoitida davolanadi. Perikoronitning davosi, kasallikning umumiy va mahalliy klinikasi, rentgen belgilari, yallig'lanish rivojlanishi ifodalanishiga bog'liq bo'ladi. Birinchi navbatda, o'tkir yallig'lanish jarayonini bartaraf qilish kerak. Yallig'lanish boshlanishida, aql tishi va kapyushon oraUg’ini antiseptik suyuqliklar bilan yuvib, ingichka yodoformli doka qo'yish yetarli bo'ladi.
Yiringli perikoronitda - aql tish ustidagi va retromolyar sohadagi yumshoq to'qimalar kesilib, yuvilib, rezina chiqargich qo'yiladi. Bir -ikki marta lidokain, trimekain bilan o'tkazuvchan va infiltratsion og'riqiszlantirish usulida blokadalar qo'llash (ko'pincha antibiotik,
188
proteolitik fermentlar bilan) yaxshi foyda beradi. Analgin, amidopirin, dimedrol, suprastin ichish tavsiya qilinadi. Og'izga vanna qilish, iliq suyuqliklar bilan chayish, irrigatsiya qilish tavsiya qilinadi, fizikaviy usullardan -UYUCH, 5-7 muolaja magnito-mikroto'lqin terapiya, geliyneon lazeri bilan nurlantirish yaxshi foyda beradi. Jag' atrofi yumshoq to'qimasiga yallig'lanish tarqalib, limfadenit hosil bo'lsa, tashqi tomondan malhamli bog'lamlar tavsiya qilinadi, sollyuks lampasi bilan davolash buyuriladi. Yallig'lanish jarayoni tugatilgandan so'ng, tish taqdiri hal qilinadi. Agar davolangandan so'ng, tish to'liq ochilgan, alveolyar o'siqda joylashgan, antogonisti bilan tishlamda to'g'ri munosabatda bo'lsa, davolash shu yerda tugallanadi. Agar tishga alveolyar o'siqda joy kam bo'lib, antogonistiga halaqit bersa, unda tish olib tashlanadi.
Retromolyar periostitni davolash, yiringli yaraga birlamchi jarrohlik ishlovi berishdan iborat bo'ladi. Buning uchun qanotsimon pastki jag' burmasidan og'iz dahlizi pastki gumbazigacha kesiladi, ba’zan kesma molyar tishlar sohasigacha davom etadi. Davolash umumiy sxema bo'yicha yuqorida keltirilganday olib boriladi, albatta sulfanilamidlar buyurish, yarani har kuni yuvib turish muhimdir.
Asorati: Yiringli yallig'lanish jarayoni retromolyar sohadan og'iz dahlizi pastki gumbaziga, lunj sohasiga, ichkari - qanotsimon pastki jag' burmasi tomoniga, yumshoq tanglayga. tashqari va orqaga - pastki jag' shohi, tana qismiga tarqaladi. Infeksiya tarqalishi natijasida, pastki jag' tanasi yoki shoxining osteomiyeliti, lunj, til osti, jag'-til chuqurchasi, qanotsimon jag' -halqum atrofi, quloqoldi- chaynov, chakka, jag'osti va boshqa sohalar flegmonalariga olib kelishi mumkin.
Retromolyar periostitda o'tkirlashuv qaytalanaverishi pastki jag' shohi kompakt plastinkasining yemirilishi va ikkilamchi kortikal osteomiyelitiga olib kelishi mumkin.
Tish distopiyasi (noto'g'ri joylashishi).
Chiqqan tishning tish qatorida noto'g'rijoylashishi yoki tish yoyidan tashqaridajoylashishi - ya’ni o'zjoyidan siljishi distopiya deb ataladi.
Bu holat asosan tish chiqish muddati o'zgarishi, ketma-ketligi buzilishi natijasida kelib chiqadi va tish o'zjoyini to'g'ri egallamaydi. Bu holat, pastki va yuqori jag'larda - aql tishda, yuqori jag'da, qoziq tish va premolyarlarda kuzatiladi. Yuqorijag'da. tish og'iz dahlizi tomonga yoki og'iz xususiy bo'shlig'i tomonga, qattiq tanglay tomonga siljiydi, pastki jag'da - og'iz dahlizi, yoki alveolyar yoyidan tashqari, til tomonga siljiydi. Bundan tashqari, tishning o'rta chiziqdan medial, distal, hamda pastga yoki balandga siljishi va o'z o'qi atrofida aylanishi kuzatiladi. Yuqori va pastkijag'lar aql tishlarining har tomonga siljishi kuzatiladi. Yuqorijag'da
189
aql tishi lunj tomonga siljib eroziya va dekubittal yaralar paydo bo'lishiga olib keladi. Pastki jag'da aql tishiga joy kam bo'lganligi sababli og'iz dahlizi yoki til tomonga siljiydi.
Tashhis: Klinik va rentgenologik belgilar asosida qo'yiladi.
Davolash. Asosan aralash tishlam prikusda, 14-15 yoshgacha har xil ortodontik apparatlar yordamida to'g'rilanadi. 15 yoshdan so'ng bu davo ba’zan foydasiz bo'lishi mumkin. Yuqori jag'dagi aql tishi odatda olib tashlanadi, yoki do'mboqchalari charxlab tashlanadi. Pastki jag'ning aql tishi, ko'pincha poliklinika sharoitida olib tashlanadi. O'tkazuvchan va mahalliy og'riqsizlantirish ostida pastki jag' alveolyar o'sigi tashqi tomonidan uchburchaksimon qilib kesma o'tkaziladi, suyakdan shilliq suyak usti pardali laxtak ajratiladi, to'g'ri elevator bilan yoki Leklyuz kaliti yordamida qimirlatib, siljitiladi va keyin tekislik bo'yicha egilgan ombir bilan olib tashlanadi. Boshqa holatlarda, tishni qoplab turgan suyak, bormashina bilan ochilib, tish elevatori bilan olib tashlanadi. Siljitayotganda: pastki ikkinchi molyar jarohatlanishi; pastki jag' kanali jarohatlanishi va qon ketishi kuzatilishi mumkin. SHuning uchun tishni olish vaqtida, shu hollaming oldini olgan holda, o'rni yuvilib, suyak usti laxtaklarini joyiga qo'yib, choklar qo'yiladi. Operatsiyadan so'ng analgin, amidopirin, sulfanilamidlar. 4-6 kun fizikaviy davolash usullari qo'llanilishi tavsiya qilinadi.
Asorati: Perikoronaritda kuzatilgan holatlar rivojlanishi mumkin.
Tish yarim retensiyasi- tish toj qismining suyak va shilliq qavatdan to'liq chiqmasligi. Yuqori jag'da qoziq tish, ikkinchi kesuvchi tish, aql tishi, pastkijag'da aql tishi yarim retensiyalangan holda qolishi mumkin.
Klinik manzarasi: alveolyar o'siqdan chiqqan tish toj qismining yarmi ko'rinadi. Yarmi chiqib turgan tish atrofidagi shilliq qavat jarohatlanishi natijada yallig'lanishi mumkin. Alveolyar o'siqning qalinlashuvi, atrofdagi to'qimalaming qizarishi, shishganligi ko'rinadi.
Diagnoz: Asosan, klinik ko'rinishi va rentgen tasviriga qarab qo'yiladi, rentgenda tish alveolyar o'siqdan yarim chiqib turganligi ko'rinadi.
Davolash: Yarim chiqqan tish operatsiya yo'li bilan olib tashlanadi. Yoshlarda va o'smirlarda ortodontik yo'l bilan davolanadi, aql tishlari esa olib tashlanadi.
Chiqmagan (retensiyalangan) tish - to'liq shakllangan tish jag' suyagi ichida qolib ketsa, to'liq retensiya deyiladi. Bu tish-jag' tuzilishi kasalliklari bilan bog'liq bo'ladi. Asosan yuqori qoziq, pastki ikkinchi molyar tishlar va pastki aql tishlarida kuzatiladi.
190
Klinik ko’rinishi: Tashqi belgilarsiz kechadi va rentgenda tasodifan aniqlanishi mumkin. Alveolyar o'siqda tish kamligi ko'zga tashlanadi. Uning o'rnida sut tishi boTishi mumkin. Ayrim holatlarda alveolyar o'siqning yon tomonidan bo'rtib chiqqanligi ko'rinadi, ba’zan tish konturini paypaslash mumkin. Chiqmagan tish yonidagi tishlar siljishiga olib kelishi mumkin. Bemorlar tish chiqmaganligiga shikoyat qiladilar. Chiqmagan tish nerv tolalari oxiriga bosib, nevrit va nevralgiyadagi og'riqlarni, anesteziya, paresteziya paydo qilishi mumkin. SHuningdek, chiqmagan tish yallig'lanish manbai bo'lishi ham mumkin.
Davolash: Bezovta qilmasa va asorati boTmasa, hech qanday davo talab qilinmaydi. Og'riq bo'lsa, tish siljisa, qiyin chiqsa olib tashlanadi. Chiqmagan tishni olish ancha qiyinlik tug'diradi. Operatsiyadan oldin tishning jag' asosiga, jag' kanaliga, yuqori jag' bo'shlig'iga, burun bo'shlig'iga, qo'shni tishga nisbatanjoylashishini aniqlash kerak.
Buning uchun rentgenografiya qilinadi, yuqori va pastki jag'da tish olishning o'ziga xos xususiyatlari bor. Yuqori jag'da qoziq tish, kesuv tishlar va aql tishi olinadi.
Alohida tish guruhlarini olish xususiyatlari.
Yuqoridagi kesuv va qoziq tishlarini olishda, chiqmagan tish proyeksiyasidan, yuqori jag' dahliz gumbazidan alveolyar o'siqqa 2 ta burchak ostida tutashadigan kesmalar o'tkaziladi, laxtak suyakdan ajratiladi, tish ustida turgan suyak bormashina yordamida ochiladi. Tish elevator yoki ombir bilan olib tashlanadi. Agar tish olinganda, yonidagi tish ildizi uchi ko'rinib qolsa, unda, ildiz uchi rezeksiyasi, retrograd plomba qilish tavsiya qilinadi. Qoziq tishlar toj qismi tanglay tomonga, tish ildizi og'iz dahliziga qaragan holda, alohida qiyinchiliklar tug'diradi. Bu holda, tishni 2 qismga bo'lib, keyin olinadi, shillik qavatga ketgut choklar qo'yiladi. Yuqori jag'ni tanglay usig'iga yaqin joylashgan kesuvchi, qoziq tishlarni olish uchun trapetsiyasimon kesma o'tkaziladi va tish ombur bilan yoki elevator bilan olib tashlanadi. Yuqori ikkinchi premolyarni olganda, yuqori jag' bo'shlig'iga yaqin joylashganiligi hisobga olinadi, kesma og'iz dahlizi tomonidan o'tkaziladi, suyak bormashina bilan ochilib, tish olib tashlanadi. Agar yuqori jag' bo'shlig'ining butunligi buzilsa operatsion jarohat yuvilmaydi, perforatsion teshik zich qilib tiqiladi. Yuqori jag' aql tishini olishda alveolyar o'siq ustidan kesma o'tkazilib, muko-periostal laxtak ajratiladi, suyak ochilib, tish olinadi, keyin shilliq qavatga choklar qo'yiladi.
Pastki jag' aql tishi pastki jag' kanaliga, daxan teshigiga, qo'shni tishlarga nisbatan joylashishiga e’tibor berish kerak. Tish pastki jag'
191
tanasi, alveolyar o'sigida joylashgan bo'lsa, unda kesma og'iz dahlizi tomonidan o'tkaziladi, laxtak ajratilgach, pastki jag' kanali yaqinligi hisobga olinib suyak ochiladi, tish olib tashlanadi, kesma trapetsiyasimon yoki yarim oval shaklida bajariladi, va tish elevator bilan olib tashlanadi.
Pastki jagv tanasining qirrasiga yaqin joylashgan tishni og'iz tashqarisidan olinadi. Pastki jag' tanasiga parallel qilib uzunligi 2-2,5 sm. kesma o'tkaziladi, yumshoq to'qimalar ajratilib, suyak ochiladi. Tish ustidagi suyak olinadi, so'ng tish sug'urib olinadi, jarohat qavatma-qavat tikiladi.
Pastki jag' shohida joylashgan tish ham og'izdan tashqari yo'l bilan olinadi pastki jag'osti uchburchagida kesma o'tkazilib, chaynov mushagi ajratiladi, pastki jag' shohida tish proyeksiyasi bormashina bilan ochilib, tish olib tashlanadi. Jarohatga choklar qo'yiladi.
Tish pastki jag' alveolyar o'sig’iga yaqin joylashganda, og'iz ichidan olinadi, 2 ta kesma o'tkaziladi: birinchi kesma tish o'midan, ikkinchi kesma - 2 chi molyar tishdan pastga va qiya qilib oldinga tushuriladi. Laxtak ajratiladi, suyak ochilib tish olinadi, jarohat tikiladi.
Operatsiyadan so'ng analgin, amidopirin, sulfanilamidlar, fizikaviy davolash usullari, tashqaridan malhamli bog'lamlar qo'llash kerak. Bir haftadan so'ng, (LFK) davolovchijismoniy tarbiya buyuriladi.
Asoratlari: Quyidagi asoratlar boTishi mumkin. Yallig'lanish
kasalliklari-jag'lar o'tkir yiringli periostiti, jag'-til chuqurchasi absesiflegmonasi, qanotsimon jagv va quloq oldi chaynov, halqum atrofl flegmonalari, pastki jagv shoxi osteomiyeliti, yuqori jag' sinusiti kabi asoratlar. Operatsiya bilan bog'liq bo'lgan asoratlar - tishlami olishdagi asoratlarga monand.
Profllaktika: Tishlar tovgvri chiqishini ta’minlash maqsadida, ogviz bovshligvi sanatsiyasi, jagv o"sishini nazorat qilish, joiz bovlsa ortodontik davolash.
8-BOB
Odontogen gaymorit.
Yuqori jagv bo"shligT shilliq pardasining yallig"lanishi gaymorit deb ataladi.
Gaymorit ko'pincha, burun shilliq pardasining ovtkir yallig"lanishi, boshqa infeksion va respirator kasalliklar oqibatida rivojlanadi. Yuqori jagv bovshligviga infeksiya tish orqali tushgan bovlsa, gaymorit odontogen deb ataladi.
Etiologiya va patogenez. Odontogen gaymorit rinogen gaymoritga o'xshab, og'izda va burunda yashovchi yiringli infeksiya tushishi
192
natijasida rivojlanadi. Infeksiya yuqorijag'dagi kichik va katta oziq tishlar o'tkir yoki o'tkirlashgan surunkali periodontiti, yallig'langan radikulyar kista, yuqori jag' osteomiyeliti natijasida tushadi. Yuqori jag' tishlarini olayotganda yoki davolayotganda qo'pol harakatlar qilinishi tufayli jag' bo'shlig'i tubi teshilib, ildiz bo'shliq ichiga kirib ketishi, plomba ashyolarining ildiz uchidan bo'shliqqa tushishi natijasida rivojlanadi.
Odontogen gaymorit rivojlanishida yuqori jag' bo'shlig'i tubi va tishlar ildizlari orasidagi suyak qalinligijuda katta ahamiyat kasb etadi.
Ildizlar uchlari va bo'shliq tubi orasidagi suyak 0,1mm dan 15-20 mm gacha qalinlikda bo'lishi mumkin. Oradagi suyak nechog'lik yupqa bo'lsa, ildiz uchidan yallig'lanish jarayoni yuqori jag' bo'shlig'iga o'tish ehtimoli shuncha ortadi.
O'tkir odontogen gaymorit.
O'tkir gaymoritda bemorlar odatda ko'z osti, lunj sohalaridagi og'riqqa, ayrim hollarda, og'riq yuzning yarimini egallashiga, shu tomondagi og'irlik, burun bitishiga shikoyat qiladilar. Og'riq peshona, chakka, ensa sohalariga tarqalishi mumkin. Kichik va katta oziq tishlar sohasida og'riq saqlanishi, tishlaganda kuchayishi mumkin. Og'riq darajasi yuqori jag' bo'shlig'ida yig'ilgan ekssudat, yiring miqdoriga, drenajga bog'liq. Agarda yig'ilgan suyuqlik tabiiy teshikdan chiqib tursa, og'riq kamayadi - teshik bekilib qolsa - kuchayadi. Bemor ahvoli yomonlashadi va organizm zaharlanishi belgilari kuzatiladi, tana harorati 37,5-38°S, holsizlik, bo'shashish, bosh og'rig'i, ishtaha buzilishi kuzatiladi. Hid sezish qobiliyati susayadi va umuman sezmaslik holatigacha yetadi (yo'qoladi).
Bemorga qaralganda, ko'z osti, lunj sohalarida shishni ko'rish mumkin. SHish bo'lmasligi ham mumkin, yuqori jag' bo'shlig'i old devori va yonoq suyagini paypaslaganda, og'riq aniqlanadi. Kasallangan tomonda regionar limfatik tugunlar kattalashadi va og'riqli bo'ladi.
Og'iz dahlizida: shilliq pardaning qizarishi, shish va og'riq kuzatiladi. Oziq tishlar perkussiyasida 2-3 tish og'riydi. Burun bo'shlig'i shilliq pardasi qizarishi, shishganligi aniqlanadi. O'rta va pastki burun chig'anoqlarining kattalashganliklari, burun yo'llarida yiring borligi va engashganda, burun teshigidan oqishini kuzatish mumkin. Agarda shish hisobiga bo'shliqning tabiiy teshigi 'yopilib qolsa, rinoskopiyada yiring ko'rinmasligi mumkin. O'rta burun yo'lini va chig'anog'ini 1% dikain eritmasiga 1 tomchi 0,1% adrenalin qo'shib, surtilsa. burun ochilib, bo'shliqdan yiring ajralishini kuzatish imkonini beradi. Yuqori jag' bo'shlig'i tubining perforatsiyasi, yot jism, periapikal o'choqlar, bo'shliq
193
shillik pardasining chegaralangan sohasidagina o'zgarishlami yuzaga keltiradi. Yuqori jag' odontogen osteomiyeliti, radikulyar kista yiringlashi natijasida bo'shliq shilliq qavatining butunlay total zararlanishi kuzatiladi.
PatoIogik anatomiya yuqori jag' bo'shlig'ida kechayotgan yallig'lanish o'tkir, o'tkir osti va surunkali kechishi mumkin. SHilliq pardadagi mikroskopik o'zgarishlar kasallik rivojlanishi va kechishiga qarab xilma- xil bo'ladi. O'tkir gaymoritda, dastlab shilliq pardada kataral yallig'lanish shakIlanadi, shilliq parda qalinlashadi, qizarib shishadi, natijada yuqori jag' bo'shlig'ining burunga ochiladigan tabiiy teshigi yopilib qoladi.
Mikroskopikjihatdan, shilliq parda epitelial qatlamiga limfotsitlar va polinuklear hujayralar siljib kiradi. ShilUq osti qatlam shishadi, qon tomirlari to'lishib, atroflarida infiltratlar va qontalashlar o'choqlari hosil bo'ladi. Ayrim sohalarda psevdokistalar (har xil shakldagi yoriqlar) shakllanadi. Shilliq ishlab chiquvchi hujayralar kattalashib suyuqlik chiqaradi va oraliqlami to'ldiradi, 2-3 kun o'tgach kataral yallig'lanish yiringli yallig'lanishga aylanadi. O'tkir odontogen gaymorit tashhisini klinik va rentgenologik tekshiruvlar asosida qo'yiladi. Tashhis qo'yish uchun:
1) yuqorida keltirilgan, gaymorit uchun xos bo'lgan belgilarni aniqlash kerak;
2) tishlarga klinik va rentgenologik baho berish va ildiz uchining bo'shliqqa munosabatini ko'rish lozim;
3) burun yondosh bo'shliqlari rentgen suratida gaymoritga xos belgilami aniqlash, yuqori jag' bo'shliqlarining diffuz y. A qisman xiralashganini ko'rish kerak. Ayrim hollarda, yuqori jag' bo'shlig'ida suyuqlik sathini ko'rsatuvchi gorizontal chiziqni ko'rish mumkin;
4) aniqlik kiritish uchun, yuqori jag' bo'shlig'ini punksiya qilish mumkin. Burun bo'shlig'i shilliq pardasiga 1% dikain eritmasiga adrenalin tomchisi qo'shib, surtiladi. Og'riqsizlantirib, Kulikovskiyning punksiya uchun maxsus naycha -ninasi bilan burunning pastki chig'anog'i ostidan bo'shliq teshiladi va 1,0-1,5 sm. ichkariga kiritiladi. Nina bo'shliqqa tushganini sezgach, ichidagi suyuqlik shpritsga tortib olinadi. Shundan so'ng ninani olmasdan, 15-20 ml antiseptik, antibiotik, fermentlar bilan yuviladi;
5) zamonaviy uslublardan ultratovish bilan tekshirish mumkin;
6) magnitorezonans tomografiya o'tkazish mumkin.
Davolash. O'tkir odontogen gaymoritni davolash kompleks ravishda o'tkaziladi. Albatta, infeksiya manbai bartaraf qilinishi shart, tish olinadi, periostit, osteomiyelit radikulyar kista kesib ochiladi va drenajlanadi.
194
Antibakterial, desensibUizatsiya qiluvchi, yallig'lanishga qarshi dorilar beriladi. Burun yo’llarini ochuvchi tomchilar buyuriladi.
Bo'shliqdan yiring yaxshi chiqmasa yuqorida keltirilgandek punksiya qilinadi va yuvib dori vositalari yuboriladi. Qo'shimcha fizioterapevtik muolajalar (UYUCH, lazer, magnit) o'tkaziladi. Barvaqt va adekvat o'tkazilgan davo natijasida bemor kasallikdan tuzalib ketadi. Ayrim hollarda kasallik surunkali shaklga o'tadi.
Asoratlar. KasaUikni davolash o'z vaqtida o'tkazilmasa, yoki yetarli bo'lmasa, o'tkir odontogen gaymorit asoratlar berishi mumkin. Yuqori jag' periostiti, ko'z osti sohasi abses va flegmonasi, ko'z kosasi flegmonasi, yaHig'lanish burunning boshqa yondosh bo'shliqlariga tarqalishi. Ayrim hollarda yuz venalari tromboflebiti va bosh miya qattiq pardasi, sinuslari trombozini keltirib chiqarishi va hayotni havf ostida qoldirishi mumkin.
Surunkali gaymorit.
Surunkali gaymorit yaxshi davolanmagan o'tkir gaymoritdan so'ng rivojlanadi. Ammo, surunkali gaymorit albatta o'tkir gaymoritdan so'ng rivojlanishi shart emas. Ko'p hollarda bu kasalUk o'tkir yallig'lanish belgilarisiz ham boshlanadi.
Yallig'lanish rivojlanishiga yuqori oziq tishlarining surunkali periodontiti, parodontiti, yuqori jag' bo'shlig'i tubi yaqinida o'tkazilgan operativ va endodontik muolajalar asosiy sababchilar bo'lishi mumkin.
Klinik kechishi
Surunkali odontogen gaymorit uzoq vaqt klinik belgilarsiz kechishi mumkin. Bemorlarda so'rov o'tkazilganda uzoq vaqt burundan yaxshi nafas olmaganliklari, burundan yiring aralash ajralma kelgani, bosh og'rib yurishi, yuqori jag'da og'irlik, “taranglik” bo'lganligini aytishadi. Ayrim kunlari kechga kelib tana harorati 37,2-37,5°S holsizlikni qayd etishadi. Bemor yuz-jag'i ko'rilganda kasaUik alomatlarini aniqlash qiyin. Faqat yuqori jag'da og'iz ichidan o'tuv burmasini paypaslab ko'rilganda og'riq sezilishi mumkin. SHiUiq qavat shu sohada bir oz shishgan va qizargan bo'ladi.
Rinoskopiya o'tkazilsa: burun yo'llaridarquyaq yoki shiHiq aralash yiring ko'rish mumkin. Ayrimdarda, burun shilliq pardasida polipoz o'smalar uchraydL Tashhls qo'yish uchun rentgenologik tekshiruvlar o'tkaziladi. Oddiy rentgen suradda surunkali kataral gaymoritga xos belgi - bu yuqori jag' bo'shlig'ining xiraiashganligi. Punksiya orqali rentgenkontrast modda yuborilganda bo'shliq hajmi, uning devorlari shiUiq pardasini qaIinte$hganligini kuzatish mumkin.
195
Surunkali gaymoritda shilliq pardadagi patomorfologik o'zgarishlami e’tiborga olgan holda yallig'lanishning uch shakli ajratiladi: kataral, yiringli, polipoz.
Yiringli gaymoritda yuqorijag' bo'shlig'i devorlari noaniq, intensiv va bir tekisda xiralashgan bo'ladi.
Polipoz shakldagi surunkali gaymoritda bo'shliq devorlaridagi shilliq parda o'zini tekisligini yo'qotganligini kuzatish mumkin. Kontrast modda punksiya orqali yuborilsa bo'shliqdagi proliferativ o'zgarishlarni aks ettiruvchi shaklda ma’lumot olish mumkin.
Qiyosiy tashhislash.
Surunkali odontogen gaymoritni tish ildizi kistasi va yuqori jag' havfli o'smalaridan farqlash kerak.
Radikulyar kista asta-sekin kattalashib yuqori jag' bo'shlig'iga o'sib kiradi va devorlarini kengaytiradi hamda deformatsiyalaydi. Ki ta bosimi hisobiga jag' suyaklari yupqalashadi bo'shliq old devori paypaslaganda pergament qog'oz qirsillash simptomi va flyuktuatsiya (bilqillash) belgisi aniqlanadi. Odatda yuqori jag' bo'shlig'ining oldingi va pastki devorlari zararlanadi. Oldingi tishlarining granylema hosil qiluvchi periodontitidan hosil bo'lgan kista, burun bo'shlig'i tubi va noksimon teshik tomon o'sadi. Natijada burunning pastki yo'lida bo'rtib chiqqan shish (Gerber bolishi) kuzatiladi. Kichik va katta oziq tishlardan hosil bo'lgan kista, alveolyar o'siq kengayishi va bo'shliq tubi shaklining buzilishiga olib keladi. Uchinchi (qoziq) tish sababchi bo'lsa, kista ko'z osti sohasida shish hosil qiladi. Kista kattalashgan sari yuqori jag' bo'shlig'i devorlarini yirib, og'riq chaqiradi, og'riq uch shoxli nerv tarmoqlaridan ko'z osti, chakka, ensa bo'yinga tarqalishi mumkin. Bosh og'rig'i kuzatiladi.
Rentgenologik tekshiruvda yuqori jag' tishlaridan hosil bo'lgan kista bo'shliq tubini surub, ichiga gumbaz shaklida kirib borgani aniqlanadi. Kista yallig'lansa yuqori jag' bo'shlig'i shilliq pardasi
196
yallig'lanishini yoki bo'shliq ichiga yorilib, o'tkir yoki surunkali gaymoritni o'tkirlashgan shaklini yuzaga keltiradi.
Yuqori jag' hafli o'smalari boshlang'ich davrda surunkali gaymoritga xos bo'lgan belgilar bilan kechadi. Bemorlar burun bitib qolishi, bir tomondan nafas olish qiyinligiga, burundan noxush hidli ajralma kelishiga, yuqori jag'dagi og'riq atrofdagi tishlar va chakka sohasiga tarqalishiga shikoyat qiladilar. Surunkali gaymoritdan farqli bu og'riq asta-sekin kuchayib, doimiyga aylanadi. Burundagi ajralma badbo'y hidli gohida qon aralash keladi. Bemorlar odatda yallig'lanishga qarshi o'tkaziladigan davo natija bermasligini qayd qiladilar. Ayrim bemorlarda o'sma kattalashib atrofga tarqaladi, ko'z kosasi tubining shakli buzilib, ko'z olmasi oldinga bo'rtib chiqadi (ekzoftalm). Burun bo'shlig'ida o'smani ko'rish, olingan tish katakchasidan o'sm.a bo'rtib chiqqanligini kuzatish mumkin.
Rentgenologik tekshiruvda yuqorijag' bo'shlig'ining devorlari aniq ko'rinmaydi, aksincha, o'sma borjoyda suyak yemirilib, bo'shliq o'sma to'qimasi bilan to'lganligi hisobiga bir tekisda xiralashadi. O'smaga shubha bo'lsa sitologik va patogistologik tekshiruv o'tkaziladi .
Odontogen gaymoritni rinogen gaymoritdan ham farqlash kerak, gaymorit bo'lgan tomonda: tish kasalliklari (periodontit,
paradontit, osteomiyelit, radikulyar kista,) tish olingandan sovng ogviz bovshligvi tish katagi orasida teshik yoki oqma yovl aniqlanadi. Yallig'lanish yuqorijag"ning faqat bir tomonida bo'ladi.
Surunkali odontogen gaymoritni davolash kompleks ravishda o'tkaziladi. Asosiy prinsip bu yallig'lanishni chaqirgan infeksiya ovchogvini jarrohlik usulida bartaraf qilish (tish olinadi, kista ochiladi va boshqa muolajalar.) Yuqori jagv bovshligvini yiringdan tozalash maqsadida punksiya qilinadi va yuviladi. Iloji bovlsa kateter qoldirilib, kun davomida bir necha marta antiseptiklar bilan (yodinol, rivanol, furatsillin) yuviladi. Agar yiring quyuq, fibrinoz parda bilan qoplangan bovlsa, bo'shliqqa yuboriladigan dori vositalarining ta’siri yetarli bo'lmaydi. Shuni hisobga olib yuqori jagv bovshligviga dastlab ferment preparatlar (tripsin, ximopsin, ximotripsin), yuborilsa ulaming (proteolitik, mukolitik, fibrinolitik, shish va yallig'lanishga qarshi) ta’siri natijasida davolash samaradorligi oshadi. Mahalliy davolashga fizioterapevtik muolajalar qo'shilsa (UVCH, SVCH, magnit, lazer) maqsadga muvofiq bo'ladi.
Surunkali odontogen gaymoritlami (ayniqsa shilliq pardada polipoz va giperplastik o'zgarishlar bo'lganda) konservativ davo to'liq tuzalish bermaydi. Shunday hollarda surunkali odontogen gaymoritni davolash maqsadida Kolduell-Lyuk radikal operatsiyasi o'tkaziladi.
197
Operatsiya mahalliy infiltratsion va o'tkazuvchan og'riqsizlantirish (tuberal, insiziv, palatinal va infraorbital; pastki burun yo'li va chig'anog'i sohasida esa 3% dikainning adrenalinli eritmasini applikatsiya qilish bilan; mahalliy kuchaytirilgan (NLA) bilan) yoki endotraxeal narkoz ostida o'tkaziladi. Kolduell-Lyuk operatsiyasi quyidagi bosqichlarda o'tkaziladi:
1. Og'iz dahlizi yuqori gumbazi bo'ylab yoki o'tuv burmadan pastroqda ikkinchi - ettinchi tishlar orasida shilliq qavat suyak qobig'i suyakkacha kesiladi.
2. Suyak qobig'i (periost) suyakdan yumshoq to'qimalar bilan ajratiladi va yuqorijag'ning old devori ko'z osti chuqurchasi ochiladi.
3. Ko'z osti chuqurchasida noksimon teshikka yaqinroq qilib 1-1,5 sm. diametrda (bormashina, iskana yoki maxsus tishlag'ich ombur bilan) suyakda deraza ochiladi.
4. Ochilgan teshikdan sinus ichidagi yiring, poliplar qirib olib tashlanadi. Shilliq pardani iloji boricha saqlashga harakat qilinadi.
5. Burun pastki yo'lidan bo'shliqqa yo'l ochish maqsadida burun devorini 1-1,5 sm. diametrda suyak sindirilib olinadi, chetlari qirilib silliqlashtiriladi va teshik sohasidagi burun shilliq pardasi bo'shliq tubiga yotqiziladi.
6. Bo'shliq tubiga yotqizilgan shilliq parda laxtagini suyakka yopishib turishini ta’minlash, bo'shliqdagi ajralmalami chiqarish maqsadida uni yodoformli ingichka doka bilan to'ldirilib, uchi burundan chiqarilib qo'yiladi.
7. Operatsionjarohatga chok qo'yiladi.
Radikal gaymorotomiya yuqori jag' bo'shlig'i shilliq pardasidagi yallig'lanishjarayonini to'liq bartaraf qilmaydi. Burun va bo'shliq orasida ochilgan sun’iy teshik aeratsiya va bo'shliqdan ajralmaning chiqishini
198
yaxshilaydi. Shu sababli operatsiyadan keyin bemorlar albatta kompleks medikamentoz davo olishlari kerak.
RadikaI gaymorotomiya asorati. Radikal gaymorotomiya o'tkazgan bemorlarning ko'pchiligi operatsiyadan so'ng yuqori lab, burun qanoti sohalarida terining, alveolyar o'siq shilliq pardasi va tishlarining sezuvchanligi o'zgarganligini qayd etishadi. A.G.SHargorodskiy bu holatni yuqori alveolyar nervni suyak ichidan o'tayotgan tolalarining uzilishi bilan tushuntiradi.
Yuqori jag' bo'shlig'i tubi teshilishi natijasida rivojlangan gaymorit.
Yuqori jag' premolyar va molyar tishlar ildizlari uchi bo'shliq tubiga kirib yoki yaqin turishi, shu tishlar olinganda teshilib qolishiga olib keladi (tish olishdagi asoratlami o'qing)
Yuqori jag' alveolyar o'sig'ida o'tkaziladigan har bir operativ muolaja davomida bo'shliq tubiga e’tibor berish va butunligiga amin bo'lish kerak. Bo'shliq tubi teshilsa, albatta gaymorit rivojlanadi degani emas. Bu teshik aniqlanganidan so'ng shifokor tutgan yo'liga bog'liq. Bo'shliq tubi ochilib qolsa, birinchi navbatda shilliq parda (yallig'lanish bormi yoki yo'qmi) holatiga baho beriladi. Bo'shliqda yallig'lanish bo'lmasa, ildiz yoki boshqa yotjism yo'qligiga ishonch hosil qilib teshikni shu kuniyoq operatsiya usuli bilan berkitish kerak. Agar olingan tish katakchasida yiringli ajralma bo'lsa, unda surunkali gaymoritning davolash prinsiplariga rioya qilinadi. Perforatsion teshik plastika qilish usullari ko'p, sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holda ish tutiladi.
Stomatologik kabinetda jarrohlik aralashuvini o'tkazish uchun imkoniyat bo'lmasa-oddiy usul bilan chegaralanilsa bo'ladi -bir necha qatlam yodoformli tasmasimon dokani tish katakchasi ustiga qo yiladi. Tushib qolmasligi uchun atrofdagi yumshoq to'qimalarga chok qo'yib mahkamlanadi. Yoki ligatura simi bilan qo'shni tishlarga bog'lab qo'yiladi. Tish katakchasida hosil bo'lgan qon quyqasi yallig'lanishdan saqlab qolinsa, biriktiruvchi to'qimaga aylanib teshik berkilib ketadi. Imkoniyat bo'lsa teshik jarrohlik usulida yopilgani ma’quL Buning uchun og'iz dahlizida alveolyar o'siqning olingan tish sohasida asosi o'tuv burmaga qaragan trapetsiya shaklida laxtak kesiladi, asosi tomondan o'tuv burma bo'yicha yonga kesma davom ettiriladi va suyak qobig'i bilan ajratilib laxtak uchi teshikni tanglay tomondagi chetiga tortib tikiladi.
Yuqori jag' bo'shlig'iga ochilib qolgan tish katakchasini lunjdan olingan shilliq parda erkin laxtagi bilan yopish usulini o'zbek olimlari
S.U.Burixonova, E.U.Mahkamov (1968) kashf etib amaliyotga tadbiq qilganlar.
199
TisH olishjarayonida yuqorijag' bo'shlig'i tubi ochilganida olingan tish yoki ildizini replantatsiya usulida joyiga o'rnatib teshikni berkitish mumkinligini A.M.Xolmuhamedov (1993) ishlab chiqqan.
Tish olish jarayonida yuqori jag' bo'shlig'i tubi teshilganligi aniqlanib yuqorida keltirilgan konservativ va jarrohlik usullar natija bermasa yoki teshilganlik vaqtida aniqlanmasa surunkali yiringli yoki polipoz gaymorit rivojlanadi. Tish katakchasida oqma yo'l shakllanadi. Bunday hollarda bemorlar og'izdagi suyuqlik burundan chiqishiga, teshikdan og'izga yiring oqishiga shikoyat qiladilar. Surunkali gaymoritni davolash va perforatsion teshikni bartaraf qilish uchun Kolduel-Lyuk usulida radikal gaymorotomiya va teshikning asosi tanglayda bo'lgan tilsimon laxtak ko'chirilib alveolyar o'siqdagi nuqson ustiga suriladi hamda tugunli ketgut choklar bilan tikiladi.
9^BOB
So'lak bezlarining o'tkir yallig'lanishi (sialodenit).
So'lak tosh kasalligi.
Gripp virusi chaqirgan o'tkir sialodenit. Bu kasallik gripp epidemiyasi davrida uchraydi. Kasallik daslab katta so'lak bezlaridan birida boshlanadi va tez kunda ikkinchi juft bezda yo!d katta va kichik bezlarda bir vaqtda uchraydi. Yallig'lanish jarayoni tez boshlanadi va 1-2 kun ichida so'lak bezi yiringlab nekrozga uchraydi. Ketma-ket bir nechta soTak bezi nekrozga uchrashi ham mumkin. Quloq oldi so'lak I ^zlarining yallig'lanishiga xos bo'lgan belgilardan biri bu og'iz ochganaa, boshni yonga qaratganda og'riq bo'lishi. So'lak bezi atrofida tarqalgan yumshoq shish bo'lib u lunj pastki jag' osti, pastki jag' orti va bo'yinning yuqori qismlariga tarqaladi.
Paypaslaganda so'lak bezining kattalashganligi gazak hisobiga qattiqlashganligi. usti silliq bo'lganligi aniqlanadi. Pastki jag' osti so'lak bezining yallig'lanishida bemorlar yutinishdagi og'riqqa shikoyat qiladilar. Pastki jag' osti. dahan osti, til osti sohalarda, bo'yinning yuqori qismiga tarqaluvchi shish aniqlanadi. Og'iz ichidan til jag' tarnovchani distal qismini paypaslaganda pastki jag' ostida kattalashgan, usti silliq, qimirlovchi o'zi zich bo'lgan, og'riqli so'lak bezi aniqlanadi.
Til osti o'tkir sialodenitida bemorlar tilning harakatida og'uq turishiga shikoyat qiladilar. Qaraganda bez ustidagi shilliq qavat kulrang tus olganligi, ayrim joylari yorilib yiring chiqishini va bez to'qimasi nekrozga uchraganligini kuzatish mumkin.
200
Davolash. Gripp virusi chaqirgan o'tkir sialodenitni davolash prinsipi etiopatogenetik bo'lishi kerak.Barcha harakatlar virus va uning asoratlarini olishga qaratiladi umumiy davolash bilan bir vaqtda og'izni interferon bilan 4-5 marta chayish. So'lak naychalaridan yiringli ajralma bo'lsa uni yuvish va antibiotiklar yuborish. Katta e’tibor bemorning harakatni kamaytirib, yotib davolanishga, so'lakni xaydashga qaratilgan diyetada bo'lish va simptomatik medikamyontoz davoga qaratiladi.
Bez nekrozga uchrasa kapsulasi darxol kesiladi shu bilan tarqalishning oldi olinadi. Odatda kasallik to'liq tuzalish bilan tugaydi? ammo asoratlar ham bo'lishi mumkin so'lak bezi naychasining bitib qolishi, yoki chandiqlar bilan toraishi.
Infeksion kasalliklar va jarrohlik amaliyotidan so'ngi o'tkir sialodenit.
Bunday sialodenit ko'proq quloq oldi va kamdan-kam hollarda boshqa so'lak bezlarida kuzatiladi.
Sababchisi va patogenezi. O'tkir sialodenit har qanday og'ir kechgan yuqumli kasallikda uchrashi mumkin, ko'proq tif kasalligida va katta hajmdagijarrohlik amaliyotidan so'ng uchraydi.
Sababi bu kasalliklar natijasida reflektor so'lak ishlab chiqarish kamayadi, so'lak yo'llarida istiqomat qiluvchi aralash infeksiya: stafilokokk, streptokokk va boshqa mikroblar stomatogen, limfogen va gematogen yo'lka bilan bezga tushadi va yallig'lanish chaqiradi.
Patologik anatomiyasi. Daslab bezda zardobli yallig'lanish rivojlanib to'qimada giperemiya, shish o'rtameyona leykotsitar infiltratsiyasi shakillanadi.
Bezning chiqaruv yo'llarida shish kuzatiladi, oralig'ida yopishqoq, epitelial hujayra va ko'p miqdordagi mikroblar bo'lgan ajralma to'planib qoladi. Yengil kechayotgan kasallikda bez foliyati tiklansa yuqorida keltirilgan o'zgarishlar orqaga qaytadi.Infiltrat va shish surilib asta-sekin yallig'lanishjarayoni kamayadi.
Kasallik og'irlashsa zardobli yallig'lanish yiringli yallig'lanishiga o'tadi. Bez to'qimasidagi infiltratsiya kuchayib yiringli holatga o'tadi. Qon tomirlar to’lishib atrofidagi shish ko'payadi va mayda qontalash o'choqlari hosil bo'ladi. Mayda va o'rta diametrli chiqaruv yo’llarda ko'p miqdorda leykotsitlar va degeneratsiyaga uchragan epitelial hujayralar aniqlanadi. Bezning ayrim qisimlari yiringlab eriydi va mikroabseslar hosil qiladi, ular qo'shilib katta yiringli bo'shliqlar hosil qiladi, gohida yiringli nekrotikjarayon bezni butunlay egallaydi.
201
Klinik kechishi. O'tkir sialodenit o'zining tez kechishi bilan ajralib turadi.
Infeksion kasalliklar va operatsiyadan so'ng rivojlanadigan sialodenit odatda juft bezlaming barobar yallig'lanishi bilan kechadi. Dastavval bir bez, bir necha kundan so'ng? ikkinchi bez yallig'lanadi. Yallig'lanishi darajasi har xil bo'lishi mumkin.
Seroz va yiringli parotit yengil kechayotgan bo'lsa adekvat o'tkazilayotgan davo ta’sirida 10-15 kunda asta-sekin tuzaladi.
Og'ir kechayotgan gangrenoz paratitda 1-2 kun ichida bez butunlay nekrozga uchraydi. Bemorning ahvoli og'irlashadi. Kuchli intoksikatsiya alomatlari namoyon bo'ladi. Jarayon bo'yin yon sohasi va uyqu arteriyasi va venasi sohasidagi kletchatkaga tarqaladi, undan ko'ks oralig'iga o'tadi, ayrim hollarda tashqi eshituv yo'liga yorib chiqadi.
Katta qon tomirlar atrofida kechayotgan yiringli yallig'lanish, tomirlar devorini yemirib qon ketishiga, tromboflebit, bo'shliqlar tromboziga sabab bo'ladi.
Faqat shoshilinch o'tkazilgan operatsiya yiringli o'choqlami keng ochish bilan asoratlaming oldini olish mumkin. Nekrozga uchragan bez to'qimasi asta-sekin ajralib yara tozalanadi. Bez saqlanib qolgan qisimlari so'lak oqma yo'lini shakillaydi.
Tashhis odatda klinik belgilar asosida qo'yiladi.
Limfogen o'tkir sialodenit.
Bu kasallikning rivojlanishi quloq oldi so'lak bezi ichidagi limfatik apparatning yallig'lanishi bilan bog'liq. Ma’lumki bez ichida beshtadan o’ntagacha va undan ham ko'proq limfa tugunlami tarkibiga olgan limfatik apparat mavjud. Limfatik tugun-to'qimasi ayrim joylarda atsinar to'qimaga o'sib kiradi va bezning chiqaruv yo'llari bilan tutashadi.
Bez ichida joylashgan limfa tugunlar halqum, til, og'iz shilliq pardasi, tish ildizlari, peshona, chakka, quloq burun va kipriklardan kelayotgan limfa yo'llari bilan bog'langan.SHu sohalardagi infeksiya bez ichidagi limfatik tugunlaming yallig'lanishini chaqiradi. Limfatik tugun so'lak yo'liga o'sib kirgan bo'lsa limfogen parotit rivojlanadi, agarda limfa tugun so'lak yo'li bilan bog’lanmagan bo'lsa unda limfadenit (Gersenberg yelgon parotiti) yuzaga keladi.
Kasallik belgilari. Dastlab bezda kichkina, og'riqli shish paydo bo'ladi. Yengil kechayotganda 2-3 hafta davomida shish kattalashadi atrofidagi to'qimalami jalb qiladi. So'lak nayidan so'lak chiqishi kamayadi, rangi xiralashadi va quyulib yopishqoqligi oshadi. LFmumiy ahvol deyarli o'zgarmaydi.
202
O'tkir o'rta ogvirlikdagi limfogen parotitda bemoming harorati ko'tariladi shish kattalashadi, og'riq kuchayib pulsatsiya beradi. Bez ustidagi teri qizaradi va tagidagi to'qimalar bilanjipslashadi.
O'tkir og'ir limfogen parotitda yallig'lanish boshlangandan so'ng qisqa vaqt orasida bezdagi yallig'lanish abses va flegmonaga o'tadi.
Kontakt sialodenit. Bunday sialodenit bez atrofidagi (quloq oldichaynov, pastki jag' osti, til osti) sohalardagi abses va flegmonalardan infeksiya o'tishi hisobiga rivojlanadi. Kontakt sialodenit odatda yengil shaklda kechadi. Bez kattalashib, qattiqlashadi, og'riq paydo bo'ladi.So'lak rangi xiralashib, chiqishi kamayadi. Asosiy yiringlijarayon ochilib antibakterial davo o'tkazilishi bilan so'lak bezidagi perifokal yallig'lanish orqaga qaytadi. Kontakt sialodenitning oldini olish uchun so'lak bezi atrofidagi yallig'lanish jarayonlarini jadal davolab bez faoliyatini tiklashga e’tibor qaratilishi lozim.
Yotjisimlarning so'lak bezi yo'llariga tushishi natijasida rivojlangan sialodenit.
Og'iz bo'shlig'idagi mayda jisimlar (donlilar, cho’p, o’simlik parchalari) so'lak yo'liga tasodifan tushib qolishi mumkin. Bu holatni bemorlar aniq va batofsil aytib berishlari mumkin. Bemorlar so'lak bezining o’xtin-o’xtin kattalashishiga, so'lak chiqishi kamayishga shikoyat qiladilar. Bezni paypaslaganda og'riq bo'lmaydi. Ayrim hollarda ovqat yeganda bez to’lishib kattalashadi va yana o'z xoliga keladi. Vaqt o'tishi bilan yod jisim atrofida so'lak yo'lida va bezda o'tkir yallig'lanish boshlanadi. O'tkir yiringli yallig'lanishga xos belgilar namoyon bo'ladi. Natijada bez erib yallig'lanish atrof to'qimalarga o'tadi. Ayrim hollarda yiring bilan birga yodjisim ajralib chiqadi.
Ba’zan uzoq muddat so'lak bezida qolib ketgan yod jism atrofida so'lak toshi hosil bo'lishiga sababchi bo'ladi.
Diagnoz asosan klinik belgilar, anamnez va sialografiya natijalari asosida qo'yiladi.
Davolash jarrohlik usuli bilan yod jisimni so'lak yo'lini ochib olish.Parenximada yoki mayda so'lak yo'llarida bo'lsa bez butunlay ekstirpatsiya qilinadi.
O'tkir sialodenitni davolashning umumiy prinsiplari.
O'tkir sialodenitda birinchi galda bez faoliyatini aktivlashtirishga qaratilgan tadbirlar: ko'p miqdorda suyuqlik ichib, so'lak ajralishini ko'paytirishga qaratiladi-maxsus diyeta va nordon mevalar xususan limon, 1% pilokarpin gidroxlorid eritmasini 5-6 tomchidan kun davomida 3-4
203
marta ichish. So'lak bezi yo'lidan antibiotiklar yuborish, og'riq qoldirish uchun 0,5% novokain eritmasini 1,0-1,5 ml., yuvish uchun antiseptiklar (dimetilsulf-oqsid (DMSO) dimeksid xlorgeksedin.) fermentlar (tripsin ximotripsin ) ishlatish mumkin. Kompreslar 30% dimeksid bilan 30-40 minut davomida kuniga bir marotaba 5-10 kun tuzalgunicha. Fizioterapevtik muolijalar UVCH SVCH lazer.
Kasallik o’ta og'ir holatga o’tsa o'tkazilayotgan davoga qo'shimcha soTak bezi atrofidagi kletchatkaga 50-60 mm 0,5% novokainga antibiotik qo’shib blokada qilish tavsiya etiladi. Antibiotiklar mushak orasiga sulfanilamid va sensibilizatsiyani tushuruvchi dorilar qo'shiladi. Statsionar sharoitida yotgan bemorlarga vena ichiga trasilol yoki kontrikal yuborish yaxshi natija beradi.
O'tkir yallig'lanish natijasida bez erib ketsa shoshilinch jarrohlik amaliyoti o'tkaziladi. Kesma G.P.Kovtunovich usulida o'tkaziladi.
So'lak toshi kasalligi
So'lak bezining tosh kasalligi (sialolitiaz, kalkulez sialodenit) deganda so'lak yo'llarida tosh hosil bo'lishi tushuniladi. Kasallik erkak va ayollarda deyarli barobar, hamma yoshda uchraydi.
Kasallik rivojlanishi. Tosh hosil bo'lishing sabablari oxirigacha aniqlanmagan. Modda almashuvi ayniqsa kaltsiy mineral tuzlar ichida almashuvining buzilishi, gipo-avitaminoz (A vitamini yetishmovchiligi) bezning sekretor faoliyati buzilishi va surunkali yallig'lanishi sabab bo'lishi aniqlangan. Tosh asosan katta so'lak bezlari quloq oldi, jag' osti so'lak bezlari va shu bezlaming chiqaruv yo'llarida hosil bo'ladi.
Toshlaming kattaligi va shakli xilma-xil bo'ladi. Bez ichida hosil bo'lgan toshlar dumaroq, usti g'adir-budur, so'lak yo'llaridagi cho'ziq va o'tish silliq bo'ladi.
Klinik kechishi. So'lak tosh kasalligi kechishida uch davr ajratiladi: boshlangich (klinik belgilari namoyon bo'lmasdan, yashirin kechayotgan), rivojlangan va tez qaytalanuvchi surunkali sialodenit davr va o’tayozgan surunkali yallig'lanish.
Kasallikning boshlangich davri yoki yashirin davri deb atalishiga sabab tosh hosil bo'lganligiga qaramay bemor biron bir shikoyat qilmaydi. Tosh tasodifan, tish va jag'larni boshqa sabablar bilan rentgenologik tekshiruv o'tkazilganida aniqlanishi mumkin.
Tosh kasalligiga xos bo'lgan birinchi shikoyat bu so'lak chiqishining sustligi. Tosh so'lak yo'llarida joylashsa so'lakning chiqishiga yo'l bermaydi.
204
Og'izga biron yegulik olish bilan so'lak chiqishi ko'payadi va u bez ichidan bemalol chiqib keta olmaydi, shishadi va og'riq paydo bo'ladi (so'lak kolikasi). Bir necha daqiqadan so'ng bu holat o'tadi, ammo yana ovqatlanish bilan qaytalanadi.
Bu holatda bezni paypaslaganda shish yumshoq faqat bir qismida tosh joylashgan qattiqlik aniqlanadi. Ikki barmoq orasiga olib so'lak yo'lini paypaslab ko’rganda pastki jag' osti yoki quloq oldi so'lak bezlarining chiqaruv yo'llarida yod jismga (toshga) xos bo'lgan qattiqlik sezish mumkin. Og'iz bo'shlig'ida so'lak yo'lining ochilishjoyida shilliq pardada o'zgarish odatda bo'lmaydLNay ichiga zond kiritilsa oldi yoki o'rta qismida joylashgan toshga qadalish mumkin. Agarda kasalik boshlangich davrida aniqlanib tosh olib tashlanmasa va uning hosil bo'lishi oldi olinmasa u keyin rivojlangan davriga o'tadi.
Bu davrda so'lak tutulishi belgilaridan tashqari surunkali sialodenitni o'tkirlashuvi namoyon bo'ladi.Kasallikning sialodenitga xos belgilar bilan boshlanishining sababi uzoq vaqt so'lak yo'lida hosil bo'layotgan tosh atrofida so'lak to'liq bo'lmasa ham o'tib turadi va so'lak kolikasi bo"lmaydi.
Bemorlar odatda to’satdan sovlak bezida shish hosil bo'lganiga, ovqatlanganda shish kattalashganga, tana harorati ko'tarilishiga, umumiy xolsizlikka shikoyat qiladi. Bemor tashqi ko'rinishida quloq oldi, yoki pastki jagv osti sohasida bir tomonlama shish, paypaslab kattalashgan, og'riqli sovlak bezini aniqlash mumkin. Gohida sovlak bezi atrofidagi to'qimalar yallig"langanini (periadenit) kuzatish mumkin. Ogviz ichiga qaralganda lunj, til osti, til jagv tarmovchasi sohalarida shilliq pardaning qizarishi va shishganligini kuzatish mumkin. Paypaslab sovlak yo'llarining shishganligini va yovgvonlashib tasm.aday qattiqlashganini aniqlash mumkin. Bunday vaziyatda sovlak yo'lida tosh borligini aniqlash qiyin. Faqat qalinlashgan va shishgan so'lak yo'lining bir qismida bir oz og'riqli joyida toshni taxmin qilish mumkin. So'lak bezini va chiqaruv yo'llarini paypaslab uqalansa naychadan shilliq aralash quyuq yiring chiqishi mumkin.
Kasallik o'tkir davrida oxirigacha (tuzalguncha) davolanmasa o’tayozgan surunkali davrga o'tadi. Bu davrga xos belgilaridan biri bu surunkali kechayotgan sialodenit tez-tez xuruj qilib turushi bo'ladi. So'lak bezining asta-sekin kattalashganligi. Paypaslaganda bez kattalashib to'qi+- masi zichlashganligi, og'riq yo'qligi, bezni uqalaganda so'lak bezi naychasidan quyuq shilliqsimon yiring aralash ajrahna chiqishi aniqlanadi. Paypaslab so'lak chiqaruv yo'lining qalinlashib, dag’allashganini
205
(sialodoxit) kuzatish mumkin. Paypaslash paytida soTak yoTining bir qismida o'tkir og'riqli soha aniqlansa u tosh borligini bildiradi.
O'tkaziladigan tekshiruvlar: So'lak-tosh kasalligini taxmin
qilinganda qo'shimcha va maxsus tekshirishlar bu: so'lak bezining faollligini o'rganish, so'lak ko'p, kam chiqish uni quyuqligi, rangi, tarkibini o'rganish. Sitologik tekshiruvlarda so'lak tarkibidagi hujayralaming miqdori va shakliga e’tibor qilinadi. Surtmalarda ko'plab degeneratsiyaga uchragan neytrofillar, retikulo endoteliy hujayralar, makrofaglar monotsitlar, metaplaziya holatidagi silindrik epiteliy va bokal shaklli hujayralami ko'rish mumkin. Bezning so'lak chiqarish faoliyati susayganda kipriksimon hujayralami ko'rish mumkin. So'lak yo'llarida tosh bo'lganida surtmalarda kubik epiteliotsitlar paydo bo'ladi.
Rentgenologik tekshiruvlar.
So'lak tosh kasalligini aniqlash maqsadida daslab oddiy rentgenologik tekshimv o'tkaziladi. Pastki jag' osti so'lak bezining toshlarini aniqlash uchun og'iz tubini rentgen qilinadi. Bunday tekshiruvda so'lak yo'lining oldi va o'rtasida joylashgan toshlami aniqlash mumkin. So'lak yo'lining distal qismi yoki pastki jag' osti so'lak bezidagi toshlarni aniqlash uchun yon tomondan S.X.Yusupov yoki Kovalenko usulida olingan rentgen suratlarda aniqlash mumkin. Quloq oldi so'lak bezining toshlarini yuzni oldidan to'g'ri olingan rentgen suratida ko'rish mumkin. Tosh so'lak yo'lini chiqamv naychasiga yaqin joylashgan bo'lsa og'iz ichidan lunjga qo'yilgan rentgen plenkada yaxshi ko'rinadi.
Tosh borligini oddiy rentgen suratda aniqlanmasa so'lak beziga kontrast modda yuborilib (Sialografiya) qilinadi. Odatda bu tekshiruv usuli o'tkir holat bartaraf qilinganidan so'ng o'tkaziladi.
Sialogrammada tosh kasalligining boshlang’ich davrida chiqamv yo'lini tosh orqasida bir tekisda kengayganligi va parenximada o'zgarishlar bo'lmaganligini aniqlash mumkin. Rivojlangan davrida so'lak yo'lida toshning soyasi va so'lak chiqaruv yo'llarining kengayganligi va devorlari o'zining tekisligini yoqotganligi, uzilib qolishini kuzatish mumkin bunday holat surunkali sialodenitdan dalolat beradi. Utayezgan sumnkali sialodenitda ketma-ket qaytalanuvchi yallig'lanishlar natijasida sialogrammada so'lak yo'llari o'zini tekisligini yoqotib, parenxima qismida mayda bo'shliqlami kontrast moddalar bilan to'lganligini kuzatish mumkin.
Davolash. So'lak tosh kasalligi rivojlangan davrida o'tkir yoki o'tkirlashgan sumnkali sialodenit bilan kechayotganligi uchun davolash yuqorida keltirilgan prinsip asosida o'tkaziladi. O'tkazilayotgan davolash samarasiz bo'lib so'lak chiqishini tosh berkitib qo’ysa bemor ahvoli
206
yaxshilanmasa, so'lak toshi ustidan kesma o'tkazilib ochiladi. Operatsiya davrida tosh kesm.adan topilmasa o'zi so'lak bosim bilan chiqib ketishi mumkin. Tosh chiqqanligini bemor darxol sezadi. Tosh chiqaruv yo'llarining distal qismida, yoki bezning ichida boTsa, statsionar sharoitida bez bilan birgalikda olib tashlanadi.
So'lak bezlarining distrofik kasalliklari (sialozlar, sialoadenozIar)
So'lak bezlari organizmda bo'ladigan barcha fiziologik o'zgarishlar (xo_miladorlik, tugish,bolani emizish, klimaks va boshqa hollarda) va patologik holatlar, xazm, endokrin sistemalar, asab, qon, biriktiruvchi to'qima kasalliklari) o'zgarishlar bilanjavob beradilar.
So'lak bezlaridagi patologik o'zgarishlar bilan birgalikda uchraydigan organizmdagi kasalliklar orasida genetik o'zviy bog'lanish borligi taxmin qilinadi. So'lak bezlaridagi distrofik o'zgarishlar uning kattalashishiga, sekretor va chiqaruv faoliyatining buzilishi bilan kechadi. Sialozga sabab bo'lgan umumiy kasallikni aniqlash juda qiyin. Sababi aniqlanmagan bemorlar dispanser kuzatuvda bo'lishlari lozim.
Ammo bir guruh so'lak bezi kasalliklari belgilari borki ularni boshqa bir kasallik bilan bog'langanligi aniq. So'lak bezi faoliyatining buzilishi bilan bog'liq belgilardan bu giper va giposalivatsiya, Mikulich sindromi, Shegren kasalligi.
Gipersalivatsiya (sialoreya, tiolizm) bu so'lakni ko'p chiqarilishi. So'lak ko'p chiqishga har xil kasalliklar sabab bo'ladi. I.F.Romacheva va V.V.Afanasev takidlashicha ko'p so'laklik stomatitlar, odontogen yallig'lanish kasalliklar, oshqozon va o’n ikki barmoq ichakning yara kasalligi, glistlar, xomilodorlik toksikozi va qo’rg’oshim bilan zaharlanganda kuzatiladi. Parosimpatik nerv tizimini periferik va markaziy qisimlarini kasalliklari ham reflektor ko'p so'laklikka sabab bo'ladi. Ko'proq bu holat erkaklarda uchraydi. Bosh miya o'sm.alarida ko'p so'laklik diagnostik belgi sifatida ko’riladi. Gipersalivatsiya Parkinson kasalligida, epidemik ensefalitda ham uchraydi.
Ayrim odamlar noo'rin ko'p so'lak kelishiga shikoyat qiladilar. Sababi so'lak me’yorda chiqayotgan bo'lsa ham bemor uni to'lik yuta olmaydi.Unday holatlarda yutinish akti buzilgan bo'lishi mumkin.
Giposalivatsiya (giposialiya, oligoptiolizm, oligospaliya) ko’p so'laklik - so'lak chiqishining kamaib ketishi ko'p uchraydigan holat, ayrim holatda so'lak juda kam chiqib og'iz qurishigacha yetadi. Ko’p so'laklik ba’zan o'tib ketadigan holat bo'lib o'tkir yuqumli kasalliklar: ichketar, qorin tifi, epidemik gepatitda, ovqat xazm tizimi-surunkali
207
gastrit, gepatoxoletsistit kabi kasalliklarda uchraydi. Kamso'lakhk bazi bir endokrin kasalliklarda uchraydi: gipotireoz, patologik gipogonadfizim, fiziologik klimaks, avitaminozlar, kam qonlik, asab kasalliklari (tserebroskleroz.)
I.F.Romacheva va V.V.Afanasev kam so'laklikning uch davrini ajratishadi: boshlangich, klinik rivojlangan va o’tayozgan bu davrlar kam so'laklini ng birinchi, ikkinchi va uchinchi darajasiga to'g'ri keladi.
Kserostomiyani boshlangich davrida ayrim bemorlar til va og'iz bo'shlig'i shilliq pardasida noxushlikka shikoyat qiladilar, ammo og'iz qurushiga shikoyat qilmaydilar. Ba’zilar o’xtin-o’xtin, ayniqsa gaplashganda og'iz shilliq pardasini qurishiga shikoyat qiladilar. Bemor og'iz bo'shlig'iga nazar solganda so'lak kamligini kuzatish murhkin.SHilliq parda meyordagiday pushti rangda bo'lishiga so'lak kamligini ko'rish mumkin, so'lak nayidan bezni uqalaganda tiniq, yetarli miqdorda so'lak ajralishini kuzatish mumkin.
So'lak bezi faoliyatini kuchaytirish maqsadida pilokarpin og'izga olinsa chiqarilayotgan so'lak kamligi va u me’yorning pastki chegarasida ekanligini aniqlash mumkin. Sitologik tekshiruvlar bilan so'lak surtmasida keragidan ko'p yassi va silindrik epiteliyni aniqlash mumkin.
Kserostomiyaning klinik avj olgan (yaqqol ko'ringan) davrida bemorlarni doimiy og'iz qurushi, ayniqsa ovqat yeganda, uzoq gaplashganda, emotsional taranglik holatida kuchaishiga shikoyat qiladilar. Og'iz bo'shlig'i shilliq pardasini ko'rinishi odatdagidan pushti rang, bir oz quriganday, so’lak kamligini qayd etishi mumkin.Bezlarni paypaslab arang bir ikki tomchi toza so'lak olsa bo'ladi. So'lak surtmasini sitologik tekshiruvda bokal shakildagi shilliq saqlovchi hujayralar paydo bo'lganligini va so'lak qancha kam chiqsa ulaming soni shuncha oshganligini kuzatishi mumkin.
Kserostomiyani rivojining so'ngi (o’tayozgan) davrida bemor doimiy og'iz qurishidan tashqari, ovqat yeyayotganda shilliq pardada og'riq, kuyish alomatlariga, ayniqsa achchiq va sho’r taomlar qabul qilganida kuchayishiga shikoyat qiladi. So'lak bezini uqalab biron tomchi so'lak chiqarib bo'lmaydi. Bunday bemorlarda kataral gingivit, glossit, surunkali parenximatoz parotit va Shegren kasalligiga xos belgilami kuzatish mumkin.
So'lak chiqishini pilokarpin bilan ham kuchaytirib bo'lmaydi. Sitologik tekshiruvda so'lak surtmasida ko'p miqdorda har xil hujayralar, shular qatorida kubik epitelial hujayralar ham kuzatiladi.
Davolash. Giposalivatsiya va kserostomiyani davolashda o'ziga xos qiyinchiliklar bo'ladi ular kasallikning kelib chiqishini aniq bo'lmaganligi
208
bilan bog'Uq bo'ladi. Asosiy kasalUk aniqlanib uning davosi boshlanguncha simptomatik medikamentoz davo o'tkaziladi.
KasalUkning boshlangich davrida so'lak bezining faoliyatini kuchaytirish maqsadida kaliy yodini elektroforez yoki galvanizatsiya o'tkaziladi ftar kuni jami 30 protsedura) Kasallik avjga chiqqan va rivojining so'ngi (o’tayozgan) davrida, so'lak bezi sohasiga novokain eritmasi bilan blokadalar (haftasiga 2 marta jami 10 protsedura) va KJ galvanizatsiyasini o'tkazish kerak, galantamin 0,5% eritmasi 1 ml 30 marta buyuriladi. Mahalliy davo sifatida og'iz shilliq pardasiga lizotsim eritmasi, o’simlik yog'larini suritish tavsiya qilinadi.
Shegren kasalligi va sindromi
Shved oftalmologi H.S.Sjogren birinchi bo'lib bir vaqtda tashqi sekretsiya bezlari - ko'z yosh, so'lak, ter va yog' bezlarining yetishmovchiligi belgilar yigindisi simptomkompleksini yozgan va shuning uchun bu kasalikka uning nomi berilgan.
Bugungi kunda ichki meditsinada bu juda katta muammolardan hisoblanadi, chunki kasallik autoimmun va neoplastik o'zgarishlar bilan kechadi.
SHegren sindromi revmatoid artrit, qizil teri sili, sklerodermiya kabi kasaUiklar guruhida uchraydi.
Ammo oxirgi yillarda Shegren sindromini sistematik kasallikka aloqasi bo'hnasa, alohida bir nozologik shakl sifatida ko’rilmoqda.
KasaUiknlng kelib chiqish sababIari. SHu davrga aniq emas. Ba’zi fikrlarga ko'ra kasallik rivojlanishiga infeksiya, endokrin, immun va vegetativ nerv tizimlaming buzilishi sabab bo'ladi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda Shegren kasalligining kelib chiqishida genetik moillikka ahamiyat berilmoqda. Chunki bir oilada ona va qizida, egizaklarda barobar bir vaqtda, qizil teri sili va Shegren kasalligi uchrashi dalil bo'la oladi.
Boshqa bir fikir bu immunologik tizimning yetishmovchiligi, xususan T- supressor limfotsitlaming periferik qonda kamaishi YE xelperlaming aktivligini oshishiga va V limfotsitlami surunkali ravishda qo'zg’alishiga olib keladi.
Shegren kasalligida gipergamma va giperalfa -2- glubo!inemiya bo'lishi aniqlangan.
Tekshiruvlarda aniqlangan genetik va immunologik o'zgarishlar ayrim virus kasalliklariga (Epstayn Barr, gerpes, identifikatsiya qilinmagan retrovirus) o'xshashligidan Shegren kasallining rivojlanishida virusning ahamiyati bor degan fikr bor.
209
Bu kasallikni ko'proq ayollarda va aynan klimakterik davrda uchragani uchun Shegren kasalligining rivojlanishidajinsiy gormonlaming ahamiyati bor degan fikrga dalil bo'la oladi.
Yana bir sabab bu emotsional stress. Ma’lumki emotsional stress gormonal tizimda (gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez va boshqa ichki sekretsiya bezlari) katta o'zgarishlar chaqiradi (ayniqsa keksalarda va klimakterik davrdagi ayollarda). Endokrin bezlaming faoliyati buzilishi organizmni kompensator va adaptiv imkoniyatlarini susaytiradi va arzigulik bo'lmagan stress ham salbiy ta’sir qiladi va kasallikning rivojlanishiga sabab bo'ladi.
Patologik anatomiya. Shegren kasalligiga xos bo'lgan morfologik o'zgarish bu parenxima to'qimasini limfoplazma xijayralar yemirib o'mini egallashi. Limfoplazma hujayralar infiltratsiyasi qancha ko'p bez to'qimasini egallasa shuncha kasallik og'ir kechadi.
Infiltrat va so'lak chiqaruvchi atsinuslar orasida to'g'ridan to'g'ri bog'lanish borligi aniqlangan. SHuning uchun boshlangich darvga xos bo'lgan morfologik o'zgarishlar-birinchi darajah, ikkinchisiga xos ikkinchi darajali va uchinchisiga xos - uchinchi darajali deb ajratilgan.
Birinchi darajali mofrologik o'zgarishlarda ko'proq interstitsial to'qimada hujayralaming to’plamlarini kuzatish mumkin.
Ikkinchi darajadagi o'zgarishlarda bez to'qimasining qisman diffuz limfoplazma - hujayrali infiltratsiyasi kuzatiladi. O'zgarishlar parenximadan tashqari so'lak chiqaruv yo'llarining devorlariga ham o'tib ularning destruksiyasini chaqiradi.
Uchinchi darajali o'zgarishlar kasallikning oxirgi davi.ga to'g'ri keladi. Bu darajada limfoplazma hujayrali infiltratsiya difuz bo'lib, bez bo'lakchalari arxitektonikasi saqlanib qolganiga qaramay yemirilgan parenximaning o'mida mioepitelial o'choqlar hosil bo'ladi va sklerozga xos o'zgarishlar kuzatiladi.
Klinik kechishi. Bemorlar odatda og'iz qu'rishiga, so'lak bezlarining kattalashishiga, umumiy xolsizlikka, tez charchashga, ayrim bemorlar ko'z shilliq pardasining ko'rishiga, yoruqdan qo’rquvga, ko'z ichida qum borligiga, keyinchalik, quloq oldi bezi shishiga shikoyat qiladilar. Bemoming anamnezini yaxshilab surushtirilsa ularni uzoq vaqt davomida revmatolog, dermatolog va boshqa mutaxassislarda davolanayotganligini aniqlash mumkin.
Ayrim bemorlar og'iz qurishi bilan bir vaqtda teri qurishi va po’st tashlashini aytadilar bu esa teri va yog' bezlari faoliyatining buzilishidan dalolat beradi.
210
Ayollar bachadon va qin shilliq pardasi bezlarining faoliyati buzulganligi oqibatida bo'ladigan quruqligiga shikoyat qiladilar.
Quloq oldi so'lak bezlari vaqti-vaqti bilan qotmalashadi shu davrda bemoming ahvoU yomonlashadi, tana harorati ko'tariladi bezda qattiq og'riq bo'ladi so'lak bezi naychasidan shilliq aralash yiring chiqadi.Regionar limfa tugunlar gohida kattalashadi. O'tkazilgan davo tadbirlaridan so'ng uzoq vaqt bez kattalashib turadi.Paypaslaganda qattiq va usti g'adir-budur bo'ladi ammo og'riq bo'lmaydi.Organizmdagi asosiy kasallikning xuruji va reaktivligi susaishi va boshqa sabablar bilan kasallik xuruj berishi mumkin.
Rentgenologik tekshiruvlar. Sialogrammada bez parenximasi yaxshi ajralib ko'rinmaydi.Asosan, kontrast moda bilan har xil shakildagi chegarasi aniq bo'lmagan bo'shliqlar aniqlanadi. So'lak chiqaruv yo'llari kengayib tekisligini yo'qotadi. Mayda so'lak yo'llari uzilib ko'rinadi.
Ultratovush tekshiruvida so'lak bezlarining kattalashgani, parenxima zichligi o'zgarganligi hisobiga gipoexogen va giperexogen strukturaga egaligi kuzatiladi.
So'lak sitologiyasida deskvamatsiyaga uchragan epitelial
hujayralaming ko'pligi, hujayralarda shish va parchalanish kuzatilishi, yog' hujayralari distrofiyasi va yog' metabolitlari uchraydi.
Qiyosiy tashhislash. Shegren kasalligidagi sialodenitni
parenximatoz va interstitsial nospetsifik surunkali parotitlaridan, surunkali sialodoxit va so'lak bezi o'smalaridan farqlash kerak.
MikuIich kasalligi (sindromi)
Ko'z yosh bezlari va hamma so'lak bezlarining birgalikda kattalashishini Mikulich birinchi bo'lib yozgan va muallif nomi bilan yuritiladi.
Kasallik yuqorida keltirilgan Shegren kasalligiga juda o’xshab ketadi.
Farqi Mikulich kasalligida bezlar sekretsiyasi buzilmaydi.
Agarda so'lak va ko'z yoshi bezlarining kattalashishi, leykoz, limfogranulomatoz, tuberkulez, zaxm va endokrin o'zgarishlar bilan bir vaqtda kechsa unda bu Mikulich sindromi deb ataladi.
Kasallik sabablari va rivojlanishi. Oxirigacha hal bo'lgan emas. Bugungi kunda bu kasallikning kelib chiqishi va rivojlanishi organizmning neytrofik, endokrin va autoimmun o'zgarishlari natijasi deb tushunilmoqda.
Patomorfologik tekshiruvlarda ko'z yosh va so'lak bezlarida sezilarli limfoid hujayralar to’plamlari-lipomatoz o'zgarishlar kuzatiladi.
211
Limfomatoz ta’sirida so'lak yo'llari siqiladi ammo so'lak chiqishi to’xtamaydi.
Kasallik kechishi. Bemorlar hamma so'lak bezlami shishganligiga shikoyat qiladilar. Shish ustida teri rangi o'zgarmaydi. Paypaslaganda har bir so'lak bezi kattalashganligi, zich bo'lganligi og'riq yo'qligi aniqlanadi. So'lak og'iz bo'shlig'ida yetarli darajada bo'ladi. Kasallik uzoq davom etganida so'lak chiqishi kamayadi va surunkali interstitsiaI sialodenitga xos belgilar namoyon bo'ladi.
Sialografiya o'tkazilsa, bezlaming kattalashgani, parenximasi va so'lak yo'llarida o'zgarishsiz ekanligi aniqlanadi. Kasallik rivojlangan sari bez o'zining tekis shaklini yo'qotadi. So'lak yo'llari torayadi.
Davolash So'lak bezida kechayotgan limfomatozni to’xtatish maqsadida rentgen nurlari bilan davolash tavsiya etiladi. So'lak bezlarining trofikasini yaxshilash maqsadida galantamin beriladi va novokain blokadalar o'tkaziladi.
Bezlarda yallig'lanish boshlansa so'lak yo'llariga bakteriofag, antibiotiklar, dimeksid bilan kompress va boshqalar. Kompleks davolashda albatta organizmning reaktivligini oshirishga qaratilgan dori darmonlar tavsiya etiladi.
lO-BOB
Chakka-pastkijag' bo'g'imi kasalliklari
Chakka pastki jag' bo'g'imi eng ko'p ishlaydigan bo'g' ndir. Kun davomida chaynash, gapirish, esnash kabi harakatlar bo'g'im 2000 marta ga yaqin.
Halqoro sog'liqni saqlash kasalliklar tasnifi (VOZ 1978) bo'yicha bo'g'im kasalliklar skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to'qimalaming kasalliklari atropatiyalar va boshqa bo'g'im kasalliklari guruhiga kiritilgan.
Chakka pastki jag' bo'g'imi kasalliklari orasida ko'proq quydagilar uchraydi:
1. Infeksion artritlar: nospetsiflk yiringli, spetsifik -revmatoid, Felti sindromi, yoshlar surunkali poliatriti - SHtall kasalligi.
2. Osteoartroz
3. Ankiloz
4. Kontraktura
5. Bo'g'im disfunksiyasining og'riqli sindromi
6. Bo'g'imjarohatlari va shikastlari
7. Chakka pastkijag' bo'g'imi chiqishi
212
Chakka pastki jag' bo'g'imi juft bo'g'im bo'lib (chap va o'ng) bir biriga nisbatan simmetrik joylashgan va barobar harakatlanuvchidir.
Chakka pastki jag' bo'g'imi pastki jag' bo'g'im o'sig'i, chakka suyagidagi bo'g'im chuqurchasi, bo'g'im dumboqchasi va bo'g'im diskidan tashkil topgan. Bu anatomik tuzilmalar bo'g'im kapsulasi haltasi ichida joylashgan bo'ladi. Kapsula tashqi flbroz va ichki sinovial qatlamlardan tuzilgan, kapsulaning ichki qavati sinovial suyuqlik ishlab chiqaradi.
Bu suyuqlik bo'g'im boshchasini ishqalanishdan asraydi va sirgalishining tekis o’tishini ta’minlaydi.
Bo'g'im kapsulasi ichidagi oraliq (bo'shliq) bo'g'im diski bilan yuqori va pastki qisimga bo'linadi.
CHPJ bo'g'imi sog'lom odamlarda uch toifasi ajratiladi.
l.Yuza bo'g'im. Bo'g'im chuqurchasi sayoz, keng. Pastki jag' bo'g'im o'sig’i kalta. Bo'g'im dumboqchasi yaxshi bo'rtib chiqmagan. Bu tipdagi bo'g'im ko'proq to'g'ri prikusli odamlarda uchraydi.
2.0'rtacha botiq-bo’rtgan bo'g'im. Bo'g'im chuqurchasi o'rtacha chuqurlikda botgan. Bo'g'im boshchasi yetarli darajada bo'rtib chiqqan. Bo'g'im dumboqchasi yaxshi rivojlangan. Bo'g'iming bunday tuzilishi ortognatik prikusli odamlarda ko'proq uchraydi.
3.Chuqir botiq va bo’rtgan bo'g'im. Bo'g'im chuqurchasi ensiz va chuqur. Bo'g'im boshchasi cho'zik. Bo'g'im do’mboqchasi baland. Bunday bo'g'im chuqur prikusli shaxslarda uchraydi.
Bo'g'im balandligi va funksional holati hayot davomida o'zgarib turadi u tish-jag' chaynov apparatining holati mushaklaming tarangligi va funksional holatiga moslashib o'zgaradi. Organizm tizimlarining kasalliklari ham bo'g'im elementlariga ta’sirini o'tkazadi.
Chakka pastkijag' bo'g'imini tekshirish usulIari.
Bo'g'im kasalliklarini aniqlash uchun to’liq anamnez yig'ish, ulami tahlil qilib ob’ektiv tekshiruvlar o'tkaziladi. Avvalo tish chaynov tizimiga baho beriladi tishlar, tish protezlari, bemoming yomon odatlari (va boshqalar). Keynchalik bo'g'im boshchasining holati, uning harakati shakli va bo'g'im elementlarining harakatda ishtiroki, harakatlanish trayektoriyasi, sinxronligi, tekisligi ( va boshqa belgilar).
Maxsus tekshiruv usullari:
Rentgenografiya, mastikatsiografiya, audiometriya, kompyuter tomografiyasi, MRT tekshiruvlar.
Bo'g'im kasalliklari infeksion bo'lish ehtimoli bo'lgan bemorlarda . qon analizlari o'tkaziladi.
213
Chakka pastki jag' artriti.(CHPJA)
CHPJA bu bo'g'im elementlarining spetsifik va nospetsifik infeksiya yokijarohat ta’sirida yallig'lanishi.
Kechishi bo'yicha yallig'lanish o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin.
Etiologiya va rivojlanish.
Nospetsifik infeksion yallig'lanish odatda bo'g'im atrofidagi to'qimalardagi yiringli yallig'lanish jarayonlaridan (yiringli otit, yiringli parotit, pastki jag' osteomiyeliti) limfa va qon tomirlar orqali yoki bevosita bo'g'im kapsulasining atrofdagi yiringli jarayondan o'tishi natijasida rivojlanishi mumkin.
Klinik kechishi. Yiringli infeksiya chaqirgan artrit odatda seroz yallig'lanish shaklida kechadi va kasallik belgilari yaqqol bo'lmaydi. Bo'g'imda harakat paytida og'riq kuchayadi. Bo'g'im sohasida shish hosil bo'lib bosganda ogriydi. Umumiy ahvol deyarli o'zgarmaydi.
Keynchalik yallig'lanish kuchayib yiringli bosqichga o'tadi. Bemorning ahvoli yomonlashadi tana harorati 38°S ko'tariladi, bo’shashadi, uyqu buziladi, ishtaha yo’qoladi. Bo'g'im atrofi
to'qimalardagi shish ko'payadi, ustidagi teri qizaradi, quloq oldi sohasida og'riqli gazak hosil bo'ladi, Pastki jag' harakati kamayadi. Og'riq butun chakka va quloq atrofiga tarqaladi.Tashqi eshituv yo'liga barmoq qo'yib bo'g'im boshchasining harakatini shish hisobiga aniqlab bo'lmaydi.
Regionar limfa tugunlar kattalashadi. Odatda yiringli artrit bir tomonda bo'ladi.
Spetsifik artrit odatda boshqa a’zolardagi yallig'lanish jarayonlaridan gematogen yo'l bilan xususiy infeksiyaning jo'g'imga tushganida rivojlanadi. Bo'g'im suyuqligiga tushib infeksiya shu yerda ko'payadi va yallig'lash chaqiradi. Infeksiya xiliga qarab tuberkulyoz, gonoreyali, sifilitik (zaximli) aktinomikotik, brutsellez va boshqa xil artritlar bo'lishi mumkin.
Nospetsifik surunkali artritlarga revmatik va revmatoid artrit kiradi. Ma’lumki revmatizm bu biriktiruvchi to'qimaning infeksion-allergik kasalligi, ammo birinchi galda yurakning shikastlanishi bilan kechadi.
Revmatoid artrit - bu biriktiruvchi to'qima tizimini, ko'proq bo'g'imlardagi eroziv destruktiv kasalligidir. Bugungi kunda revmatoid artritning rivojlanishini immunopatologik, autoimmun o'zgarishlar natijasi sifatida ko’riladi. Asosiy zarbani bo'g'imni tashkil etgan to'qirr lar (sinovial parda, sinovial suyuqlik va bo'g'im togai (disk) oladi.
Boshqa artritlardan revmatoid artrit bir vaqtda ko'p bo'g'imlami shikastlanishi bilan kechadi.
214
Asosiy belgisi sinovial qatlamda kechayotgan surunkali proliferativ o'zgarishlar natijasida bo'g'im kattalashishi.Sinovial suyuqlik va ekssudat surilmaydi va biriktiruvchi to'qima bilan almashadi. Patologik jarayon oldin mayda bo'g'imlarda boshlanib qieinchalik katta bo'g'imlarga o'tadi.
Chakka pastki jag' bo'g'imlarining shikastlanishi boshida sezilar-sezilmas og'riq bo'ladi, jag' harakati og'irlashadi, ayniqsa ovqat chaynayotganda, gapirayotganda. Bo'g'im sohasini ko'rikdan o'tkazganda sezilarli o'zgarishlar topilmaydi. Bo'g'im boshchasini paypaslaganda og'riq, harakat doirasi chegaralanganligi aniqlanadi.
Revmatoid poIiartrit o'tkirlashganda bo'g'imdagi artrit ham o'tkir artrit shaklida qaytalaydi va bu asosiy kasallikning kechishi bilan barobar qaytalab turishi mumkin.
Travmatik artrit o'tkir va surunkali jarohatlardan so'ng rivoj! .i^JL Jarohat natijasida bo'g'inga qon quyilishi to'qimalaming lat yeyishi, va yorilish bo'g'im o’sug’ining sinishi yallig'lanish va distrofik o'zgarishlarga olib keladi.
Asoratlar. O'z vaqtida va to'liq davolanish o'tkazilmasa o'tkir artritlar surunkali kasallikka o'tadi. Surunkali artritga xos belgilar bu bo'g'imda harakatda shovqin sezilishi, qirsillash bo'g'imlar birgalikda harakatining simmetriyasi buzilishi - bir tomonga tortib ketilishi bilan kechadi. Keyinchalik fibrozli yoki suyak ankilozi bo'lishi.
Rentgenologik tekshiruvda bo'g'imdagi o'zgarishlar dastlab osteoporoz, b g'im boshchasining atrofiyasi, bo'g'im yorug'ining toraishi bilan namoyon bo'ladi.
Davolash. Chakka pastki jag' bo'g'iini artritini davolash kasallik sababiga qarab o'tkaziladi. Ammo sababidan qattiy nazar birinchi galda bo'g'imdagi harakatni kamaytirish va dam berish zarur. Ikkinchisi antibakterial, antigistamin, sedativ va nospetsifik yallig'lanishga qarshi davo o'tkaziladi. Bo'g'imda va atrofida yiringli yallig'lanish o'choqlari jarrohlik usulida ochiladi. Bunga aktiv harakat buyuriladi va fizioterapevtik muolajalar o'tkaziladi. CHPJB artriti biriktiruvchi to'qima tizimi va boshqa kasalliklar bilan birgalikda kechayotgan bo'lsa shu soha mutaxassislar bilan birgalikda davolanadi.
Osteoartroz-chakka pastki jag' bo'g'imining surunkali distrofik kasalligidir. Kasallik modda almashuvining buzilishi, neyrodistrofik o'zgarishlar, surunkali artrit, surunkali bo'g'im jarohatlari, noto'g'ri protezlash, ikkilamchi adentiya, chaynov mushaklarining miodinamik muvozanati buzilishi va boshqa sabablar natijasida rivojlanadi.
Sog'lom adentiyasi bo'lmagan odamlarda chaynov mushaklarining qisqarishi va chaynash jarayonidagi bosim bo'g'imga og'ir tushmaydi
215
chunki kuch hamma tish va periodontga bir tekisda taxsim bo'ladi. Tish qatorida tishlar kamaishi, ayniqsa chaynov tishlarining, bo'g'imga ortiqcha harakat ta’sirida o'z joidan surilishga majbur qiladi. Bu esa bo'g'imga bosim ko'paytiradi. Bosim ta’sirida bo'g'im va bo'g'im chuqurchasida suyak atrofiyasining kuchayishiga olib keladi.
Uzoq vaqt davomida ta’sir etivchi surunkali jarohat bo'g'im tog’ayda va bo'g'im ishqalanayotgan yuzalarda degenerativ yallig'lanishni chaqiradi natijada bo'g'im boshchasida o'zgarishlar sodir bo'ladi, suyak qalinlashadi zichlashadi atrofidan suyak o'sishi kuzatiladi. O'zgarishlaming kechishiga qarab osteoatrozning ikki turi ajratiladi sklerotik va deformatsiyalanuvchi.
Sklerotik osteoatrozga bo'g'im boshchasining yuzasida va uning tagida yotgan suyak qatlamida sklerotik o'zgarishlar kechadi. Deformatsiyalovchi ostoartrozda bo'g'im boshchasi yuzasida suyak o'sib tekisligi buziladi atrofidan o’sgan suyaklar ekzostozlar va osteofitlar hisobiga shakli o'zgaradi.
Klinik kechishi. Osteoartrozli bemorlar odatda chakka pastki jag' bo'g'imidagi og'riqqa shikoyat qiladilar. Og'riq ovqat chaynaganda, gapirganda kuchayadi. Og'iz ochganda jag' kasal tomonga siljiydi, bo'g'imda qirsillash va shovqin seziladi.
Davolash: Asosan fizioterapevtik usullar KJ, Lidaza, gidrokortizon elektroforezi, miodinamik muvozanatni yaxshilash uchun miogimnastika, massaj. Ovqatlanish-faqat chaynamasdan iste’mol qilinadigan ovqatlar tavsiya etiladi.
Chakka-pastki jag' ankilozi.
Chakka-pastki jag' ankilozi deganda pastki jag' bo'g'im o'sig'ining chakka suyagidagi bo'g'im chuqurchasi bilan fibroz yoki suyakli birikishi tushuniladi.
Kasallik asosan bolalar va o'smirlarda uchraydi (shuning uchun batafsil ma’lumotlar bolalarjarrohlik stomatologiya fanida yoritiladi).
Sabab - bo'g'im boshchasining jarohatlari, infeksion artrit, osteomiyelit natijasida bo'g'im tog’ayi yemirilib ketadi natijada bo'g'im boshchasi va bo’g’im chuqurchasi oralig'i daslab fibroz to'qima bilan to'ladi. Keyinchalik bu to'qima suyaklashadi.
KasalUk qancha yoshlikda boshlangan bo'lsa asoratlari shuncha ko'rinarli bo'ladi.
Yosh bolada bo'g'imdagi o'zgarishlar pastki jag'ning o’sish zonasiga ta’sir etib suyak o'sishining buzilishiga olib keladi.Zararlangan tomon o’sishdan qolib shu tomonda mikrogeniya holati shakillanadi. SHikastlanish ikki tomonda bo'lsa pastki jag' o'sm.aydi va bemoming
216
iyagi ko'rinmay qoladi. Tashqi eshituv yo'li tomondan paypaslaganda bo'g'im boshchasining harakati aniqlanmaydi.
Rentgenologik tekshiruvda. Bo'g'im boshchasini qo'ziqorin boshchasiday kengayib va kattalashib chakka suyagi bilan birikkanligini ko'rish mumkin. Pastki jag' shox va tana qisimlari kaltalashganligi va shakli buzulganligi kuzatiladi.
Davolash. Ankiloz fibroz shakilda bo'lsa dastlab konservativ davo o'tkaziladi. Asosan fizioterapevtik muolijalar, surilishini taminlash maqsadida KJ, lidaza, gialuronidaza, gidrokortizon elektroforez yoFdamida yuboriladi. Ayrim olimlar bo'g'imga 25 mg gidrokortizon yuborish yaxshi natija berishini ta’kidlaydilar. Ammo bunday davo usullarining samarasi kam. Natija bo'lmasa fibroz ankilozni suyakli ankiloz kabi jarrohlik usulida davolash tavsiya etiladi.
Jarrohlik usulining asosiy prinsipi bu o'zgargan bo'g'im boshchasining asosidan kesib tashlash, o'zgargan kichik bo'lakni chakka suyagidan ajratib olib tashlash va pastki jag'ni oldinga va pastga surib mahkamlash. Chakka suyagidan pastki jag' qancha uzoqroq qilib qotirilsa shuncha pastki jag' suyagini chakka suyagi bilan qaytadan birikish ehtimoli kamayadi.
Hosil bo'lgan kemtikni ayrim klinikalar bir vaqtda auto, allo transplantat yoki implantatlar yordamida bartaraf qilishni tavsiya etadilar.Boshqa klinikalar ikki bosqichda qilishni afzal deb biladilar.
Chakka pastki jag' kontrakturasi.
Chakka pastki jag' kontrakturasi deganda pastki jag'ning qisman yoki to'liq harakati chegaralanishi tushuniladi. Harakat chegaralanishni bo'g'im yon atrofdagi to'qimalaming o'zgarishi bilan bog'liq bo'ladi. Kontrakturaning (tirishishni) ikki yallig'lanish va chandiqli shakli farqlanadi.
Yallig'lanish kontrakturasi - trizm, atrofdagi yallig'lanish o'choqlaridan chaynov mushaklarga reflektor ta’sir qilib og'iz ochilishini chegaralanishi aytiladi. Trizmning uch darajasi ajratiladi. Birinchi darajada og'iz ochilishi bir oz kamayadi. Yuqori va pastki jag' frontal tishlarini kesuv yuzasidan o’lchaganda og'iz ochilishi 3-4 santimetrga yetadi ikkinchi darajada shu masofa 1-1,5 sm., uchinchi darajada 1 sm. dan ham kam ochiladi.
Chandiqli kontraktura. Pastki jag' atrofidagi nekrotik yara (noma, skarlatina, tif, yurak qon-tomir yetishmovchiligi va boshqalar) surunkali spetsifik jarayonlar (sifilis, tuberkulyoz, aktinomikoz) termik va kimeviy kuyushlar, jarohatlar, xavfli va xavfsiz o'smalami olish ikkilamchi bitgan yaralardagi chandiqlar sabab bo'ladi.
217
Chandiqni hosil qilgan to'qimaga nisbatan I.S.Karapetyan va YU.I.Chergeshtov dermatogen, desmogen (biriktiruvchi to'qimadan) miogen, mukozogen va suyakli kontrakturalami farqlashdi.
Chandiqli kontrakturali bemorlarda chakka pastki jag' bo'g'imida tashqi quloq eshituv yo'lidan paypaslaganda harakat aniqlanadi.
Davolash. Yallig'lanish bilan bog'liq bo'lgan kontraturani davolash bu birinchi galda yallig'lanish o'chog'ini bartaraf qilishni taqazo qiladi (yiringli o'choqni ochish, sababchi tishni olish) mushakdagi spazmni blokada yordamida bartaraf qilish va fizioterapevtik muolijalar o'tkaziladi.
Chandiqli kontrakturani bartaraf qilish uchun ko'p bosqichni tiklov va rekonstruktiv operatsiyalar o'tkaziladi.
Chakka pastkijag' bo'g'imi disfunksiyali og'riq sindromi.
Chakka pastki jag' bo'g'imi kasalliklari orasida eng ko'p uchraydigani 80-95% u bo'g'im disfunksiyasidir.Bu kasallikk artritlarda uchraydigan klinik belgilar bilan kechadi. Bemorlar odatda chaynov mushaklarining doim tarangligini va jag'i siqilganday sezayotganligini qayd qiladi. Og'iz ochib yopganda bo'g'imda shovqin, qirsillashni sezadi. Og'iz ochayotgandajag' bir tomonga surilib ochilishiga ikki bo'g'imdagi harakat sinxron bo'lmayotganligiga shikoyat qiladi. Bu shikoyatlar artritga ham xos ammo artrit bu bo'g'im tarkibiga kirgan strukturalaming yallig'lanishi bo'lsa CHPJB bo"g"imi og'riq sindromi bu boxgvimdan tashqaridagi chaynov mushaklarini nomutanosib harakatidan bo"g'im strukturalaming disfunksiyasi hisobiga kechadi. Mushaklami nomutanosib qisqarishiga quydagilar sabab bo'lishi mumkin: chaynov okklyuziyasining buzilishi, to'satdan og'izni katta ochish, uzoq vaqt og'izni katta ochib turish, psixoemotsional stress holatlarda mushaklarning zo"riqishi, miozit bo'lishi mumkin.
Ayrim hollarda og'riq lateral qanotsimonjag' mushagini gipertonusi hisobiga bo'g'im paylarining ortiqcha cho"zilishi hisobiga hosil bo'ladi. Yoshi katta odamlarda kechayotgan atrofik ovzgarishlar ham bovgvim o’sishiga ta’sir etishi va funksional o'zgarishlar chaqirishi mumkin.
Rentgenologik tekshiruvlarda chakka pastki jagv bo"g"imda suyaklarda sezilarli o"zgarishlar topilmaydi.
Chakka pastki jagv bo"g"im disfunksiyasining ogvriq sindromini har xil artritlardan, okkIyuziyali-artikulyatsion sindromdan, bovyin osteoxondrozidan, uch shoxli nerv nevralgiyasidan, psixogen og’riqlardan farqlash kerak.
Ajratish maqsadida bovgvim atrofiga P.M.Yeg"orov usulida blokada o'tkazish mumkin. Anestetik ta’sirida mushaklar tarangligi bartaraf qilinib
218
og'riq yo'qoladi artrit yoki osteoartroz bo'lsa og'riq oldingiday qolaveradi.
Davolash. CHPJB og'riqli disfunksiya sindromini davolash juda murakkab avvalo bu kasallikni chaqirgan sababni aniqlash va uni bartaraf qilish zarur. Mushaklar tonusini tushirish maqsadida analgetik, trankvilizatorlar tavsiya etiladi, fizioterapevtik mualijalar (magnit, magnito-lazer) massaj, miogimnastika.
Katta ahamiyat bo'g'imdagi harakatlaming kamaytirishga qaratilishi lozim. Bo'g'imdagi tog'ay diskning ezilishini, siqilishini kamaytirish maqsadida prikusni 1-2 mm kappa yordamida ko'tarish lozim.
219
t# .
O'ng tomon bosh yon-tepa, chakka, ko'z osti, quloq oldi chaynov vajag' osti sohalarining tarqalgan flegmonasi (yon tomondan ko'rinishi)
O'ng tomon bosh yon-tepa, chakka, ko'z osti, quloq oldi chaynov vajag' osti sohalarining tarqalgan flegmonasi (oldi tomondan ko'rinishi)
O'ng tomon chakka, quloq oldi chaynov vajag' osti sohalarining flegmonas
O'ng tomon chakka osti, quloq oldi-chaynov, lunj, jag' orti vajag' osti sohalarining tarqalgan adenoflegmonasi
O'ng tomon bosh yon, chakka, quloq oldi chaynov va og'iz tubi sohalarining tarqalgan flegmonasi (traxeostoma qo'yilgan)
Yuqori labning, bunin uchi va pastki lab xo'ppozi va uning asoratlari
Og'iz tubi, o'ng tomon bo'ym yon, ko'krak va yelka sohalarining tarqalgan flegnionasi; ko'ks oldi sohasining mediasteniti
Chakka va boyin sohalarining karbunkuli
Boyin yon sohasining adenoflegmonasi